O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

 
16-bob. Poezdlar harakati 
 
Umumiy talablar 
233. Uchastkada poezdlarning harakatiga faqat bir xodim - xizmat ko’rsatayotgan 
uchastkasida poezdlar harakati grafigining bajarilishiga javobgar poezd dispetcheri 
rahbarlik qilishi shart. 
Poezd dispetcherining buyruqlari, faoliyati uchastkada poezdlar harakati bilan 
bevosita bog’liq xodimlar tomonidan bajarilishi shart. 
Poezd dispetcheridan tashqari, uchastkada poezdlar harakati to’g’risida tezkor 
ko’rsatmalar berish taqiqlanadi. 
234. Poezdlar harakatiga rahbarlik qilish bo’yicha har bir stansiya va yo’l posti va 
har bir poezd bir paytning o’zida faqat bir xodim, ya’ni: stansiya – stansiya 
navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa - 
poezd dispetcherning, post – post navbatchisining, poezd - etakchi lokomotiv (motorvagon 
poezdi) mashinistining tasarrufida bo’lishi shart. 
Stansiyalarda yo’llarning rivojlanganligiga bog’liq ravishda bir nechta stansiya, post yoki 
park navbatchilari bo’lishi mumkin, ularning har biri o’zi ishlaydigan hududida poezdlar 
harakatiga yakka o’zi rahbarlik qiladi. Bunday stansiyalarda boshqaruv hududlarini chegaralash 
va har bir stansiya, post yoki park navbatchisining poezdlar harakati bilan bog’liq vazifalari 
stansyaning texnikaviy–boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
Stansiyalarda etakchi lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinisti va poezdga xizmat 
ko’rsatayotgan barcha xodimlar stansiya navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan 
jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda esa-poezdlar dispetcherining ko’rsatmalariga 
bo’ysunadilar. 
235. Har bir yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odamlar ketayotgan poezd, qoida 
bo’yicha belgilangan yo’lga, yuk poezdlari esa-belgilangan yo’llar guruhiga qabul qilinishi 
lozim. 
Stansiyada to’xtamaydigan poezdlar, qoida bo’yicha asosiy yo’llardan o’tkazilishi lozim. 
Poezdlarni qabul qilish va jo’natishda yo’llardan foydalanish tartibi stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilishi lozim. 
236. Stansiya navbatchisi poezdlarni vaqtida qabul qilinishi uchun bo’sh yo’llar mavjud 
bo’lishini ta’minlashi shart. Poezdning berk kirish signali oldida zaruratsiz har bir to’xtashi 
uchun stansiya navbatchisi javobgardir. 
O’tayotgan poezdlardan ajratib olinib, yuk ortish, tushirish, ta’mir va boshqa jarayonlarga 
mo’ljallangan alohida vagonlar yoki vagonlar guruhi bilan qabul qilsh-jo’natish yo’llarini band 
etish taqiqlanadi. 
Oraliq stansiyalarda alohida vagonlar yoki vagonlar guruhi bilan qabul qilish-jo’natish 
yo’llarini vaqtincha band etishga poezdlar dispetcherining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 
Tutib qoluvchi berk yo’llarni har qanday harakat tarkibi bilan, muhofaza berk yo’lini esa 
- yo’lovchi va odamlar ketayotgan yuk vagonlari, portlovchi va boshqa xavfli yuklar ortilgan yuk 
vagonlari bilan band etish taqiqlanadi. 
237. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlar bajarish bilan bog’liq jarayonlarda, 
ayniqsa, SSB qurilmalarining normal faoliyati buzilgan sharoitlarda, stansiya boshlig’i stansiya 
navbatchilari, markazlashtirish posti operatorlari, signalchilar va strelka posti navbatchilari ishini 
nazorat qilishi shart. Stansiya boshlig’i stansiya navbatchilarining ishini shunday tashkil qilishi 
kerak-ki, harakat xavfsizligi so’zsiz ta’minlangan holda poezdlarning to’xtab qolishiga yo’l 
qo’yilmasin. 


55 
Stansiya navbatchisining xonasi alohida ajratilgan bo’lishi lozim. 
Stansiya navbatchisining xonasiga faqat stansiya boshlig’i, vazifalarini stansiya 
navbatchisi bilan birgalikda bajaradigan yoki u bilan bevosita ishlaydigan shaxslar hamda 
stansiya navbatchisining faoliyatini va boshqaruv asboblarining sozligini nazorat qiluvchi 
xodimlar kirish xuquqiga ega. 
Shtatlar ro’yxatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimlari ko’zda tutilmagan 
stansiyalarda, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlarni amalga oshirish, strelka 
o’tkazgichlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish, yuklarni qabul qilish va jo’natish jarayonlarini, 
DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibda, boshqa xizmatlar xodimlari bajaradilar. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling