O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga
§3. Asosiy yo’llarning yuqori tuzilmasi
Download 420 Kb.
|
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish
§3. Asosiy yo’llarning yuqori tuzilmasi 25. Tezyurar uchastkalarning peregon va temir yo’l stansiyalari (keyinchalik stansiyalar)da, strelkali o’tkazgichlardan tashqari, tezyurar harakat shartlariga mos keluvchi R65 rusumli termik mustahkamlangan yangi relslar yotqizilishi va rels payvandlash poezdlarida elektr kontakt yo’li bilan 25 metrli relslardan 700 metrdan kam bo’lmagan uzunlikdagi pletlarda 78 79. payvandlanishi kerak, yo’lga yotqizilgandan so’ng rejaviy tartibda blok-uchastka uzunligigacha pletlarda uloqsiz yo’lni tuzilishi, yotqizilishi, saqlanishi va ta'miri bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq payvandlanishi kerak. 26. Yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati amalga oshiriladigan yo’l uchaskalarida temir beton shpallar qo’llanilishi kerak. Shpal epyuralari to’q’ri va 1200 m dan ortiq radiusli egrilarda 1 km ga 1840 dona va kamroq radiusli egrilarda 1 km ga 2000 dona. 27. Oraliq rels biriktirgichlari egiluvchan klemmalar bilan bo’lishi kerak. Yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati uchaskalarida rels shpal panjaralarini qayta yotqizishdan oldin qattiq klemmali KB turidagi biriktirgichlar qo’llanilishiga yo’l qo’yiladi. 28. Temir beton shpallar qalinligi 35 cm dan kam bo’lmagan, 25-60 mm fraksiyali mayda tosh qatlamiga yotqizilishi kerak. Mayda tosh ostidagi 15 cm dan kam bo’lmagan asos - qumshaq’alli aralashma yoki 5-25 mm fraksiyali mayda toshdan. Asos o’rniga polimer materiallardan himoya qatlami yotqizilishi mumkin. Ballast prizmasi yelkasi - kamida 45 cm, qiyaliklar yotqizilishi 1:1,5. 29. Strelkali o’tkazgichlar R65 rusumli 1/11 dan ortiq bo’lmagan markali egiluvchan ostryakli va g’ildirash uzlkuksiz sathli krestovina bilan. Ostryaklar, rama relslari, usoviklar va harakatchan o’zaklar termik mustahkamlangan bo’lishi kerak. Strelkali o’tkazgichlar mayda toshli ballastga mazkur paragraf 28-bandida nazarda tutilgan normalar bo’yicha yotqizilishi kerak. 30. Strelkali o’tkazgichlar rejaviy tartibda ostryak va harakatchan o’zak tashqi tutashmalari, qor va muzdan tozalash statsionar qurilmalari bilan jihozlanishlari kerak. Qurilmalar elektr bajarish yo’l asbobini ta'minlash uchun quvvat olish imkonini berishi kerak. 31. Tezyurar uchastkalarda "O’zbekiston temir yo’llari" DATK yo’l boshqarmasining asosiy ishlar ro’yxatida ko’zda tutilgan yo’l ishlarini bajarish nazarda tutilishi kerak. Rels shpal panjarasining tegishli ta'mir turi bilan birgalikda almashtirilishi 20 yildan oshmagan davriylikda amalga oshirilishi kerak. Tegishli ta'mir turiga kilometrlarni belgilash ularning xaqiqiy holatini hisobga olib, mazkur paragraf 25-28-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Rels shpal panjarasining tegishli ta'mir turi bilan birgalikda almashtirilishi oraliqlarida relslar va strelkali o’tkazgichlar metall qismlarining yoppasiga almashtrilishi amalga oshirilishi kerak. 32. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda ta'mir ishlari oq’ir rusumli yo’l mashinalarini "O’zbekiston temir yo’llari" DATK yo’l boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan va "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI bilan kelishilgan texnologik jarayonlarga muvofiq qo’llab amalga oshiriladi. 33. Relslarning har bir yalpisiga almashtirilishidan keyin ularning profilaktika silliqlanishi amalga oshirilishi kerak, bu muntazam takrorlanadi, bunda rels kallagi g’ildirash sathining 1,5 m bazasidagi o’lchamlari 0,3 mm dan oshmasligi, foydalanishda esa mazkur paragraf 36-bandi bilan belgilangan me'yorlardan oshmasligi kerak (2-jadval). 2-jadval t/r Emirilish, notekislik tavsifi O’lcham Miqdori 1 2 3 4 Keltirilgan yemirilish Yonlama yemirilish Uloqdagi vertikal zinapoya To’lqinsimon notekislik (uning uzunligi 1 m gacha bo’lganda) yoki o’yiq chuqurligi Uchlarning osilishi, q’ijim va egar qismlarini hisobga olib mm mm mm mm 8,0 6,0 1,0 1,0 mm 1,5 5 79 80. 34. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda yo’l xo’jaligi xodimlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK si yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’lning tekshirishlari va ko’riklarini o’tkazadilar. 35. Yo’lovchi poezdlari tezliklari 140 km|soat dan ortiq o’rnatilgan stansiyalarda asosiy yo’llar va ularda yotuvchi strelkali o’tkazgichlar komission ko’riklari oyiga ikki marta o’tkazilishi kerak. 36. Yo’lni joriy saqlashda R65 rusumidagi rels kallagi yemirilishi va ularning g’ildirash sathidagi notekisliklar me'yorlari 2-jadvalda keltirilgan miqdorlardan, strelkali o’tkazgich metall qismlarining yemirilishlari me'yorlari esa - mazkur paragraf 3-jadvalida keltirilgan miqdorlardan oshmasligi kerak. 3-jadval Strelkali o’tkazgich qismlari t/r 1 2 3 4 Ramali relslar Ostryaklar O’zak (40 mm li kesimda) Usovik Eng katta yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan emirilish, mm vertikal yonlama 5.0 5.0 5.0 5.0 5.0 5.0 - 37. Yo’lning rejadagi va profildagi holatini nazorat qilish va ularni loyiha parametrlariga keltirish uchun tezyurar liniyada rejaviy tartibda reperlar tizimi joriy qilinishi kerak. 38. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda yo’l o’lchagich vagonlar bilan tekshirilganda rels eni parametrlari bo’yicha eng so’nggi ruxsat etilgan o’lchamlar mazkur bob 2-paragrafi 1-jadvaliga muvofiq belgilanadi. 39. Ko’rsatilgan o’lchamlardan oshib ketadigan nosozliklar aniqlanganda, harakat tezligi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK si belgilagan normativlarga muvofiq chegaralanishi kerak. 40. Yo’l, kontakt tizimi, SSB va aloqa qurilmalari ishonchli ishlashini ta'minlash uchun poezdlar harakati grafiklarida nazarda tutilgan texnologik "okno" lar har kuni taqdim etilishi kerak. Download 420 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling