O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Suvda ko‘zni ochish bilan o‘ynaladigan o‘yinlar
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirg‘anish va suzish bilan o‘ynaladigan o‘yinlar
Suvda ko‘zni ochish bilan o‘ynaladigan o‘yinlar
1. “Suv tagiga tushuvchilar”. O‘ynovchilar suv tagidan o‘sha еrga maxsus tashlangan, birorta yaltirab turgan buyumni olib chiqadilar. 2. “Dengizdagi jang”. O‘ynovchilar ikkita safga 1 m masofada bir biriga yuzma-yuz qarab turadilar. Tarbiyachining signali bo‘yicha ikki safda turganlar bir birlarini yuziga suv sachratishini boshlaydi. Suvni sekin yoki sachratganda ular orqasini o‘girib olmasa, ko‘zlarini yumgan komanda yutgan hisoblanadi. Shunda saflar bir biriga yaqinlashmasligi va bir birlariga qo‘llarini tegizmasliklari kerak. 3. “Diqqat bilan qara” O‘ynovchilar juft-juft bo‘lib bir biriga yuzma yuz qarab turadilar. Har bir komandadan bittadan juftlik suvni ostida va ko‘zlarini ochib o‘tiradilar, boshqa juftlik unga panjalarni har xil sonini ko‘rsatadi. Birinchi o‘yinchi suvni tagidan chiqqandan keyin, ikkinchi o‘yichi undan, u nechta barmoqni kursatishni suraydi. 4. “Adashmaslik”. O‘ynovchilar bitta yoki ikkita qatorga bittadan saflanadilar. Ular navbatma-navbat bilan topshirilgan orientir bo‘yicha suv tagidan harakatlanadi (bu suv tagiga qo‘yilgan maxsus yaltiroq buyumlar bo‘lishi mumkin). Chunki suvga tez-tez boshini tushirish ko‘zini ochish yo‘li bilan suvni tagidagi yotgan buyumga qarab harakatlanishi zarur. Sirg‘anish va suzish bilan o‘ynaladigan o‘yinlar 1. “Kim uzoqqa sirg‘anib boradi?”. O‘ynovchilar bitta safda turadilar va ko‘krakda va chalqancha еtgan holatdan sirg‘anish bajaradi. 2. “Strela yoki to‘g‘ri chiziq”. O‘yinni boshlovchi suvga tushib, bitta qo‘lida navbatma navbat har bir o‘ynovchini sirg‘anish holatini qabul qilganini oyog‘ini ushlaydi, boshqa qo‘li bilan uni qornini tagidan ushlab va suvni yuzidan qirg‘oqqa to‘g‘ri chiziq bo‘ylab turtadi eng yaxshi to‘g‘ri chiziq yoki strela hammadan uzoqqa sirg‘anib boradi. 3. “Poezd va tunnel”. Ikkita o‘yinchi bir biriga yuzma yuz turib, qo‘llarini ushlab turadilar, lekin qo‘llarini suvga tushirmaydi. Bu tunnel bo‘lib hisoblanadi. Qolgan barcha o‘ynovchilar, “poezdni” aks etirib, bittadan qator bo‘lib tunnelni oldiga keladi va ko‘krakda sirg‘anishni bajarib “tunnel” orqali o‘tadi. 4. “Torpedalar”. O‘ynovchilar bitta safga saflanadilar va krol uslubida suzishdagidek, oyoqni harakatlantirishi bilan ko‘krakda sirg‘anishni bajarish. Shuning o‘zini chalqancha yotgan holatda bajariladi. 83 5. “Kim tez suzadi?”. Doskada va ma’lum masofaga doskasiz oyoqni harakatlantirish yordamida ko‘krakda va chalqancha yotgan holatda krol uslubida suzish. 6. “Kim g‘olib bo‘ladi?”. Ma’lum masofaga ko‘krakda va chalqancha yotgan holatdan krol ulsubidan suzish. 7. “Kimni rekordi?”. Ko‘krakda va chalqancha yotgan holatdan krol uslubida aytilgan masofaga to‘lik koordinatsiya bilan suzish. 8. “Fontan”. O‘ynovchilar doira hosil qiladilar va qo‘llarini ushlab turadilar. Tarbiyachini signali bo‘yicha hamma chalqancha holatda yotadilar, doiraga oyoqni uzatadi va o‘zini gavdasi yonida qo‘lni eshkak eshish harakati bilan ushlab turadi. Signalar bo‘yicha oyoqda harakatlanishni bajaradilar, xuddi chalqancha yotgan holda krol uslubida suzishdagidek, xar xil tomonga suzadilar. 9. Estafetalar. Shug‘ullanuvchilar ikkita komandaga bo‘linadilar va to‘liq koordinatsiya bilan qo‘l va oyoqni xarakatlantirish yordamida suzishda musobaqalashadilar (ularni tayyorgarligia bog‘liq holda). Agarda ular suzishni sport uslubalarini egallab olgan bo‘salar, unda kombinirovanniy yoki aralash estafetalar o‘tkazish mumkin unda o‘yin qatnashchilari to‘liq koordinatsiya harakati yoki oeni harakati yordamida suzadilar. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling