O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Daryo to‘lqinlanmoqda 
Bolalar suvga bellarigacha tushib, qatorda bittadan yoki doira bo‘lib turadilar. 
«Daryo to‘lqinlanmoqda», degan signalga binoan bolalar har tomonga tarqalib 
suvga sho‘ng‘iydilar, qo‘llari bilan “to‘lqin” ko‘taradilar. Katta kishining «Shamol 
tindi, daryo tinchlandi» degan so‘zidai keyin bolalar qator (doira) bo‘lib turadilar. 
O‘tir va tur 
Bolalar tizzalarigacha yoki bellarigacha suvga tushadilar. Qo‘llar yordamisiz 
(qo‘llarga tayanmay) o‘tirish va so‘ngra turish kerak. 
Chumchuqlar suvda 
Bolalar sayoz suvda turib, ikki oyoqda sakraydilar, bunda ularning Oyoqlari 
suv yuzasidan balandga ko‘tarilishi kerak.
Arg‘imchoq 
Bolalar juft-juft bo‘lib, qo‘l ushlashib, bir-birlariga qarab suvda turadilar. 
Navbat bilan o‘tirib suvga sho‘ng‘iydilar va suv ostida nafas chiqaradilar. 
Tarbiyachi vazifaning bajarilishini nazorat qilib turadi. 
Poezdlarning еr osti yulidan o‘tishi 
Bolalar qo‘llarini bellariga quyib, bir qator bo‘lib poezdni aks ettirgan holda 
saflanadilar. Qator qadam tashlab ilgari siljiydi. Bir-biriga qarab qo‘l ushlagan ikki 


129 
bola еr osti yo‘lini tasvirlaydi. Ular qo‘llarini suv yuzasiga tushiradilar. Bu yuldan 
o‘tish uchun poezdni aks ettirib turgan bolalar navbat bilan suvga sho‘ng‘iydilar. 
Poezd еr osti yo‘lidan o‘tib bo‘lgach, uni tasvirlab turgan bolalar qator oxiriga 
borib turadilar. Qatorda birinchi bo‘lib turgan ikki bola esa poezddan ajrab, еr osti 
yulini tasvirlab turadi. Tarbiyachi еr osti yo‘li bo‘lib turgan bolalarni suv tagida 
tutilib qolmasliklarini kuzatib turadi. 
Suvni tutib ol 
O‘yinda qatnashuvchi bolalar turgan joylarida bittadan yoki doira bo‘lib 
turadilar. Tarbiyachining “Suvni tutib ol” komandasiga binoan bolalar qo‘llarini 
suvga tushiradilar va suv ostida kaftlarini birlashtirib va suv olib, qo‘llarini suv 
ustiga chiqaradilar. Tarbiyachi bolalar kaftidagi suvni ko‘rib chiqadi. Agar kaftdan 
suv tomchilayotgan bo‘lsa, tarbiyachi “Voy, qo‘ling namuncha teshik, qani yana 
suv ol-chi”, - deydi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling