53
229. Poezdga lokomotiv brigadasi tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Bundan tashqari, yo’lovchi poezdlarga vagon yo’l kuzatuvchilari hamda DATK
ko’rsatmalariga muvofiq boshqa xodimlar tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari olib borayotgan poezdlarga, bu ishga rahbarlik qilish
uchun, DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasi bo’yicha
bosh konduktor
(poezd tuzuvchi) yoki konduktorlar (tuzuvchilar) brigadasi tayinlanishi mumkin. Peregonda
xo’jalik poezdlarning harakatiga ishlar rahbari yoki uning vakolatiga ega shaxs rahbarlik qiladi.
Bu xodimlarning vazifalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada
belgilanadi.
(229 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).
Aylantirish punktlarida lokomotiv brigadalari va konduktorlarning
dam olishi uchun
maxsus xonalar bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: