O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Xaltachani kim uzoqqa irg‘ita oladi!


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Xaltachani kim uzoqqa irg‘ita oladi! 
Bolalar zal yoki maydonchaning bir tomonida polga chizilgan to‘g‘ri chiziq 
yoki tashlab qo‘yilgan arqonchaning narigi tomonida turadilar. 
O‘yinda qatnashayotgan har bir bola bittadan xaltacha oladi. Tarbiyachining 
ishorasi bilan bolalar xaltachalarini uzoqqa otadilar. Har bir bola o‘z xaltachasi 
qayerga tushishini diqqat bilan kuzatib turadi. Navbatdagi signal berilishi bilan 
bolalar yugurib borib, xaltachalarini qo‘lga oladilar va xaltacha yotgan joyga 
o‘zlari turib oladilar. Ular xaltachalarini ikki qo‘llab boshlaridan yuqoriga 
ko‘taradilar. Tarbiyachi xaltachani hammadan ko‘ra uzoqroqqa irg‘itgan bolani 
ta’kidlab o‘tadi. Bolalar dastlabki joylariga qaytib keladilar. O‘yin 6—7 marta| 
takrorlanadi. 
O‘yinni bolalar guruhining yarmi bilan o‘tkazgan ma’qul. Xaltachalarni 
tarbiyachining topshirig‘i asosida ham o‘ng qul bilan, ham chap qo‘l bilan irg‘itish 
kerak. 
Doiraga tushir 
Bolalar davra qurib turadilar. O‘rtaga katta chambarak qo‘yiiladi yoki doira 
chiziladi (arqonchadan yasalgan yoki polga chizilgan doira diametri 1—1,5 m 


110 
bo‘ladi). Doiradan 2—3 qadam masofada davra qurib turgan bolalar qo‘lida ichiga 
qum to‘ldirilgan xaltachalar bo‘ladi. Tarbiyachining “Tashla!” degan signali bilan 
barcha bolalar xaltachalarni doiraga tashlaydilar. So‘ngra tarbiyachi: 
“Xaltachalarni ko‘tarib oling”,— deydi. Bolalar xaltachalarni olib, o‘z joylariga 
kelib turadilar. O‘yin 6 marta takrorlanadi. 
Xaltachalarni ikki qo‘llab tashlash kerak. 
Balandroq irg‘it 
Bola qo‘lidagi koptokni mumkin qadar balandroq irg‘itishga nntiladi. Bunda 
u koptokni o‘z boshi ustidan yuqoriga tikka otib va yana ilib oladi. Agar bunday 
qilolmasa, koptokni poldan ko‘tarib oladi va yana mumkin qadar balandroq otishga 
intiladi. 
Bola koptokni ham bir qo‘llab, ham ikki qo‘llab irg‘itishi mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling