O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Sekin yur 
Tarbiyachi ko‘zini bog‘lab, zal eshigi oldida turadi. Bolalar qator bo‘lib 
ketma-ket saflanadilar-da, uning oldidan oyog‘ uchlarida, sekin-sekin o‘tishga 
harakat qiladilar. Agar bola lardan qaysi biri еtarli darajada sekin yurmayotgan 
bo‘lsa, tarbiyachi uni qo‘li bilan ushlab oladi. Bu bola chetga chiqib turadi va 
hamma o‘tib bo‘lgandan keyin yana sekin yurib o‘tadi. Qatornin oxirida turgan 
bola tarbiyachiga qarab: “Hamma o‘tib bo‘ldi”,— deydi. Tarbiyachi ko‘zini 
ochadi. 
Tarbiyachining yonidan faqat yurib emas, hatto sekin yugurib o‘tib ketish 
ham mumkin. 
Uchuvchilar 
Bolalar 3—4 zvenoga bo‘linadilar. Ular zveno komandirining orqasida qator 
bo‘lib ketma-ket turadilar. Zvenolar may donchaning turli joylarida turadi. Bu 
joylar rangli bayroqchalar bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, aerodrom deb tasavvur 
etiladi. 
Tarbiyachining: 
“Uchuvchilar, 
samolyotlaringizni 
uchishga 
tayyorlangiz!”—degan buyrug‘iga binoan bolalar maydonchaning turli 
tomonlariga tarqalib yugurishadi, ularning har biri o‘z samolyotining oldida 
to‘xtaydi, benzin quyadi (engashadi), motorni ishga tushiradi (qo‘llarini 
ko‘kraklari oldida aylantiradi), qanotlarini to‘g‘rilaydi (qo‘llarini yon tomonga 
uzatadi) va uchib ketadi (bolalar maydoncha bo‘ylab turli tomonlarga yugurib 
ketadilar). Samolyotlar tarbiyachining “Qo‘nishga shaylaning!” degan ishorasiga 
qadar havoda bo‘ladi. Mana shu ishoradan keyin komandirlar o‘z zvenolarini 
to‘playdilar (bolalar yugurib kelib, zvenolarga bo‘linib saflanadilar) hamda ularni 
aerodromga qo‘nish uchun olib ketadilar. Birinchi bo‘lib qo‘ngan zveno yutib 
chiqadi. O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. 
O‘yinda har xil holatlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi 
uchuvchilarga bildirmasdan aerodromlarga belgilab qo‘yilgan bayroqchalarni 
almashtirib qo‘yishi ham mumkin. Komandirlar zvenolarni o‘z aerodromlariga 
adashmasdan qo‘ndirishlari kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling