O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga


§5. Elektrlashtirish va elektr ta'minoti


Download 420 Kb.
bet5/10
Sana26.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1126236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish


§5. Elektrlashtirish va elektr ta'minoti
51. Tortish elektr ta'minoti sxemasi asosiy yo’llar osmalarining parallel ulanishi bilan
kontakt tizimi ikki yoqlama ta'minlanishiga ega bo’lishi kerak; parallel ulanishlari soni qisqa
tutashuv toklaridan himoyalarning ish qobiliyatini ta'minlashni hisobga oluvchi hisoblab chiqish
bilan aniqlanadi. Bunda asosiy stansiyalar oralig’idagi qo’shimcha elektr stansiyalari zonasida
parallel ulanish punktlarining maksimal soni ikkitadan, seksiyalashtirish postlariniki - bittadan
oshmasligi kerak.
52. Tortish elektr ta'minoti tizimlarini ta'minlash sxemalari tezyurar elektr harakat tarkibi
o’tkazilishi vaqtida tok qabul qilgichlardagi kuchlanishlarning belgilangan darajasini ta'minlashi
kerak, ya'ni:
141 - 200 km/soat harakat tezliklarida:
o’zgaruvchan tokda - kamida 21 kV va ko’pi bilan 29 kV.
Tezyurar harakat tarkibi o’tkazilishida profilaktika va ta'mir ishlarini o’tkazish uchun
ta'minlash sxemalarining o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
53. Elektr harakat tarkibining 200 km/soat gacha harakat tezligida kontakt tizimi texnik
xizmati Elektrlashtirilgan temir yo’llar kontakt tizimining tuzilish va texnik foydalanish qoidalari
talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda poezdlarning tezyurar harakati uchastkalarida
kontakt osmasi kompensasiyalangan bo’lishi kerak.
81

82.
54. Kontakt tizimi foydalanishida "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda
peregonlar va stansiya asosiy yo’llari kontakt tizimining ko’riklari bilan aylanib chiqishlar
amalga oshirilishi kerak.
55. Kompensasiyalangan osmali kontakt tizimi foydalanishiga me'yor va talablar
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
56. Peregon va stansiyalarda kontakt simi osmasining relslar kallaklari yuqori sathidan
balandligi 6250 mm, sun'iy inshootlar chegarasida esa - 5750 mm bo’lishi kerak.
Tayanch yaqinidagi tok qabul qilgich o’qidan kontakt simining eng katta sinish chiziq’i
fiksator gorizontal va vertikal ko’chib yurishlarini hisobga olib egrilarda 450 mm, to’q’ri
yo’llarda 300 mm dan oshmasligi kerak.
57. Havo strelkalari konstruksiyalari ular bo’ylab tok qabul qilgichlarning ishonchli
o’tishini ta'minlashi kerak.
58. Tezyurar liniyalarda ta'minlash fazalari bo’linish joylaridagi neytral qo’shimchalar
bajarilishi elektr harakat tarkibining tortish toki iste'mol qilishini avtomatik ravishda ta'minlovchi
qurilmalarni qo’llab amalga oshirilishi kerak.
59. Barcha turdagi bajarilayotgan ishlar mazkur talablarni hisobga olib qurilmalarning
texnik xarakteristikalari batamom qayta tiklanishini, shuningdek qurilmalarning istiqboldagi
ishlash ishonchliligini oshirishni nazarda tutishi kerak.
Kontakt tizimining vaqtinchalik qayta tiklanishida zarur hollarda poezdlar harakati
tezligini chegaralash yoki elektr harakat tarkibini tushirilgan tok qabul qilgichlar bilan o’tkazish
joriy qilinadi.
Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling