O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Koptok onaboshiga 
Ikkita chiziq o‘tkaziladi, ular orasidagi masofa 2—3 m. O‘yinchilar birinchi 
chiziq orqasida ketma-ket turadilar. Ularga qarama-qarshi chiziqda onaboshi 
turadi. U qatorda birinchi bulib turgan bolaga koptokni otadi, u esa koptokni 
boshqaruvchiga qaytarib otadi va qatorning oxiriga borib turadi, butun qator 
oldinga siljiydi, navbatdagi bola chiziq oldiga kelib turadi. Hamma bolalar koptok 
otishgach, yangi onaboshi tayinlanadi. 
O‘yinda musobaqa o‘tkazish ham mumkin. Bunda bolalar bir necha qator 
bo‘lib turadilar va har bir qatorga onaboshi tayinlanadi. O‘yinchi koptokni tushirib 
yuborsa, onaboshi qaytadan unga koptok otadi, lekin shu qatorda turganlar vaqtdan 
yutqizadi. 
Serso 
Ikki kishidan bo‘lib o‘ynaladi. Bir kishi tayoq (billiard tayog‘i) yordamida 
yog‘och halqani otadi, ikkinchisi esa uni tayoq bilan ilib oladi. O‘yinchilar 
orasidagi masofa 3—4 m. Agar bolalar o t i l g a n qalqani tayoqqa ilib 
ololmasalar, unda oldin qo‘l bilan otib, qo‘l bilan ilib oladilar, so‘ngra tayoqdan 
foydalanadilar. Kim qalqani ko‘proq ilib olgan bo‘lsa, o‘sha yutgan hisoblanadi. 
Tarbiyachi bolalar halqalarni muntazam irg‘itib turishlarini kuzatib boradi. 
Kim uchadi! 
Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda doirada turadilar. Tarbiyachi uchadigan va 
uchmaydigan jonli va jonsiz narsalarning nomini aytadi. Ular nomini aytish bilan 
tarbiyachi qo‘lini yuqoriga ko‘taradi. Masalan, tarbiyachi: “Qarg‘a uchadi, stol 
uchadi, samolyot uchadi” va hokazo deydi. Tarbiyachi haqiqatda uchadigan 
narsalarning nomini aytgandagina, bolalar qo‘llarini yuqoriga mo‘tarib “Uchadi” 
deydilar. 
Onaboshi vazifasiga bolalar ham tayinlanadi. O‘yin oldin sekin, so‘ngra tezroq 
o‘tkaziladi. 
Bo‘sh o‘rin 
Bolalar polda, oyoqlarini chalishtirgan holda doira qurib o‘tiradilar. Tarbiyachi 
yonma-yon o‘tirgan ikkita bolani chaqiradi. Ular doiradan tashqarida bir-birlariga 
orqa o‘girib turadilar. “Bir, ikki, uch — yugur” signaliga binoan har tomonga 


127 
yugurib, o‘z joylariga borib o‘tiradilar. O‘yinchilar kim birinchi bo‘lib bo‘sh 
o‘ringa kelib o‘tirganligini aytadilar. Tarbiyachi yana ikkita bolani chaqiradi. 
O‘yin davom ettiriladi. 
Har xil joyda utirgan bolalarni ham yugurib kelib o‘tirish uchun chaqirish 
mumkin. 
Badminton 
Ikki o‘yinchi bir-birining volanini еrga tushirib yubormaslikka harakat qiladi 
— raketka bilan uradi. Katta gruppa bolalariga raketkani to‘g‘ri ushlash usuli 
ko‘rsatiladi, volanni kerakli tomonga yunaltirishga o‘rgatiladi. Tarbiyachi bilan 
ham o‘ynash mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling