O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga


Download 420 Kb.
bet10/10
Sana26.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1126236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish


§3. Elektropoezdlar
105. 200 km/soat gacha harakat tezliklarini ta'minlash uchun foydalanishi boshlangan
vaqtdan xizmat muddati 20 yildan oshmaydigan elektrpoezdlar ko’zda tutiladi.
106. 200 km/soat tezlikda elektrpoezd tormoz vositalari shoshilinch tormozlanishda
quyidagilardan oshib ketmaydigan tormozlanish yo’lini ta'minlashi kerak:
0,006 gacha pasayishlarda - 1600 m, magnitrelsli tormozning yo’qligida - 2300 m;
0,006 dan (uni ham hisobga olib) 0,010 gacha pasayishlarda - 1700 m, magnitrelsli
tormozning yo’qligida - 2400 m.
107. Elektrpoezdlarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda
kasbga oid tanlash va intensiv texnologiyalar bilan ishlash bo’yicha tibbiy tekshirishdan o’tgan,
elektrpoezdlarga xizmat ko’rsatish tajribasiga ega bo’lgan birinchi klass malakali mashinistlar va
lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist yordamchilaridan tashkil topgan
lokomotiv brigadalari tayinlanishi kerak. Poezdni chilangarlar brigadasi bilan birga elektrpoezd
ustasi kuzatib boradi.
108. Ta'mirlararo normativ davrlar (muddatlar), elektropoezdlarga xizmat ko’rsatish va
ularni ta'mirlash bo’yicha ishlar hajmlari, shuningdek asosiy uzellarning qo’yim va yemirilishlar
me'yorlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
87

88.
109. Barcha turdagi joriy ta'mir va texnik xizmatlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK
tomonidan o’rnatilgan talablarga muvofiq zarur ishlab chiqarish maydonlari va texnologik
jihozlarga ega bo’lgan lokomotiv depolarida amalga oshiriladi.
110. Elektropoezd turish yo’llari elektr va suv ta'minoti bilan jihozlangan bo’lishi,
yong’in o’chirish vositalari va o’z-o’zidan ketib qolishdan asrash qurilmalari bilan ta'minlanishi
kerak. Elektropoezd qo’riqlanishi ta'minlangan bo’lishi kerak.
111. G’ildirak juftlari ishlab chiqaruvchi zavod talablariga, shuningdek quyidagi
qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak:
greben qalinligi kamida 28 mm, g’ildirak to’g’ini (obod) qalinligi kamida 40 mm,
g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat ko’pi bilan 3 mm bo’lishi kerak;
g’ildirash aylanasi bo’ylab bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir g’ildirakda g’ildirak
juftini chiqarib yo’nishda - ko’pi bilan 0,5 mm, g’ildirak juftini chiqarmasdan yo’nishda - ko’pi
bilan 1,0 mm;
bandaj (g’ildirak) diametrlari farqi bir komplekt g’ildirak juftlarida - ko’pi bilan 5 mm,
bir aravachada - ko’pi bilan 3 mm.
G’ildirash sathida chuqurligi 0,5 mm gacha polzunlar (o’yiqlar) mavjud bo’lsa, harakat
tezligi 160 km/soat dan oshmasligi kerak.
112. Asosiy va aylanma depodan elektrpoezdni berishdan oldin uning tormoz jihozlari
tekshirilishi, Temir yo’llarning harakat tarkibi tormozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnomaga
muvofiq tormoz to’liq sinashi o’tkazilishi va aylanmasdan siljishga qarshi qurilmalarning
faoliyati tekshirilishi kerak.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi qurilmalari va xavfsizlik qurilmalari, poezd radio
aloqasi va tezlik o’lchagichlarning tekshirilishlari elektr poezdni depoga kirib kelishi va uni
depodan berilishi har bir holatida amalga oshirilishi kerak.
113. Rejaviy ta'mir turlari o’tkazilgach quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
elektr poezdni depo yo’llarida sinash bilan ta'mir texnologik jarayoniga muvofiq jihozlar
ishini kuchlanish ostida sinash;
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda elektr poezdni asosiy
yo’llarda sinash.
114. Rejaviy ta'mir turlaridan elektropoezd Elektrpoezdlarni ta'mirlash qoidalariga
muvofiq qabul qilinishi kerak.
115. Elektr poezdi TO-2 hajmidagi texnik xizmat ko’rsatishdan chiqarilishdan oldin sex
ustasi va lokomotiv qabul qiluvchlari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
TO-2 texnik xizmat ko’rsatishning o’tkazilishi sifatini tekshirish "O’zbekiston temir
yo’llari" DATK Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan
grafik bo’yicha 15 kunda bir marta depo rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rik natijalari
TU-152 shaklidagi kitobga yoziladi.
V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar
bo’yicha harakatlanadigan yuk poezdlarining
harakat tarkibiga texnik talablar
116. Yuk poezdlarining harakat tezliklarini yo’lovchi poezdlarining yuqori tezliklardagi
harakatida yo’lning egrilardagi qurilish bo’yicha talablarini bajarish uchun 80-90 km/soat
darajada ta'minlash kerak. Bunda poezd massasi doimiy va davomiy ogohlantirishlar ta'sirini
hamda ushbu tezlik darajasini ta'minlashni hisobga olib tortish hisoblari bilan aniqlanishi kerak,
bog’lanish hisobiy koeffisienti esa qum qo’llashni va joydan jilmay aylanishni istisno qiluvchi
chegaralarda qo’llanilishi kerak.
117. Tezyurar harakat uchastkalari stansiyalari manzillari tomon tuziluvchi, shuningdek
ushbu uchastkadan tranzit o’tuvchi yuk poezdlari tarkibiga 18-100, 18-101, 18-102
aravachalaridagi vagonlar qo’shilishi kerak. MT-50, VTZ, UVZ va ularga o’xshash eski tipdagi
aravachalardagi yuk vagonlar foydalanishiga yo’l qo’yilmaydi.
88

89.
Yukli harakat tarkibining tezyurar uchastkasiga yetib keluvchi boshqa yo’nalishlardan
kirishlari rejaviy tartibda vagonlar ortilishini va harakat tarkibi sozligini tekshirish uchun nazorat
qurilmalari bilan TFQ va Yuklarni ortish va mahkamlash texnik shartlari talablariga muvofiq
jihozlanishi kerak.
118. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar bo’yicha harakatlanadigan
yuk poezdlari sinchkov xizmat ko’rsatish va vagonlarning tijoriy ko’rigiga jalb qilinishlari kerak.
Bunda TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti)da yuk vagonlariga texnik xizmat ko’rsatishda,
tuzish stansiyalari va harakat yo’nalishidagi tijoriy ko’rik punktlarida yuk vagonlarining tijoriy
ko’rigida g’ildirak juftlari g’ildirash sathi, buksa uzeli, tormoz jihozlari va muhofaza qurilmalari
holatiga, eshiklar, kuzov devori, vagonlar lyuklari qopqoqlari, ikki yarusli platformalar o’tish
maydonchalarining yopilishi va mahkamlanishi ishonchliligiga, ochiq harakat tarkibida yukning,
ayniqsa ekskavatorlar, kranlar va burilish hamda osma jihozlarga ega bo’lgan boshqa
mashinalarning, vertikal holatda tashiluvchi yuklarning to’g’ri ortilishi va mahkamlanishiga
alohida e'tibor qaratish lozim.
Vagon depolari va stansiyalar boshliqlari tezyurar uchastkada harakatlanuvchi yuk
poezdlari vagonlarining texnik xizmati va tijoriy ko’rigi o’tkazilishining sifatini muntazam
ravishda nazorat qilishlari kerak.
119. Yo’lga ta'sirni kamaytirish shartlari bo’yicha tezyurar yo’lovchi poezdlari
qatnaydigan uchaskalarda yuk poezdlarini boshqarish uchun VL80 (o’zgaruvchan tok)
elektrovozlarini va o’xshash xarakteristikalarga ega boshqa lokomotivlarni ham xuddi tezyurar
yo’lovchi lokomotivlari kabi xavfsizlik va radio aloqa qurilmalari bilan jihozlash kerak.
VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda
harakatni tashkil etish. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini
stansiyalar va peregonlar orqali o’tkazish tartibi
120. Jo’nash va yetib kelish punktlarida, shuningdek oraliq to’xtash punktlarida tezyurar
yo’lovchi poezdlarini qabul qilish va jo’natish stansiya TBA (texnikaviy-boshqaruv akti)da
ko’rsatilgan ixtisoslashtirilgan yo’llarda amalga oshiriladi.
121. Stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazishda manyovr ishlari va
yo’llardagi olib qo’yiladigan birliklarning boshqa har qanday harakatlari tezyurar yo’lovchi
poezdining qo’shni stansiyadan chiqish vaqtiga to’xtalishi, manyovrlar rahbari esa manyovrlar
amalga oshirilgan yo’lda qoldirilgan vagonlar ketib qolishdan stansiya TBA da belgilangan
normalarga muvofiq mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi va stansiya navbatchisiga bu
xaqida xabar berishi kerak.
122. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazish uchun marshrutlarni tayyorlash bilan
bog’liq barcha operatsiyalar poezd o’tishidan kamida 10 daqiqa oldin oxiriga yetkazilishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdining ichkaridan o’tkazish marshrutiga kiruvchi strelkalarni
yangi marshrutlarni o’rnatish uchun o’tkazish faqat poezd stansiyadan o’tib ketgandan keyin
amalga oshirilishi kerak.
123. Majburiyatlariga poezdlarni kutib olish va kuzatish vazifasi kiritilgan stansiya
navbatchilari, signalchilar va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK korxonalarining boshqa
xodimlari tezyurar yo’lovchi poezdlari o’tishidan kamida 5 daqiqa oldin kutib olish uchun
belgilangan joylarda turishlari va bunda ushbu poezd harakatlanuvchi yo’lning chekka relsiga 5
m dan kam masofaga yaqinlashishi kerak emas.
124. Tushirilgan yoki ortish uchun tayyorlab qo’yilgan bagaj va pochta, pochta-bagaj
aravachalari, shuningdek tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkaziladigan yo’l yoqasidagi yo’lovchi
platformalarida joylashgan boshqa yuklar va buyumlar, ushbu poezd o’tkazilishidan oldin
mazkur yo’l platformasi chekkasidan kamida 2 m masofada joylashtirilishi, aravachalar esa,
bundan tashqari mahkamlangan bo’lishi kerak.
125. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin barcha olib
qo’yiladigan birliklar (ta'mir minoralari, yo’l vagonchalari, olib qo’yiladigan defektoskop
89

90.
aravachalari) ushbu poezd harakatlanish marshrutiga kiruvchi yo’llardan, shuningdek mazkur
marshrutga chiqishga ega bo’lgan yo’llardan olib qo’yilishi va mahkamlanishi kerak.
Agar tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishiga 1 soatdan kamroq vaqt qolsa, olib qo’yiladigan
birliklarning, shuningdek olib qo’yilmaydigan motor-rels transportining peregonga yo’lga
chiqishi taqiqlanadi.
126. Stansiya va to’xtash punktlari yo’lovchi platformalarida, chipta kassalari yonida,
yo’ldan o’tish joylarida, temir yo’l kesishmalarida odamlarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tish
vaqti xaqida e'lonlar hamda ularni o’tishida alohida ehtiyotkorlik xaqida ogohlantirishlar osib
qo’yilishi kerak. Bunda navbatchi xodimlar, shuningdek poezdlarni platformalarda kutayotgan
yo’lovchilar, platforma chekkasidan xavfsiz masofaga uzoqlashishlari kerak (kamida 2 m).
127. Stansiyalar, vokzallar bo’yicha navbatchilar tezyurar yo’lovchi poezdi yaqinlashishi
va odamlarning xavfli xududda bo’lishlarining taqiqlanishi xaqida oldindan xabardor qiladilar.
Xabardor qilish yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi orqali tezyurar yo’lovchi poezdi
o’tishidan kamida 15 daqiqa oldin xabarni 5 daqiqalik intervalda uch marta takrorlab amalga
oshiriladi. Stansiyada yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi yo’qligida yoki nosozligida
yo’lovchilarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi xaqida xabarlash megafonlar yordamida amalga
oshirilishi kerak.
128. Stansiyada turgan yo’lovchi poezdlarining kuzatuvchilari qo’shni yo’ldan tezyurar
yo’lovchi poezdi o’tishidan oldin bu tomondan vagon eshiklarini berkitishi va yo’lovchilarni
bunday poezd o’tishi xaqida ogohlantirishlari shart.
129. Ikki yo’lli peregonlarda tezyurar yo’lovchi poezdlarining yuk poezdlari va boshqa
harakat tarkibi bilan, yo’lovchi va shaharlararo poezdlardan tashqari, kesishishiga ruxsat
etilmaydi.
130. Stansiya orqali ichkaridan o’tkazishda tezyurar yo’lovchi poezdlari asosiy yo’llar
bo’yicha harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni stansiyaning yonbosh qabul
qilish-jo’natish yo’lidan, shuningdek peregonning noto’g’ri yo’lidan o’tkazilishiga, "O’zbekiston
temir yo’llari" Yagona dispetcherlik markazi boshlig’i yoki uning o’rinbosari ruxsat berishi
mumkin.
131. Noto’g’ri yo’ldan harakatlanishda poezd tezligi 120 km/soat dan, noto’g’ri yo’l
marshruti bo’yicha joylashgan kesishmalardan o’tishda esa, agar ular avtomat signalizatsiyasi
qurilmalari va to’sish jihozlari bilan faqat to’g’ri yo’l bo’yicha jihozlangan bo’lsa, 40 km/soat
dan oshmasligi kerak. Tezyurar yo’lovchi poezdining noto’g’ri yo’l bo’yicha yoki jadvaldan
og’ish bilan jo’nashi to’g’risida kesishma navbatchilari telefon orqali xabardor qilinishlari kerak.
Asosiy va ular bilan qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi masofalar 6850 mm dan kichik
bo’lgan stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarining o’tkazilish tartibi stansiyalar texnikdoshqaruv aktlari bilan belgilanadi.
132. Stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan tezyurar yo’lovchi poezdining
majburiy o’tkazilish zaruratida poezd dispetcheri oldindan, hali poezd avvalgi stansiyadan
o’tmasidan oldin, poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh yo’l orqali kelgusidagi o’tkazilishi
xaqida radio aloqa orqali xabarlashi kerak hamda uning xabari mashinist tomonidan qabul
qilinganligiga ishonch hosil qilgach, poezdning keyingi harakatiga ruxsat beradi.
133. Tezyurar yo’lovchi poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh qabul qilishjo’natish yo’li orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlash imkoni mavjud
bo’lmagan holatda poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan poezd avvalgi stansiyada to’xtatiladi.
To’xtashdan keyin radio aloqa orqali, agar u ishlamasa - stansiya xodimi orqali lokomotiv
mashinistiga uni qo’shni stansiyada yonbosh yo’l orqali o’tkazilishi xaqida xabar yetkazilishi
kerak. Xuddi shunday tartibda (poezdning stansiyada to’xtashidan keyin) barcha tezyurar
yo’lovchi poezdlarining lokomotivlari mashinistlariga kutilmasdan yuzaga kelgan
ogohlantirishlar xaqida xabarlar yetkaziladi. Tezyurar yo’lovchi poezdini yonbosh qabul qilishjo’natish yo’lidan o’tkazish zarurati, u hali stansiyaga tutashuvchi peregondaligida yuzaga
kelganda, poezd taqiqlash kirish signali oldida to’xtatilishi, u ochilgandan keyingina stansiyaga
qabul qilinishi kerak.
90

91.
134. Jadvalda nazarda tutilmagan stansiyada tezyurar yo’lovchi poezdining to’xtashi
zarurati yuzaga kelishida, poezd dispetcheri yoki to’xtash mo’ljallanayotgan stansiya navbatchisi
bu xaqida mashinistni poezd radio aloqasi orqali ogohlantirishi kerak.
135. Tezyurar yo’lovchi poezdining jadvaldan og’ishlarida uni o’tkazishga faqat ushbu
poezd uchun poezd harakatlari grafigida o’rnatilgandan kamaytirilmagan poezdlar aro
intervallari bilan ruxsat etiladi.
136. Lokomotiv ALS qurilmalari ishdan chiqishi holatlarida mashinist bu xaqida radio
aloqa orqali stansiya navbatchisi, poezd dispetcherini xabarlaydi va poezd dispetcheri buyrig’ini
olgach, ALS qurilmalari ishi tiklangunga qadar, 120 km/soat dan oshmagan tezlikda, yo’l
svetoforlari ko’rsatishlariga va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va
manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada nazarda tutilgan talablarga amal qilib harakatlanadi.
137. Radio aloqa nosozligida mashinist eng yaqin bo’luvchi punktda poezdni to’xtatishi
va bu xaqida stansiya navbatchisi orqali poezd dispetcheriga xabar berishi shart. Bunda, tezyurar
yo’lovchi poezdining keyingi harakatlanishi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan
tartibda amalga oshirilishi kerak.
138. Tezyurar yo’lovchi poezdining peregondagi majburiy to’xtashida lokomotiv va
poezd brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda harakat qiladilar.
139. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlarining oldingi kabinalarida yurishga,
lokomotivlarda yurish xuquqiga ega shaxslardan ko’pi bilan 2 kishiga ruxsat etiladi (mashinistyo’riqchisini hisobga olib).
140. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan
kelishilgan.
(O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari
"O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 1-ilova
bilan to’ldirildi).
91

92.
O’zbekiston Respublikasi
temir yo’llaridan texnikaviy
foydalanish qoidalariga
2-ilova
Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan
texnik foydalanishni tashkil etish bo’yicha
umumiy talablar
1. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan
harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi belgilangan tezliklardagi
harakatni ta'minlashi hamda me'yor va qoidalarga muvofiq bo’lishi kerak.
2. Yo’lovchi poezdlarining egrilar bo’yicha 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha
eng katta harakat tezliklari so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lgan ko’rsatkichi, uning ko’payishi tezligidan oshmaslik shartidan hamda relsshpal
panjarasining barqarorligidan kelib chiqib belgilanadi.
3. Peregonlar va temir yo’l stansiyalaridagi inshoot va qurilmalar 200 km/soat dan ortiq
va 250 km/soat gacha tezliklarda me'yor va qoidalarga binoan S250 qurilishlarning yaqinlashish
gabaritiga muvofiq bo’lishi kerak.
4. 200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlarining harakati amalga
oshiriladigan temir yo’l liniyasining butun uzunligida blok-uchastka yoki peregon uzunligiga
teng pletlardan iborat uloqsiz temir yo’llar yotqiziladi.
5. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan yo’lovchi poezdlari qatnovi
amalga oshiriladigan uchastkalarning temir yo’l liniyalari to’silgan bo’lishi kerak.
6. 200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlari o’tkaziladigan umumiy
foydalanish temir yo’llarining yoqasida joylashgan yo’lovchi platformalari, platforma
chekkkasidan kamida ikki metr masofadagi muhofaza to’siqlariga ega bo’lishi kerak.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanuvchi yo’lovchi
poezdlarining platformalarga yaqinlashishi xaqida ma'lumot yo’lovchilarga va unda hozir
bo’lgan shaxslarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda yetkazilishi kerak.
7. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi poezdlarining
temir yo’l stansiyalari bo’ylab ichkaridan o’tkazilganda ular asosiy temir yo’llar bo’yicha
harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni temir yo’l stansiyasining yonbosh qabul
qilish-jo’natish temir yo’lidan yoki peregonning noto’g’ri temir yo’lidan o’tkazilishi
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
8. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan
temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishadigan uchastkalari bo’ylab
harakatlanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Temir yo’l liniyasi bilan turli sathlarda temir yo’llar orqali odamlarning o’tish, chorva
mollarini haydab o’tish joylari va yovvoyi hayvonlarning ko’chish yo’llari barpo qilinishi kerak.
Avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi mavjud kesishishlar avtotransportning temir
yo’llarga chiqib ketishini bartaraf etuvchi kesishmalarni to’sish moslamalari (keyinchalik KTM) bilan to’sish shartida vaqtinchalik saqlab qolinishi mumkin.
Zarur holatlarda ayrim kesishmalarda tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida
qo’shimcha xavfsizlik chorasi sifatida kesishma navbatchisi postining qarama-qarshi tomonida
joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi
Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
27.08.2001 yil 20-15-205/11-son xati);
92

93.
kerak. Bunday kesishmalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK rahbariyati tomonidan
belgilanadi.
9. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan
harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi ko’rsatib o’tilgan harakat
tezliklarida poezd radioaloqasini va ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi radio aloqa tizimlari
bilan jihozlanishi kerak.
10. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi tashishlariga
xizmat ko’rsatuvchi elektr poezdlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan talablarga
muvofiq bo’lishi kerak.
11. Mazkur Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan texnikaviy foydalanishni
tashkil etish bo’yicha umumiy talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan kelishilgan.
(O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari
"O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 2-ilova
bilan to’ldirildi).
93
Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling