112
yasalgan kuk, sariq yoki yashil rangdagi doira) bo‘ladi.
Tarbiyachi xonaning
markazida o‘ynovchi-larga qarab turadi. Uning qo‘lida tegishli rangdagi uchta
bayroqcha bo‘ladi. U bayroqchalardan birini ko‘taradi (ba’zan
ikkita yoki har
uchala bayroqchani ham ko‘tarish mumkin).Ana shu rangdagi narsasi bo‘lgan
bolalar maydon bo‘ylab yugurib ketadilar, yurib borayotgan
avtomobilga taqlid
qiladilar,di-ditlatadilar. Tarbiyachi bayroqchani tushirgandan keyin avtomobillar
to‘xtaydi, aylanib buriladi va o‘z garajlariga qarab jo‘naydi. O‘yin 6
marta
takrorlanadi.
Tarbiyachining qo‘lida qizil bayroqcha bo‘lishi ham mumkin. U
kutilmaganda qizil bayroqchani ko‘taradi, bunda avtomobillar bu signalga ko‘ra
to‘xtashi kerak.
Qushlar va mushuk
Yerga doira shakli chizib quyiladi (diametri 5—6m). Doiraning markazida
tarbiyachi tanlagan bola— mushuk turadi. Qolgan
bolalar doiradan tashqarida
turishadi — ular qushchalar bo‘lishadi. Mushuk uxlab qoladi. Qushchalar doira
ichiga kirib don cho‘qilashadi. Mushuk uyg‘onib qoladi, qushchalarni quvadi va
ularni tuta boshlaydi. Qushchalar doiradan uchib chiqishga shoshiladilar.
Mushukka qo‘li tekkan bola tutilgan hisoblanadi va doiraning o‘rtasiga
borib
turadi. Mushuk 2—3 qushchani tutgandan keyin tarbiyachi yangi mushuk
tayinlaydi. Tutilgan qushchalar barcha o‘ynovchilarga qushilib ketadi. O‘yin 4—
5 marta takrorlanadi.
Mushuk qushchalarni ehtiyot bo‘lib tutadi (ularni
changallab olmay, faqat
qo‘lini sal tekkizib quyadi). Agar mushuk ancha
vaqtgacha hech kimni tuta
olmasa, tarbiyachi unga yordam berish uchun yana bitta mushuk tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: