§7. To’suvchi va himoyalovchi inshoot va qurilmalar
69. Piyodalar harakati tashkil etilgan joylardagi to’silish o’tish joyiga ega bo’lishi kerak.
Temir yo’llar orqali piyoda yo’lakchalari bu holatlarda ogohlantirish yozuvli to’sqichlar bilan
jihozlanishi va tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi paytida harbiylashtirilgan qo’riqchi bo’linmalari
xodimlari tomonidan qo’riqlanmog’i kerak.
70. To’suvchi va himoyalovchi inshoot va qurilmalarning saqlash tartibi "O’zbekiston
temir yo’llari" DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan belgilanadi.
§8. Kesishmalar
71. Tezyurar uchastkalarda temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishish
joylari (kesishmalar) kesishmalarni to’sish moslamalari (KTM) bilan jihozlanishi kerak.
72. Kesishmalarning tuzilishi va qurilishi Temir yo’l kesishmalaridan foydalanish
yo’riqnomasi talablariga, shuningdek mazkur bob talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
73. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda bayon qilingan talablarga nomuvofiq bo’lganda,
kesishmalar yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati joriy qilingunga qadar "O’zbekiston temir
yo’llari" DATK tomonidan tasdiqlanadigan loyihalar bo’yicha to’sish qurilmalari o’rnatilishini
ham o’z ichiga olib qayta qurilishi kerak.
74. Yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati amalga oshiriladigan barcha kesishmalarda
navbatchi xodim xizmat ko’rsatishi kerak.
83
84.
75. Kesishma bo’yicha navbatchi yoki uning vazifasini bajaruvchi xodim tezyurar
yo’lovchi poezdi o’tishidan 10 daqiqa oldin kesishma orqali transport vositalari harakatini
to’xtatishi va to’sma q’ov (shlagbaum)ni berkitishi kerak.
76. Yuk bilan yoki yuksiz yirik gabaritli va og’ir yukli transport vositalarini, sekin
yuruvchi mashinalar va avtopoezdlarni tezyurar poezd o’tishidan 1 soatdan kamroq vaqtda temir
yo’l kesishmalari orqali o’tkazilishi taqiqlanadi.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin chorva mol haydab o’tish
to’xtalishi kerak.
77. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida kesishma bo’yicha navbatchi chekka relsdan
kamida 5 m masofada turishi kerak.
78. Zarur holatlarda ayrim kesishmalarda tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida
qo’shimcha xavfsizlik chorasi sifatida kesishma navbatchisi postining qarama-qarshi tomonida
joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi
kerak. Bunday kesishmalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK rahbariyati tomonidan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |