119
bo‘lmay, uzoq vaqtgacha hech kimni tuta olmasa, tarbiyachi o‘yinni to‘xtatib,
boshqa tutuvchi tayinlaydi.
Karusel
Bolalar uchi bir-biriga bog‘langan tizimchani o‘ng qo‘lda ushlab,
doira hosil
qilib turadilar. Ular avval doira bo‘ypab asta- sekin, so‘ngra tezroq yuguradilar.
Bolalar harakatni quyidagi she’rga muvofiqlashtirib bajaradilar:
Arang, arang, arang, arang
Karusellar aylanadi.
Aylanadi, aylanadi—
Hech tuxtamay aylanadi.
Yugurish vaqtida tarbiyachi: “Qani yugurdik, yugurdik”, deb turadi.
Bolalar
doira bo‘ylab 2—3 marta yugurib chiqqanlaridan keyin harakat yo‘nalishini
o‘zgartirishlari uchun “Aylanish” degan signalni beradi. Bolalar aylanib,
tizimchani chap qo‘llariga oladilar va teskari tomon yuguradilar. So‘ngra
tarbiyachi bolalar bilan birgalikda:
Sekin, sekin shashilmdng!
Karuselni tuxtating!
Bir, ikki, bir, ikki
Mana, o‘yin tugadi,—deydi.
Karusel harakati asta sekinlashadi. “Mana, o‘yin tugadi”,—
degan gapdan
so‘ng bolalar tizimchani еrga qo‘yib, maydon bo‘ylab tarqaladilar. Bolalar bir oz
dam olganlaridan so‘ng tarbiyachi signal beradi (qo‘ng‘iroq, hushtak, chapak,
childirma ovozi), shunda bolalar yana doira bo‘lib, qo‘llariga, tizimchani oladilar,
yangi karusel o‘z o‘rnini egallaydi. O‘yin qaytadan boshlanadi va 2-4
marta
takrorlanadi.
Tarbiyachi o‘yinni takrorlashda bir necha shartli signal berib,
bolalarga tez
doira bo‘lib turing, deb topshiriq berishi mumkin. Uchinchi signalgacha o‘z
o‘rniga tura olmagan o‘yinchi bu karuselda qatnasha olmaydi va keyingi galgacha
kutib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: