O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovchilar va quyonlar
- Bayroqchadan oshirib otish
- Halqaga tushir
O‘t o‘chiruvchilar mashqda
Bolalar 3—4 qator (oraliq soniga qarab) bo‘lib, gimnastika devorchasiga qarab turadilar. Qatordagi birinchilar chiziqda turadilar. Gimnastika devorchasining har bir oralig‘iga, bir xil balandlikdagi reykalarga qo‘ng‘iroq ilinadi. Tarbiyachining “Bir, ikki, uch — yuguring”, degan signali bo‘yicha qatorda birinchi bo‘lib turgan bolalar gimnastika devorchasi tomon yuguradilar va unga chiqib, qo‘ng‘iroq chaladilar. So‘ngra undan tushadilar va qaytib, o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Tarbiyachi birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq chalgan bolaning nomini aytadi. O‘yin davom etadi. Topshiriqni hamma bolalar bajarishi shart. Qaysi komanda o‘yinchilari birinchi bo‘lib ko‘proq qo‘ng‘iroq chalsa, o‘sha komanda g‘olib chiqadi. Tarbiyachi bolalarning sakramay tushishlarini kuzatib turadi, lozim bo‘lsa, ularga yordam beradi. Qoidani buzgan bola yutqizadi. Ovchilar va quyonlar Maydonchaning bir tomonida ovchilar uchun joy ajratiladi. Ikkinchi tomonida quyonchalar uchun uychalar ajratiladi. Har bir uychada 2—3 tadan quyon bo‘ladi. Ovchi maydonchada yurib, quyon izini qidirayotgandek harakat qiladi, so‘ngra o‘z iniga qaytadi. Signal bo‘yicha quyonlar inidan chiqib, oldingi tomonga siljib, ikki oyoqda sakraydilar. Tarbiyachi “Ovchi” deyishi bilan quyonlar iniga qochadi, ovchi esa ularga koptok otadi. Koptok tekkan quyon otilgan hisoblanadi. Ovchi uni uyiga olib ketadi. O‘yin birinchi marta takrorlangandan keyin boshqa ovchi tayinlanadi. Ovchining qo‘lida bir nechta koptok bo‘lishi mumkin. Iniga kirib olgan quyonlarni otish mumkin emas. Bayroqchadan oshirib otish Bolalar ikki qatorda ketma-ket bo‘lib turadilar, birinchi qatordagilarning qo‘lida koptoklar, qum solingan xaltachalar bo‘ladi. Ro‘paraga 4—5 masofada bir tekis qilib bayroqchalar qo‘yiladi. Tarbiyachi nechta bola xaltachani bayroqchadan oshirib otganini hisoblab chiqadi. So‘ngra bolalar xaltachalarni olib, yugurib borib o‘z juftlariga beradilar. Navbatdagi qatordagi bolalar otadi, so‘ngra natijalar solishtiriladi. Xaltachani o‘z juftiga oshirib otish yo‘li bilan ham uni berish mumkin. Xaltacha tushgan joyni kuzatib turish kerak, chunki xaltacha tushgach, yana oldinga sirg‘anib ketishi mumkin. Xaltacha tushgan joy otish natijasi bo‘ladi. 125 Halqaga tushir Bolalar diametri 8—10 m li doirada turadilar, bir bola oralatib, ikkinchi bola qo‘lida qum solingan xaltacha, doira o‘rtasida halqa bo‘ladi. Tarbiyachining signaliga binoan bolalar qo‘llaridagi xaltachani o‘ng yoki chap tomonidagi (shartga muvofiq) o‘rtog‘iga uzatadi. Xaltachani olgan bola uni halqachaga tushirishga harakat qilib, ikki qo‘llab (yoki bir qo‘lda) pastdan otadi. Tarbiyachi birinchi turgan bolalarning nechta xaltachasi halqaga tushganini hisoblab chiqadi. Bolalar xaltachalarni olib, doiradagi o‘z o‘rinlariga qaytadilar. Yana signal beriladi, bolalar xaltachani ikkinchi bolaga — qo‘shnisiga uzatadi va hokazo. Tarbiyachi qaysi bola aniqroq otganini solishtiradi. O‘yin yana qaytadan boshlanadi. Xaltachani boshqacha usulda ham otish mumkin: ikki va bir qo‘llab o‘tirib, bosh orqasidan, tizzalarda turib otish va hokazo. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling