O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga
Download 420 Kb.
|
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO'LLARDA YUK VA YO'LOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARI qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 2012 yil 02 noyabr holatiga (2001 yil 1 dekabrdan "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI sining 2001 yil 13 avgust 36-son buyrug'i bilan joriy etilgan) Toshkent 2012 yil 1-BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR O‘zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘llar va temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash me’yorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini, shuningdek tezyurar va yuqori tezlikdagi yolovchi tashish poezdlarinning harakatini tashkil etilishini mazkur qoidalarning 1- va 2-ilovalariga muvofiq o‘rnatadi. (birinchi xatbosh «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprel 767-I-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” qonuni1, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 mart PF2815-son “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni2 va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan. Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo’l transportining barcha bo‘linmalari va xodimlari uchun majburiydir, ularni bajarilishi temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida tartibni, temir yo‘llarining aniq va to‘xtovsiz ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Mazkur qoidalar “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i buyrug’I (farmoyishi) bilangina o‘zgartirilishi mumkin. Temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish masalalari bo‘yicha “O‘zdavtemiryo‘nazorat” inspeksiyasi temir yo‘l miqyosida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat-aksionerlik temiryo‘l kompaniyasi ( keyingi matinlarda DATK) vazirlik va idoralar esa - kompaniya bo‘limlarining tarmoq korxonalari faoliyatini belgilovchi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Temir yo‘llari, ishnoot, qurilma va harakat tarkiblarini qurish, texnikaviy foydalanish va loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar mazkur goidalarning talablariga mos bo‘lishi kerak. Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakati tartibi davlatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 1-bob. Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari 1. Harakat havfsizligi va tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlagan holda yo’lovchi va yuk tashishlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalardan samarali foydalanish, atrof muhitni asrash talablariga amal qilish temir yo’l transoporti xodimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi. 2. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim o’z vazifalari doirasida Texnikaviy foydalanish qoidalarining bajarilishi va harakat xavfsizligi uchun javob beradi. Temir yo’l transporti xodimlarining Texnikaviy foydalanish qoidalariga amal qilishi bo’yicha javobgarlik tegishli bo’linmalarning rahbarlariga yuklatiladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 118-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 14-son, 113-modda; 2011 y., 36-son, 364-modda 2 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 5-con, 19-modda 2 3. Temir yo’l transporti xodimlarining Texnikaviy foydalanish qoidalarini buzishi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo’yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi. 3. Temir yo’l transportining har bir xodimi inson hayoti va salomatligi yohud harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi vaziyatlarda poezd yoki manyovr qilayotgan tarkibga to’xtash signalini etkazishi va ularni to’xtatish uchun boshqa choralarni ko’rishi lozim. Qurilma va inshootlarda harakat xavfsizligiga xavf soluvchi yoki atrof muhitning ifloslanishiga olib keluvchi nosozliklar aniqlanganida, xodim tezkorlik bilan xavfli joyni to’sish va nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko’rishi kerak. 4. Temir yo’l transporti xodimlari yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlashlari, ular uchun kerakli qulayliklar yaratishlari, vokzal va poezdlarda madaniyatli xizmat ko’rsatishlari, temir yo’l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi barcha shaxslar bilan muloqatda xushmuomala bo’lishlari va shu bilan birga, ulardan amaldagi temir yo’l transporti qoidalarini bajarilishini talab qilishlari kerak. 5. Temir yo’l transporti xodimlari bejirim kiyingan bo’lishlari, ish joylarini va ularga ishonib topshirilgan texnik vositalarni tartibda saqlashlari kerak. Forma kiyimi va farqlanish nishonlari belgilab qo’yilgan xodimlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyul 249-son Qarori (2-son ilova)3 bilan tasdiqlangan «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasining temir yo’l transporti xodimlari intizomi to’g’risida Nizomga muvofiq, formali kiyingan bo’lishlari kerak. Temir yo’l transportining har bir xodimi bajarayotgan ishlari uchun belgilangan texnika xavfsizligi, yong’in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo’yicha qoidalar va yo’riqnomalarga amal qilishlari kerak. Bu qoida va yo’riqnomalarning ijro etilishi bo’yicha javobgarlik tegishli bo’linmalarning ijrochi va rahbarlariga yuklatiladi. 6. Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisa, drezina va boshqa harakat birliklarining boshqaruv kabinalariga, signal, strelka, apparat, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga, shuningdek, signal va shu kabi qurilmalarni boshqarish xonalariga kirish xuquqi bo’lmagan shaxslarning kiritilishi man etiladi. Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar, drezina va boshqa harakat birliklari, signal, apparat, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni boshqarishni, shuningdek, strelkalarni o’tkazishni shu ishlarga javob beruvchi xodimlargina o’z xizmat vazifalari vaqtida bajarish xuquqiga egadirlar. Belgilangan tartibda ikkinchi shaxs sifatida tajriba oshirayotgan temir yo’l transporti xodimlari, lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisa, drezina va boshqa harakat birliklari, signal, strelka, apparatlar, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq qurilmalarni boshqarishga bevosita shu qurilmalarda xizmat qiluvchi xodimlarning shaxsiy javobgarligi va ularning kuzatuvi ostida qo’yilishi mumkin. 7. Temir yo’l transportiga poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan ishga qabul qilinuvchi shaxslar kasbiy ta’lim olishlari kerak, lokomotiv brigadalar esa, bundan tashqari, kasbiy saralashdan, quyidagilarni bilishi bo’yicha sinovdan o’tishi va keyinchalik bu bilimlar davriy tekshirib turilishi kerak: O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari4; O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma5; O’zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari to’plami, 1995 yil, 7-con, 165-modda. 3 Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya vazirligining 27.08.2001 yildan 20-15-205/11- son xati) 4 Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya vazirligining 09.11.2001 yildan 20-15-273/20- son xati) 5 3 4. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma;6 lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlar; mehnat muhofazasi, sanitariya qoidalari va me’yorlari bo’yicha qoida va yo’riqnomalar; O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xodimlari intizomi to’g’risidagi Nizom. Qolgan barcha xodimlar ushbu Qoidalarda ko’zda tutilgan temir yo’l transporti xodimlarining umumiy majburiyatlarini, mehnat muhofazasi qoidalari, sanitariya qoidalari va me’yorlari, lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlarni bilishlari kerak. Ish kunini zichlashtirish yoki o’rindoshlik tartibi asnosida poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha vazifalar yuklatilgan temir yo’l transporti xodimlari, bu ishlarga tegishli qoida va yo’riqnomalar bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilgandan so’nggina qo’yiladilar. Xodimlarning ushbu bandda ko’rsatilgan sinovlardan o’tishi kerak bo’lgan lavozim va kasblarning ro’yxati, har bir lavozim (kasb) uchun bilim hajmi, ishga qabul qilishdagi va davriy sinovlarning o’tkazish tartibi DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan o‘rnatiladi, DATK boshqaruvi raisi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar uchun – «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishiladi. 8. Temir yo’l transportiga poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan lavozimlarga ishga kiruvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak. Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari DATK boshqaruvi raisi va tegishli vazirlik, idora va korxonalarning rahbarlari belgilagan tartibda amalga oshirilishi kerak. 18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar bevosita poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan quyidagi lavozim va kasblarga qo’yilmaydilar: lokomotiv, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar, harakatdagi yuk ko’taruvchi kranlarning mashinistlari va ularning yordamchilari, parovoz o’t yoqarlari, drezina haydovchilari va ularning yordamchilari, dispetcherlar, stansiya, park va tepacha navbatchilari, saralash tepaligi operatorlari, stansiya navbatchilari qoshidagi operatorlar, poezd konduktorlari, tuzuvchilar brigadasi xodimlari, vagonlar harakat tezligini muvofiqlashtiruvchilar, signalchilar, markazlash posti operatorlari, strelka posti navbatchilari, yo’l, ko’prik va er osti yo’li ustalari, yo’l brigadirlari, temir yo’llarni ko’zdan kechirib o’tadigan xodimlar, yo’l montyorlari (uchinchi va undan yuqori razryadlar), pereezd navbatchilari, BMT (blakirovkani markazlashtirish tizimi - SSB) va saralash tepaligi qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi elektrmexaniklar va elektmontyorlar, vagonlarni ta’mirlovchi-ko’rikdan o’tkazuvchilar, vagonlarni ko’rikdan o’tkazuvchilar, yo’lovchi poezdlari boshliqlari (mexanikbrigadirlari), vagon kuzatuvchilari, vagonlarni uzib qolmasdan ta’mirlash usta va ishchilari, vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti operatorlari, poezd elektrmexaniklari, elektr ta’minoti distansiyasi ustasi va elektrmexaniklari, refrijerator poezdlari va seksiyalari mexaniklari, defektoskop va yo’l o’lchash vagonlarining sozlovchilari, yo’l mashinalari va mexanizmlari mashinistlari, defektoskop aravachalari operatorlari, yo’l o’lchovlari bo’yicha operatorlar va ularning yordamchilari. 9. Temir yo’l transporti xodimlari ularga ishonib topshirilgan temir yo’l mulkini va tashilayotgan yuklarni asrashlari kerak. 10. Temir yo’l transporti xodimlarining alkagolli ichimliklar, zaharvand va giyohvand moddalar iste’mol qilgan holda o’z vazifalarini bajarishlari man etiladi. Bu holda aniqlangan shaxslar darhol ishdan chetlashtirilib, javobgarlikka tortiladilar. Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya vazirligining 13.11.2001 yildan 20-15-279/20- son x 6 4 5. 2-BO’LIM. INSHOOT VA QURILMALAR 2-bob. Umumiy qoidalar. Gabarit 11. Temir yo’l inshoot va qurilmalari soz ahvolda saqlanishi kerak. Nosozliklar kelib chiqishini oldini olish va inshootlarning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlash bunga javobgar shaxslarning asosiy vazifasi bo’lishi kerak. Inshoot va qurilmalar ahvoliga javobgarlik bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar hamda ushbu inshoot va qurilmalar qarashli bo’lgan korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi. Qayd etilgan xodimlar lavozim vazifalariga ko’ra har biri o’z o’rnida inshoot va qurilmalarning ahvoli va ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari, doimiy ravishda ularni tekshirib borishlari, texnik xizmat, ta’mirlash va asrashning yuqori sifatlarini ta’minlashlari kerak. 12. Inshootlar, qurilmalar, mexanizm va asbob-uskunalar tasdiqlangan loyiha hujjatlari va texnik shartlarga muvofiq bo’lishi kerak. Asosiy inshootlar, qurilma va asbob-uskunalarga ularning muhim texnik va foydalanish tavsiflariga ega bo’lgan texnik pasportlari tutilishi kerak. O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportiga etkazilib beruvchi qurilma, mexanizm va asbob-uskunalar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq majburiy sertifikatlashdan o’tishi kerak. Temir yo’l inshoot va qurilmalari poezdlarning belgilangan eng yuqori tezliklarda o’tkazishni ta’minlovchi talablariga mos kelishi kerak: yo’lovchi poezdlari – 140 km/soat, refrijerator va yuk poezdlari – 90 km/soat tezlik bilan. DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanagan ro’yxatga asosan O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarining ma’lum uchastkalari bo’ylab differensiallashgan (turli xil) tezliklar o‘rnatiladi. (12 bandning 2-xatboshi «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq o'zgartirildi). Inshoot va qurilmalar konstruksiyalariga o’zgartirishlar kiritish ushbu inshoot va qurilmalarning loyiha hujjatlarini tasdiqlash xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning ruxsati bilangina amalga oshiriladi. Asosiy inshoot va qurilmalarning tasniflanishi, davriy ta’mirlash muddati va saqlash me’yorlari DATK boshqaruvi raisi, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari rahbarlarining tegishli qaror va farmoyishlari bilan o‘rnatiladi. Inshoot va qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va saqlash bo’yicha ko’rsatma va namunaviy texnologik jarayonlar yo’l xo’jaligi boshqarmasi, aloqa va signallashtirish markazi, elektr ta’minoti markazi, lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi hamda ta’mirlash-foydalanish korxonalari tomonidan tasdiqlanadi, «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishiladi. 13. Yangidan qurilgan va qayta qurilgan liniya, inshoot, qurilma va binolar Qurib bitkazilgan temir yo’l transporti ob’ektlarini foydalanishga topshirish qoidalariga binoan qabul qilish hay’ati tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» ishtirokida doimiy foydalanishga qabul qilinishi kerak. Yangidan qurilgan va qayta qurilgan inshoot va qurilmalar ularning ish tartibini belgilovchi, harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlovchi hujjatlar (texnik-boshqaruv aktlar, ish bo’yicha yo’riqnomalar) tasdiqlangandan keyin hamda bu qurilma va inshootlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning qayd qilingan hujjatlarni bilishlari tekshirilganidan so’ng foydalanishga topshiriladi. 14. Temir yo’l umumiy tizimi va shahobcha yo’llarining yondashish stansiyalaridan ishlab chiqarish va transport korxonalari hududlarigacha joylashgan inshoot va qurilmalari O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilangan S - qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak. 5 6. Zavod, fabrika, ustaxonalar, depo, dengiz va daryo portlari, shaxtalar, yuk rayonlari, baza, omborlar, karyer, elektrstansiyalar va boshqa sanoat va transport korxonalari hududida va ular orasida joylashgan inshoot va qurilmalar ham O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilangan Sp - qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak. Temir yo’llar, shahobcha yo’llar va ulardagi inshoot va qurilmalarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurishda, ikkinchi yo’llarni elektrlashtirish va qurishda, shuningdek, ko’rsatilgan gabaritlarga tenglashtirilgan foydalanishdagi qurilmalarda S va Sp gabaritlariga rioya qilish kerak. Temir yo’llar, qurilma va inshootlarni yangidan qurish va qayta qurishda S va Sp gabaritlarni qo’llash xususiyatlari, S va Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan va eski me’yor bo’yicha qurilgan amaldagi qurilma va inshootlarga bo’lgan talablar, qurilma va inshoot gabaritlarini tekshirish va nogabarit joylarni yo’qotish tartiblari Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasida ko’zda tutilgan. S, Sp gabaritlari talablariga javob bermaydigan amaldagi inshoot va qurilmalarni qayta qurishni loyihalashtirishda, birinchi navbatda Tpr va Ts gabaritli istiqbolli harakat tarkiblarini, shuningdek, zonal gabarit bo’yicha ortilgan yuklarning o’tishini ta’minlamaydigan ob’ektlarni hisobga olish kerak. Ta’mirlash, qurilish va boshqa xil ishlarni amalga oshirishda inshoot va qurilmalarning gabaritlarini buzish man etiladi. 15. Ikki yo’lli liniyalarning peregonlaridagi yo’l o’qlari orasidagi masofa to’g’ri uchastkalarda 4100 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Uch yo’lli va to’rt yo’lli liniyalarning to’g’ri uchastkalarida ikkkinchi va uchinchi yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 5000 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Stansiyalarda to’g’ri uchastkalarda qo’shni yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 4800 mm dan, ikkinchi darajali yo’llar va yuk rayonlari yo’llarida 4500 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Stansiyalarda asosiy yo’llar chetda joylashganida DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan ular orasidagi masofa 4100 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Bevosita yuklarni vagondan vagonga ortish uchun qo’llaniladigan yo’llarda yo’l o’qlari orasidagi masofa 3600 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Peregon va stansiyalarda egri uchastkalarda qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi hamda yo’l o’qi va qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari orasidagi gorizontal masofa Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 16. Ochiq harakat tarkibiga ortilgan yuk (o’rash va mahkamlashni hisobga olib) belgilangan ortish gabaritlari chegarasida joylashishi kerak. Ochiq harakat tarkibida ortish gabaritlari chegarasida joylashtirib bo’lmaydigan yuklar, respublika hududida DATK tomonidan belgilangan tartibda tashiladi. Yoppasiga ortish joylarida (shahobcha yo’llar, qayta ortish stansiyalarida) belgilangan gabaritlar chegarasida yuklarning to’g’ri joylashganini tekshirish uchun gabarit darvozalari o’rnatiladi. Tushirilgan yoki ortishga tayyorlab yo’l chetiga joylashtirib qo’yilgan yuklar qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini buzmaydigan qilib tahlangan va mahkamlangan bo’lishi kerak. Balandligi 1200 mm gacha bo’lgan yuklar (yo’l ishlari uchun to’kiladigan ballastdan tashqari) chekka rels kallagi tashqi chegarasidan kamida 2,0 m masofada, balandligi bundan katta yuklar esa kamida 2,5 m masofada joylashishi kerak. 3-bob. Yo’l xo’jaligi inshoot va qurilmalari 17. Temir yo’lning barcha elementlari (tuproq ko’tarma, yuqori tuzilmalar va sun’iy inshootlar) mustahkamligi, barqarorligi va holati bo’yicha ushbu uchastkada poezdlarning belgilangan tezlikda xavfsiz va tekis harakatlanishini ta’minlashi kerak. 6 7. 18. Yo’l distansiyasi, yo’l mashina stansiyalari va yo’l xo’jaligining boshqa korxonalarining joylashishi va jihozlanishi, temir yo’llarni, inshoot va qurilmalarni poezdlar harakatining amalda o’rnatilgan hajmini, belgilangan tezliklarda amalga oshirish uchun, zarur bo’lgan asrash va ta’mirlash ishlarini bajarilishini ta’minlashi kerak. 19. Inshoot va qurilmalar konstruksiyasi, ularni asrash va foydalanish bo’yicha ushbu Qoidalarda ko’rsatilmagan talablari, DATK tizimidagi tegishli bo’linmalari tomonidan o‘rnatiladi. Yo’lning rejasi va profili 20. Temir yo’l egrilar radiusi, to’g’ri va egri tutashuv, qiyalik tiklariga nisbatan tasdiqlangan yo’l rejasi va profiliga mos kelishi kerak. 21. Stansiya, raz’ezd va o’zib o’tish punktlari, odatda, gorizontal maydonchada joylashishi kerak: ayrim hollarda ularning 0,0015 dan oshmaydigan qiyaliklarda, qiyin sharoitlarda odatda 0,0025 dan oshmaydigan qiyaliklarda joylashishiga yo’l qo’yiladi. O’ta qiyin sharoitlarda barcha turdagi raz’ezdlarda va o’zib o’tish punklarida «O’zdavtemiryo’lnazorat» ruxsati bilan, manyovr yoki lokomotiv va vagonlarni tarkibdan uzish hamda birlashtirilgan poezdlarni ajratish ko’zda tutilmagan bo’ylama yoki yarim bo’ylama toifadagi oraliq stansiyalarda stansiya maydonchasi chegarasida 0,0025 dan katta bo’lgan qiyaliklarga ruxsat beriladi. Shuningdek, «O’zdavtemiryo’lnazorat» ruxsati bilan juda qiyin sharoitlarda vagon yoki tarkibning (lokomotivsiz) o’z-o’zidan harakatlanib ketib qolishiga qarshi choralar ko’rilishi sharti bilan stansiyalarda qabul qilish-jo’natish yo’llarining uzaytirilganida 0,0025 dan katta qiyaliklarga ruxsat beriladi, lekin ikkala holda ham qiyaliklar 0,010 dan katta bo’lishi kerak emas. Stansiya, raz’ezd va o’zib o’tish punktlarida vagon yoki tarkiblarning (lokomotivsiz) o’zo’zidan harakatlanib ketishini oldini olish uchun manyovr operasiyalari va lokomotivlarni vagonlardan uzish ko’zda tutilgan yangidan qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan qabul qilishjo’natish yo’llari, odatda, chegaralovchi strelkalar tarafiga nishabga qarshi bo’ylama profilga ega bo’lishi va u loyihalash me’yorlariga mos kelishi kerak. Kerakli hollarda vagonlarning boshqa yo’llarga o’z-o’zidan chiqib ketishini oldini olish uchun muhofaza berk yo’li, muhofaza strelkasi, tushiruvchi boshmoqlar yoki strelka qurilmalari tizimlari ko’zda tutilishi kerak. Stansiya, raz’ezd, quvib o’tish punktlarining qiyalikda joylashgan barcha holatlarida belgilangan og’irlik me’yoridagi poezdlarning joyidan qo’zg’ala olish sharoitlari va poezdlarni lokomotivlarning yordamchi tormozlari bilan ushlab qola olish sharoitlari ta’minlangan bo’lishi kerak. 22. Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari, shuningdek, ayrim parklar va tortib chiqish yo’llari to’g’ri uchastkalarda joylashishi kerak. Qiyin sharoitlarda ularning 1500 m dan kam bo’lmagan radius egrisida joylashishiga yo’l qo’yiladi. O’ta qiyin sharoitlarda egrilik radiusini 600 m gacha, tog’ sharoitlarida 500 m gacha kamaytirishga yo’l qo’yiladi. 23. Asosiy va stansiya yo’llari, shuningdek temir yo’lga tegishli shahobcha yo’llarning reja va profili davriy uskunaviy tekshiruvdan o’tishi kerak. Yo’llarning reja va profilini uskunaviy tekshirish, tegishli texnik hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, stansiyalarning masshtab va sxematik rejalarini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish bu ishlarni bajarish uchun loyihalash institutlari, loyihalash-qidirish va loyihalash-smeta guruhlarini jalb etgan holda DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasiga yuklatiladi. Yo’l distansiyalarida quyidagilar bo’lishi kerak: distansiyada mavjud bo’lgan yo’l xo’jaligining barcha inshoot va qurilmalarining chizma va ta’riflari, shuningdek tegishli standart va me’yorlar; stansiyalarning masshtab va sxematik rejalari, barcha asosiy va stansiya yo’llarining, saralash tepachalari, shuningdek, DATK lokomotivlari harakatlanuvchi shahobcha yo’llarining bo’ylama profillari. 7 8. Saralash, uchastka va yuk stansiyalaridagi saralash tepachalarining, tortib chiqish yo’li va tepacha yoni yo’llarining bo’ylama profillari kamida uch yilda bir marta, stansiya yo’llarining qolgan qismida profil kamida 10 yilda bir marta tekshiriladi. Peregonlardagi asosiy yo’llarning bo’ylama profili yo’llarning tub va o’rta ta’miri davrida tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko’ra profilni to’g’irlash bo’yicha ishlarni bajarishning aniq muddatlari o‘rnatiladi. Reja va profilnig o’zgarishiga olib keluvchi ishlar va yo’l rekonstruksiyasi amalga oshirilayotgan uchastkalar ish bajaruvchilar tomonidan ishlar tugagandan keyin tekshirilib, tegishli hujjatlar yo’l distansiyasiga, stansiyalarda esa stansiya boshlig’iga ham taqdim etiladi. Stansiya hududida yangi ob’ektlarni qurishda, kengaytirish yoki boshqa erga ko’chirishda bu ishni bajaruvchi har qanday tashkilot ob’ektni amaldagi stansiya taraqqiyotiga biriktirilishini belgilovchi ijro hujjatini zudlik bilan yo’l distansiyasi boshlig’i va stansiya boshlig’iga topshirishi kerak. Tuproq ko’tarma, yo’lning yuqori tuzilmasi va sun’iy inshootlar 24. Tuproq ko’tarmaning ustki kengligi to’g’ri uchastkalarda yo’lning yuqori tuzilmasiga mos bo’lishi kerak. Mavjud liniyalarda ularni qayta qurishdan avval tuproq ko’tarmaning kengligi bir yo’lli liniyalarda – 5,5 m dan, ikki yo’lli liniyalarda 9,6 m dan kam bo’lmasligi; qoyali va sizot suvli erlarda esa bir yo’lli liniyalarda – 5,0 m dan, ikki yo’lli liniyalarda – 9,1 m dan kam bo’lmasligi kerak. Tuproq ko’tarma chetining minimal kengligi yo’lning har tarafida 0,4 m bo’lishi kerak. Radiusi 2000 m dan kam bo’lgan egri uchastkalarda tuproq ko’tarma belgilangan me’yorlar bo’yicha kengaytiriladi. Yangi qurilayotgan temir yo’llar va ikkinchi yo’llar uchun tuproq ko’tarmaning ustki kengligi O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan Qurilish qoida va me’yorlari talablariga mos bo’lishi kerak. Tuproq ko’tarma brovkasi suv oqish joylarida kuchli shamol vaqtida to’lqin ko’tarilishining maksimal balandligidan 0,5 m yuqori bo’lishi kerak. 25. To’g’ri uchastkalarda hamda 350 m va undan katta radiusli egrilarda temir iz kallaklarining ichki chegaralarida o’lchanadigan temir izlar eni nominal o’lchami 1520 mm bo’ladi. Bundan keskinroq egrilarda temir izlar eni quyidagicha bo’lishi kerak: 349 dan 300 m gacha radiusda - 1530 mm shu jumladan, temir beton shpallarda - 1520 mm 299 m va undan kam radiusda - 1535 mm Temir yo’l liniyalari uchastkalarida va rels-shpal panjaralari kompleks almashtirilmagan yo’llarning to’g’ri yo’l va 650 m dan katta radiusli egri uchastka yo’llarida temir izlar enining nominal o’lchami 1524 mm ga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, bundan keskin egrilarda temir izlar eni quyidagicha qabul qilinadi: 650 dan 450 m gacha bo’lgan radiusda - 1530 mm 449 dan 350 m gacha bo’lgan radiusda - 1535 mm 349 m va undan kichik bo’lgan radiusda - 1540 mm To’g’ri va egri uchastkalarda temir izlar eni o’lchamlaridagi bartaraf etilishi talab qilinmaydigan chetga og’ishlar torayish bo’yicha – 4 mm, kengayish bo’yicha +8 mm dan oshmasligi, 50 km/soat va undan kam harakat tezligi belgilangan uchastkalarda torayish bo’yicha – 4 mm, kengayish bo’yicha + 10 mm dan oshmasligi kerak. Ko’rsatilgan o’lchamlardan chetga chiqishlarni bartaraf etish tartibi DATK belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Temir izlar enining 1512 mm dan kichik va 1548 mm dan katta kengligiga yo’l qo’yilmaydi. 1996 yildan avval yotqizilgan temir beton shpallardagi uloqsiz yo’ldan foydalanish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi. 8 9. 26. Yo’lning ikkala rels izlari kallaklarining yuqori qismi bir xil sathda bo’lishi kerak. To’g’ri uchastkalarda DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasining tegishli yo’riqnomasida belgilangan me’yorlarga binoan bir rels izining ikkinchisidan 6 mm ga balandroq qilib o’rnatishga ruxsat beriladi. Yo’lning egri uchastkalarida egrilik radiusi va undagi harakat tezligiga bog’liq tashqi chetki izning balandlatilishi DATK yo’riqnomasiga binoan DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi. Rels tashqi izining balandlatilishi 150 mm dan oshmasligi kerak. Zarur vaqtda asosiy yo’lning egri uchastkalarida rels tashqi izining maksimal balandlatilishi DATK ruxsati bilan 150 mm dan oshishi mumkin. To’g’ri va egri uchastkalarda rels izlarining joylashuv darajasidagi yo’l qo’yiladigan og’ishlari DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi. 27. O’ta katta va mas’uliyatli sun’iy inshootlarning ro’yxati, ularni nazorat qilish, shuningdek, qiyin muhandislik-geologik sharoitlarda shaklini yo’qotayotgan tuproq ko’tarma qismlarini nazorat qilish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. DATK boshqaruvi raisi tasdiqlagan ro’yxatda ko’rsatilgan ko’prik va er osti yo’llari nazorat-gabarit qurilmalari bilan chegaralanadi, to’suvchi svetoforlar va ogohlantirish signal tizimi bilan jihozlanadi. Sun’iy inshootlar DATK tomonidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko’ra yong’inga qarshi kurash vositalari bilan ta’minlanishi va zarur hollarda ko’rik uchun kerakli moslamalarga ega bo’lishi kerak. Barcha ko’priklar amaldagi hisob me’yorlari va tegishli DATK yo’riqnomalari asosida yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha tasniflanadi. 28. Yo’l va inshootlarning holatini nazorat qilish uchun yo’llarda yo’l o’lchovchi vagonlar, defektoskop vagonlar, defektoskop aravachalar, defektoskop (nuqson tekshiruvchi) laboratoriyalar, ko’prik, er osti yo’li, yo’l tekshiruvi, gabarit tekshiruvi, sinov, ta’mirlashtekshirish-g’ovvoslik stansiyalari qo’llanilishi kerak. Asosiy yo’llarni yo’l yo’lovchi vagonlar bilan tekshirishning davriyligi DATK tegishli yo’riqnomasi tomonidan o‘rnatiladi, bunda 60 km/soat dan oshiq tezlikda harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlarning marshruti oyiga kamida ikki marta tekshirilishi kerak. Relslar va strelka o’tkazgichlar 29. Asosiy va stansiya yo’llaridagi rels va strelka o’tkazgichlar quvvati va holati bo’yicha foydalanish sharoitlari (yuk tashish ko’lami, o’qqa tushgan kuch, poezdlar harakati tezliklari) ga mos kelishi kerak. Relslar va strelka o’tkazgichlarning edirilish me’yorlari DATK alohida yo’riqnomalari bilan o‘rnatiladi. 30. Strelka o’tkazgichlari quyidagi markali krestovinalarga ega bo’lishi kerak: asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’lovchi yo’llarida – 1/11 dan keskin bo’lmagan, kesishuvchi o’tkazgichlar va kesishuvchi o’tkazgichlarning davomi hisoblangan yakka o’tkazgichda 1/9 dan keskin bo’lmagan; qaysiki yo’lovchi poezdlar faqat to’g’ri yo’li bo’ylab o’tadigan strelka o’tkazgichlari 1/9 krestovina markalariga ega bo’lishlari mumkin. Strelka o’tkazgichlarini 1/11 markaga o’tkazish uchun strelka bo’g’zini qayta qurishga to’g’ri kelsa va ayni vaqtda buning iloji bo’lmasa, yo’lovchi poezdlarning 1/9 markali strelka o’tkazgichi bo’yicha yon yo’lga o’tishiga ruxsat beriladi; yuk harakatining qabul qilish-jo’natish yo’llarida 1/9 dan, simmetriklarida esa 1/6 dan keskin bo’lmasligi kerak; boshqa yo’llarda – 1/8 dan, simmetriklarida esa 1/4,5 dan keskin bo’lmasligi kerak. Asosiy yo’llarda barcha harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlarining ostryaklari oldidan qaytaruvchi bruslar joylashtirib chiqilishi kerak. 9 10. Egri uchastkalarda asosiy yo’llarga strelka o’tkazgichlarni qayta o’rnatish taqiqlanadi. Alohida hollarda faqatgina DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan buni amalga oshirish mumkin. Kesishuvchi strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlardan qayta foydalanish DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi. 31. Quyidagi nosozliklarning bittasi bo’lgan taqdirda ham strelka o’tkazgichlaridan va berk kesishuvlardan foydalanish taqiqlanadi: strelka ostryaklari va qo’zg’aluvchan o’zakli krestovinaning tortish tirsaklaridan ajralishi; to’mtoq krestovinaning o’zagi va ostryak orasida birinchi tortish tirsagi qarshisida, uchli krestovina o’zagida esa o’zak tig’ida strelkaning yopiq holatida o’lchanadigan ostryakning rama relsidan, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovinaning usovikdan 4 mm va undan ko’p ortda qolishi; o’rkach (greben) ning ostryakka yoki qo’zg’aluvchan o’zak ustiga chiqib qolish xavfini tug’diruvchi, ostryak yoki qo’zg’aluvchan o’zakning quyidagi uzunlikdagi edirilishi: asosiy yo’llarda 200 mm va undan ortiq, qabul qilish-jo’natish yo’llarida 300 mm va undan ortiq, stansiyaning boshqa yo’llarida 400 mm va undan ortiq; ostryak kallagining yoki qo’zg’aluvchan o’zakning ustki kengligi 50 mm va undan ortiq bo’lgan kesimida o’lchanadigan ostryakning rama relsi qarshisida yoki qo’zg’aluvchan o’zakning usovik qarshisida 2 mm va undan ortiq pasayishi; krestovina o’zagining ishlovchi sathi va kontrrels kallagining ishlovchi sathi orasidagi masofa 1472 mm dan kam bo’lganida; kontrrels kallagi va usovikning ishlovchi sathlari orasidagi masofa 1435 mm dan katta bo’lganida; ostryak yoki rama relsining sinishi; krestovina (o’zak, usovik yoki kontrrelsning) sinishi; bir boltli vkladishda kontrrels boltining yoki ikki boltli vkladishda ikkala boltning uzilishi. Rama relslari, ostryaklar, usoviklar va krestovina o’zaklarining vertikal edirilishi, edirilish me’yorlardan o’tib ketgan vaqtda, ulardan foydalanish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 32. Asosiy yo’llarning relslari DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tasdiqlagan jadval bo’yicha defektoskop-vagon bilan tekshirilishi kerak. Asosiy yo’llar va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi rels va strelka o’tkazgichlari yo’l distansiyasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadval bo’yicha defektoskop aravachalar yordamida tekshiriladi. Relslar va strelka o’tkazgichlarning xavfli nuqsonlari bo’lgan elementlari bo’ylab, nuqsonlar bartaraf qilingunga qadar poezdlarning o’tkazish tartibi DATK boshqaruvi raisi ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 33. Stansiyalarda strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlarni o’rnatish va olib tashlash DATK boshqaruvi raisi farmoyishi bilan amalga oshiriladi. Stansiyalarda o’rnatilgan va qayta qurilgan strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlar hamda peregonlardagi strelka o’tkazgichlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan saylanadigan xay’at tomonidan foydalanishga qabul qilinib, o’zaro ishlashga kiritiladi. Vaqtincha o’zaro ishlashga kiritilmagan strelka o’tkazgichlari xay’at tomonidan qabul qilinishi mumkin, lekin bunda DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan ayrilarni mahkamlash, ko’rikdan o’tkazish va ushbu strelkalarni tekshirish tartibi o‘rnatiladi. (33 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 34. Quyidagi markazlashtirilmagan strelkalar nazorat strelka qulflari bilan jihozlangan bo’lishi kerak: poezdlarning qabul qilish va jo’natish yo’llarida joylashgan strelkalar, shuningdek, qo’riqlanadigan strelkalar; xavfli yukli vagonlarning turishi uchun ajratilgan yo’llarga olib boruvchi strelkalar; tiklash va o’t o’chirish poezdlari uchun mo’ljallangan yo’llarga olib boruvchi strelkalar; 10 11. muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boruvchi strelkalar; defektoskop-vagonlar, yo’l o’lchovchi vagonlar, yo’l mashinalarining turishi uchun mo’ljallangan yo’llarga olib boruvchi strelkalar. Strelkalar va krestovina qo’zg’aluvchan o’zaklari (tepacha va saralash yo’llarida joylashganidan tashqari), shu jumladan, markazlashgan va nazorat qulfiga ega bo’lganlari osma qulflar bilan berkitilishi uchun kerakli moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bu moslamalar ostryakning rama relsiga, krestovina qo’zg’aluvchan o’zagining usovikka zich yopishib turishini ta’minlashi kerak. 35. Markazlashtirilmagan strelkalar stansiyaning texnik-boshqaruv aktlarida ko’rsatilgan yoritiladigan va yoritilmaydigan strelka ko’rsatkichlari bilan jihozlanishi kerak. Elektr markazlashuviga ulangan strelkalar va saralash parklarining tepacha yoni bo’g’zidagi strelkalar ko’rsatkichlar bilan jihozlanmaydi. 36. Strelka o’tkazgichlari va berk kesishuvlarni ta’mirlash va joriy saqlash, strelka ko’rsatkichlari, tushiruvchi ostryaklar, boshmoqlar, buriluvchi bruslar, sharnir-tirsakli ulagichlarni o’rnatish, ta’mirlash va saqlash yo’l distansiyasi tomonidan bajariladi. Ushbu qurilmalarda mavjud bo’lgan SSB vositalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash signallashtirish va aloqa distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari 37. Temir yo’llarning boshqa temir yo’llari bilan, tramvay, trolleybus, avtomobil yo’llari va shahar ko’chalari bilan kesishuvlari DATK tegishli yo’riqnomasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Amaldagi pereezdlarda tramvay va trolleybus harakati ochilishiga yo’l qo’yilmaydi. Amaldagi pereezdlarda avtobuslar harakati ochilishining har bir alohida holatiga DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Temir yo’llarni avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi kesishuv joylari DATK boshqaruvi raisi tomonidan, sun’iy inshootlar ostidan o’tish joylari esa DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (37 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 38. Transport vositalari va o’ziyurar mashinalarni, shuningdek chorva mollarni belgilanmagan joylarda temir yo’llardan haydab o’tish taqiqlanadi. Ushbu talablar bajarilishini kuzatish yo’l distansiyasi xodimlariga, stansiyalarda esa stansiya xodimlari zimmasiga yuklatiladi. 39. Pereezdlar temir yo’l va avtomobil transporti harakatining jadalligiga bog’liq ravishda to’rt toifaga bo’linadi. Pereezdlarning toifasini belgilash, saqlanishini ta’minlash va xizmat ko’rsatish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasiga muvofiq belgilanadi. Barcha I va II toifadagi pereezdlar, shuningdek, bo’ylama elektr ta’minoti liniyalari bilan jihozlangan uchastkalarda yoki yaqinida boshqa turdagi uzluksiz elektr ta’minoti manbalari mavjud bo’lgan III va IV toifadagi pereezdlar elektr yoritgichlar, zarur hollarda esa o’tayotgan poezdlarni ko’rikdan o’tkazish uchun projektor qurilmalari bilan jihozlanishi lozim. Pereezdlarning uzluksiz elektr ta’minoti va tashqi yoritilishi vazifasi elektr ta’minoti distansiyasiga yuklatiladi. 40. Pereezdlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Transport vositalari haydovchilarini pereezdga yaqinlashganligi to’g’risida ogohlantiruvchi pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlangan yoki navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar boshqariladigan turga kiradi. Pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlanmagan va navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan pereezdlar boshqarilmaydigan turga kiradi. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar poezd lokomotivlari va maxsus harakat tarkibi mashinistlari bilan radio aloqaga, eng yaqin stansiya yoki post bilan, 11 12. dispetcherlik markazlashuviga ega bo’lgan uchatskalarda esa – poezd dispetcheri bilan to’g’ridan-to’g’ri telefon aloqasiga ega bo’lishi kerak. Pereezd signalizatsiya qurilmalari, avtomatik shlagbaumlar, telefon va radio aloqaning soz holatda ishlashi va saqlanishi signalizatsiya va aloqa distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 41. Pereezdlar belgilangan tarzda to’shama hamda ustunchalar yoki panjara bilan chegaralangan, o’tish joylariga ega bo’lishi shart. Pereezdlarga yaqinlashadigan joylarda ogohlantirish belgilari bo’lishi kerak: poezdlar keladigan tomondan – hushtak chalish lozim ekanligini bildiruvchi «S» signal belgisi, avtomobil yo’li tomonidan esa yo’l harakati qoidalariga muvofiq DATK yo’riqnomasida ko’zda tutilgan belgilar bo’lishi lozim. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan, poezdlar kelishi tomonidan ko’rinish darajasi qoniqarsiz bo’lgan kesishmalar oldida qo’shimcha «S» signal belgisi o’rnatilishi lozim. «S» signal belgilarini o’rnatish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi. 42. Yuk ortilgan yoki yuksiz yirik o’lchamli va og’irligi katta transport vositalari, sekin yuradigan mashinalar va avtopoezdlarning pereezddan o’tishi har bir alohida holda faqat yo’l distansiyasi boshlig’ining ruxsati bilan yo’l ustasi yoki yo’l brigadirining kuzatuvi ostida, elektrlashtirilgan uchastkalarda tashilayotgan yukning balandligi 4,5 metrdan ortiq bo’lgan paytda, shuningdek, elektr ta’minoti distansiyasi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi. 43. Kesishma bo’yicha navbatchi xodim pereezdda poezdlar va transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlashi, shlagbaumni o’z vaqtida ochishi va yopishi hamda belgilangan signallarni etkazishi, o’tayotgan poezdlarning holatini kuzatishi lozim. Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi nosozlik aniqlangan hollarda poezdni to’xtatish uchun chora ko’rishi, poezdning oxirini belgilovchi signal bo’lmagan hollarda esa bu to’g’risida stansiya navbatchisiga, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga xabar qilishi kerak. 44. Temir yo’llarning elektr uzatish va aloqa liniyalari, neft mahsulotlari uzatiladigan quvurlar, suv quvurlari va boshqa turdagi er usti va er osti qurilmalari bilan kesishuviga faqat DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Bunday kesishuvlarda poezdlar harakati xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlovchi choralar amalga oshirilishi yoki maxsus muhofazalovchi qurilmalar ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Ushbu qurilmalar loyihasi DATK boshqaruvi raisi bilan kelishilgan bo’lishi kerak. 45. Yangi qurilayotgan liniyalar va shahobcha yo’llar, peregonlardagi asosiy yo’llarga, istisno hollarda, DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan tutashtirilishi mumkin. Ikkinchi yo’lning qurilishi, inshoot va qurilmalarni qayta va tub ta’mirlash ishlarini bajarish, yangi alohida punktlarni qurish va hakazolar bilan bog’liq peregonlarda strelkali o’tkazgichlarni vaqtincha o’rnatish va echib olish, har bir alohida holatda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi. Alohida punktni konservatsiya qilish yoki berkitishda, peregondagi tutashma shahobcha yo’lini saqlab qolish to’g’risidagi qarorni, DATK boshqaruvi raisi, texnik vositalarga xizmat ko’rsatish va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilash bilan qabul qiladi. 46. Liniyalarning bir sathda kesishuvi, shuningdek liniyalar, shahobcha va tutashtiruvchi yo’llarning peregon va stansiyalardagi asosiy yo’llarga tutashmalari muhofaza berk yo’llariga yoki muhofaza strelkalariga ega bo’lishi lozim. Harakat tarkibi o’z-o’zidan stansiya yoki peregonga chiqib ketishini oldini olish uchun shahobcha va tutashtiruvchi yo’llarning stansiyadagi qabul qilish-jo’natish va boshqa yo’llarga tutashmalari muhofaza berk yo’llarga, muhofaza strelkalari, tutib qoluvchi boshmoqlar yoki strelkalarga ega bo’lishi kerak. Muhofaza berk yo’llarining foydali uzunligi 50 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Uzoqqa cho’zilgan qiyaliklar mavjud peregonlarda, shuningdek, bunday peregonlarni chegarolovchi stansiyalarda zarur hollarda DATK boshqaruvi raisi tasdiqlagan loyihalar bo’yicha tutib qoluvchi berk yo’llar quriladi. 12 13. 47. Ikki yo’llik liniyalar peregonlarida o’rnatiladigan strelka o’tkazgichlar to’g’ri yo’nalishda harakatlananyotgan poezdlar uchun harakat yo’nalishi bo’ylab bo’lishi kerak. Istisno hollarda tutashma yo’llarning yondashuvi qiyin sharoitlarda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlar o’rnatilishi mumkin. 48. Asosiy, qabul qilish-jo’natish va boshqa stansiya yo’llarining hosil bo’luvchi uch yoki to’rt yo’llik temir yo’llar qo’shilishlarining joylashuviga faqat DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Yo’l va signal belgilari 49. Asosiy yo’llar oldida signal va yo’l belgilari o’rnatiladi. Strelka o’tkazgichlar oldida va yo’llarning boshqa qo’shilish joylarida chegara ustunchalari o’rnatiladi. Temir yo’l ajratish hududining chegaralarini ko’rsatish, shunigdek, er ustida tuproq ko’tarmasidagi yashirin inshootlarni belgilash uchun maxsus belgilar o’rnatiladi. Signal belgilari harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda, yo’l belgilari esa kilometr hisobi ko’rsatkichi bo’yicha eng chetdagi yo’lning o’qidan 3100 mm dan kam bo’lmagan masofada o’ng tomonda o’rnatiladi. O’ymalarda (qoya toshlardan tashqari) va ulardan chiqishda yo’l va signal belgilari dala tomonda kyuvet va lotoklardan tashqarida o’rnatiladi. O’ta kuchli bosib qoluvchi o’ymalar va ulardan chiqishda (100 metrgacha masofada) ko’rsatib o’tilgan belgilar eng chetdagi yo’lning o’qidan kamida 5700 mm masofada o’rnatiladi. Bunday o’ymalar ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Elektrlashtirilgan uchastkalarda signal va yo’l belgilari kontakt tarmog’i ustunlarida o’rnatilishi mumkin, svetofor chiroqlari, kontakt tarmog’ining komplekt transformator podstansiyalari, ajratgichlari va razryadniklari o’rnatilgan ustunlar bundan istisno. Chegara ustunlari yo’llar oralig’ining o’rtasida, yaqinlashayotgan yo’llarning o’qi orasidagi masofa 4100 mm ni tashkil etgan joylarda o’rnatiladi. T gabarit o’lchamlari bo’yicha qurilgan harakat tarkibi yurmaydigan stansiya yo’llarida 3810 mm masofani saqlab qolishga ruxsat etiladi. Yo’llar orasidagi masofasi toraytirilgan qayta yuklash yo’llarida chegara ustunchalari yo’llar orasidagi masofa 3600 mm bo’lgan joyda o’rnatiladi. Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilmalar yaqinlashuvi kattaliklarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlarga muvofiq ravishda ko’paytirilishi lozim. Signal, yo’l va maxsus belgilar signallashtirish bo’yicha yo’riqnomada tasdiqlangan turda bo’lishi kerak. 4-bob. Lokomotiv va vagon xo’jaliklari, suv ta’minoti va oqava xo’jaligi inshootlari va qurilmalari. Tiklash vositalari 50. Lokomotiv depolari, lokomotivlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, ustaxonalar, anjomlash (ekipirovka) qurilmalari hamda lokomotiv xo’jaligining boshqa inshoot va qurilmalarining joylashuvi va texnikaviy jihozlanishi poezdlar harakatining belgilangan miqdorini, lokomotivlardan samarali foydalanishni, sifatli ta’mir va texnikaviy xizmat ko’rsatish, moddiy resurslardan oqilona foydalanish va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim. 51. Vagon depolari va uchastkalari, vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, yuvish-bug’lash stansiyalari hamda vagon xo’jaligining boshqa inshoot va qurilmalarining joylashuvi va texnikaviy jihozlanishi poezdlar harakatining belgilangan miqdorini, sifatli ta’mir va texnikaviy xizmat ko’rsatishni, moddiy resurslardan oqilona foydalanish va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim. Ta’mirlash-anjomlash depolari va yo’lovchi texnikaviy stansiyalari yo’lovchi vagonlarni reysga sifatli tayyorlash uchun zarur texnologik jihozlanishi lozim. 13 14. 52. Suv ta’minoti va suvni qayta ishlash qurilmalari lokomotivlar, poezdlar, stansiyalar va temir yo’l transporti korxonalarini sifatli suv bilan zarur miqdorda uzluksiz ta’minlashi hamda boshqa xo’jalik, yong’inni o’chirish va ichimlik suvga bo’lgan talablarni qondirishi lozim. Oqava qurilmalari sanitariya talablariga muvofiq ravishda temir yo’l korxonalari va turar joylari oqava suvlarining tozalanishini ta’minlashi lozim. 53. DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan punktlarda quyidagilar doimiy tayyor holatda turishi shart: harakat tarkibining izdan chiqishi va to’qnashuvi oqibatlarini bartaraf etish hamda ularning normal harakatini tiklash uchun tiklash poezdlari, elektr ta’minoti qurilmalarini va yo’lni tiklash uchun avtomatrisalar, drezinalar va avtomobillar, aloqani ta’mirlash-tiklash letuchkalarining vagonlari va avtomobillari, avariya-dala guruhlari; yong’inlarni oldini olish hamda o’chirish uchun o’t o’chirish poezdlari hamda o’t o’chirish guruhlari. Tiklash ishlarini olib borishga mo’ljallangan tiklash va o’t o’chirish poezlari, avtomatrisalar va drezinalarning doimiy to’xtash yo’llarini harakat tarkibi bilan egallash taqiqlanadi. 5-bob. Stansiya xo’jaligining inshoot va qurilmalari 54. Stansiyalar yo’llarining rivojlanishi va texnik ta’minoti poezdlar harakatining belgilangan miqdorlari, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yuk va bagajlarni ortish, tushirish, tarkib va vagonlarni ishlovdan chiqarish jarayonlarining vaqt me’yorlarini bajarilishini, texnik vositalardan samarali foydalanish, poezdlar harakati xavfsizligi va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan binolar, platformalar va boshqa inshoot va qurilmalar me’moriy-badiiy ko’rinishga ega bo’lishi lozim, yo’lovchilarni tashish bilan bog’liq jarayonlarni qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlashi kerak. Zarur hollarda yo’lovchi platformalariga o’tish uchun piyodalar tonneli yoki ko’priklar bo’lishi kerak. Stansiyalardagi piyodalarning o’tish joylari bir sathda bo’lgan hollarda, ular piyodalar yurishi uchun to’shamalar, ko’rsatkichlar va ogohlantiruvchi yozuvlar, zarur hollarda esa avtomatik signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim. Yo’lovchi stansiyalari, joylarni band etish va chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi, chipta bosib chiqaradigan mashina va avtomatlar tizimi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish yuk saqlash kameralari, poezdlar jo’nashining avtomatik ko’rsatkichlari, ma’lumot berish qurilmalari bilan jihozlanadi. Peregonlardagi yo’lovchi to’xtash punktlari usti yopiq yoki pavilonli yo’lovchi platformalariga, xizmat ko’rsatiladigan yo’lovchilar soniga muvofiq chipta sotadigan kassalarga ega bo’lishi kerak. Yuk va sovutgich qurilmalari yuklarning saqlanishini va yuk jarayonlarini qulay bajarilishini ta’minlashi lozim. 55. Faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan xodimlar (stansiya navbatchilari, manyovr dispetcherlari, signallashtirish va aloqa distansiyalari xodimlari va boshqalar) uchun mo’ljallangan xizmat binolari va xonalarida mehnat qilish uchun zarur sharoitlar bo’lishi kerak. Stansiya navbatchilarining xizmat xonalarida boshqarish va nazorat asboblari, jumladan, stansiya navbatchisining faoliyatiga bevosita aloqador bo’lgan avtomatlashtirilgan ish o’rni uskunalarini hamda yoritishni markazlashgan boshqarish va seksiya ajratgichlarini masofada turib boshqarish pultlarini o’rnatishga ruxsat beriladi. Boshqa uskuna va jihozlarni o’rnatilishiga alohida istisno hollarida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. (55 band ikkinchi xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Yo’lovchi va yuklarni jo’natuvchi hamda qabul qiluvchilarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning xonalariga o’tish, jarayonlarning tez bajarilishi uchun qulay bo’lishi lozim. 14 15. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan xonalarni boshqa maqsadlarda band etish taqiqlanadi. 56. Yo’lovchi va yuk poezdlari aralash harakatlanuvchi liniyalarda joylashgan yo’lovchi va yuk platformalari to’g’ri uchastkalarda yo’lning o’qiga nisbatan balandlik va masofa bo’yicha quyidagi me’yorlarga mos kelishi lozim: 1100 mm – baland platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan; 200 mm – past platformalar uchun rels kallaklari tepasi sathidan; 1920 mm – baland platformalar uchun yo’l o’qidan; 1745 mm – past platformalar uchun yo’l o’qidan. Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlar bo’yicha aniqlanadi. Foydalanish jarayonida o’lchamlarning quyidagi chegaralarda o’zgartirilishiga ruxsat etiladi: balandlik bo’yicha 200 mm gacha ortishi va 50 mm gacha kamayishi; yo’l o’qigacha bo’lgan masofada 30 mm gacha ortishi yoki 25 mm gacha kamayishi. Yo’lovchi va yuk platformalari balandligining belgilangan o’lchamlardan oshib ketishi va yo’l o’qigacha bo’lgan masofaning belgilangan miqdordan kamayishiga ular joylashgan yo’llarning vazifasi, harakatlanayotgan tarkibning turi va harakat tezligiga bog’liq ravishda Qurilmalar yaqinlashuvi o’lchamlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan ruxsat etiladi. Stansiya va peregonlardagi yangi va qayta qurilayotgan baland platformalar, yo’lni mashinalashtirilgan ta’mir etish va platformani mexanizatsiyalashtirilgan tartibda tozalash, stansiyalarda esa, bundan tashqari, vagon va lokomotivlar harakat qismlarini ikki tomonlama ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash imkonini beruvchi konstruksiyaga ega bo’lishi kerak. Yo’l va platformalarni ta’mirlash paytida relsning tepa sathidan yo’lovchi va yuk platformalarining tepa qismigacha bo’lgan hamda yo’l o’qidan platforma chetigacha bo’lgan masofalarni o’zgartirish taqiqlanadi. 57. Strelka va signallar bevosita boshqarilishi amalga oshiriladigan stansiya postlari, ular boshqaradigan tegishli strelka va yo’llar yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi lozim. Bunda stansiyalardagi mahalliy sharoitlarga bog’liq ravishda elektr markazlashtirish postlari (tepacha postlaridan tashqari) uchun istisnolarga yo’l qo’yilishi mumkin. 58. Stansiyalarning markazlashtirish postlari va strelka postlarining xonalari DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar bo’yicha zarur signalizatsiya asboblari, jihozlar va boshqa asbob-uskuna va ashyolarga ega bo’lishi lozim. Strelkali postlar, bundan tashqari, telefon aloqasining tashqi chaqiruv qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 59. Saralash tepachalari, tepacha lokomotivlarining mashinistlariga, tarkib tuzadigan brigadalar va boshqa xodimlarga zarur ko’rsatmalarni berish uchun signalizatsiya, radio aloqa va ikki tomonlama aloqa qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Ish hajmiga bog’liq ravishda saralash tepachalari vagonlarni tarqatishning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish qurilmalari, tepacha strelkalarini avtomatlashtirish, tepacha lokomotiv signalizatsiyalarini avtomatlashtirish hamda zarur hujjatlarni uzatish va yuborish qurilmalari bilan jihozlanadi. Tepacha markazlashtirilishiga qo’shilgan barcha strelkalar, mexanizatsiyalashtirilgan tozalash va qorni eritish uskunalari bilan jihozlanadi. Avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan tepachalari mavjud stansiyalarda tepacha uskunalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ustaxonalari hamda mexanizatsiyalashgan maydonchalarning bo’lishi shart. 60. Barcha saralash stansiyalari, shuningdek, yo’lovchi, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, manyovr harakatlari to’g’risida ko’rsatmalarni uzatish hamda manyovr dispetcherlari, stansiya navbatchilari, poezd tuzuvchilar, lokomotiv mashinistlari, stansiya texnologik markazlari, texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, tijorat ko’rigi punktlari, yuk xududlari va konteyner maydonchalari xodimlari, yo’l va qor tozalash mashinalariga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning manyovr ishlarini tashkil etish, texnikaviy xizmat ko’rsatish va poezddagi vagonlarni ta’mirlash masalalari bo’yicha o’zaro gaplashishlari uchun stansiya 15 16. ichidagi dispetcherlik aloqasi, stansiya radio aloqasining manyovr va boshqa turlari hamda ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Saralash, uchastka va yuk stansiyalari ish hajmiga bog’liq ravishda, bundan tashqari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari, DATK axborot hisoblash tarmog’i bilan aloqa qurilmalari, tashish hujjatlarini qabul qilish va eltish hamda ko’rikdan o’tkazilayotgan va ta’mirlanayotgan tarkiblarni markazlashtirilgan to’sish qurilmalari, stansiyalardagi vokzallar esa yo’lovchilarga ma’lumot berish uchun aloqa qurilmalari bilan jihozlanadi. 61. Stansiyalarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish inshootlari, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yuk ortish-tushirish va manyovr ishlarini bajarish, anjomlash, harakat tarkibiga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash yo’llari va parklari, yuk hududlari, konteyner maydonchalari, saralash maydonchalari, saralash platformalari, vagon tarozilari, shuningdek, xodimlar poezdlarni kutib oladigan joylarda strelka bo’g’izlari, omborlar, kesishmalar, zarur hollarda esa boshqa yo’l va punktlar yoritilishi shart. Yoritish DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan me’yor talablariga javob berib, poezdlar harakati va manyovr harakatlarining xavfsizligini, vagonlarga chiqarish va tushirish paytida yo’lovchilarning xavfsizligini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyatini va yuklarni muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim. Ish hajmi kam bo’lgan oraliq stansiyalarda yuk va manyovr ishlari olib borilmayotgan paytda stansiyaning yuk ortish-tushirish va boshqa yo’llaridagi tashqi yoritishni seksiyali o’chirish qurilmalari mavjud bo’lishi kerak. Yo’lovchi to’xtash punktlarida yo’lovchilarni vagonlarga chiqarish va vagonlardan tushirish hamda yo’lovchilar uchun ajratilgan xonalar yoritilishi lozim. Tashqi yoritish signal chiroqlarining aniq-ravshan ko’rinishiga ta’sir etmasligi lozim. 6-bob. Signalizatsiya, aloqa va hisoblash texnikasining inshoot va qurilmalari Signallar 62. Signallar harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, poezdlar harakati va manyovr ishlarini aniq tashkil etish uchun xizmat qiladi. Signal buyruq bo’lib, so’zsiz bajarilishi shart. Temir yo’l transportining xodimlari signal talablarini bajarish uchun mavjud barcha vositalardan foydalanishlari lozim. Yopiq svetofordan o’tish taqiqlanadi. Svetoforlarning (avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalardagi ogohlantiruvchi, to’suvchi va takrorlovchi svetoforlar bundan mustasno) o’chgan signal chiroqlari, ularning tushunarsiz ko’rsatmalari, hamda boshqa asboblarning tushunarsiz signallar berishi to’xtashni talab etadi. Alohida ko’zda tutilgan istisno hollarida yopiq (ko’rsatmalari tushunarsiz yoki o’chgan) svetofordan o’tish ushbu Qoidalarda va poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq ruxsat etiladi. 63. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan signalizatsiyada quyidagi asosiy signal ranglari qo’llanadi: yashil – belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat etuvchi; sariq - harakatlanishga ruxsat etib, tezlikni kamaytirishni talab etuvchi; qizil – to’xtashni talab etuvchi. Manyovr ishlaridagi signalizatsiyada, bundan tashqari, quyidagi ranglar qo’llaniladi: oydin-oq - manyovrlarga ruxsat etuvchi; ko’k – manyovrlarni taqiqlovchi. Signallarni anglashga xalaqit beradigan va buzib ko’rsatadigan bezak polotnolar, plakatlar, qizil, sariq va yashil rangdagi chiroqlarni o’rnatish taqiqlanadi. 16 17. 64. Xalqaro ahamiyatini hisobga olib, temir yo’l transportida faqat «O’zdavtemiryo’lnazorat» boshlig’i tomonidan tasdiqlangan signallar qo’llaniladi. Signal asboblari «O’zdavtemiryo’lnazorat» tasdiqlagan turda bo’lishi lozim. Signal oynalari va linzalarining rangi belgilangan standartlarga muvofiq bo’lishi kerak. Temir yo’llar tarmog’ida doimiy signal asboblari sifatida svetoforlar qo’llaniladi. Svetoforlar bilan almashtirilgunga qadar semaforlar saqlanib kelayotgan uchastkalarda ulardan foydalanish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 65. Yo’lning to’g’ri uchastkalarida kirish, ogohlantirish, o’tish, to’suvchi va yo’lni berkitish svetoforlarining qizil, sariq va yashil signal chiroqlari yaqinlashib kelayotgan poezd lokomotivining boshqaruv kabinasidan kamida 1000 metr masofadan kechayu kunduz aniqravshan ko’rinishi lozim. Yo’lning egri uchastkalarida ushbu svetoforlarning ko’rsatmalari hamda svetofordagi signal chiziqlar kamida 400 m masofadan aniq-ravshan ko’rinishi lozim. Sathi o’ta egri-bugri joylarda (tog’lar, chuqur daralar) yuqorida sanab o’tilgan signallarning 400 m dan kamroq, ammo 200 m dan kam bo’lmagan masofalarda ko’rinishi ruxsat etiladi. Asosiy yo’llardagi chiqish va marshrut svetoforlarining ko’rsatmalari kamida 400 m masofadan, yon yo’llarning chiqish va marshrut svetoforlari, shuningdek, taklif signallari va manyovr svetoforlarining ko’rsatmalari kamida 200 m masofadan aniq-ravshan ko’rinishi lozim. 66. Yo’lni berkitadigan barcha kirish va o’tish svetoforlari oldida ogohlantirish svetoforlari o’rnatilishi kerak. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda har bir o’tish svetofori undan keyingi svetoforga nisbatan ogohlantiruvchi hisoblanadi. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan uchastkalarda kirish svetoforlari oldidan ogohlantirish svetoforlari o’rnatilmasligi ham mumkin. Uch belgili signalizatsiya avtoblokirovkasi o’rnatilgan liniyalarda yondosh svetoforlar orasidagi masofa shu joyda yo’lovchi poezdlar uchun 120 km/soat va yuk poezdlari uchun 80 km/soat dan ortiq bo’lmagan maksimal tezlikda to’la xizmat tormozlash masofasidan kam bo’lmasligi va bundan tashqari, avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostop qurilmalarining poezdning tormozlash tizimiga ta’sir qilishi uchun zarur vaqt davomida poezd bosib o’tadigan yo’lni hisobga olgan holda shoshilinch tormozlash masofasidan kam bo’lmasligi lozim. Bu holda signallarning ko’rinishi 400 m dan kam bo’lgan uchastkalarda, shuningdek, avtoblokirovka bilan yangidan jihozlanayotgan liniyalarda ushbu masofa 1000 m dan kam bo’lmasligi lozim. Uch belgili signalizatsiya bilan ilgaridan jihozlangan liniyalarda ayrim svetoforlar DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan zarur tormozlash yo’lidan kam masofalarda qoldirilishi mumkin. Ushbu svetoforda hamda unga ogohlantiruvchi bo’lgan svetoforlarda chiroqli ko’rsatkichlar o’rnatilishi lozim. Stnasiyalarda chiroqli ko’rsatkichlar asosiy yo’ldagi yondosh (kirish, marshrut, chiqish) svetoforlar orasidan masofa zarur tormozlash yo’lidan kam bo’lgan hollarda o’rnatiladi. O’rnatilgan signalizatsiyaning eng kam uzunligidan qisqa blok-uchastkalarning bo’lishi talab etiladigan, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning harakati o’ta jadal liniyalar to’rt belgili signalizatsiya avtoblokirovkasi bilan jihozlanadi. Tezligi 120 km/soat dan ortiq yo’lovchi poezdlari yoki tezligi 80 km/soat dan ortiq yuk poezdlari harakatlanadigan uch belgili signalizatsiya avtoblokirovkasi bilan jihozlangan liniyalarda, lokomotiv svetoforining yashil chirog’i sariqqa o’zgargandan so’ng xizmat tormozlanishi qo’llanganda, poezdning taqiqlash ko’rsatmali yo’l svetofori oldida to’xtashi ta’minlangan taqdirda, lokomotiv svetoforining yashil chirog’ida ushbu poezdlarning belgilangan maksimal tezlikda harakatlanishi ruxsat etiladi. Yarim avtomat blokirovkali uchastkalarda kirish, marshrut, chiqish svetoforlari orasidagi masofa ushbu joy uchun maksimal amalga oshiriladigan tezlikda to’liq xizmat tormozlashda aniqlangan tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi lozim. Yo’l avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalari mavjud bo’lgan hollarda esa yuqoridagi masofa, bundan tashqari, shoshilinch 17 18. tormozlash paytida avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostop qurilmalarining poezdning tormozlash tizimiga ta’sir etishi uchun zarur bo’lgan vaqt mobaynida poezd bosib o’tadigan yo’lni ham qo’shib hisoblangandagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak. Avtoblokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalarda ogohlantirish svetoforlari bilan asosiy svetoforlar orasidagi masofa ushbu joy uchun maksimal erishiladigan tezlikda to’liq xizmat tormozlashda aniqlangan tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi lozim. Yaqinlashish uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizatsiya yo’l qurilmalari mavjud bo’lgan hollarda esa yuqoridagi masofa, bundan tashqari, shoshilinch tormozlash paytida avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostop qurilmalarining poezdning tormozlash tizimiga ta’sir etishi uchun zarur bo’lgan vaqt mobaynida, poezdning maksimal erishadigan tezligidagi, poezd bosib o’tadigan yo’lni ham qo’shib hisoblangandagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak. Avtomatik lokomotiv signalizatsiya mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan uchastkalarda ikki yondosh blok uchastkalarning uzunligi ushbu joy uchun shoshilinch tormozlash paytida avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostop qurilmalarining maksimal erishiladigan tezlikda poezdning tormozlash tizimiga ta’sir etishi uchun zarur vaqt davomida poezd o’tadigan yo’lni qo’shib hisoblagandagi tormozlash masofasidan kam bo’lmasligi kerak. 67. Svetoforlar harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda yoki ular to’sayotgan yo’lning o’qi ustida o’rnatiladi. Peregonlarda poezdlar uchun temir yo’l kesishmalari oldida o’rnatiladigan to’suvchi va ularga nisbatan ogohlantiruvchi svetoforlar harakat yo’nalishining chap tomonida ham joylashishi mumkin. Svetoforlar shunday o’rnatilishi kerakki, poezddan ularning uzatayotgan signallarini qo’shni yo’lga tegishli deb qabul qilmaslik kerak. Yo’lning gabaritlari svetoforlarni o’ng tomonga o’rnatishga imkon bermaydigan hollarda DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan quyidagi svetoforlarni chap tomondan joylashtirish mumkin: stansiyaga noto’g’ri yo’ldan qaytayotgan poezdlarni qabul qilish uchun o’rnatiladigan, shuningdek, peregonda noto’g’ri yo’l bilan qaytayotgan suruvchi lokomotivlar va xo’jalik poezdlarining kirish va unga tegishli ogohlantirish svetoforlarini; ikkinchi yo’llar qurilishi davrida vaqtincha o’rnatiladigan kirish va o’tish svetoforlarini. Manyovr ishlarining texnologik shartlari taqazo etgan joylarda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan ayrim stansiyalarda tepacha svetoforlarini chap tomondan o’rnatish mumkin. 68. Qoida bo’yicha signal chiroqlari normal yonayotgan svetoforlar qo’llaniladi. Avtoblokirovkali liniyalarda o’tish svetoforlarida, ular oldidagi blok-uchastkaga poezd kirishi bilan yonadigan, signal chiroqlari yonmaydigan svetoforlarni qo’llashga ruxsat etiladi. 69. Qurilmalarda nosozlik paydo bo’lganda svetoforlar avtomatik ravishda taqiqlovchi ko’rsatma beradigan holatga, ogohlantirish svetoforlari esa ularga bog’liq asosiy svetoforlarning ko’rsatmasiga muvofiq bo’lgan holatga o’tishi lozim. 70. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda o’tish svetoforlari uchun ruxsat ko’rsatmasi, kirish, marshrut va chiqish svetoforlari uchun esa taqiqlovchi ko’rsatma normal hisoblanadi. Stansiyadan to’xtovsiz o’tish uchun marshrut svetoforlari avtomat harakatga keltirishga o’tkazilishi mumkin bo’lgan temir yo’l uchastkalarida, ular avtomatik harakatga keltirishga o’tkazilganda ruxsat berish ko’rsatmasi normal hisoblanadi. Avtoblokirovka bilan jihozlanmagan uchaskalarda kirish, chiqish va o’tish svetoforlari uchun taqiq ko’rsatmasi normal hisoblanadi. To’sish svetoforlarining normal holati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 71. Kirish svetoforlari birinchi kirish strelkali o’tkazgichdan kamida 50 m uzoqlikda o’rnatilishi lozim, bu masofa strelkali o’tkazgichning qarama-qarshi yo’nalish ostryagidan yoki yo’nalish bo’ylab chegara ustunchasidan hisoblanadi. 18 19. Ilgari strelkali o’tkazgichdan 50 m dan kam, ammo 15 m dan ko’p uzoqlikda joylashtirilgan kirish svetoforlarini qayta o’rnatmaslik mumkin. Elektrlashtirilgan uchastkalardagi kirish svetoforlari, shuningdek «Stansiya chegarasi» signal belgilari peregon tomondan stansiyaning kontakt tarmog’ini peregonning kontakt tarmog’idan ajratib turuvchi havo oralig’i oldidan o’rnatilishi lozim. 72. Har bir jo’natish yo’li uchun chiqish svetoforlari jo’natilayotgan poezdning lokomotivi turishi mo’ljallangan joyning oldida joylashtirilishi kerak. Stansiyada etarlicha uzunlikka ega bo’lmagan yo’llardan poezd jo’natilayotganda, qachonki poezdning boshi chiqish svetoforidan o’tib joylashgan holda, ushbu svetoforning orqa tomonidan takrorlovchi kallagini o’rnatishga ruxsat etiladi. Chiqish svetoforlarida takrorlash kallagini o’rnatish ruxsat etilgan stansiyalarning ro’yxati hamda bunday hollarda signallardan foydalanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Poezdlarning to’xtovsiz o’tishi amalga oshiriladigan yo’llardan mustasno, bir guruh yo’l uchun chiqish va marshrut svetoforlari guruhini o’rnatishga ruxsat etiladi. Chiqish va marshrut svetoforlari guruhi poezdning jo’natilishi ruxsat etiladigan yo’lning raqamini ko’rsatadigan marshrut ko’rsatkichlari bilan to’ldirilishi lozim. 73. Avtomatik blokirovkaning o’tish svetoforlari blok-uchatskalarning o’zaro chegaralarida, yarim avtomatik blokirovkaning o’tish svetoforlari esa postlararo peregonlarning chegaralarida o’rnatiladi. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llanadigan uchastkalarda, blok-uchastkalarning chegaralarida «Blok-uchastka chegarasi» signal belgilari o’rnatiladi. Ikki yo’lli peregonlarda lokomotiv svetoforining signallari bo’yicha noto’g’ri yo’ldan harakatlanganda to’g’ri yo’ldan harakatlanishi uchun o’rnatilgan avtoblokirovka svetofori blokuchastka chegarasi bo’ladi. 74. Stansiyalardagi poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutiga kiruvchi strelkalar, kirish, chiqish va marshrut svetoforlari bilan o’zaro bog’liq bo’lishi lozim. 75. Yo’l blokirovka qurilmalari yoki elektr jezl tizimi mavjud bo’lgan peregonlardagi asosiy yo’lning shahobchalari strelkalari ushbu qurilmalar bilan shu tarzda bog’lanishi lozimki, eng yaqin o’tish yoki chiqish svetoforining ochilishi yoki jezlning olinishi faqat strelkaning asosiy yo’ldagi normal holatidagina mumkin bo’lsin. 76. Bir sathdagi temir yo’l kesishmalari va liniyalarning tutashuvlari, shuningdek, ko’tarma ko’priklar, mos ravishda chegaraviy ustunchalar yoki ko’prik boshlanishining ikki tomonidan kamida 50 m masofada o’rnatilgan yo’lni berkitish svetoforlari bilan to’silishi kerak. Bir sathdagi kesishuvlar va liniyalarning tutashuvida yo’lni berkitish svetoforlari shunday o’zaro bog’liklikka ega bo’lishi kerakki, unda bir svetoforning ochilishi qarshi marshrut svetoforlarining man etuvchi ko’rsatkichlarida mumkin bo’lishi kerak. Ko’tarma ko’priklarda berkitish svetoforlarini ochish ko’prikning bir-biriga jips turishi holatidagina mumkin bo’lishi kerak. 77. Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llari bo’ylab poezdlarning to’xtovsiz o’tishi ko’zda tutilgan avtomat yoki yarim avtomat blokirovkali uchastkalarda joylashgan stansiyalarda kirish va marshrut svetoforlarida ushbu yo’llarda poezdlarni to’xtovsiz o’tkazish signalizatsiyasi qo’llanilishi kerak. 78. Svetoforlarning joylashish sxemasi, shuningdek, stansiyalarda marshrutlardagi signal svetoforlarining ko’rsatkichlari va strelka holatining o’zaro bog’liqlik jadvali DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 79. Doimiy signallarni o’rnatish joylari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tayinlaydigan hay’at tomonidan aniqlanadi. (79 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 19 20. Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi 80. Peregonlar, odatda, yo’l blokirovkasi bilan, ayrim uchastkalarda esa aloqa va signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bunda poezdlarning peregon bo’ylab ikki yo’nalishda harakatlanishi lokomotiv svetoforlarining signallari bo’yicha amalga oshiriladi. 81. Avtomatik va yarim avomatik blokirovka qurilmalari ular ajratayotgan blok-uchastka (stansiyalararo yoki postlararo peregon) ning harakat tarkibidan bo’shamaguniga qadar chiqish va o’tish svetoforining ochilishiga, shuningdek, asosiy elektr ta’minotdan zahiraviysiga yoki aksincha o’zgarishlar natijasida svetoforning o’z-o’zidan yopilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. 82. Avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan bir yo’lli peregonlarda, stansiyada chiqish svetofori ochilgandan keyin, ushbu peregonga qarama-qarshi tarafdan poezd jo’natish uchun qo’shni stansiyaning chiqish va o’tish svetoforlarini ochish imkoniyati istisno qilinishi kerak. Xuddi shunday signallarning o’zaro bog’liqligi har bir yo’lda ikki taraflama harakatlanish uchun avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarda ham bo’lishi kerak. Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli qo’ymali bir yo’lli uchastkalarda, shuningdek, avtoblokirovka ko’rsatkichiga binoan harakat bir yo’nalishda amalga oshiriladigan yuk hajmi katta liniyalarning ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarida (noto’g’ri yo’l bo’ylab) qarama-qarshi yo’nalishda lokomotiv svetofor signallari bo’yicha harakatlanishni ta’minlovchi qurilmalar ko’zda tutilishi mumkin. Bu qurilmalar qo’llaniladigan texnik qarorlarga ko’ra doimo ishlaydi yoki ta’mirlash, qurilish va tiklash ishlari davrida yoqiladi. 83. Avtomat blokirovkada barcha svetoforlar ular ajratgan blok-uchastkaga poezdning kirib kelganida, shuningdek, ushbu uchastkalarning rels zanjirlari butligi buzilganda avtomat ravishda man etish ko’rsatkichini ko’rsatishlari kerak. 84. Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan uchatskalarda joylashgan stansiyalarda bu qurilmalar xo’jalik poezdlari uchun kalit-jezllarga, poezdlarni surish yana orqasiga qaytib keluvchi suruvchi lokomotivlar bilan amalga oshiriladigan yarim avtomat blokirovkali uchastkalarning stansiyalarida esa – ular uchun ham kalit-jezllarga ega bo’lishi kerak. Avtomat blokirovkali bir yo’lli liniyalarda, shuningdek, har bir yo’lda ikki taraflama avtoblokirovkali ikki yo’lli peregonlarda, manyovr tarkibning stansiya chegaralaridan tashqariga chiqishi mumkin bo’lgan manyovr ishlari amalga oshiriladigan stansiyalarda avtomatik blokirovka qurilmalari ularga bog’liq manyovr svetoforlari bilan to’ldiriladi. 85. Avtomatik va yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan liniyalarda joylashgan stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak: band yo’l uchun belgilangan marshrutda kirish svetoforining ochilishiga yo’l qo’ymaydigan qurilma; boshqarish apparatida yo’l va strelkalarning bandligini nazoratini ta’minlovchi qurilmalar. Yarim avtomatik blokirovkada, stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi mumkin: jo’natish marshrutidagi ajratilgan strelka uchastkalarining bo’shlik nazoratini, ularning nosozligi tufayli o’chirishga imkon beruvchi; yopilib qolgan svetoforning qayta ochilishini ta’minlovchi, agar poezd amalda undan o’tib ketmagan bo’lsa; poezdning to’liq tarkibda kelishini avtomat tarzdagi nazoratini ta’minlovchi. 86. Avtomatik blokirovka avtomatik lokomotiv signalizatsiya va dispetcherlik nazorati qurilmalari bilan, yarim avtomatik blokirovka esa yaqinlashish uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan to’ldirilishi kerak. 87. Poezdlar harakatining dispetcherlik nazorati qurilmalari avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda (bir yo’lli peregonlarda) belgilangan harakat yo’nalishi, blok20 21. uchastkalarning, oraliq stansiyalarda asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarining bandligi, kirish va chiqish svetoforlari ko’rsatkichlarining nazoratini ta’minlashi kerak. Ushbu bandda sanab o’tilgan talablardan tashqari, yangidan tatbiq etilayotgan dispetcherlik nazorati tizimlari SSB qurilmalari texnik holatini nazoratini ta’minlashi kerak. Signal va strelkalarni elektr markazlashtirish 88. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: strelka va svetoforlarning o’zaro tutashuvi; strelka kesilishi nazoratini, mazkur marshrutni chegaralovchi svetoforni yopish bilan amalga oshirishni; boshqaruv appraratida strelkalar holatini, strelka seksiyalari va yo’l bandligini nazorat qilishni; strelka va svetoforlarni marshrut yoki alohida boshqarish, manyovr svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha manyovr harakatlarini amalga oshirish, kerak paytda strelkalarni mahalliy boshqaruvga o’tkazish imkoniyatini. 89. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarga yo’l qo’ymasligi kerak: band yo’lga belgilangan marshrutda kirish svetoforini ochish; harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazish; strelkalar kerakli holatga qo’yilmaganda, berilgan marshrutga tegishli svetoforni ochish; belgilangan marshrutni chegaralovchi svetofor ochiqligida, qarshi svetoforni ochish yoki marshrutga kiruvchi strelkani o’tkazish. 90. Markazlashtirilgan strelkalarning uzatma va tutashmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: strelkalarning eng chetki holatlarida krestovina qo’zg’aluvchan o’zagini usovikka, ostryakning rama relsiga qattiq jipslashuvini; jipslashgan ostryak va rama relsi yoki qo’zg’aluvchan o’zak va usovik orasidagi tirqish 4 mm va undan ortiq bo’lganida strelka ostryaklari yoki krestovina qo’zg’aluvchan o’zagining tutashishiga yo’l qo’ymaslikni; rama relsi yaqinidagi ostryakni kamida 125 mm masofaga surishni. Markazlashtirilgan dispetcherlik 91. Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: qator stansiya va peregon yo’llarining strelka va signallarini bitta punktdan boshqarish; peregonlar, stansiya yo’llari va ularga yaqin blok-uchastkalarning holati va bandligini boshqaruv apparatida nazorat qilish, shuningdek, kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining ko’rsatkichlarini takrorlash; poezdlarni qabul qilish, jo’natish va manyovrlarni amalga oshirish bo’yicha strelka va signallarni boshqarishni stansiyalarda zahiraviy boshqaruvga o’tkazish yoki manyovrlarni amalga oshirish uchun strelkalarni mahalliy boshqaruvga o’tkazish; poezdlar harakatining bajarilgan grafigini avtomatik tarzda yozib olish; elektr markazlashtirish, avtomatik blokirovka, signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyaga qo’yiladigan talablarni bajarishni. Markazlashtirilgan dispetcherlikning yangi tizimlari blok-uchastkaning xaqiqiy band emasligida, harakat yo’nalishini poezd dispetcheri tomonidan o’zgartirish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 21 22. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va avtostoplar 92. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyada lokomotiv svetoforlari poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforlari ko’rsatkichlariga mos keladigan ko’rsatkichlarni uzatishi kerak. Faqatgina lokomotiv svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha harakatlanishda bu svetofor oldinda yotgan blok-uchastkalarning bo’shligi yoki bandligiga ko’ra tegishli ko’rsatkichlar uzatishi kerak. Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poezd) larning boshqaruv kabinasida o’rnatilib, signal ko’rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga etkazadilar. Lokomotivlar, motorvagon poezdlari va o’ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poezdning o’z-o’zidan ketib qolishi va mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik qurilmalari bilan to’ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo’qotgan hollarda ko’rsatib o’tilgan qurilmalar poezdni taqiqlovchi ko’rsatmali svetofor qarshisida avtomat tarzda to’xtashini ta’minlashlari kerak. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomat yoki yarim avtomat lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda asosiy yo’llar, yo’lovchi poezdlarni qabul qilish-jo’natish yo’llari, shuningdek, poezdlarning to’xtovsiz o’tib ketishi uchun qabul qilish-jo’natish yo’llari avtomatik signalizatsiyaning yo’l qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Ayrim stansiyalarda avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalarining mavjud emasligiga faqat DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Yarim avtomatik blokirovkada avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalari bilan stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo’llari jihozlanadi. 93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak. Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi 94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro tutashuvini ta’minlashi kerak. 95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak: kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish; ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash; bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik. Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi. Stansiya blokirovkasi 96. Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak: postlarning poezdlarni qabul qilish va jo’natish hamda stansiyalar ichidagi marshrutlarning to’g’ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish; har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o’zaro tutashuvi. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari 97. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, tarkiblarni tarqatishning hisob (loyihaviy) tezligi bilan uzluksiz, to’xtalishlarsiz va xavfsiz tarqatilishini 22 23. ta’minlashi kerak, bunda har bir tormozlash vaziyatida tormoz vositalarining quvvati ushbu tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak. Mexanizatsiyalashtirilgan saralash tepachalarida tarkiblarning saralash yo’llari bo’ylab tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepachaning elektr yoki tepachaning avtomat markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak. Tepacha markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak: strelkalarni individual boshqarishni; tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo’nalishidagi strelkalarning, shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza strelkalarining elektr tutashuvini; boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni. Tepacha markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligi kerak. Strelkalarning tepacha avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni ta’minlashi kerak: dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish jarayonida saralash tepaligining tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish; ostryak va ramali rels orasida o’tkazish vaqtida to’siq paydo bo’lib qolsa, ajratilgan vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda qaytarish; tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati. Avtomatlashtirilgan saralash tepacha qurilmalari tepacha avtomat markazlashuviga ega bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepachalarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni ta’minlashi kerak: tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish; ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish; tarkibni tarqatish natijalarining nazorati; saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar 98. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poezdning pereezdga etib kelguniga qadar o’tish joyini transport vositalaridan bo’shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo’li tomon to’xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o’tishi kerak. Poezd pereezdni butunlay bo’shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo’lishi kerak. Poezd yaqinlashayotgani xaqida avtomatik xabar beruvchi tizimlar 99. Avtoblokirovkali peregonlar va strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalar DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga binoan, yo’lda ish bajarayotgan ishchilarni poezd yaqinlashayotgani xaqida xabarlovchi avtomatik tizim bilan jihozlanishi kerak. Qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari 100. O’tayotgan poezdlarda qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: lokomotiv mashinisti va oldinda joylashgan stansiya navbatchisiga poezdda qizigan buksa borligi xaqida ma’lumot etkazishni; uzatilayotgan ma’lumotni maxsus lentada qayd etishni. 23 24. Ko’rsatilgan qurilmalarni joylashtirish, ulardan foydalanish va xizmat ko’rsatish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. Poezd ketib borayotgan marshrutga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqishini oldini olish qurilmalari Poezdlarning ketib borish marshrutlariga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqib ketishini oldini olish uchun qurilmalar 101. Qurilmalar: muhofaza berk yo’llari, qo’riqlash strelkalari, tushuruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar mazkur Qoidalarning ularni markazlashtirishga kiritish bo’yicha talablariga muvofiq kelishi (muhofaza berk yo’llari uchun - berk yo’lga olib boruvchi strelka), to’sish holati nazoratiga ega bo’lishi va harakat tarkibining poezdlarni qabul qilish, ketib borishi va jo’natish boshqa marshrutlariga va yo’llariga o’z-o’zidan chiqishini istisno qilishi kerak. Zarur hollarda, tushirish qurilmalari (tushiruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar) o’rnatiladigan joylar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarni signallashtirish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi. Aloqa 102. Barcha uchastkalarda poezd dispetcherlik, stansiyalararo poezd, stansiya bo’yicha, yo’l-liniya, strelka aloqalari bo’lishi kerak. Avtoblokirovka, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda va barcha elektrlashtirilgan uchastkalarda energodispetcherlik va peregon aloqasi bo’lishi kerak. Kabel aloqa liniyalari bo’lgan uchastkalar SSB va aloqa elektrmexaniklarining xizmat aloqasiga va energodispetcherlik aloqasiga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, yo’llarda poezdlar harakatini, chiptalarni sotish va joylardagi korxonalar ishini boshqarish uchun magistral, yo’l, yo’l boshqaruv, chipta-dispetcherlik, vagondispetcherlik, axborot-hisoblash, mahalliy hamda telefon va telegraf aloqaning boshqa turlari bo’lishi kerak. 103. Temir yo’lning barcha uchastkalari poezd radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak. Poezd radio aloqasi poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari, maxsus o’ziyurar harakat tarkiblari mashinistlarining: dispetcherlik uchastkasi ichida poezd dispetcheri bilan; peregonlarni chegaralovchi stansiya navbatchilari bilan; bir peregonda bo’lgan ketma-ket yoki qarama-qarshi kelayotgan lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat tarkibi mashinistlari bilan; temir yo’l kesishmalari va depo navbatchilari bilan; ta’mirlash ishlari rahbarlari va signalistlar bilan; poezd va ob’ektlardagi harbiylashtirilgan qo’riqlash o’qchilari bilan; kabinadan tashqariga chiqqan mashinist yordamchisi bilan; yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadiri) bilan; vagon ta’mirlovchi-qarovchilari bilan ishonchli ikki taraflama aloqani ta’minlashi kerak. Peregonlarning uzunligi, stansiyalarning berkitilishi yoki stansiya navbatchilarining navbatchiligini bekor qilinishi natijasida 15 km dan ortsa, poezd radio aloqasining yangi tizimi joriy qilinguniga qadar, peregonda ketib borayotgan poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari va maxsus o’ziyurar harakat tarkiblari mashinistlarining eng yaqin stansiya navbatchisi bilan aloqasiga, poezd dispetcheri bilan ishonchli aloqa mavjud bo’lgan holda yo’l qo’yiladi. Bunda, poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi mashinistlar, poezd dispetcheri va stansiya navbatchilarining o’zaro hamkorlikdagi harakatlari tartibi va bunday peregonlar ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Temir yo’llarning o’ta jadal poezd harakatlanishi va markazlashtirilgan dispetcherlik mavjud bo’lgan uchastkalarida tatbiq qilinayotgan yangi poezd radio aloqasi tizimlari, mazkur bandda ko’rsatilgan xodimlarning o’zaro ikki tomonlama ishonchli aloqasini, peregonlar uzunligining qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ta’minlashi kerak. 24 25. Poezd radio aloqasining texnik normativlari va foydalanish qoidalari DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi, poezd radio aloqasining nosozligi vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash tartibi esa, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezd harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada ko’zda tutilgan. 104. Stansiyalarda texnologik talablardan kelib chiqib stansiya radio aloqasi, ikki taraflama park aloqasi va yo’lovchilar uchun axborot aloqasi qo’llanilishi kerak. Stansiya radio aloqasi: manyovr va tepacha radio aloqasi, stansiya texnologik markazlari radio aloqasi, vagon va lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari, vagonlarni tijorat ko’rikdan o’tkazish punktalari radio aloqasi, konteyner maydonchalar radio aloqasi, texnik vositalar (SSB, aloqa, yo’l, kontakt tarmog’i va boshqalar) ni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish brigadalari, harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalari radio aloqasi tarmoqlarida, ikki taraflama aloqani ta’minlashi kerak. Bir stansiya ichida har hil manyovr rayonlari uchun bir hil radiochastotalarni qo’llash mumkin emas. Stansiyaning har bir manyovr rayoni uchun va unga xizmat ko’rsatuvchi lokomotivlar uchun alohida radiochastota ajratiladi. Ikki taraflama park aloqasi qurilmalari park chegarasida yaxshi eshitilishni ta’minlashi kerak. Bu qurilmalar temir yo’l hududidan tashqarida shovqinni kamaytirishga yo’naltirilgan ish olib borishi kerak. Poezd va manyovr ishlari xaqida ko’rsatmalarni uzatishda, shuningdek, yo’lovchilarni axborot bilan ta’minlashda qo’llaniladigan ikki taraflama park aloqasi qurilmalari doimo ish holatida bo’lishi, aloqa kanallarining uzluksiz ishlashini ta’minlashi, yoqiqlilik holati nazoratiga ega bo’lishi kerak. 105. Stansiyalar va dispercherlik uchastkalaridagi poezd va stansiya radio aloqasi qurilmalari (DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga binoan) so’zlashishlarning hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimi bilan jihozlanishi kerak. So’zlashishlarning hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimidan foydalanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 106. Peregonlar va yuk tashish hajmi katta liniyalar stansiyalarida ta’mirlash ishlarini boshqarish uchun ta’mirlash bo’linmalarining ish boshqaruvchi bilan, ish boshqaruvchining lokomotiv mashinistlari va tegishli xizmatning navbatchi apparati bilan ikki taraflama ishonchli aloqasini ta’minlash uchun ko’zda tutilgan ta’mir-tezkor radio aloqa qo’llanilishi kerak. Bu aloqa bilan jihozlanuvchi uchastkalar ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiglanadi. 107. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lmagan masalalar bo’yicha poezd dispetcherlik va strelka aloqasidan foydalanish man etiladi. Markazlashtirilgan ijro postlari, strelka postlari va stansiya navbatchisining telefonlaridan boshqa telefonlarni strelka aloqasi tarmog’iga ulash taqiqlanadi. Poezd dispetcherlik aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilari, manyovr dispetcherlari, operatorlari, lokomotiv depo va almashtirish punkti navbatchilari, energodispetcherlar va lokomotiv dispetcherlari, signalizatsiya va aloqa distansiyasi muhandis navbatchilari, davlatlararo TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti) va TKP (tijorat ko’rigi punkt) lari navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchatskalarida poezd dispetcherlik aloqasiga DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan pereezdlar navbatchilarining telefonlarini ulashga ham yo’l qo’yiladi. Shtatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining navbatchi xodimlari bo’lmagan yoki bo’lsa ham ularning kecha-kunduz navbatchilik qilishi ko’zda tutilmagan stansiyalarda stansiya boshlig’i, SSB elektrmexanigi va elektrmonterlari xonadonlarida o’rnatilgan telefonlarni poezd dispetcherlik aloqasiga ulashga ruxsat etiladi. Xonadonlarda o’rnatilgan telefonlarni poezd dispetcheri, maxsus pribor orqali faqatgina so’zlashuv uchun ketadigan vaqtga ulaydi. Peregonlarda poezd dispetcherlik aloqasi simlariga drezina haydovchilari (majburiy to’xtash vaqtida), tiklash va o’t o’chirish poezdi boshliqlari, SSB elektrmexaniklari, tiklash, yo’l 25 26. ishlari va elektr ta’minot qurilmalari bo’yicha ishlarning ish boshqaruvchisi ko’chma telefonlarini vaqtincha ulashga ruxsat beriladi. Stansiyalararo poezd aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilarining telefonlarini, avtoblokirovkali uchastkalarda, bundan tashqari, peregon aloqa telefonlari va pereezd navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi 108. Ma’lumot-hisoblash tizimi: ma’lumotlarni kiritish, uzatish, qayta ishlash va asrash imkoniyatini, belgilangan muddatlarda iste’molchilarga hisob natijalarini berish, temir yo’l transportining barcha sohalarida rejalashtirish, tezkor boshqaruv, hisoblash, statistika masalalarini echish imkonini ta’minlashi kerak. Texnika va programma vositalari doimo ishga tayyor va faol holatda turishi, talab qilinadigan ishonchlilik va aniqlikni ta’minlashi kerak. Temir yo’l transporti ma’lumot hisoblash tizimiga terminal va boshqa moslamalarning ulanishi DATK ning signalizatsiya va aloqa Markazi hamda statistika, ma’lumot va hisoblash texnikasi Markazi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak. SSB va aloqa liniyalari 109. SSB va aloqa kabel liniyalari, qoidaga ko’ra, peregonlarda tuproq ko’tarmasidan tashqarida ajratma yo’lida o’tkazilishi kerak. Alohida hollarda, kabel liniyalarini amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda, tuproq ko’tarmasi orqali o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi. Tolasimonoptik kabellar asosidagi aloqa liniyalari, kontakt tizimi yoki avtoblokirovka liniyalari tayanchlarida osma uslubda o’rnatilishi mumkin. Osma uslubda o’rnatilgan aloqa liniyalari kabellari maksimal osilib turishida quyidagi o’lchamlardan kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak: 5,0 m – erdan aholisiz joyda; 6,0 m - erdan aholili joyda; 4,5 m – yo’lovchi platformalari sathidan; 7,0 m – temir yo’l kesishmalaridagi avtomobil yo’llari sathidan. SSB va aloqa havo liniyalari osilishi maksimal osilib turishida quyidagi o’lchamlardan kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak: 2,5 m – erdan aholisiz joyda; 3,0 m – erdan aholili joyda; 5,5 m – kesishuvchi avtomobil yo’llari sathidan; 7,5 m – kesishuvchi elektrlashtirilmagan temir yo’llarning rels kallagi sathidan. Elektrlashtirilgan temir yo’llarning kesishuvlari faqat kabel bilan bajariladi. 110. SSB va aloqa liniyalarining ishdan chiqishida ularni tiklash quyidagi tartibda amalga oshirilishi kerak: poezd dispetcherlik aloqa simlari; magistral aloqasi simlari; elektrta’minot uskunalarini televizion boshqarish simlari; energodispetcherlik aloqasi; elektrjezl sistemasi; stansiyalararo va strelkali aloqa simlari; yo’l blokirovkasi simlari; SSB va aloqaning boshqa simlari. 111. SSB va aloqa inshoot va qurilmalari tortish tokining, elektr uzatish liniyalari va momaqaldiroq razryadlarining xalaqit beruvchi va xavfli ta’siridan himoyalangan bo’lishi kerak. 26 27. SSB va aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish 112. Turli hil o’zaro bog’liklarni amalga oshirsa bo’ladigan SSB apparatlari, shuningdek, poezd va stansiya radio aloqa apparatlari yopiq va plombalangan bo’lishi kerak; ularni ochishga signallashtirish va aloqa Markazining vakolatli xodimi tomonidan ushbu qurilmalarni ko’rik jurnalida yozib qo’yish sharti bilan yo’l qo’yiladi. SSB va radio aloqa apparatlarida plombalarning butunligiga ushbu apparatlardan foydalanuvchi navbatchi xodimlar (stansiya navbatchilari, markazlashtirilgan post operatorlari, strelka post navbatchilari, lokomotiv mashinistlari va boshqalar) javob beradi. 113. Signalizatsiya va aloqa distansiyalari, distansiyada mavjud bo’lgan SSB va aloqa qurilmalari va ular xizmat ko’rsatadigan boshqa qurilmalarning chizmalari va ta’riflari, ularga tegishli me’yor va standartlarga ega bo’lishi kerak. Bu hujjatlarga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritib borilishi kerak. SSB qurilmalari bo’yicha namunaviy qarorlar DATK ning signallashtirish va aloqa Markazi boshlig’i tomonidan tasdiqlanandi. SSB qurilmalarida namunaviy bo’lmagan texnik qarorlardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. 114. SSB qurilmalari o’zaro bog’likligida vaqtincha o’zgartirishlarga DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan ko’pi bilan 5 sutkaga, undan ko’p vaqt uchun DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. (114 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 115. Belgilangan o’zaro bog’liqlikni buzuvchi yoki ularni vaqtincha to’xtatib qo’yuvchi SSB qurilma va uskunalarini qaytadan jihozlash, boshqa erga o’tkazish, ta’mirlash, sinash va almashtirish, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan rejaviy ishlar jadvalga ko’ra, bu jadvallarni bajarishning eng qisqa muddatini hisobga olib, amalga oshirilishi kerak. Barcha holatlarda stansiya navbatchisining ruxsatisiz va Yo’llar, strelka o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarining ko’rik jurnalida oldindan yozib qo’ymasdan bu ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar faqatgina poezd dispetcheri roziligi amalga oshirilishi kerak. (115 band birinch xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Qurilmalarning stansiya navbatchisi xonasidan ancha uzoqda joylashganida bu qurilmalarni ishga tushirish xaqida yozuv, shuningdek, ularning nosozliklarini yo’qotish uchun vaqtincha o’chirilishi xaqidagi yozuv stansiya navbatchisiga uzatilayotgan va o’sha jurnalda qayd qilinadigan telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin. Ishlarga boshchilik qiluvchi keyin bu qaydnomani o’z imzosi bilan tasdiqlab qo’yishi kerak. Belgilangan o’zaro bog’liqlik buzilmaydigan hollarda SSB ning ayrim qurilma va moslamalarini almashtirish va o’chirish stansiya navbatchisining (markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida – poezd dispetcherining) ruxsati bilan, Ko’rik jurnalida qayd qilinmasdan amalga oshirilishi mumkin. Bunday qurilma va moslamalarni almashtirish va o’chirish bo’yicha ishlar ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (115 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). SSB ning amaldagi qurilmalarini sinash barcha hollarda stansiya navbatchisining ruxsati va ko’z ostida, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi. 116. Signal moslamalarining yoritilishi signal ko’rsatkichlarining aniq ko’rilishini ta’minlashi kerak. Yoritilishning o’z vaqtida va to’xtovsiz ta’minlanishi quyidagilarga yuklatiladi: svetofor va marshrut ko’rsatkichlari – signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshliqlariga; 27 28. stansiyalarda strelka ko’rsatkichlari, gidravlik kolonkalar va yo’lni berkitish ko’rsatkichlari – stansiya boshliqlariga; lokomotiv, vagon, yo’l va boshqa xo’jaliklarning signal moslamalari – tegishli bo’linmalarning boshliqlariga. Stansiya yo’llarida signal moslamalarining yoritish qurilmalarini elektr bilan ta’minlash elektr ta’minoti distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 117. Signalizatsiya va aloqa distansiyasi xodimlari svetofor signallari va marshrut ko’rsatkichlarining doimiy normal ko’rilishini ta’minlashi kerak. Svetofor ko’rsatkichlarining ko’rinishi svetofor lampalarining har bir almashishidan keyin elektrmexanik tomonidan yo’ldan tekshirilishi kerak. Peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi signallarning ko’rinishi lokomotivdan, katta mexanik tomonidan kamida oyda bir marta, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i tomonidan kamida yil choragida bir marta tekshirilishi kerak. Signalizatsiya va aloqa distansiyasi hamda lokomotiv depo boshliqlari yoki ularning o’rinbosarlari kamida yil choragida bir marta avtomatik lokomotiv signalizatsiya va radio aloqa ishini lokomotivdan turib tekshirishlari kerak. Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va poezd radio aloqasi faoliyati DATK signalizatsiya va aloqa Markazi hamda lokomotivlardan foydalanish Boshqarmasi boshliqlari tomonidan tasdiqlangan jadval bo’yicha natijalarni hujjatlashtirib, qayd qiluvchi vagon-laboratoriya tomonidan davriy tekshirib turiladi. Tekshirish natijalari signalizatsiya va aloqa hamda lokomotiv-lardan foydalanish Boshqarmasi boshliqlari tomonidan ko’rib chiqiladi. 118. Yo’l, SSB, elektrta’minoti qurilmalari va harakat tarkibi, elektr rels zanjirining doimiy ishonchli faoliyatini ta’minlashi kerak. Elektr rels zanjirlarining to’xtovsiz ishlashini ta’minlovchi yo’l, SSB, elektr ta’minoti qurilmalari va harakat tarkibini saqlash me’yorlari va ularga texnik xizmat ko’rsatish tartibi DATK signalizatsiya va aloqa Markazi tomonidan o‘rnatiladi. 119. SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi xodimlar, ulardan foydalanish tartibiga o’qitilishi va bilimlari tekshirilishi kerak. Signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i, SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi boshqa xizmat xodimlarini o’qitishni ta’minlaydi. Ushbu qurilmalarni bilishini davriy tekshirish va o’qitish uchun, har bir boshliq o’z qo’l ostidagilar uchun mas’uldir. 7-bob. Temir yo’llarning elektr ta’minoti inshoot va qurilmalari 120. Elektr ta’minoti qurilmalari quyidagilarni elektr bilan ishonchli ta’minlashi kerak: talab qilinadigan harakat hajmlarida poezdlarning belgilangan og’irlik me’yorlari, tezliklar, ular orasidagi intervallar bilan harakatlanishi uchun elektr harakat tarkibini; I toifadagi elektr energiyasi iste’molchilari sifatida SSB, aloqa va hisoblash texnikasi qurilmalarini. DATK ruxsati bilan qayta qurish tugallanmasidan bu qurilmalarni II toifa bo’yicha elektr bilan ta’minlanishiga yo’l qo’yiladi; DATK belgilagan toifaga ko’ra boshqa barcha temir yo’l transporti iste’molchilarini. Avtomatik va yarim avtomatik blokirovkaning elektr ta’minoti manbasining akkumulyator zahirasi mavjudligida, u doim shay ahvolda bo’lishi va muqaddam 36 soat ichida elektr ta’minoti o’chirilmagan bo’lsa, SSB va temir yo’l kesishmasi signalizatsiyasining 8 soat ichida to’xtovsiz ishlashini ta’minlashi kerak. Avtomatik va yarimavtomatik blokirovka elektr ta’minotining asosiy tizimidan zahiraviy tizimga o’tishi yoki teskarisi sodir bo’lishiga 1,3 sekunddan oshiq vaqt ketmasligi kerak. 28 29. Elektr bilan ta’minlashning ishonchli bo’lishi uchun elektrta’minoti inshoot va qurilmalarining ahvoli davriy nazorat qilinishi, vagon laboratoriyalari, tashxis asboblari bilan ularni o’lchash ishlari va rejaviy ta’mir ishlari bajarilishi kerak. 121. Elektr harakat tarkibining pantografida kuchlanish darajasi o’zgaruvchan tokda 21 kV, doimiy tokda 2,7 kV dan kam bo’lmasligi va o’zgaruvchan tokda 29 kV, doimiy tokda 4 kV dan oshib ketmasligi kerak. Ayrim uchastkalarda DATK ruxsati bilan o’zgaruvchan tokda 19 kV va doimiy tokda 2,4 kV dan kam bo’lmagan kuchlanish darajasiga ruxsat beriladi. SSB qurilmalarida o’zgaruvchan tokning nominal kuchlanishi 110, 220 yoki 380 V bo’lishi kerak. Nominal kuchlanishning ko’rsatilgan kattaliklardan chetga chiqishlar kamayish tomoniga ko’pi bilan 10%, ko’payish tomoniga ko’pi bilan 5% ga ruxsat eriladi. 122. Elektr ta’minoti qurilmalari qisqa tutashuv, belgilangan me’yorlardan oshib ketadigan kuchlanish va zo’riqishlardan muhofazalanishi kerak. Doimiy tok bilan elektrlashtirilgan liniya rayonlarida joylashgan metall er osti qurilmalari (quvur o’tkazmalar, kabellar va boshqalar), shuningdek, metall va temir beton ko’priklar, ko’prik yo’llar, kontakt tarmoq tayanchlari, svetoforlar, gidrokolonkalar va boshqalar elektr emirilishidan muhofazalanishi kerak. Doimiy tokda elektrlashtirilgan liniyalarning tortish podstansiyalari, shuningdek, elektr harakat tarkibi, SSB va aloqa qurilmalarining faoliyatini buzuvchi toklar kontakt tarmog’iga kirib qolishidan muhofazalanishi kerak. 123. Kontakt simi osma (подвеска) sining rels kallagining ustki sathidan balandligi peregon va stnasiyalarda kamida 5750 mm, temir yo’l kesishmalarida kamida 6000 mm bo’lishi kerak. Alohida holatlarda amaldagi liniyalarda bu masofoa harakat tarkibinig turishi ko’zda tutilmagan stansiya yo’llarida joylashgan sun’iy inshootlar chegarasida, shuningdek, peregonlarda DATK ruxsati bilan o’zgaruvchan tok bilan elektlashtirilgan liniyalarda 5675 mm gacha va doimiy tokda – 5550 mm gacha kamaytirilishi mumkin. Kontakt osmasining balandligi 6800 mm dan oshib ketmasligi kerak. 124. Sun’iy inshootlar chegarasida kuchlanish ostidagi kontakt tarmog’i qismlari va tok qabul qilgichning tok tashuvchi elementlaridan to harakat tarkibining va inshootlarning erga ulangan qismlarigacha bo’lgan masofa, doimiy tokda elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 200 mm va o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 350 mm bo’lishi kerak. Alohida holatlarda amaldagi sun’iy inshootlarda belgilangan masofalarni DATK ruxsati bilan kamaytirishga yo’l qo’yiladi. 125. Peregon va stansiyalarda chetki yo’l o’qidan to kontakt tarmoq tayanchining ichki chetigacha bo’lgan masofa kamida 3100 mm bo’lishi kerak. O’ymalardagi tayanchlar kyuvetdan tashqarida joylashishi kerak. O’ta kuchli qor bosib qoluvchi o’ymalarda (qoyali o’ymalardan tashqari) va ulardan chiqishda (100 m uzunlikda) chetki yo’l o’qidan to kontakt tarmoq tayanchlarining ichki chetigacha bo’lgan masofa kamida 5700 mm bo’lishi kerak. Bunday joylarning ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. Amaldagi liniyalarda ularni qayta qurishdan avval, shuningdek, o’ta qiyin sharoitlarda yangidan elektrlashtirilayotgan liniyalarda yo’l o’qidan to tayanchlarning ichki chetigacha bo’lgan masofa stansiyalarda kamida 2450 mm, peregonlarda kamida 2750 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Barcha ko’rsatilgan o’lchamlar to’g’ri yo’llar uchun belgilangan. Egri uchastkalarda bu masofalar kontakt tarmoq tayanchlari uchun belgilangan gabarit kengayishi bo’yicha kattalashishi kerak. Kontakt tarmoq tayanchlari, havo liniyalari va svetoforlar, shuningdek, signal belgilarining o’zaro joylashuvi signal va belgilarning yaxshi ko’rinishini ta’minlashi kerak. 29 30. 126. Kontakt tarmoq qismlaridan 5 m dan kam masofada joylashgan kuchlanish ostida kontakt tarmoq elementlari mahkamlanadigan barcha metall inshootlar (ko’priklar, ko’prik yo’llar, tayanchlar), temir beton tayanchlar, temir beton va metall bo’lmagan sun’iy qurilmalardagi kontakt tarmoqning mahkamlanish moslamalari, shuningdek, alohida turuvchi metall tuzilmalar (gidrokolonkalar, svetoforlar, ko’prik va ko’prik yo’llar elementlari va boshqalar) erga ulangan bo’lishi yoki inshoot va konstruksiyalarga yuqori kuchlanishning tushib qolishida muhofazalovchi o’chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. Xavfli kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgaruvchan tok kontakt tarmog’i hududida joylashgan barcha metall inshootlar erga ulanishi kerak. Elektrlashtirilgan yo’llar ustida joylashgan ko’prik yo’llar va piyodalar ko’prigida kuchlanish ostidagi tarmoq qismlaridan to’sib qo’yish uchun, odamlar o’tadigan joyda muhofaza shitlari va to’shamalar bo’lishi kerak. 127. 1000 V dan yuqori bo’lgan kuchlanishli kontakt tarmog’i, avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minlash liniyalari, havo oraliqlari (izolyasiyalovchi tutashma), neytral qo’yma, seksiya va buralib kiruvchi izolyatorlar, ajratuvchilar yordamida alohida uchastkalar (seksiyalar) ga ajratilishi kerak. Havo oraliqlari chegaralarida o’rnatilgan kontakt tarmoq tayanchlari va shitlar ajralib turuvchi rangda bo’yalishi kerak. Bu shitlar yoki tayanchlar orasida, tok qabul qilgichi ko’tarilgan elektr harakat tarkibining to’xtashi man etiladi. 128. Kontakt tarmog’i, avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minot liniyalarini ta’minlash va qismlarga bo’linish sxemasi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Sxemalardan nusxalar stansiyaning texnika-boshqaruv aktlariga qo’shib qo’yiladi. 129. Elektrdepo va anjomlash (экипировка) qurilmalarining, shuningdek, elektr harakat tarkibining tomidagi qurilmalari ko’rikdan o’tkaziladigan yo’llarning kontakt tarmoq ajratgichlarini yoqish yoki o’chirish lokomotiv depo xodimlari tomonidan bajariladi. Boshqa ajratgichlarni yoqish yoki o’chirish energodispetcher qarori bilangina amalga oshiriladi. Qo’l bilan boshqariladigan ajratgichlarning ajratish uskunalari qulflangan bo’lishi kerak. Avtoblokirovka va bo’ylama elektrta’minoti liniyalarining ajratgichlari va o’chirish asboblarini, shuningdek, kontakt tarmog’i ajratgichlarini o’chirib, yoqish, elektr ta’minotining to’xtovsizligini va ishlab chiqarishning xavfsizligini ta’minlovchi ajratgichlarning qulflangan ajratish uskunalari kalitlarini saqlash tartibi DATK elektr ta’minoti Markazi boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. Ajratgichlarni va o’chirish asboblarini o’chirib, yoqish energodispetcher buyrug’i bilan maxsus o’qishdan o’tgan boshqa xizmat xodimlari tomonidan bajariladi. 130. 1000 V dan yuqori bo’lgan havo elektr uzatish liniyalari simlarning pastki nuqtasidan to er sathigacha maksimal osma (proves) o’qida masofa quyidagicha bo’lishi kerak: peregonlarda kamida shu jumladan, qiyin o’tish joylarida kamida avtomobil yo’llari bilan kesishuvlarda, stansiyalar va aholi punktlarida kamida 6,0 m 5,0 m 7,0 m Temir yo’llarning kesishuv joylarida 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari havo simlarining pastki nuqtasidan to elektrlashtirilmagan yo’llar rels kallaklarining ustki sathigacha bo’lgan masofa kamida 7,5 m bo’lishi kerak. Elektrlashtirilgan liniyalarda kontakt tarmoq simlarigacha bo’lgan bu masofa Elektr uskuna qurilmalari qoidalari va temir yo’l texnik sharoitlarga binoan kesishuv liniyalarida kuchlanish darajasiga ko’ra belgilanishi kerak. 30 31. 8-bob. Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va ularni ta’mirlash Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish 131. Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazish bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan, shuningdek, ushbu qurilma va inshootlar qarashli bo’lgan stansiya, depo, distansiya yoki uchastka boshliqlari tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi strelka o’tkazgichlarini, bundan tashqari kamida oyda bir marta stansiya boshlig’i yo’l ustasi va SSB elektrmexanigi bilan birga ko’rikdan o’tkazishi kerak. Ko’rik natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun kerakli choralar maxsus jurnalga yozib qo’yiladi va bu jurnalda nosozliklarni bartaraf etish va tuzilgan chora-tadbirlarni bajarilish muddatlari ham ko’rsatiladi. 132. DATK boshqaruvi raisi, DATK Markaz, boshqarma, mintaqaviy temir yo’l uzellari, korxonalari rahbarlari va tarmog korxonalar rahbarlari bo’linmalardagi xo’jaliklar ahvoli, mehnat intizomiga rioya qilishni doimiy ravishda tekshirishlari va barcha inshoot va qurilmalarning soz ahvolda saqlanishini, ish texnologiyasining bajarilishini harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur choralar ko’rishlari kerak. (132 band birinch xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazishni qamrab oluvchi bunday tekshiruvlarni amalga oshirish tartibi va ularning davriyligi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. DATK boshqaruvi raisi yoki DATK boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari tomonidan ko’rik yilda kamida ikki marta, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliq'i tomonidan - yilning har choragida o’tkaziladi. (132 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash 133. Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligini ta’minlagan holda, odatda, poezdlar harakat grafigini buzmasdan amalga oshirilishi kerak. Hajm jihatidan katta bo’lgan ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun poezdlar harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilishi va bu ishlar uchun tezliklarni chegaralashlar hisobga olinishi kerak. Yo’l, sun’iy inshootlar, kontakt tarmoqlari va SSB qurilmalarini joriy saqlash bo’yicha ishlarni bajarish uchun DATK boshqaruvi raisi belgilagan tartibga ko’ra, poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilgan, davomiyligi 1-2 soat bo’lgan «okno»lar, bu ishlarni kompleks mashinalar, maxsus brigada va mexanizatsiyalashgan kolonnalar bilan bajarishda esa 3-4 soatli «okno»lar ajratilishi kerak. Poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilmagan vaqt ichida bajariladigan yo’l, kontakt tarmog’i, SSB va aloqa qurilmalari hamda boshqa inshoot va qurilmalarning ta’mir ishlari, odatda, peregonni berkitmasdan amalga oshirilishi kerak. Agar bu ishlarni bajarish uchun harakatlarni to’xtatish kerak bo’lsa, bu ishlarning boshlanish va tamom bo’lish aniq muddatlari DATK YaDM boshlig’i tomonidan ishlar rahbari bilan birgalikda va tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilib, o‘rnatiladi. Harakatni to’xtatuvchi ishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish uchun harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt davomida ishlar rahbari poezd dispetcheri bilan doimiy (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak. Poezdlar harakat grafigida «okno»lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta’minlashi kerak. 31 32. 134. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, yo’llar, tepachalardagi boshqa inshoot va qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun DATK boshqaruvi raisi tomonidan ko’zda tutilgan tartibga ko’ra 0,7-1,5 soatli texnololgik «okno»lar berilishi kerak. 135. Peregon va stansiyada harakat uchun har qanday to’siq (to’xtashni talab qiladigan joy), shuningdek, tezlikni kamaytirish yoki to’xtashni talab qiladigan harakat uchun xavfli bo’lgan ish bajarish joyi, poezd (manyovr tarkib) kelish-kelmasligidan qat’iy nazar ikki tarafdan signallar bilan to’silishi kerak. Quyidagilar man etiladi: harakat uchun xavfli, ishlarni amalga oshirish joyi yoki to’siqning signallar bilan ajratilishidan avval ishga kirishish; to’siq bartaraf etilmasdan, ishlar to’liq bajarilmasdan, yo’l, kontakt tarmog’i holati va gabaritlarga rioya qilish tekshirilmasdan avval to’siqni yoki ishlar amalga oshirish joyini to’suvchi signallarni olib tashlash. To’siqlarni va ishlarni amalga oshirish joylarini to’sish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 136. Yo’llarda ishlarni amalga oshirish joyini to’suvchi ko’chma signallarni o’rnatish va ularni muhofaza qilish uchun ishlar rahbari brigada xodimlari ichidan tegishli sinovlardan o’tgan signalchilarni ajratadi. Signalchilar temir yo’l transportining boshqa xodimlari uchun qabul qilingan bosh kiyimlaridan o’zgacha bo’lgan bosh kiyimlariga ega bo’lishi kerak. Yo’lda yoyilib ish bajarayotganda, shuningdek, kichik radiusli egri uchastkalarda, o’ymalar va signallar qiyin ko’riniadigan joylarda, poezdlar tig’iz harakatlanuvchi uchastkalarda ishlar rahbari ish joyini chegaralovchi signallar oldidagi xodim bilan (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak. Signalchilar va ishlar rahbarlari UQT-diapozonli radiostansiyalarni olib yurishi kerak. Ishlarni amalga oshirish joylarini aloqa bilan ta’minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 137. Stansiya yo’llarida, to’xtash yoki tezlikni kamaytirish signallari bilan to’sib qo’yishni talab qiladigan ishlarni, stansiya navbatchisi ruxsatisiz va yo’llar, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoqlarini ko’rikdan o’tkazish Jurnalida ishlar rahbari tomonidan oldindan qayd qilinmasdan amalga oshirilishi man etiladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar ko’rsatilgan tartibda, lekin faqat poezd dispetcherining ruxsati bilan bajarilishi kerak. Yo’l va sun’iy inshootlarning butligiga zarar etkazmasdan kuchlanishi o’chirilgan holda kontakt tarmog’ida bunday ishlarni bajarishda, shuningdek, to’satdan paydo bo’lgan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha ishlarni bajarishda ishning boshlanishi yoki tamomlanishi xaqidagi yozuv ish jurnalida qayd qilinuvchi ishlar rahbari tomonidan stansiya bo’yicha (markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida poezd dispetcheriga) uzatiladigan telefonogramma bilan o’zgartirilishi mumkin. Ish tamom bo’lganidan keyin qurilmalarni ishga tushirish stansiya navbatchisi tomonidan yo’l, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoq qurilmalarining ko’rik Jurnalidagi ishlar rahbarining yozuvi asosida yoki shu jurnalda qayd qilinadigan (keyinchalik ishlar rahbarining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadigan) stansiya navbatchisiga uzatiladigan telefonogramma asosida amalga oshiriladi. 138. Ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda peregonni va ikki yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilgan holda DATK YADM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu qo’shni temir yo’l rahbariyati bilan kelishilgan holda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan bajariladi. Poezdlarning kompaniya boshqa uchastkalari bo’ylab aylanma yo’llardan harakatlanishiga olib keladigan peregon va yo’llarni yopish DATK ruxsati bilan amalga oshiriladi. 32 33. 139. Bir yo’lli uchastkalarda peregonning, ikki yo’lli va ko’p yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’lning yopilishi xaqida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i kamida bir kun oldin tegishli ishlar rahbarlarini ogohlantiradi. (139 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Peregon va yo’lning ochilishi va yopilishi, ishlarning boshlanishidan avval va tamom bo’lgandan keyin, poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Ishlar rahbari peregon va yo’llarning yopilgani va ish joyining signallar bilan to’silgani xaqida poezd dispetcherining (bildirishnoma, telefonogramma yoki telegramma shaklidagi) buyrug’ini olmasdan avval ishga kirishishi taqiqlanadi. 140. Ishlarni qaysi tashkilot bajarganidan qat’iy nazar, yo’l ishlari yoki sun’iy qurilmalardagi ishlarning tugagani, poezdlarning to’xtovsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun to’siqlar bartaraf etilgani xaqida yo’l distansiyasi boshlig’i yoki u vakil qilgan, lavozimi yo’l ustasinikidan kichik bo’lmagan xodimning yozma bildirishnomasi, telefonogramma yoki telegrammasi olinganidan keyin, peregon yoki yo’llarning ochilishi amalga oshiriladi. Amaldagi SSB va aloqa qurilmalarinig faoliyatini tiklash, SSB va aloqa katta elektrmexanigidan, elekt ta’minoti qurilmalari uchun esa energodispetcherdan bildirishnoma olinganidan so’ng amalga oshiriladi. 3 BO'LIM. HARAKAT TARKIBI 9-bob. Umumiy talablar 141. Harakat tarkibi o’z vaqtida ta’mirlashning rejaviy-ogohlantirish turlaridan, texnik xizmatlardan o’tishi va uning to’xtovsiz ishlashini, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarini bajarishni ta’minlovchi foydalanishdagi soz holatda saqlanishi kerak. Harakat tarkibida nosozliklar paydo bo’lishining oldini olish va uning xizmat qilish muddatlarini ta’minlash, harakat tarkibiga xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi shaxslar ishida asosiy vazifa bo’lishi kerak. SMV aravachalaridagi yo’lovchi vagonlar peozdlarda ko’pi bilan 120 km/soat tezlikda harakat qilishi mumkin. Yo’lovchi poezdlarda 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi harakat tarkibiga bo’lgan qo’shimcha talablar DATK ning tegishli yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 142. Yangi qurilayotgan harakat tarkibining turlari va asosiy tavsiflari DATK tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. YAngi qurilayotgan harakat tarkibi uchun texnik vazifa ijrochi tomonidan DATK bilan, uzel va detallarning chizmalari hamda texnik shartlari – DATK tegishli soha xo’jaliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 143. Mustahkamlik, barqarorlik va texnik holati bo’yicha barcha elementlar DATK tomonidan belgilangan eng katta tezliklarda poezdlarning silliq va xavfsiz harakatini ta’minlashi kerak. Yangi qurilayotgan vagonlar, tegishli toifadagi poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan eng katta konstruksion tezlikka ega istiqbolli lokomotivlarning ko’zda tutilgan silliq va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak. O’tish maydonchalari bo’lmagan vagonlar maxsus zinacha va tutqichlarga ega bo’lishi kerak. 144. Foydalanishga tushirilgan harakat tarkibining asosiy uzellari konstruksiyasiga o’zgartirishlar kiritish DATK tegishli Markaz, boshqarma va korxonalari ruxsati bilan amalga oshiriladi. 145. Harakat tarkibi O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti belgilagan va Davlatlararo texnik qo’mita bilan belgilangan tartibda kelishilgan harakat tarkibi gabaritlari talablariga javob berishi kerak. 33 34. 146. Yangi qurilgan, shuningdek, tub ta’mirdan o’tgan harakat tarkibi, temir yo’lga topshirilishdan avval, DATK belgilagan tartibda sinovdan o’tishi va etkazib beruvchi zavoddan qabul qilinib olinishi kerak. 147. Harakat tarkibining har bir birligi quyidagi aniq farqlash belgi va yozuvlarga ega bo’lishi kerak: Davlat gerbi (lokomotiv va yo’lovchi vagonlarda, yuk vagonlarida «DATK» belgisi), kompaniya initsiallari (vagonlardan tashqari), nomer (yo’lovchi vagonlar uchun vagon biriktirilgan yo’lning kodini o’z ichiga oladi), qurilgan vaqti va joyi ko’rsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yozuvi, belgilangan ta’mir turlari amalga oshirilgan joy va sana, tara og’irligi (lokomotivlardan tashqari). Bundan tashqari, quyidagi yozuvlar bo’lishi kerak: lokomotiv va motorvagon harakat tarkiblarida – konstruksion tezligi, seriyasi, u biriktirilgan depo nomi, rezervuar, nazorat moslamalari va qozonlarning tekshirib ko’rilgani xaqida yozuvlar: yo’lovchi vagonlar va motorvagon harakat tarkibida – joylar soni; yuk vagonlarida – yuk ko’tarish qobiliyati. Harakat tarkibida boshqa yozuvlar va belgilar DATK tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 148. Har bir lokomotiv, vagon va motorvagon hamda o’ziyurar harakat tarkibi birligi uchun muhim texnik va foydalanish tavsiflarini o’z ichiga olgan texnik pasportlar yuritilishi kerak. 149. Lokomotiv va motorvagon harakat tarkibi radiostansiya, DATK tomonidan belgilangan ko’rsatmalarni qayd qiluvchi tezlik o’lchagich, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, shuningdek DATK tomonidan belgilangan tartib va ro’yxatga binoan boshqa xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. Yo’lovchi lokomotivlar elektr pnevmatik tormozni boshqarish qurilmalari bilan, yuk poezdlari lokomotivlari esa tormoz magistrali butligi nazorati qurilmasi bilan jihozlanishi kerak. Bir mashinist bilan boshqarilganda poezd lokomotivlari DATK tomonidan tasdiqlangan quyidagi vosita va qurilmalar bilan jihozlanishi kerak: poezd tormozlanishini avtomatik boshqaruv tizimi yoki xavfsizlik lokomotiv kompleks qurilmasi bilan, shuningdek, mashinist hushyorligini nazorati tizimi bilan jihozlanishi kerak; orqa ko’rinish oynaklari bilan; teplovozlar – o’t o’chirish tizimi bilan; tormoz blokirovkasi bilan. Motorvagon poezdlari o’tish svetoforlari, pereezd va stansiyalarga yaqinlashganda nutq axboroti tizimi va harakat tezligini nazorat qilishni ta’minlovchi avtomatik yurish tizimi bilan, «yo’lovchi-mashinist» aloqasi, eshiklar berkilishi nazorati signalizatsiyasi, o’t o’chirish avtomatik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. Manyovr lokomotivlari mashinist kabinasidan vagonlarni ajratuvchi qurilmalar bilan, bir mashinist xizmat ko’rsatadigan lokomotivlar esa, bundan tashqari ikkinchi boshqaruv pulti, orqa ko’rinish oynaklari va mashinistning lokomotivni boshqarish qobiliyatini to’satdan yo’qotgan vaqtida avtomatik to’xtash qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 150. Maxsus harakat tarkibi va olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarga bo’lgan texnik talablar, shuningdek, ularga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va foydalanish tartiblari DATK tomonidan o‘rnatiladi. 151. Kompaniya yo’llariga chiquvchi boshqa muassasa, korxona va tashkilotlarga tegishli lokomotiv va vagonlar ushbu Qoidalar talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Bunday harakat tarkibining kompaniya yo’llaridagi harakatlanish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. (151 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2012 yil 30 mart 70 son buyrug'iga muvofiq o'zgartirildi). 10-bob. G’ildirak juftliklari 152. Har bir g’ildirak juftligi Harakat tarkibining g’ildirak juftliklarini ko’rikdan o’tkazish, ularni tekshirish, ta’mirlash va tuzish yo’riqnomasi belgilangan talablarga javob 34 35. berishi hamda o’qida g’ildirak juftligi tuzilgan va to’liq tekshirilgan joyi, vaqti xaqida aniq belgilar, shuningdek, tuzilish vaqtida uni qabul qilish xaqida tamg’aga ega bo’lishi kerak. Belgi va tamg’alar belgi markirovka qoidalarida ko’zda tutilgan joylarga qo’yiladi. G’ildirak juftliklari belgilangan tartibda harakat tarkibi ostida ko’rikdan o’tishi, oddiy va to’liq tekshirishdan o’tishi, qo’yilayotgan vaqtda esa tegishli jurnal va pasportlarda qayd qilinishi kerak. 153. Yuklanmagan g’ildirak juftliklarida g’ildiraklarning ichki chegaralari orasidagi masofa 1440 mm bo’lishi kerak. 120 km/soat dan 140 km/soat gacha tezlikda harakatlanuvchi poezdlarning lokomotiv va vagonlarda bu masofadan chetga chiqishlar ko’payish tomoniga 3 mm dan oshib ketmasligi, kamayish tomoniga 1 mm dan oshib ketmasligi kerak. 120 km/soat gacha tezlikda ko’payish va kamayish tomonga chetga chiqishlar 3 mm dan oshmasligi kerak. 154. G’ildirak juftligi o’qining biron-bir qismida yoki g’ildirak aylanasi, diski va stupitsasida darzi bo’lgan, g’ildirak juftligi grebenida uchli nakat mavjud bo’lgan harakat tarkibining foydalanishga topshirilishi va poezdlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Shuningdek, harakat tarkibi bilan yo’lning o’zaro normal munosabatini buzuvchi g’ildirak juftliklarining quyidagi edirilishi va nosozliklarida harakatlanish man etiladi: a) 120 km/soat dan 140 km/soat gacha bo’lgan harakat tezliklarida: lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi, yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 5 mm dan ko’p bo’lsa; lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada o’lchanadigan, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada o’lchanadigan grebenning kengligi 33 mm dan katta va 28 mm dan kichik bo’lganida; b) 120 km/soat gacha bo’lgan harakat tezligida: lokomotivlarda, shuningdek, motorvagon harakat tarkibi va uzoq masofalarga qatnovchi poezdlarning yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 7 mm dan ko’p bo’lsa, mahalliy va shahar tashqarisiga qatnovchi poezdlarning motorvagon harakat tarkibi va yo’lovchi vagonlarda 8 mm dan ko’p bo’lsa, refrejerator va yuk vagonlarida 9 mm dan ko’p bo’lsa; lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada o’lchanganida, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada o’lchanganida greben kengligi 33 mm dan katta va 25 mm dan kichik bo’lganida; v) maxsus shablon bilan o’lchananadigan 18 mm dan baland bo’lgan grebenning vertikal kesimi; g) lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi va rolik buksa podshipnikli vagonlarda g’ildirash yuzasidagi polzun 1 mm dan oshsa, sirpanish podshipnikli vagon va tenderlarda 2 mm dan ko’p bo’lsa. Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan yoki rolik buksa podshipnikli tenderdan tashqari, yo’nalish bo’ylab ketayotgan vagonda 1 mm dan katta, lekin 2 mm dan kichik chuqurlikdagi polzun aniqlanganida, bunday vagon (tender)ni poezddan ajratmagan holda (yo’lovchi poezdi - 100 km/soat dan, yuk poezdi - 70 km/soat dan oshmagan tezlik bilan) g’ildirak juftlarini almashtirish uchun vositalari bo’lgan eng yaqin texnik xizmat ko’rsatish punktiga olib borish mumkin. Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda polzunning kattaligi 2 dan 6 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 1 dan 2 mm gacha bo’lganida eng yaqin stansiyagacha 15 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Agar polzun, motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda 6 dan 12 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 2 dan 4 mm gacha bo’lsa, 10 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Eng yaqin stansiyada g’ildirak jufti almashtirilishi kerak. Vagon va tenderda polzun 12 mm dan, motorvagon harakat tarkibining motor vagonida va lokomotivlarda 4 mm dan oshsa, g’ildirak juftini osib qo’yib yoki aylantirish imkoniyatisiz sharti bilan 10 km/soat tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda lokomotiv poezddan ajartilgan bo’lishi, ishdan chiqqan g’ildirak juftligining tormoz silindlari va tortish elektr dvigateli (elektr dvigatellar guruhi) o’chirilgan bo’lishi kerak. 35 36. Yuk vagonlarining yo’lovchi poezdlarga ulanishida g’ildirak jufti me’yorlari yo’lovchi poezdlar uchun belgilangan me’yor talablariga javob berishi kerak. 11-bob. Tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalari 155. Harakat tarkibi avtomatik tormozlar bilan, yo’lovchi vagonlar va lokomotivlar, bundan tashqari, elektr pnevmatik tormozlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Harakat tarkibining avtomatik tormozlari DATK belgilagan me’yorlarda saqlanishi, foydalanishning turli hil sharoitlarida boshqarilishi va ishonchli ishlashi, silliq to’xtashni ta’minlashi, shuningdek, havo uzatish magistralining yorilishi yoki uzilishida va stop-kranning ochilishida poezd to’xtashini ta’minlashi kerak. Harakat tarkibining avtomatik va elektr pnevmatik tormozlari, DATK tasdiqlagan hisob ma’lumotlariga ko’ra aniqlangan tormoz yo’lidan katta bo’lmagan masofada shoshilinch to’xtashda poezd to’xtashiga kafolat bera oladigan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak. 156. Avtomatik tormozlar vagonning yuklanganligi, tarkib uzunligi va yo’l profiliga ko’ra tormozlashning turli usullarini qo’llashni ta’minlashi kerak. Yo’lovchi vagonlarida va motorvagon harakat tarkiblarida stop-kranlar vagonlarning ichida, tamburlarda o’rnatiladi va plombalanadi. 157. Lokomotivlar, yo’lovchi vagonlar va motorvagon harakat tarkibi qo’l tormozlari bilan jihozlanadi. Vagonlarning bir qismi DATK me’yorlariga ko’ra qo’l tormozi va stop-kranli o’tish maydonchasiga ega bo’lishi kerak. 1970 yil 1 yanvarigacha qo’l tormozlarisiz qurilgan pochta va bagaj vagonlaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi. Harakat tarkibining qo’l tormozlari belgilangan me’yorlar bo’yicha saqlanishi va DATK belgilagan hisoblangan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak. 158. Ajralishi yoki buzilishi gabaritdan chiqib ketish yoki yo’lga qulashga olib keladigan tormoz richag uzatmasi barcha qismlari muhofaza qurilmalariga ega bo’lishi kerak. 159. Harakat tarkibi avtotirkama bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi quyidagicha bo’ladi: Lokomotivlarda, bo’sh yuk va yo’lovchi vagonlarda ko’pi bilan………………… 1080 mm Lokomotivlarda va ichida odamlari bo’lgan yo’lovchi vagonlarda kamida …………….. 980 mm Yuk vagonlarida (yuklanganida) kamida ………… 950 mm Ta’mirdan chiqayotgan harakat tarkibi uchun avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi DATK yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi va foydalanishda (eng ko’p emirilish va yuklanishlarda) me’yorlarga rioya qilishni ta’minlashi kerak. Avtotirkama bo’ylama o’qlari orasidagi balandlik bo’yicha farq: Yuk poezdida 100 mm Yuk poezdining lokomotivi va birinchi yuklangan vagon orasida 110 mm 120 km/soat gacha tezlik bilan harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 70 mm 120-140 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 50 mm 36 37. Yo’lovchi poezdining lokomotivi va birinchi vagoni orasida 100 mm dan oshmasligi kerak. Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega bo’lishi kerak. 160. Jo’natish oldidan tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon qarovchisi avtotirkama qurilmalarining texnik holati va poezd tarkibida vagonlarning to’g’ri ulanganiga mas’ul hisoblanadi. Vagon qarovchilari bo’lmagan stansiyalarda vagonlarni poezdga ulashda, shuningdek, manyovr ishlarida, to’g’ri ulanishga manyovr rahbari javobgar hisoblanadi. Lokomotiv mashinisti lokomotivning poezd birinchi vagoni bilan to’g’ri ulanishiga javobgar hisoblanadi. Poezd lokomotivini tarkibdan ajratish va tarkibga ulash (chunochi, tormoz rukavalarini ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, so’nggi kranlarni ochish va yopish) ishlari lokomotiv brigada xodimlari tomonidan bajarilishi kerak. Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan poezd lokomotivini ajratish poezd elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlar ajratilganidan so’ng lokomotiv brigada tomonidan bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish pantograf pastga tushirilganidan keyin amalga oshiriladi. 12-bob. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash 161. Harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklari bo’lgan harakat tarkibini foydalanishga chiqarish va poezdlarda harakatlanishga yo’l qo’yish, shunigdek, tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlay olmaydigan yuk vagonlarini poezdlarga qo’shish man etiladi. Elektr pnevmatik tormoz, isitish, elektr uskunalar, ventilyatsiyada nosozliklari bo’lgan va yo’lovchilar tashishning me’yordagi sharoitini buzuvchi boshqa nosozliklari bo’lgan yo’lovchi vagonlarni, shuningdek, yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadir) ning mashinist bilan UQT-diapozonli radioaloqasi nosoz bo’lgan radiokupeli (shtab) yo’lovchi vagonlarni poezdga qo’shish taqiqlanadi. Harakat tarkibining texnik ahvoliga bo’lgan talablar, shuningdek, unga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 162. Harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi, ikki ta’mir orasidagi bosib o’tiladigan masofasi me’yori va ta’mirlashga qo’yish tartibi DATK tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha texnik ko’rsatmalar va namunaviy texnolgik jarayonlar DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi. (162 band ikkinch xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2012 yil 30 mart 70- son buyrug'iga muvofiq o'zgartirildi). 163. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatiga hamda harakat tarkibi va maxsus harakat tarkibi harakat xavfsizligiga, bevosita texnik xizmat va ta’mirlashni bajargan ishchilar, tegishli zavod, depo, ustaxona va texnik xizmat ko’rsatish punktlarining ustalari va rahbarlari javobgardirlar. Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash 164. Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkiblarining texnik holati tizimli ravishda lokomotiv brigadalari yordamida texnik xizmat ko’rsatish punktlarida va zamonaviy tashhis vositalari bilan jihozlangan asosiy depolarda kompleks va maxsus brigadalar tomonidan tekshirilishi, shuningdek, depo, mintaqaviy temir yo’l uzeli, DATK lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi rahbariyatlari tomonidan davriy nazorat qilinishi kerak. 37 38. (164 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Texnik xizmat ko’rsatishda quyidagilar tekshiriladi: qurilma, uzel va detallarning holati va edirilishi hamda ularning belgilangan o’lchamlarga mos kelishi; xavfsizlik qurilmalari, tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalari, nazorat, o’lchash va signal asboblari, elektr zanjirlarining texnik soz holati. Quyidagi nosozliklardan bittasi bo’lganida ham, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibini foydalanishga chiqarish man etiladi: ovoz signalini uzatuvchi moslamaning nosozligi; pnevmatik, elektrpnevmatik, qo’l tormozlari yoki kompressorlarning nosozligi; tortish elektr dvigatelining bittasi o’chganida yoki nosozligida; harakatlanish keltirmasining nosozligi; dizel sovutgichi ventilyatori, tortish elektr dvigateli, to’g’rilash moslamasining nosozligi; avtostop, avtomatik lokomotiv signalizatsiya yoki mashinist hushyorligini tekshirish qurilmasining nosozligi; tezlik o’lchagich va qayd qilish qurilmasining nosozligi; poezd va manyovr radio aloqa qurilmalarining nosozligi; avtotirkama qurilmalarining nosozligi; qum berish tizimining nosozligi; projektor, bufer chirog’i, yoritish, nazorat qilish yoki o’lchash moslamasining nosozligi; xomut, ressor osma yoki ressora o’zak listidagi darz ketish, ressor listining sinishi; buksa korpusidagi darz; buksa yoki motor-o’qli podshipnik nosozligi; konstruksiyada ko’zda tutilgan yo’llarga detal tushishidan himoyalovchi qurilmaning yo’qligi yoki nosozligi; tortuvchi tishli uzatmaning bitta tishining darz ketishi yoki sinishi; moyninng sizib chiqishiga olib keluvchi tishli uzatma kojuxining nosozligi; yuqori voltli kameraning himoya blokirovkasi nosozligi; pantografning nosozligi; o’t o’chirish vositalarining nosozligi; qisqa tutashuv toklari va kuchlanishning ortib ketishidan himoyalovchi qurilmalar, dizelning avariya to’xtashi qurilmalarining nosozligi; dizelda taqillash va begona shovqinning paydo bo’lishi; ta’minlash moslamasi, muhofazalovchi klapan, suv ko’rsatish moslamasidagi nosozliklar; elektr uskunalarida muhofazalovchi kojuxlarning yo’qligi, akkumulyator batareyalari nosozliklari. 165. Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibi yilda ikki marta (bahorda va kuzda) DATK tomonidan belgilangan tartibda komissiya ko’rigidan o’tishi kerak. 166. Lokomotiv, shuningdek motorvagon va maxsus o’ziyurar harakat tarkibida o’rnatilgan xavfsizlik qurilmalari va poezd radio aloqa qurilmalari, nazorat punktlarida qurilmalarning ishlashini tekshirish va tartibga solish bilan davriy ko’rikdan o’tib turishi kerak. Bunday nazorat punktlari asosiy depolarda, zarur hollarda texnik xizmat ko’rsatish va lokomotivlarning aylanish punktlarida bo’lishi kerak. 167. Lokomotiv va motorvagon harakat tarkibida o’rnatilgan manometr va muhofaza klapanlari plombalangan bo’lishi, parovoz qozonlaridagi nazorat tiqinlarida esa tamg’alar bo’lishi kerak. Elektrovoz va teplovozlarda elektrenergiya va yonilg’i sarflanishini qayd qiluvchi apparat va moslamalar ham plombalanishi kerak. Elektrovoz, teplovoz va motorvagon harakat tarkibidagi elektr muhofaza qurilmalari, yong’in o’chirish vositalari, yong’in signalizatsiyasi va avtomatikasi, lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibidagi manometrlar, muhofaza klapanlari, havo rezervuarlari belgilangan muddatlarda sinovdan va tekshiruvdan o’tishi kerak. 38 39. 168. Lokomotiv brigadalarining tarkibi va ularning lokomotiv va motorvagon poezdlarga xizmat ko’rsatish tartibi, lokomotiv va motorvagon pozedlar turi va DATK tasdiqlagan xizmat qilish tizimi asosida mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Elektr va teplovoz tortishida bir lokomotiv brigada, bir kabinadan boshqariladigan bir necha lokomotivlarga yoki doimo birikkan seksiyalarga xizmat ko’rsatishi mumkin. Motorvagon poezdi, poezd elektrovozlari, teplovozlariga bitta mashinist xizmat ko’rsatishi DATK ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Mashinist poezdni boshqarish qobiliyatini to’satdan yo’qotgan holatida avtomatik to’xtash qurilmalari mavjud bo’lganidagina mashinist bir o’zi motorvagon poezdi, shuningdek poezd lokomotiviga xizmat ko’rsatishiga yo’l qo’yiladi. Lokomotivlarga bir mashinist xizmat ko’rsatishining harakat xavfsizligini ta’minlovchi tartibi mahalliy sharoitdan kelib chiqib DATK tomonidan o‘rnatiladi. 169. Depo yo’llarida lokomotiv va motorvagon harakat tarkibini ish holatida ularga xizmat ko’rsatadigan va to’xtata oladigan xodimsiz, stansiyaning boshqa yo’llarida - mashinist va uning yordamchisi kuzatuvisiz qoldirish man etiladi. Vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash 170. Vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari texnik xizmat ko’rsatish punktlarida, vagon depolarida va zavodlarda amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko’rsatishda quyidagilar tekshiriladi: uzel va detallarning ahvoli va emirilishi hamda ularning belgilangan o’lchamlarga mosligi; tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalarining ish faoliyati; yurgizish qismlari (aravachalar) ning ahvoli va sozligi. SNII-DVZ turidagi xopperdozatorlarni hisobga olgan holda to’rt o’qli vagonlarning barcha turlari va aravachalarning ikki tarafdagi skolzunlar orasidagi jami minimal tirqish ko’pi bilan 20 mm va kamida 4 mm bo’lishi kerak. Bundan istisno tariqasida ko’mir, issiq aglomerat, apatit tashish uchun mo’ljallangan xopperlar, SNII-2, SNII-3 xopper-dozatorlari, VS-50 dumpkarlarida tirqish ko’pi bilan 12 mm va kamida 6 mm, VS-80, VS-82, VS-85 dumpkarlarida esa ko’pi bilan 20 mm va kamida 12 mm bo’lishi kerak; sakkiz o’qli sisternaning bir uchida ikki tarafdagi biriktiruvchi va shkvorenli to’sinlarning skolzunlari orasidagi tirqish hammasi bo’lib 4 dan 15 mm gacha bo’lishi kerak; tashilayotgan yuklarning butligiga kafolat beruvchi sisterna kuzovi va qozonlarining sozligi; o’tish maydonchalari, maxsus zinacha va tutqichlarning sozligi; harakat tarkibi detal va uskunalarining yo’lga tushib qolishidan saqlovchi qurilmalarning mavjudligi va sozligi. Nosoz vagonlar va texnik xizmatga taqdim etilmagan vagonlarga yuk ortish va odamlarni joylashtirish man etiladi. Ularning yaroqli ekanligi xaqida yozuv maxsus jurnalda qayd etilishi kerak. Texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari bo’lmagan stansiyalarda yuklash uchun uzatilayotgan bo’sh vagonlar, shuningdek, bunday stansiyalarda ikkilangan operasiyalar uchun ishlatish ko’zda tutilgan yuk ortilgan vagonlar ko’rikdan o’tishi, kerak holllarda yuk ortish stansiyasi oldida joylashgan eng yaqin texnik xizmat ko’rsatish punktida ta’mirdan o’tkazilishi kerak. Vagonlarni texnik xizmat ko’rsatishga yuborish va ularning yaroqliligi xaqida bildirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 171. Poezdlarni tuzish va tarqatish stansiyalarida, ketib borish yo’lida esa – poezdlar harakati grafigida ko’zda tutilgan stansiyalarda poezdning har bir vagoniga texnik xizmat 39 40. ko’rsatilishi, nosozliklari aniqlanganda – ta’mirlanishi kerak. Bu stansiyalarda vagonlarning poezdlardan uzmasdan ta’miri tashkil etiladi. Texnik xizmat ko’rsatish punktlari bo’lmagan stansiyalarda, har bir vagon poezdga qo’yilishidan oldin, texnik xizmat ko’rsatish punkti mavjud bo’lgan eng yaqin stansiyaga etib olishi uchun ko’rikdan o’tkazilishi va tayyorlanishi kerak. Poezdlarga texnik xizmat ko’rsatish tartibi va ularning tayyorligi to’g’risida xabarlash tartibi, shuningdek, vagonlarni poezdga qo’yishdan oldin, texnik xizmat ko’rsatish punktlari bo’lmagan stansiyalarda ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 172. Texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlari o’z vaqtida texnologik jarayon va poezdlar harakat grafigiga muvofiq vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni amalga oshirishi kerak. DATK boshqaruvi raisi belgilagan kafolat uchastkasi chegarasida vagonlarni poezddan uzmasdan ketib borishi va harakat xavfsizligi uchun qayd etilgan punkt xodimlari javob beradi. 4 BO'LIM. POEZDLAR HARAKATINI TASHKIL ETISH 13-bob. Poezdlar harakati grafigi 173. Harakat grafigi poezdlar harakatini tashkil etish asosi bo’lib, u barcha bo’linmalarning faoliyatini birlashtiradi va DATK foydalanish ish rejasini ifodalaydi. Poezdlar harakati grafigi temir yo’l transporti xodimlari uchun shubhasiz qonun bo’lib, uni bajarish temir yo’llar ishining eng muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Poezdlar harakat grafigi DATK boshqaruvi raisi yoki uning o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Poezdlar harakati grafigiga rioya qilish va uning buzilishini oldini olish poezdlar harakatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim uchun asosiy vazifa bo’lishi kerak. Poezdlarning grafik bo’yicha harakatlanishi stansiya, depo, tortish qo’shimcha stansyalari, texnik xizmat ko’rsatish punktlari va kompaniyaning poezdlar harakati bilan bog’liq boshqa bo’linmalari ishining to’g’ri tashkil etilishi va texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan ta’minlanadi. Poezdlar harakati grafigining buzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Favqulotda hollarda texnik vositalar to’xtab qolishi yoki tabiiy ofatlar natijasida poezdlar harakati grafigi buzilsa, DATK xodimlari kechikib kelayotgan yo’lovchi va yuk poezdlarini grafikka kiritish va ularning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 174. Poezdlar harakat grafigi quyidagilarni ta’minlashi kerak: yo’lovchi va yuklarning tashishlardagi talablarini qondirish; poezdlar harakati xavfsizligi; uchastkalarning o’tkazish va tashish, stansiyalarning ishlov berish qobiliyatidan samarali foydalanish; harakat tarkibidan oqilona foydalanish; lokomotiv brigadalarining to’xtovsiz ishlashining belgilangan davomiyligiga rioya qilish; yo’l, inshoot, SSB, aloqa va elektr ta’minot qurilmalarini joriy asrash va ta’mirlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish imkoniyati. 175. Poezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: a) ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchi poezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi poezdlar–shu temir yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda DATK boshqaruvi raisi tomonidan. DATK chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poezdlarni tayinlash va bekor qilish DATK boshqaruvi raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi; 40 41. b) ikki va undan ortiq temir yo’llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, tezlashtirilgan yuk va yuk poezdlarini–MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashi belgilagan tartibda, DATK chegarasida–DATK boshqaruvi raisi tomonidan; v) harakat grafigida ko’zda tutilmagan tiklash va o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik va boshqa poezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan. Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdni tayinlash, poezdning harakatlanish tartibini ko’rsatgan holda poezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi. 176. Har bir poezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir yo’nalishdagi poezdlarga juft raqamlar, bu yo’nalishga qarshi yo’nalishdagi poezdlarga toq raqamlar beriladi. Raqamdan tashqari, har bir yuk poezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi. Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdlarga raqamlar ular tayinlanganda beriladi. 177. Poezdlar quyidagilarga bo’linadi: A. Navbatdan tashqari poezdlar – normal harakatni tiklash va yong’inni o’chirish uchun tayinlanadigan tiklash, o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar, olib qo’yilmaydigan drezinalar. B. Navbatdagi – ustivorlik tartibi bo’yicha: o’ta tezyurar yo’lovchi poezdlar; tezyurar yo’lovchi poezdlar; boshqa nomdagi yo’lovchi poezdlar; pochta-bagaj, harbiy, yuk-yo’lovchi, odam tashish tezlashtirilgan yuk poezdlari; yuk (o’tib ketuvchi, uchastka, terma, olib chiqib ketuvchi, uzatuvchi), xo’jalik poezdlar va vagonsiz lokomotivlar. V. Alohida talablar asosida tayinlanadigan poezdlar, ularning tartibi tayinlash vaqtida belgilanadi. 178. Poezdlar harakati mahalliy vaqt mintaqasi bo’yicha 24 soatli hisobdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Soatlardagi vaqt ko’rsatkichi DATK barcha xududida bir xil bo’lishi kerak. Xizmat xonalarida, stansiya yo’l parklarida, yo’lovchi platformalarida va yo’lovchilar uchun xonalarda soatlar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Poezdlar harakati va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan shaxslar ish joylarida o’rnatilgan devor va tashqaridagi elektron soatlarni o’rnatish, ta’mirlash va asrash signalizatsiya va aloqa Markazi xodimlariga yuklatiladi. 14-bob. Bo’luvchi punktlar 179. Poezdlar harakati, uni bo’luvchi punktlar bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi. Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovkaning o’tish svetoforlari bo’luvchi punktlar hisoblanadi. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida blok-uchastkalarning chegaralari ham bo’luvchi punktdir. 180. Quyidagilar stansiya chegaralari hisoblanadi: bir yo’lli uchastkalarda – kirish svetoforlari; ikki yo’lli uchastkalarda har bir asosiy yo’lga alohida bir tarafdan - kirish svetofori, ikinchi tarafdan-so’nggi chiqish strelka o’tkazgichdan keyin kamida 50 m masofada o’rnatilgan «Stansiya chegarasi» yozuvli signal belgisi. Ikki taraflama avtoblokirovkalar bilan jihozlangan, shuningdek, noto’g’ri yo’ldan poezdlarni qabul qilish uchun kirish svetoforlari o’rnatilgan ikki yo’lli uchastkalarda har bir alohida asosiy yo’l uchun kirish svetoforlari stansiya chegarasi hisoblanadi. 41 42. 181. Har bir bo’luvchi punkt, yordamchi post va yo’lovchi to’xtash punkti nomi va raqamiga ega bo’lishi kerak. Nom tashqi tomondan yo’lovchilar binosida, poezdlar keladigan ikki tarafdan, kerak bo’lsa yo’lovchilar platformasining oxirlarida joylashtirilishi kerak. Shahar atrofida qatnaydigan poezdlarning jadal qatnovchi uchastkalarida joylashgan yo’lovchilar to’xtash punktida punkt nomi, bundan tashqari, yo’lovchi platforma bo’ylab bir necha joylarda ko’rsatilishi kerak. 182. Temir yo’llar: peregonlardagi asosiy yo’llar, stansiya yo’llari (chunonchi, stansiyalardagi asosiy yo’llar) va maxsus yo’llarga bo’linadi. DATK boshqa korxona va tashkilotlari tasarrufida bo’lganlaridan tashqari, stansiya xududidagi barcha yo’llar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. 183. Stansiyadagi har bir yo’l, srelkali o’tkazgich, stansiya markazlashtirish posti va strelkali post, peregonlarda esa har bir asosiy yo’l nomerga ega bo’lishi kerak. Bir stansiya hududida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar va postlarga bir xil nomer berish taqiqlanadi. Alohida parkka ega stansiyalarda bir parkning hududida yo’llarni bir xil nomerlash taqiqlanadi. Yo’llar va strelkali o’tkazgichlarni nomerlash tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. 15-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish Umumiy talablar 184. Stansiyaning texnikaviy vositalaridan foydalanish tartibi texnikaviy-boshqaruv akti bilan belgilanib, ushbu hujjat poezdlarning stansiyaga beto’siq qabul qilinishi, jo’natilishi va o’tishini, stansiya hududidagi manyovr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinishini aniqlaydi. Texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibga, DATK barcha bo’linmalarining xodimlari rioya etishga majbur. 185. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv akti stansiya boshlig’i tomonidan DATK yo’riqnomasi asosida hamda ushbu Qoidalar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga to’liq muvofiq ravishda tuziladi. Texnikaviy-boshqaruv akti harakat bo’yicha taftishchi tomonidan tekshiriladi va quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi: saralash va yo’lovchi stansiyalari, DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga kiritilgan yuk va uchastka stansiyalari uchun – DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan, bundan tashqari, ko’rsatib o’tilgan stansiyalar uchun lokomotiv va vagon depolari, yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari rahbarlari bilan, yo’lovchi stansiyalari uchun - «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ rahbariyati bilan kelishiladi; boshqa barcha stansiyalar uchun – DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o’rnatilgan tartib bilan. (185 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Texnikaviy-boshqaruv aktiga stansiyaning sxematik rejasi hamda mahalliy sharoitlardan kelib chiqib zarur yo’riqnomalar ilova qilinadi. Texnikaviy-boshqaruv aktidan ko’chirmalar, stansiya navbatchisi uchun esa, aktning stansiya boshlig’i tomonidan tasdiqlangan nusxalari stansiya navbatchisi, manyovrlar dispetcheri, park va saralash tepachalari bo’yicha navbatchi, markazlashtirish ijro postlari, strelka postlari, lokomotiv depo navbatchisi va vagonlar ko’ruvchilari xonalarida mavjud bo’lishi shart. Ko’chirmalarda tegishli xodimlar uchun zarur ma’lumotlar bo’lishi lozim. Texnikaviy-boshqaruv aktining shakli va uni tuzish bo’yicha yo’riqnoma DATK tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 42 43. Strelka o’tkazgichlardan foydalanish 186. Asosiy va qabul qilish-jo’natish, shuningdek, qo’riqlash strelkalari normal holatda turishi lozim. Strelkalar uchun quyidagi holatlar normal hisoblanadi: bir yo’lli yo’nalishdagi stansiyalarning asosiy yo’lidagi kirish strelkalari uchun stansiyaning qarama-qarshi tomonidan turli yo’llarga yo’nalganlik; ikki yo’llik yo’nalishdagi stansiyalarning asosiy yo’llardagi kirish strelkalarda - asosiy yo’llar muvofiq yo’nalganlik; muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelakalardan mustasno, peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi barcha strelkalar uchun - asosiy yo’llarga mos yo’nalganlik; muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelkalar uchun - shu berk yo’llarga yo’nalganlik. Ikkita strelkali o’tkazgichga strelkali postning bir navbatchisi xizmat ko’rsatadigan faoliyati kam, shuningdek, xodimlar ro’yxatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimi o’rni ko’zda tutilmagan stansiyalarda, bir yo’llik yo’nalishdagi kirish strelkalarning normal holati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (186 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Strelkalarning holati bilan svetoforlarning marshrutlardagi signal ko’rsatmalari orasidagi bog’liqlik jadvallarida strelkalarning normal holati "plyus" belgisi bilan ko’rsatiladi. Strelkalari markazlashtirilmagan stansiyalar uchun normal holat, bundan tashqari, stansiyaning texnikaviyboshqaruv akti va undan olingan ko’chirmalarda ko’rsatiladi. Zarur hollarda signal va marshrutlar bilan bog’lanmagan, stansiyaning tiklash va yong’in o’chirish poezdlar, xavfli yuki mavjud vagonlar va shunga o’xshashlar uchun ajratilgan yo’llarga eltuvchi markazlashtirilmagan strelkalarning normal holati stansiya boshlig’i tomonidan belgilanadi. Belgilangan normal holat, strelkalar staninalari va elektr markazlashtirish strelkalari privodlarining qoplamalarida belgilanadi. Quyidagi holatlarda strelkalar boshqa holatta o’tkazilishi mumkin: poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshruti tayyorlanganda; manyovr ishlarida; yo’llarni harakat tarkibi egallab turganda; to’siq joylarini to’sish va stansiya yo’llarida ishlar olib borish zaruratida; strelkalarni tozalash, tekshirish va ta’mirlash jarayonida. Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalarda strelkalarni normal holatga o’rnatish shart emas, quyidagilar bundan mustasno: - muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boruvchi strelkalar; - avtomatik qaytarish qurilmalari, bunday qurilmalar bo’lmagan taqdirda esa stansiya navbatchisi tomonidan normal holatga qaytariladigan tutib qoluvchi strelkalar. 187. Peregondagi strelka o’tkazgich yondosh stansiyalarning biriga xatlanadi yoki ayrilish joyida post tashkil etiladi. Ushbu strelka o’tkazgichlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish, yoritish, qo’riqlash, shuningdek, strelkalarni kalitini saqlash tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (187 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 188. Har bir strelka va signallarni boshqarish posti, boshqaruvidagi strelka va signallarning o’tkazilishi va harakat xavfsizligi uchun mas’ul faqat bir xodimning, ya’ni: stansiyaning markazlashtirish posti - stansiya navbatchisining, ijro posti - markazlashtirish posti operatori, strelkali post - strelkali post navbatchisi, mexanizatsiyalashtirilgan va 43 44. avtomatlashtirilgan saralash tepaligi markazlashtirish posti - tepacha navbatchisi yoki operator tassarrufida bo’lishi lozim. Stansiyalarda ikki postga strelka postining bir navbatchisi, alohida strelka va postlarga esa bevosita stansiya navbatchisining xizmat ko’rsatishi ruxsat etiladi. Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (188 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Dispetcherlik markazlashtirish mavjud uchastkalarda joylashgan stansiyalarda signallarni boshqarish va o’tkazish uchun poezd dispetcheri mas’ul. 189. Strelka posti navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun stansiyalarda yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq ravishda strelka postining katta navbatchilari tayinlanadi. Ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilangan stansiyalarda strelka postining katta navbatchilari postga bevosita xizmat ko’rsatish uchun yoki bir paytning o’zida postga xizmat ko’rsatish va strelka hududida joylashgan boshqa strelka navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun tayinlashinishi mumkin. Dispetcherlik markazlashtirishning markaziy postlariga va stansiyalardagi stansiya postlariga poezd dispetcherlari yoki stansiya navbatchilaridan tashqari markazlashtirish posti operatorlari tayinlanishi mumkin. (189 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 190. Poezdlarni qabul qilish va jo’natishdan oldin bevosita qabul qilish va jo’natish marshruti tarkibiga kirgan, shuningdek, muhofaza strelkalari berkitilishi lozim. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutini tayyorlashda markazlashtirilgan strelkalarni o’tkazish stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha markazlashtirish posti operatori tomonidan amalga oshiriladi. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutini tayyorlashda markazlashtirilmagan strelkalarni o’tkazish va berkitish strelka postining navbatchisi, strelka postining katta navbatchisi yoki strelkalarga xizmat ko’rsatish paytida stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi. 191. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarida kalitli bog’liqlik bilan jihozlanmagan markazlashtirilmagan strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisi yoki strelka postining katta navbatchisida, jihozlanganlarida esa – strelka postining ijro postida yoki stansiya navbatchisining farmoyishi apparatida saqlanishi lozim. Peregonlarda, shuningdek, oraliq stansiyalarning qabul qilish-jo’natish yo’llari lokomotivsiz tarkiblar yoki alohida vagonlar bilan band etilgan hollarda kalitli bog’liqlik bilan jihozlanmagan berk strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisida saqlanishi shart. Boshqa turdagi eng mas’ul strelkalarining (razryadli yuk ortilgan vagonlar, tiklash va o’t o’chirish poezdlari turishi uchun ajratilgan yo’llarga yo’naltiruvchi, asosiy yo’llar o’rtasidagi, tutib qoluvchi berk yo’llar strelkalari va h.z.) kalitlarini saqlash tartibi va ushbu strelkalar ro’yxati stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 192. Manyovr harakatlarida strelkalarni o’tkazish manyovrlarga rahbarlik qilayotgan shaxsning farmoyishiga binoan signalchilar yoki strelka postining navbatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalardagi manyovr harakatlarida strelkalar stansiya navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatori tomonidan o’tkaziladi. Strelkalar markaziy boshqaruvdan mahalliysiga berilganda, shuningdek, strelka posti navbatchilari xizmat ko’rsatmaydigan markazlashtirilgan strelkalarda manyovrlar amalga oshirilganda tuzish yoki lokomotiv brigadalarining xodimlari, konduktorlar, park navbatchilari, stansiya navbatchilari, stansiya boshlig’i, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv, vagon depolarining xodimlari va boshqalarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat beriladi. Shunday strelkalarning raqami ko’rsatilgan holda stansiyalarning, hamda manyovrlar paytida ushbu strelkalarni o’tkazishga 44 45. ruxsat berilgan xodimlarning ro’yxati va strelkalarni o’tkazish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (192 band ikkinchi xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan oldin unga xizmat ko’rsatuvchi xodim poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq strelkali o’tkazgich harakat tarkibi bilan band etilmaganligiga ishonch hosil qilishi shart. 193. Strelkali o’tkazgichda ta’mir ishlarini bajarish zarur bo’lganda signalchi yoki strelka postining navbatchisi (strelka postining katta navbatchisi), yo’l distansiyasi yoki signalizatsiya va aloqa distansiyasi xodimlarini, faqat stansiya navbatchisining ruxsati bilan ta’mir ishlarini bajarishga qo’yishi mumkin. Ta’mir ishlari tugagandan so’ng signalchi, strelka postining navbatchisi (strelka postining katta navbatchisi) strelkali o’tkazgichning holati xavfsiz harakatni ta’minlashiga ishonch xosil qilib, bu xaqda stansiya navbatchisiga xabar qilishlari lozim. 194. Stansiya yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar, jumladan, boshqa xo’jalik va tashkilotlar tasarrufiga berilgan yo’llarning tutashuvidagi strelkali o’tkazgichlar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. Boshqa xo’jalik va tashkilotlar yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar, tegishli temir yo’l bo’linma va tashkilotlar boshliqlarining ixtiyorida bo’ladi. Stansiya va tegishli bo’linmalar boshliqlari ixtiyorlaridagi strelka o’tkazgichlarning toza va soz holda bo’lishini, shuningdek, strelka o’tkazgichlarning tozaligini, soz ishlashini va yaxshi yoritilishini ta’minlashlari lozim. 195. Texnikaviy holatini nazorat qilish, tozalash, moylash, mahkamlash va ayrim boltlarni almashtirish ishlari: markazlashtirilmagan strelkali o’tkazgichlarda - ularga xizmat qiladigan strelka postining navbatchilari; markazlashtirilgan strelkali o’tkazgichlarda - yo’l distansiyasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Markazlanshtirilgan, shuningdek, strelka posti navbatchilarining tasarrufida bo’lmagan markazlashtirilmagan strelka o’tkazgichlarning texnikaviy holatini nazorat qilish, tozalash, moylash, mahkamlash va ayrim boltlarni almashtirish ishlari tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (195 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Manyovrlarni amalga oshirish 196. Stansiya yo’llaridagi manyovrlar faqat bir xodim, ya’ni stansiya navbatchisi, manyovrlar dispetcheri, saralash tepaligi yoki park navbatchisi, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa - poezd dispetcherining ko’rsatmasiga binoan amalga oshirilishi shart. Manyovrlarni boshqarish bo’yicha vazifalarning taqsimlanishi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 197. Manyovr ishlarida ko’rsatmalarni uzatishning asosiy vositasi sifatida radio aloqa, zarur hollarda esa ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari ishlatilishi lozim. Manyovr ishlarida qo’l signal asboblari bilan signal berishga ruxsat etiladi. 198. Manyovrlarni amalga oshirayotgan lokomotiv mashinistiga, manyovrlar rahbarining ko’rsatmasini shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari orqali yoki qo’l signal asboblari bilan berilgan signalini qabul qilmasdan turib, lokomotivni harakatga keltirish taqiqlanadi. Manyovrlar rahbarining ko’rsatmasi yoki signalidan tashqari, markazlashtirilgan manyovr marshrutlarining strelkalariga chiqish oldidan mashinist manyovr svetoforining ruxsat ko’rsatmasi mavjudligiga ishonch hosil qilishi, markazlashtirilmagan strelkalarga chiqish oldidan strelka posti navbatchisidan strelkalarning manyovr harakatlarga tayyorligi to’g’risida signal yoki axborot (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari) orqali qabul qilishi lozim. Manyovr svetoforlari mavjud bo’lmagan hollarda, markazlashtirilgan strelkalarga chiqish 45 46. oldidan, mashinist strelkalarning manyovr harakatlariga tayyorligi to’g’risida stansiya navbatchisidan (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari yoki manyovrlar rahbari orqali uzatilgan) axborot qabul qilishi lozim. Strelka va signallar elektr markazlashtirilgan stansiyalarda, strelkalarni markaziy boshqaruvdan mahalliysiga topshirilgan hollarda, strelkalarga ularni o’tkazish vazifasi yuklatilgan xodimning ko’rsatmasi yoki signaliga binoan chiqishga ruxsat etiladi. Manyovr ishlarida radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi qurilmalaridan foydalanishning asosiy qoidalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada ko’rsatilgan. 199. Manyovrlar quyida keltirilgandan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi: - 60 km/soat - bo’sh yo’llardan alohida lokomotivlar va ortiga avtotormozlari ishga tushirilgan va sinalgan vagonlar ulangan lokomotivlar harakatlanganda; - 40 km/soat - bo’sh yo’llardan ortiga vagonlar ulangan lokomotivlar harakatlanganda; - 25 km/soat - bo’sh yo’llardan vagonlarni oldiga ulab, shuningdek, tiklash va o’t o’chirish poezdlari harakatlanganda; - 15 km/soat - odamlar bilan band bo’lgan, shuningdek, 4-, 5- va 6-darajali yon va pastki nogabarit yuklar ortilgan vagonlar harakatlanganda; 5 km/soat - manyovrlar turtkilar bilan amalga oshirilganda, tepacha osti parkida vagonlarning bir ulanmasi ikkinchi ulanmaga yaqinlashganida; 3 km/soat - lokomotiv (vagonlar bilan yoki yakka) vagonlarga yaqinlashganda. Harakat tarkibining vagon tarozisida harakat tezligi, tarozining tuzilishiga bog’liq ravishda, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Saralash tepachalarida tepacha svetoforlarining turli signallarida vagonlarni tarqatish tezligi, shuningdek, harakat tarkibining xavfsiz harakati va butligini ta’minlaydigan shartlar, tepachalarning texnikaviy jihozlanganligi va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Yuklar, refrijerator vagonlar va seksiyalarni tashish qoidalariga asosan alohida toifadagi yuklar ortilgan vagonlar turtki bilan manyovr qilish va saralash tepachalaridan tarqatish, poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq, o’ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. 200. Asosiy yo’llarda yoki ularni kesib o’tib, shuningdek, chiqish strelkalaridan tashqarida manyovrlar bajarish, har bir alohida holatda manyovrlar amalga oshirilayotgan yo’llar va strelkalarni kirishni to’suvchi tegishli kirish svetoforlarining yopiq holatida, stansiya navbatchisining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Poezdlar dispetcheri va qo’shni stansiya navbatchisining roziligisiz va mashinistga berilgan tegishli ruxsatnomasiz tarkibni stansiya chegarasidan peregonlardagi bir yo’lli va noto’g’ri yo’ldan ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovr qilishi taqiqlanadi. Tarkibni stansiya chegarasidan to’g’ri yo’l bo’ylab ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovrlar qilishiga, poezd dispetcherining roziligi bilan, stansiya navbatchisining og’zaki ruxsati bo’yicha ruxsat etiladi. Kirish svetoforining machtasida stansiyaning o’qi tomonda joylashtirilgan maxsus manyovr svetofori mavjud stansiyalarda manyovr qilayotgan tarkibning stansiya chegarasidan chiqishi ushbu svetoforning signali bilan amalga oshiriladi. 201. Harakat tarkibining peregonga ketib qolish xavfi mavjud qiyalikda joylashgan stansiya yo’llaridagi manyovrlar, lokomotivni qiyalik tomondan qo’yib, vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilib va sinab ko’rilgandan so’ng amalga oshiriladi. Lokomotivni qiyalik tomondan qo’yish imkoniyati bo’lmagan hollarda ushbu yo’llarda manyovrlar tisarish usuli bilan amalga oshiriladi, bunda vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilgan va sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday yo’llarga ega stansiyalarda harakat xavfsizligini ta’minlab manyovrlarni amalga oshirish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlar bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanib, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 46 47. 202. Vagonlarni saralash uchun tepacha qurilmalari mavjud stansiyalarda manyovrlar DATK mintaqaviy temir yo’l uzelining boshlig’i tasdiqlagan yo’riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. (202 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Quyidagi vagonlarni turtki bilan manyovr qilish va tepachadan tarqatish taqiqlanadi: odamlar bo’lgan vagonlar, ammo yuklarni kuzatib boruvchi yo’l kuzatuvchilar (guruhlar) bo’lgan vagonlar bundan mustasno; yuklarni tashish Qoidalariga muvofiq alohida toifadagi yuklar ortilgan vagonlar; 4-, 5-, 6-darajadagi yon va pastki nogabaritlik, 3-darajadagi yuqori nogabaritlik yuklar ortilgan platforma va yarim vagonlar, yuk ortilgan transportyorlar; ishlamayotgan lokomotivlar, motor vagonli harakat tarkibi, refrijerator poezd tarkiblari, yo’lovchi vagogonlar, temir yo’lda harakatlanadigan kranlar; "Tepachadan tushirilmasin" yozuvi bor vagonlar va maxsus harakat tarkiblari. Yuqorida ko’rsatilgan harakat tarkiblari saralash tepaligi orqali faqat manyovr lokomotivi bilan o’tkazilishi mumkin. 203. Saralash tepachalaridan quyidagilarni o’tkazish taqiqlanadi: 12 va undan ortiq o’qi bor yuk ortilgan bo’sh transportyorlar; ulanmada bir yoki ikkita oraliq platforma mavjud bo’lganida yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna bo’lgan ulanma turidagi yuk ortilgan transportyorlar; "Tepachadan o’tkazilmasin" yozuviga ega harakat tarkibi. 204. Stansiya yo’llaridagi harakat tarkibi chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara ichida joylashtirilishi lozim. Stansiya yo’llarida lokomotivsiz turgan poezd tarkiblari, vagonlar va maxsus harakat tarkiblari o’z-o’zidan ketib qolishidan tormoz boshmoqlari, qo’l tormozlari yoki DATK tomonidan belgilangan boshqa mahkamlash vositalari bilan ishonchli mahkamlanishi lozim. Vagon va tarkiblarni mahkamlash tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilanib, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda stansiyaning texnikaviyboshqaruv aktida ko’rsatiladi. Stansiya yo’llaridagi yuk operasiyalarida band bo’lmagan, tozalashda, dezinfeksiyada va ta’mirda bo’lmagan vagonlarning eshiklari yopiq bo’lishi kerak. 205. Yuklarni tashish yo’riqnomasiga muvofiq o’ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi alohida toifadagi yuklar ortilgan vagonlar, manyovrlar bajarilayotgan paytda qattiq yonilg’ida ishlaydigan parovozdan kamida bitta xavfsiz yuk yoki bo’sh vagon bilan to’silgan bo’lishi lozim. Xavfli yuki bo’lgan vagonlar hamda suyultirilgan gazli sisternalar stansiyalarda poezdlardan alohida turganlarida, saralash parklari yo’llarida to’planayotganlari bundan istisno, maxsus yo’llarda joylashtirilishi lozim. Bunday vagonlar ulangan, ketib qolmasligi uchun mahkamlangan hamda ko’chma to’xtash signallari bilan to’silgan bo’lishi kerak. Bunday vagonlar turgan yo’lga olib boruvchi strelkalar ushbu yo’lga kirishga imkon bermaydigan qilib o’rnatiladi. Xavfli yuki bo’lgan vagonlar hamda quyultirilgan gazli sisternalar saralash parklarining yo’llarida to’planayotganda, poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan alohida extiyot choralari ko’rilishi shart. 206. Manyovr qilayotgan lokomotivning harakatini faqat bir xodim - ularning to’g’ri bajarilishi uchun mas’ul bo’lgan manyovrlar rahbari (poezdlar tuzuvchi) boshqarishi shart. Manyovrlar rahbarining majburiyatlari: - manyovr ishlariga berilgan topshiriqlarni aniq va o’z vaqtida bajarish; - kelgusidagi manyovr ishlarini bajarishning rejasi va usullari bilan tanishtirish asosida manyovr ishlarida ishtirok etayotgan xodimlarning to’g’ri joylashtirilishi va harakatlarining muvofiqligini ta’minlash; - poezdlarni ushbu Qoidalar, DATK ning tegishli yo’riqnomalari va ko’rsatmalariga aniq amal qilgan holda tuzish; 47 48. - manyovr ishlarini, harakat xavfsizligi, manyovrlarda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy xavfsizligi, harakat tarkibi va yuklarning butligini ta’min etib tashkillashtirish. Odamlari bor, nogabarit va xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovrlarni o’ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish. Stansiyalarda yo’llar yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq ravishda, manyovr hududlariga bo’linadi. Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari bosh konduktor yoki uning vazifasini bajarayotgan xodimning rahbarligi ostida amalga oshirilishi mumkin. Tuzish brigadasi yoki bosh konduktor xizmat ko’rsatmayotgan lokomotivning manyovr harakatlariga ushbu hududda manyovrlarni amalga oshirishga xuquqi bo’lgan xodim yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha signalchi (strelka posti navbatchisi) rahbarlik qiladi. Maxsus harakat tarkibining stansiya yo’llaridagi manyovr harakatlari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 207. Manyovrlarni bajarayotganda lokomotiv brigadasi quyidagilarga amal qilishi shart: manyovr ishlari topshiriqlarini aniq va o’z vaqtida bajarish; berilayotgan signallarni diqqat bilan kuzatish, harakatlanish xaqidagi signal va ko’rsatmalarni aniq va o’z vaqtida bajarish; yo’llardagi odamlar, strelkalarning holati va harakat tarkibining joylashishini diqqat bilan kuzatish; manyovrlar bajarish xavfsizligini va harakat tarkibi butligini ta’minlash. 208. Yig’ma poezdlar bilan ishlayotgan, shuningdek, manyovr ishlarini bajarish uchun ajratilgan lokomotiv brigadalari, konduktorlar va tuzish brigadalari stansiyaning texnikaviyboshqaruv aktida ko’rsatilgan manyovr ishlarining tartibini bilishlari lozim. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilagan manyovr ishlarining shartlari bilan lokomotiv va tuzish brigadalari, konduktorlarni tanishtirish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzelining boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (208 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Poezdlarni tuzish 209. Poezdlar ushbu Qoidalar, harakatlanish grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga to’liq muvofiq ravishda tuzilishi lozim. Yo’nalishlar va har bir uchastka bo’yicha yuk poezdlarining og’irligi va uzunligi me’yorlari poezdlarning harakatlanish grafigi va tuzish rejasida belgilanib, lokomotiv turiga, poezdlar harakatlanadigan uchastkalardagi yo’l profiliga hamda ushbu uchastkalarda joylashgan stansiyalarning qabul qilish-jo’natish yo’llarini foydali uzunligiga, elektrlashtirilgan liniyalarda esa - elektr ta’minoti sharoitiga mos bo’lishi kerak. Uzun tarkibli, og’ir yukli, birlashtirilgan, shuningdek, og’irligi va uzunligi oshirilgan yuk poezdlarini tuzish va o’tkazish tartibi DATK boshqaruvi raisi yo’riqnomasiga muvofiq o‘rnatiladi. Uzoqqa qatnovchi va mahalliy yo’lovchi poezdlarining og’irligi va uzunligi me’yorlari hamda ularda vagonlarni joylashtirish tartibi poezdlar harakati jadvali kitoblarida ko’rsatiladi. Yo’lovchi poezdlariga me’yoridan ortiq miqdorda vagonlar ulash hamda uzun tarkibli yo’lovchi poezdlarning O’zbekiston Respublikasi hududidagi harakatlanish tartibi DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan, boshqa davlatlar temir yo’llari bilan kesishganda esa, bu davlatlar temir yo’l ma’muriyatlari bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi. Poezdga harakat tarkibi ulangan hollarda uning og’irligi va uzunligi jadvallar bo’yicha aniqlanadi. Ushbu jadvallar poezdlar harakati jadvali kitoblarida beriladi. 210. Quyidagilarni poezdlarga ulash taqiqlanadi: nosoz vagonlar; harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi va holati tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlamaydigan vagonlar; 48 49. me’yoridan ortiq yuk ortilgan vagonlar; ochiq harakat tarkibida yuklarni ortish va maxkamlashning texnikaviy talablarini buzib yuklangan platforma va yarim vagonlar; kuzovning qiyshayishiga yoki vagonning rama va kuzovini harakat qismlariga urilishiga olib keluvchi o’tirib qolgan ressorli, shuningdek, tom qismlarining uzilib ketishi xavfi bo’lgan nosoz tomli vagonlar; relslardan tushgan yoki halokatga uchragan poezdda bo’lgan vagonlar toki ko’rikdan o’tkazilib, harakatga yaroqli deb tan olinguncha; belgilangan ta’mir turlari bajarilganliga to’g’risida yozuvi bo’lmagan vagonlar, ammo maxsus hujjatlar bo’yicha o’ziyurar yuk sifatida harakatlanayotgan vagonlar bundan mustasno; yurishi uchun maxsus ko’rsatmalar berilmagan holda nogabarit yukli platformalar, transportyorlar va yarim vagonlar; bortlari yopilmagan platformalar (DATK ning maxsus yo’riqnomalarida ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno), bunkerlari mahkamlanmagan vagonlar, yuqori va pastki yuklashtushirish kopqoqlari ochiq sisternalar, xopperlar, don tashiydigan, sement tashiydigan va shu kabi harakat tarkiblari; eshiklari va lyuklari ochiq yoki lyuklari yopish mexanizmining bir qulfiga o’tkazilgan yarim vagonlar; eshiklari ochiq va eshik qulfi bilan berkilmagan yuksiz yopiq vagonlar, neftebitum tashishga mo’ljallangan va g’ildirak juftlari aylanish doirasi bo’ylab bitumdan tozalanmagan yuksiz yopiq vagonlar. 211. Uzoqqa katnovchi va mahalliy yo’nalishdagi yo’lovchi poezdlariga texnikaviy xizmatga mo’ljallangan metalldan yaxlit ishlanmagan vagonlarni ulash ruxsat etiladi. Barcha yo’lovchi poezdlarda birinchi va so’nggi vagonlarda eng chetdagi eshiklar yopiq bo’lishi shart, o’tish maydonchalari esa ko’tarilgan holda mahkamlangan bo’lishi lozim. 212. Yo’lovchi va pochta bagaj-vagonlariga quyidagilarni ulash taqiqlanadi: portlovchi va xavfli yuk ortilgan vagonlar; davriy ta’mir yoki yagona texnik taftish muddatlari o’tgan vagonlar; Ayrim istisno hollarda yo’lovchi (tezkor va tezyurar poezdlardan tashqari) poezdlariga bir temir yo’l hududa – DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan, poezdlarning ikki va undan ortiq temir yo’llarda harakatlanganda – MDH temir yo’llari ma’muriyatlari bilan kelishilgan holda, quyidagi yuk vagonlarini qo’yish mumkin: to’rt o’qli yopiq yuk vagonlari; sut tashishga mo’ljallangan sisternalar; avtonom refrijerator; tirik baliq tashiydigan vagonlar. Bunda uzoqqa qatnaydigan yo’lovchi poezdlarga ko’pi bilan bitta yuk vagoni yoki tirik baliq tashiydigan juft seksiya, mahalliy yoki shahar atrofida qatnovchi poezdga ko’pi bilan uch vagon ulanishiga yo’l qo’yiladi. Pochta-bagaj poezdiga DATK ruxsati bilan ushbu bandda ko’rsatilgan yo’lovchi vagonlarga ulash ruxsat etilgan vagonlarni, shuningdek, maxsus vagonlar: termoslar, besh vagonli refrijerator seksiyalari va alohida vagon refrijerator seksiyalari, engil vaznli yuklar uchun yopiq to’rt o’qli va yaxlit metall vagonlarni ko’pi bilan oltitasini ulashga ruxsat etiladi. Pochta-bagaj poezdiga DATK boshqaruvi raisi belgilagan tartibga muvofiq va ruxsati bilan zarur hollarda boshqa yuk vagonlarini ulanishiga yo’l qo’yiladi. Ulanayotgan vagonlarning texnik holati va konstruksiyasi hamda ulardagi yuklarning mahkamlanishi yo’lovchi, yuk-bagaj poezdining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak. Boshqa konstruksiya va turdagi harakat tarkibi ulangan yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlari tezligi, ushbu harakat tarkibi uchun belgilangan tezlikdan oshmasligi kerak. 213. Pochta-bagaj poezdlarga vagonlar yo’lovchi poezdlar uchun belgilangan tartibda, yo’lovchi yuk poezdlariga esa vagonlar-yuk poezdlari uchun belgilangan tartibda joylashtiriladi. 49 50. 214. Yo’lovchi yuk poezdlariga portlovchi va xavfli yuk ortilgan vagonlarni hamda suyultirilgan gaz tashilgan bo’sh sisternalarni ulash taqiqlanadi. Faqat istisno hollardagina, yo’lovchi-yuk poezdlardan o’zga turdagi poezdlar harakatlanmaydigan, faoliyati kam uchastkalarda ushbu poezdlarga xavfli (portlaydigan yukdan tashqari) yuk ortilgan vagonlarni DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibga hamda ruxsatiga muvofiq ulash mumkin. 215. Yuk poezdlari, vagonlarni o’qlari miqdori va og’irligi bo’yicha tanlanmasdan, tuziladi. Og’ir yukli va uzun tarkibli poezdlarni tuzishda, bo’sh vagonlar poezd uzunligining so’ngti uchdan bir qismiga ulanadi. Yig’ma poezdlarda vagonlar manzil stansiyalari bo’yicha guruhlarga bo’lib tuziladi, yig’ish-tarqatish vagonlari esa bir guruh qilib joylashtiriladi. Motorvagonli harakat tarkibi ta’mirga yoki ta’mirdan keyin harakatlanganda yuk poezdining oxiriga bir guruh bo’lib ulanadi. 216. Odamlari bo’lgan yo’lovchi va yuk vagonlar (xizmat va yuklarni kuzatib boruvchi yo’l kuzatuvchilar (guruhlar) bo’lgan vagonlar bundan mustasno) yuk poezdlariga bir guruh qilib ulanishi hamda lokomotivdan, keskin turtki va to’xtashlarda surilishi mumkin bo’lgan relslar, balkalar, yog’ochlar va shu kabi yuklar ortilgan ochiq harakat tarkibidan, shuningdek, poezdning ortidan kamida bir vagon bilan to’silgan bo’lishi lozim. Yuk poezdlarida odamlarni tashish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi (O’zbekiston Respublikasi hududida). 217. Odamlar ketayotgan poezdlarga portlovchi yuk ortilgan vagonlarni va kislotalar, suyultirilgan gaz va tez o’t oluvchi (3-klass) suyuqliklar ortilgan sisternalarni, shuningdek, suyultirilgan gazdan bo’shatilgan sisternalarni ulash taqiqlanadi. Razryadli yuk ortilgan vagonlarni O’zbekiston Respublikasi hududida odamlar ketayotgan xarbiy poezdlarga ulash tartibi DATK ning maxsus nizomlalari bilan o‘rnatiladi. 218. Yuk poezdlariga odamlar ketayotgan vagonlar, shuningdek, o’ta ehtiyotkorlikni talab etadigan alohida toifadagi yuk ortilgan vagonlar ulanganda tegishli to’siq bo’lishi lozim. To’siq sifatida xavfsiz yuk ortilgan yoki bo’sh vagonlar qo’yiladi. Yuk poezdlarida odamlar ketayotgan, shuningdek, o’ta ehtiyotkorlik talab etuvchi alohida toifadagi yuklar ortilgan vagonlarni joylashtirish tartibi hamda bunday yuklarning ro’yxati yuklarni tashish Qoidalarida o‘rnatiladi. 219. O’zbekiston Respublikasi hududida poezdlarga nogabarit yuk ortilgan vagonlarni va maxsus harakat tarkibini joylashtirish va eltish tartibi DATK ning tegishli yo’riqnomalari bilan o‘rnatiladi. 220. Peregonda ish bajarish bilan harakatlanayotgan xo’jalik poezdlarida konduktorlar va ishga rahbarlik qilayotganlarning ketishlari uchun DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilangan tartibga muvofiq o’tish maydonchali vagonlar qo’yilishi lozim. (220 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Poezdlarga tormozlarni qo’shish tartibi 221. Harakat tarkibini, shu jumladan maxsus harakat tarkibini tormozlash vositalari bilan texnikaviy jihozlanganligiga bog’liq ravishda DATK quyidagilarni o‘rnatiladi: yuk va yo’lovchi poezdlarining har 100 tonna og’irligi uchun yagona eng kam tormoz bosish kuchini va poezdlarning belgilangan eng katta tezlik bilan harakatlanishi ruxsat etiladigan eng katta yo’naltiruvchi pasayishni; harakat tezligi, qiyalikning o’lchami, tormoz bosish kuchi va tormozlash yo’li oralaridagi bog’liqlik; tormoz kolodkalarining harakat tarkibi o’qlariga bosimining hisoblangan me’yorlari, poezdlarni qo’l tormozlari bilan ta’minlash me’yorlari va tormozlash hisob-kitoblarini bajarish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlar. 50 51. Ko’rsatilgan me’yorlar va ma’lumotlar poezdlar harakati jadvali kitobchalarida beriladi. 222. Grafikda belgilangan poezdlarning uchastkalarda harakatlanish tezliklari yo’l xo’jaligi boshqarmasi, tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi, aloqa va signalizatsiya Markazi, elektr ta’minoti Markazi va lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilib, DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. 223. Yo’lovchi poezdlarida avtotormozlash tizimiga yo’lovchi turidagi avtotormozli barcha vagonlar, yuk poezdlarida esa yuk turidagi avtotormozli barcha vagonlar va maxsus harakat takibi qo’shilishi lozim. Yo’lovchi poezdlarda elektropnevmatik tormozlashdan foydalanish lozim. Yo’lovchi poezdlarga RITS gabaritli vagonlar qo’shilsa, ushbu poezdlarning pnevmatik tormozlashda harakatlanishi DATK belgilagan tartibda ruxsat etiladi. Barcha poezdlarda hamma lokomotivlar va parovoz tenderlarining avtotormozlari (ishlamasdan ketayotgan, tormozlashning bo’sh rejimiga ega bo’lmagan tenderlar bundan mustasno) avtotormoz tizimiga qo’shilishi shart. Barcha poezdlarda yuk va yo’lovchi turidagi avtotormozli vagonlarni birgalikda avtotormoz tizimiga qo’shish tartibi, shuningdek, vagon va lokomotivlarning havo taqsimlagichlarini tegishli rejimga qo’shish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. Yuk poezdlariga oraliq magistralli harakat tarkibi qo’yilishi mumkin, ammo bir guruhda ko’pi bilan 8 ta o’q, poezdning ortidagi so’nggi ikki vagon oldidan esa ko’pi bilan 4 ta o’qdan ortmasligi lozim. So’nggi ikki vagon ishga tushirilgan soz tormozlarga ega bo’lishi lozim. 224. Poezdlarda avtotormozlarni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi: а) tormozlash magistrali holatini va barcha vagonlardagi tormozlarning ishini sinovdan o’tkazib to’liq tekshirish: poezdlarni jo’natishdan oldin tuzish stansiyalarida; lokomotiv almashgandan so’ng. Bundan tashqari, lokomotivlarning harakatlanish uchastkasi 600 km dan ortiq bo’lsa, vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktiga ega stansiyalarning birida yuk poezdining avtotormozlari to’liq sinovdan o’tkazilishi shart. Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK tomonidan o‘rnatiladi; motorvagonli poezdni depodan chiqarishdan oldin yoki uni stansiyada brigadasiz turganidan so’ng; poezdning to’xtashi harakat grafigida ko’zda tutilgan uzoqqa cho’zilib borgan pasayishga ega peregonlardan oldingi stansiyalarda; 0,018 va undan qiyaroq uzoqqa cho’zilib borgan pasayishlardan avval to’liq sinovdan o’tkazish tormozlangan holda o’n minut ushlab turilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Elektrpnevmatik tormozlarining to’liq sinovi yo’lovchi poezdlarni tuzish va harakatlanish stansiyalarida ko’chmas qurilmalardan yoki poezd lokomotividan amalga oshiriladi. b)Tormoz magistrali holatini so’nggi ikki vagonining tormozlari ishini sinab qisqa tekshirish: poezd lokomotivini tarkibga ulangandan so’ng, agar bundan ilgari stansiyada avtotormozlar kompressor qurilmasi yoki lokomotivdan to’liq sinovdan o’tkazilgan bo’lsa; motorvagon poezdi boshqaruv kabinasi va lokomotiv poezddan uzilmagan hollarda lokomotiv brigadasi almashganidan so’ng; poezd tarkibida rukavlarni har qanday uzilishlaridan so’ng, tarkibidagi so’nggi kran berkitilgandan so’ng, harakat tarkibi ulanishi natijasida rukavlar ulangandan so’ng (so’nggi holatda har bir ulangan vagonning tormozlari ishi tekshiriladi); yo’lovchi poezdlarda poezd 20 minutdan ortiq turgandan so’ng, asosiy rezervuarlardagi bosim 5,5 kgs/sm2 dan tushib ketsa, boshqaruv kabinasi o’zgarsa yoki peregonda asosiy kabinadan poezd harakatini boshqarish imkoniyati yo’qligi sababli poezd to’xgagandan so’ng boshqaruvni ikkinchi lokomotiv mashinistiga topshirilganidan so’ng; 51 52. yuk poezdlarida to’xtash paytida avtotormozlarning o’z-o’zidan ishlab ketishi yoki zichlikning VU-45 shaklli ma’lumotnomada ko’rsatilgandan 20 foizdan katta miqdorda o’zgargan bo’lsa; yuk poezdlarida 30 minutdan ortiq to’xtashdan so’ng. Elektrpnevmatik tormozlarning qisqacha sinovi lokomotivlar va lokomotiv brigadalari almashadigan punktlarda, vagonlar ulanganda (har bir ulangan vagon tormozlarining ishi sinovdan o’tkazilib) amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tormozlarning to’liq yoki qisqa sinovidan so’ng, DATKning tegishli yo’riqnomasida belgilangan tartibda yo’l davomida tormozlarning ishi sinovdan o’tkaziladi. 225. Poezdda avtotormozlar to’liq sinalgandan so’ng vagonlar ko’ruvchisi etakchi lokomotivning mashinistiga poezdning tormozlar bilan ta’minlanganligi va soz ishlashi xaqidagi DATK belgilagan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Poezdga berilgan ma’lumotnomada so’nggi vagonning raqami ham ko’rsatiladi. Motorvagon poezdlarda avtotormozlarning har bir to’liq sinovi to’g’risida qayd maxsus kitobga yoziladi. Avtotormozlarning har bir qisqa sinovida vagonlar ko’ruvchisi, bu lavozim ko’zda tutilmagan joylarda esa, stansiya navbatchisi, bosh konduktor yoki poezdlar tuzuvchisi, mashinistda mavjud tormozlar xaqidagi ma’lumotnomaga avtotormozlarning qisqa sinovi (shu jumladan tarkibdagi o’zgarish) to’g’risida qayd kiritadi. Avtotormozlarning qisqa sinovida so’nggi ikki vagonning tormozlari ishlamagan holatda, zimmasiga avtotormozlarning sinovi yuklatilgan xodim poezd jo’natilmasligi uchun choralar ko’rishi shart. Vagonlar ko’ruvchisi lavozimi ko’zda tutilmagan stansiyalarda, yo’lovchi poezdlarda avtotormozlar ishining sinoviga vagonlar yo’l kuzatuvchilari, yuk poezdlarida esa avtotormozlarni sinash operasiyalarini bajarishga o’rgatilgan xodimlar (bunday lavozimlar ro’yxati DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi) jalb etiladi. Og’irligi va uzunligi oshirilgan, birlashtirilgan poezdlarda vagonlarni avtotormoz tizimiga qo’shish tartibi, shuningdek, bunday poezdlarda avtotormozlarni sinash tartibi DATK ning tegishli yo’riqnomasiga muvofiq o‘rnatiladi. 226. Poezdlarda tormozlarni boshqaruv rejimini (tezlikni o’lchash lentalarini rasshifrovkasi bilan) sinash uchun tormozlarni sinovchi vagonlardan foydalanilish lozim. Yuk va mahalliy yo’lovchi poezdlar hamda uzoq masofaga qatnovchi yo’lovchi poezdlari uchun uchun tekshirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Poezdlarni jihozlash va ularga xizmat ko’rsatish 227. Yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk, harbiy va odam tashish poezdlari yong’inni o’chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish vositalari bilan ta’minlanadi. Yo’lovchi poezdlarning tarkiblari poezd mashinisti bilan aloqa qilish uchun UQTdiapazondagi radiostansiyalar bilan jihozlanadi. Poezdlarni sanab o’tilgan vositalar bilan ta’minlash me’yorlari DATK tomonidan tasdiqlanadi. 228. Lokomotivlar DATK tasdiqlagan me’yorlar bo’yicha radiostansiya, yong’inni o’chirish va harakat tarkibini yo’lga ko’tarish vositalari, zarur signal asboblari, uskunalari va boshqa anjomlar bilan ta’minlanishi lozim. Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi DATK belgilagan ro’yxat va me’yorlar bo’yicha uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. Bundan tashqari, tarkibni peregonda mahkamlash zaruratini ko’zda tutib, lokomotvlar va motorvagon poezdlar to’rtta tormozlash boshmog’i bilan ta’minlanishi lozim. Avtotormozlar ishdan chiqqan hollarda yuk va yo’lovchi yuk poezdi tarkibini nishab qiyaligi 0,012 dan ortiq uchastkalarda mahkamlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 52 53. 229. Poezdga lokomotiv brigadasi tomonidan xizmat ko’rsatiladi. Bundan tashqari, yo’lovchi poezdlarga vagon yo’l kuzatuvchilari hamda DATK ko’rsatmalariga muvofiq boshqa xodimlar tomonidan xizmat ko’rsatiladi. Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari olib borayotgan poezdlarga, bu ishga rahbarlik qilish uchun, DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasi bo’yicha bosh konduktor (poezd tuzuvchi) yoki konduktorlar (tuzuvchilar) brigadasi tayinlanishi mumkin. Peregonda xo’jalik poezdlarning harakatiga ishlar rahbari yoki uning vakolatiga ega shaxs rahbarlik qiladi. Bu xodimlarning vazifalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada belgilanadi. (229 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Aylantirish punktlarida lokomotiv brigadalari va konduktorlarning dam olishi uchun maxsus xonalar bo’lishi lozim. Lokomotivlarni poezdlarga ulash 230. Harakatdagi elektrovozlar va teplovozlar poezdning bosh tomoniga ulanadi va old kabinadagi mashinist tomonidan boshqariladi. Bitta boshqaruv kabinasiga ega teplovozlar va parovozlar old tomonga harakatlanish uchun poezdning bosh tomoniga ulanadi. Harakatlanish uchastkasi bo’ylab ikkita yoki uchta harakatdagi lokomotiv bilan yuradigan poezdlarning bosh tomoniga quvvatliroq kompressorlar (bug’-havo nasoslari) ga ega lokomotiv ulanadi. Og’irligi va uzunligi oshirilgan poezdlarga harakatdagi lokomotivlarni qo’yish, shuningdek, poezdlarga uchastkaning bir qismida yuradigan harakatdagi lokomotivlarni ulash tartibi va ularning harakat xavfsizligini ta’minlaydigan shartlar DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Ikki va undan ortiq boshqaruv kabinasiga ega yoki ko’p birliklar tizimida ishlaydigan lokomotivlarning manyovr harakatlanishi uchun, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, DATK boshqaruvi raisi harakat va odamlar xavfsizligini ta’minlovchi lokomotivni boshqarish tartibini belgilaydi. Poezdlar ishida band lokomotivlardan harakatlanish uchastkalari hududida foydalanish kerak. Favqulodda hollarda lokomotivlarni biriktirilmagan uchastkalarga o’tkazish DATK tomonidan ruxsat etiladi. 231. Bir boshqaruv kabinisiga ega lokomotivlarning orqaga harakatlanishiga faqat quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi: shahap atrofiga qatnovchi, xo’jalik, tiklash, o’t o’chirish, topshiriladigan va chiqarish poezdlarida; shahobcha va tutashtirish yo’llarida harakatlanganda; manyovrlarni amalga oshirganda; ikki lokomotiv qo’shib ishlatilsa, ikkinchi lokomotiv harakatlanganda; lokomotivlarni burish qurilmalari bo’lmagan stansiyalardan poezdlar jo’natilganda; surishdan so’ng poezd bilan jo’natish stansiyasiga qaytishda; poezdlarni bir punktdan ikki yo’nalishga surishda, shuningdek, poezdlarni stansiya hududida surishda; yordamchi lokomotiv bilan poezdni peregondan chiqarishda; vagonlarsiz harakatlanganda. 232. Ishlamayotgan holda lokomotivlar jo’natilayotganda poezdlarga qo’yish uchun tayyor bo’lishi va ularning tarkibiga DATK yo’riqnomasiga muvofiq, kompaniya hududidan tashqarida esa, harakatlanadigan temir yo’llarning ma’muriyatlari bilan kelishuv bo’yicha kiritilishi lozim. 53 54. Etakchi lokomotiv ortidan ulanadigan ishlamayotgan lokomotivlarning miqdori ikki va undan ortiq temir yo’llar bo’ylab harakatlanganda temir yo’llar ma’muriyatlari, kompaniya hududida esa - DATK boshqaruvi raisi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 16-bob. Poezdlar harakati Umumiy talablar 233. Uchastkada poezdlarning harakatiga faqat bir xodim - xizmat ko’rsatayotgan uchastkasida poezdlar harakati grafigining bajarilishiga javobgar poezd dispetcheri rahbarlik qilishi shart. Poezd dispetcherining buyruqlari, faoliyati uchastkada poezdlar harakati bilan bevosita bog’liq xodimlar tomonidan bajarilishi shart. Poezd dispetcheridan tashqari, uchastkada poezdlar harakati to’g’risida tezkor ko’rsatmalar berish taqiqlanadi. 234. Poezdlar harakatiga rahbarlik qilish bo’yicha har bir stansiya va yo’l posti va har bir poezd bir paytning o’zida faqat bir xodim, ya’ni: stansiya – stansiya navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcherning, post – post navbatchisining, poezd - etakchi lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinistining tasarrufida bo’lishi shart. Stansiyalarda yo’llarning rivojlanganligiga bog’liq ravishda bir nechta stansiya, post yoki park navbatchilari bo’lishi mumkin, ularning har biri o’zi ishlaydigan hududida poezdlar harakatiga yakka o’zi rahbarlik qiladi. Bunday stansiyalarda boshqaruv hududlarini chegaralash va har bir stansiya, post yoki park navbatchisining poezdlar harakati bilan bog’liq vazifalari stansyaning texnikaviy–boshqaruv aktida ko’rsatiladi. Stansiyalarda etakchi lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinisti va poezdga xizmat ko’rsatayotgan barcha xodimlar stansiya navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda esa-poezdlar dispetcherining ko’rsatmalariga bo’ysunadilar. 235. Har bir yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odamlar ketayotgan poezd, qoida bo’yicha belgilangan yo’lga, yuk poezdlari esa-belgilangan yo’llar guruhiga qabul qilinishi lozim. Stansiyada to’xtamaydigan poezdlar, qoida bo’yicha asosiy yo’llardan o’tkazilishi lozim. Poezdlarni qabul qilish va jo’natishda yo’llardan foydalanish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilishi lozim. 236. Stansiya navbatchisi poezdlarni vaqtida qabul qilinishi uchun bo’sh yo’llar mavjud bo’lishini ta’minlashi shart. Poezdning berk kirish signali oldida zaruratsiz har bir to’xtashi uchun stansiya navbatchisi javobgardir. O’tayotgan poezdlardan ajratib olinib, yuk ortish, tushirish, ta’mir va boshqa jarayonlarga mo’ljallangan alohida vagonlar yoki vagonlar guruhi bilan qabul qilsh-jo’natish yo’llarini band etish taqiqlanadi. Oraliq stansiyalarda alohida vagonlar yoki vagonlar guruhi bilan qabul qilish-jo’natish yo’llarini vaqtincha band etishga poezdlar dispetcherining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Tutib qoluvchi berk yo’llarni har qanday harakat tarkibi bilan, muhofaza berk yo’lini esa - yo’lovchi va odamlar ketayotgan yuk vagonlari, portlovchi va boshqa xavfli yuklar ortilgan yuk vagonlari bilan band etish taqiqlanadi. 237. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlar bajarish bilan bog’liq jarayonlarda, ayniqsa, SSB qurilmalarining normal faoliyati buzilgan sharoitlarda, stansiya boshlig’i stansiya navbatchilari, markazlashtirish posti operatorlari, signalchilar va strelka posti navbatchilari ishini nazorat qilishi shart. Stansiya boshlig’i stansiya navbatchilarining ishini shunday tashkil qilishi kerak-ki, harakat xavfsizligi so’zsiz ta’minlangan holda poezdlarning to’xtab qolishiga yo’l qo’yilmasin. 54 55. Stansiya navbatchisining xonasi alohida ajratilgan bo’lishi lozim. Stansiya navbatchisining xonasiga faqat stansiya boshlig’i, vazifalarini stansiya navbatchisi bilan birgalikda bajaradigan yoki u bilan bevosita ishlaydigan shaxslar hamda stansiya navbatchisining faoliyatini va boshqaruv asboblarining sozligini nazorat qiluvchi xodimlar kirish xuquqiga ega. Shtatlar ro’yxatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimlari ko’zda tutilmagan stansiyalarda, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlarni amalga oshirish, strelka o’tkazgichlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish, yuklarni qabul qilish va jo’natish jarayonlarini, DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibda, boshqa xizmatlar xodimlari bajaradilar. Poezdlarni qabul qilish 238. Poezdlar stansiyaga texnikaviy – boshqaruv akti bilan bu maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’sh yo’llarga, faqat ochiq kirish signalida, yo’lovchi poezdlar esa, bundan tashqari, yo’l avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan yo’llarga qabul qilinishi lozim. Bunday qurilmalar bilan jihozlanmagan yo’llarga yo’lovchi poezdlarini, harakat xavfsizligini ta’minlab, qabul qilish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Yo’lning uzunligi ikki motorvagon poezdini joylashtirish uchun etarli bo’lgan alohida stansiyalarda, marshrut svetofori bilan yo’lni ushbu poezdlar qabul qilinishi mumkin bo’lgan ikki uchastkaga ajratishga ruxsat etiladi. Motorvagon poezdi qabul qilish yo’lini ajratadigan marshrut svetoforidan keyingi yo’l uchastkasini band etganda, ikkinchi motorvagon poezdi yo’lning ushbu svetoforgacha bo’sh uchastkasiga, kirish (marshrut) svetoforining maxsus signali bo’yicha qabul qilinadi. Kirish (marshrut) svetoforlarining ko’rsatmalari qabul qilish yo’lining ikkiga bo’ladigan marshrut svetoforining ko’rsatmalariga bog’liq bo’lishi lozim. Bunday yo’lga bir paytning o’zida qarama-qarshi tomonlardan ikki motor poezdini qabul qilish taqiqlanadi. Motorvagon poezdlarni yo’lning alohida uchastkalariga qabul qilish ruxsat etilgan stansiyalarning ro’yxati hamda yo’lovchilar va poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Ushbu stansiyalar uchun motorvagon poezdlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibdan, stansiyalarga alohida lokomotivlarni va olib qo’yilmaydigan turdagi drezinalarni qabul qilishda ham foydalanishga ruxsat etiladi. Stansiyaga suruvchi lokomotivlarni, stansiyadagi depolarga yo’nalayotgan lokomotivlarni, yoki depodan poezdlar tarkibi uchun kelayotgan lokomotivlarni qabul qilish uchun yo’lning alohida uchastkalari belgilanishi mumkin. Stansiyalar va harakat xavfsizligini ta’minlovchi qabul qilish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. (238 band ettinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Zarurat tug’ilganda tiklash va o’t o’chirish poezdlarini, yordamchi lokomotivlarni, vagonsiz lokomotivlarni, qor tozalovchilarni, maxsus o’ziyurar harakat tarkibini, shuningdek, xo’jalik poezdlari va yo’l mashinalarini (peregonni berkitib ishlar bajarilganda) stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga qabul qilish ruxsat etiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlovchi, ushbu poezdlarni qabul qilish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 239. Stansiya navbatchisiga poezd marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, qabul qilish yo’li bo’shligi, qabul qilish marshruti strelkalarida manyovrlar to’xatilganini tekshirmasdan oldin kirish svetoforini ochish taqiqlanadi. Kirish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha markazlashgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kirish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi. 55 56. Kirish svetofori kirib kelayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti bosib o’tilgandan so’ng avtomatik ravishda yopilishi kerak, elektr rels zanjiri yo’q stansiyalarda esa kirish svetoforlari stansiya navbatchisi, markazlashgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan kirib kelayotgan poezdning butun tarkibi o’tgandan so’ng yopiladi. 240. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiq ko’rsatkichida poezdni stansiyaga qabul qilish man etiladi. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiqlovchi ko’rsatgichida poezdni stansiyaga qabul qilish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibga ko’ra va alohida holatlardagina taklif signali, stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Taklif signali yoki stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan stansiyaga qabul qilinayotgan poezdning harakat tezligi 20 km/soat dan oshmasligi kerak, bunda mashinist poezdni e’tiborlik bilan haydashi va harakat qilishga to’siq paydo bo’lsa, darhol to’xtashga shay turishi kerak. 241. Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheri poezdni qabul qilishdan avval quyidagilarga majbur: poezdni qabul qiluvchi yo’lning bo’shligiga ishonch hosil qilish; poezdni qabul qilish marshruti va yo’liga chiqish manyovrlarini tugatish; poezdni qabul qilish marshrutini tayyorlash; kirish svetoforini ochish. Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni qabul qilish bo’yicha operatsiyalarni bajarishdagi ish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 242. Agar stansiyaga kirib boruvchi yo’lning hatto bir tomoni uzoqqa cho’zilgan pasayish bo’lib, shu bilan birga, bu pasayishga qarama-qarshi tomondan qabul qilinuvchi marshrut boshqa qabul qilinuvchi poezd marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki yo’llarning o’zaro joylashuvi bilan) ajratilmagan bo’lsa, qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlarning stansiyaga bir vaqtda qabul qilish man etiladi. Ikki va ko’p yo’lli liniyalarning oraliq stansiyalarida chetdan kelayotgan poezdning marshruti bo’ylab tormoz yo’lida 0,006 dan tikroq pasayish bo’lsa va u yo’lovchi, pochta-bagaj, yuk-yo’lovchi yoki odam tashish poezdlarni qabul qilish marshrutini kesib o’tsa, bir vaqtda qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlarni qabul qilish taqiqlanadi. Poezdlarni bir vaqtda qabul qilish yo’l qo’yilmaydigan stansiyalarda poezdlar bir vaqtda kelib qolganda birinchi bo’lib yopiq signal oldida to’xtash va joyidan ko’zg’alish sharoiti noqulay bo’lgan poezd qabul qilinadi. 243. Stansiyaga kirib kelayotgan poezd chiqish signali va qabul yo’lining chegaraviy ustunchalari orasida to’xtatilishi kerak, chiqish signali yo’q joyda esa, chegaraviy ustunchalar orasida to’xtatilishi kerak. Poezdning oxirgi qismi chegaraviy ustunchalardan tashqarida qolgan hollarda, signalchi yoki strelka posti navbatchisi bu xaqda stansiya navbatchisiga etkazishi kerak. U esa o’z navbatida poezdni qabul qilish yo’lining foydali uzunligi chegaralarida joylashtirish bo’yicha choralar ko’radi. Strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalarda qabul yo’lining foydali chegaralarida poezdni joylashtirishni stansiya navbatchisi amalga oshiradi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa nazorat moslamalarining ko’rsatishi bo’yicha poezd dispetcheri amalga oshiradi. Agar poezdni qabul yo’lining foydali chegaralarida joylashtirish mumkin bo’lmasa, stansiya navbatchisi harakat tarkibining qo’shni yo’llar bo’ylab harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 244. Stansiya navbatchisi har bir poezdni kutib olayotganda ularning ahvoli, poezd signallarining mavjudligi va ularning to’g’ri ko’rsatishini tekshiradi. 56 57. Poezd qabul yo’llari uzoqda bo’lgan yoki mahalliy sharoitga ko’ra stansiya navbatchisi poezdlarni kutib ololmaydigan stansiyalarda poezdlarni signalchilar yoki strelka posti navbatchilari kutib olishlari kerak. Poezdning stansiyaga to’liq tarkibda etib kelishini stansiya navbatchisi signalchi, strelka posti navbatchisi dokladidan yoki shaxsan bilib oladi, strelkalari markazlashtirilgan stansiyalarda (avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalarda) esa DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tayinlangan boshqa xodimlar dokladi orqali bilib oladi. (244 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Yo’lovchi, pochta-bagaj, odam tashish yoki yuk-yo’lovchi poezdning stansiyaga etib kelishidan so’ng stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezd dispetcheri, stansiyaning texnika-boshqaruv aktlarida ko’zda tutilgan poezdlarning xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan zarur chora-tadbirlar ko’radi. Stansiya navbatchilari mavjud bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda mahalliy ahvol tufayli stansiya navbatchisi poezdlarini kutib ololmaydigan va boshqa xodimlari (signalchilar, strelka posti navbatchisi) bo’lmagan avtomatik blokirovkali uchastkalarda joylashgan stansiyalarda poezdlarning kelishi boshqaruv moslamalari ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilinadi, bundan tashqari, poezdning stansiyaga to’liq tarkibda etib kelishi lokomotiv poezdi mashinisti tomonidan tormoz magistrali butligini tavsiflovchi moslamalarning ko’rsatkichlariga ko’ra nazorat qilinishi kerak. Poezdlarni kutib olmasa ham bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni qabul qilishda harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (244 band oltinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 245. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq etib kelish yoki o’tib ketish vaqti va uning raqamini poezdlar harakati jurnalida qayd qilishi va poezdni jo’natgan qo’shni stansiya navbatchisiga, poezd dispetcheriga xabar berishi, bundan tashqari, avtomatik boshqaruv tizimiga tegishli ma’lumot jo’natilishini ta’minlashi kerak. Jadal harakatli uchastkalarda poezdlarning kelishi va jo’nab ketishi xaqida ma’lumotlar poezdlar harakati va manyovr ishlari Yo’riqnomasi tomonidan o‘rnatiladi. Poezdlarning jo’natilishi 246. Stansiya navbatchisiga poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining ruxsatisiz bir yo’lli uchastkalarga va ikki yo’lli uchastkalarga noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlarni jo’natish man etiladi. Avtoblokirovka bilan jihozlanagan bir yo’lli uchastkalarda to’g’ri yo’nalishdagi poezdlar poezd dispetcherining ko’rsatmasi bo’yicha qo’shni stansiya navbatchisining oldindan roziligisiz birinchi blok-uchastka bo’shaganidan so’ng jo’natiladi. Ikki yo’lli uchastkalarda yarim avtoblokirovka va elektr-jezl tizimida poezdlarning jo’natilishi avval jo’natilgan poezdning etib borishi xaqida xabar kelgandan so’ng poezdlar to’g’ri yo’ldan jo’natiladigan stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga ko’ra amalga oshiriladi, avtoblokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shaganidan so’ng poezd jo’natiladi. Poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining oldindan roziligi talab etilmaydi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezdlarni jo’natish faqatgina poezd dispetcherining ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 247. Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida esa poezd dispetcheri poezdni jo’natishdan avval quyidagilarni bajarishi shart: peregonning, avtomatik blokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shligiga ishonch hosil qilishi; poezdni jo’natish marshrutiga chiqish bilan bog’liq bo’lgan manyovrlarni to’xtatish; jo’natish marshrutini tayyorlash; 57 58. chiqish svetoforini ochish yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa ruxsatnoma berish. Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni bajarishdagi hatti-harakatlari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 248. Stansiya navbatchisiiing ruxsatisiz poezdni peregonga jo’natish man etiladi. Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatkichi, uning nosozligi yoki yo’lda chiqish svetoforining mavjud bo’lmaganida, belgilangan shakldagi yozma ruxsatnoma, stansiya navbatchisining radio aloqa orqali yuborilgan buyrug’i yoki jezl, jo’natilayotgan poezd mashinistiga peregonni egallash uchun ruxsatnoma bo’lib xizmat qiladi. Yo’lovchi, pochta-bagaj poezdi mashinistiga jadvalda ko’rsatilgan vaqtdan ilgari stansiyadan jo’nab ketish, shuningdek, yo’lovchilar chiqishi va tushib qolishi uchun jadvalda ko’rsatilgan stansiyada to’xtamay o’tib ketish taqiqlanadi. Yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlarining to’xtashi texnologik operasiyalarni (uchrashish va o’zib o’tish) bajarish uchun ko’zda tutilgan va yo’lovchilarni chiqarish va tushirib qoldirish, bagaj va pochtani ortish, tushirishga mo’ljallanmagan bo’luvchi punktlarda to’xtash vaqti, poezd dispetcheri tomonidan mashinist yoki stansiya navbatchisiga uzatilayotgan ko’rsatmaga binoan qisqartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Poezdlar harakatining xizmat jadvallarida bunday to’xtashlar alohida belgi bilan belgilanadi, yo’lovchilar uchun bosib chiqariladigan e’lon va jadvallarda bu to’xtashlar ko’rsatilmaydi. 249. Stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga poezd jo’natish marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, jo’natish marshruti strelkalarida manyovrlar to’xtatilgani, tarkibning tijorat ko’rigi va texnik xizmatdan o’tganiga ishonch hosil qilmasdan chiqish svetoforlarini ochish yoki peregonni egallashga boshqa ruxsat berishi taqiqlanadi. Poezdlarni ularni tuzish stansiyalaridan, poezd tarkibiga vagonlar ulangan yoki uzilgan stansiyalardan yoki poezd oxirgi qismini belgilovchi signal disklarini almashtirish ko’zda tutilgan stansiyalardan jo’natilishida stansiya navbatchisi chiqish svetoforni ochishdan yoki lokomotiv, maxsus o’ziyurar tarkib mashinistiga peregonni egallashga ruxsatnoma berishdan avval so’nggi vagonda poezd signalining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. Chiqish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan markazlashtirilgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi. Poezdlar harakat jadvali buzilganda stansiya navbatchisi yo’lovchi, pochta-bagaj, odam tashuvchi yoki yuk-yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgan poezdga chiqish sfetoforini ochishdan avval mashinistni yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgani xaqida ogohlantiradi. Chiqish sfetofori jo’natilayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti o’tgani zahoti avtomatik tarzda yopilishi kerak, elektr rels zanjirlari bo’lmagan stansiyalarda stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan jo’nagan poezdning butun tarkibi o’tib ketgandan so’ng yopiladi. 250. Chiqish svetoforining man etuvchi ko’rsatkichida stansiya yo’llaridan yoki chiqish svetoforlari mavjud bo’lmagan yo’llardan poezdning jo’natilishida etakchi lokomotiv mashinistiga peregonni egallashga ruxsat berilganda radio aloqa orqali uzatilgan stansiya navbatchisining ko’rsatmasisiz, stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan post, park navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) tomonidan uzatilgan jo’natish signalisiz poezdni harakatga keltirish man etiladi. Jo’natish signalini uzatish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (250 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 58 59. Poezdni harakatga keltirishdan avval etakchi lokomotiv mashinisti va uning yordamchisi poezddan yoki stansiya xodimlari tomonidan to’xtatish signallari uzatilmayotganiga ahamiyat berishlari kerak. Yo’lovchi poezdining vagon kuzatuvchilari xavfsiz harakatlanishga qarshi biron-bir to’siqqa duch kelganlarida poezdni to’xtatish uchun zudlik bilan chora ko’rishlari kerak. Yo’lovchi poezdi (motorvagon poezddan tashqari) stop-kranni qo’llash natijasida yoki o’z-o’zidan peregonda to’xtab qolganida kuzatuvchilar o’zlari xizmat ko’rsatayotgan vagonlarini ko’rib chiqishlari va zarurat tug’ilganda lokomotiv tomonga to’xtatish signalini uzatishlari kerak. Motorvagon poezdning oraliq yo’lda to’xtab qolganida mashinist yordamchisi vaziyatni o’rganib chiqib, mashinistga xabar berishi kerak. Boshqa poezdlarning bunday to’xtab qolishida mashinist yordamchisi poezdni ko’rib chiqib, so’nggi vagon raqami bo’yicha to’liq tarkibdaligini va shu vagondagi poezd signalining mavjudligini tekshirishi kerak. Yo’lovchi poezdi harakati vagonlarning hamma kuzatuvchilari tomonidan to’xtatish signali olib tashlanganidan keyin, qolgan poezdlar harakati esa mashinist yordamchisining dokladidan keyin davom ettiriladi. Peregonlarda harakat jadvalida ko’rsatilmagan (yo’lovchilarni chiqarish, tushirish, yuklarni ortish, tushirish) boshqa to’xtashlarda poezdlarni harakatga keltirish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 251. Peregonning chiqish signallari bo’lmagan joyini egallashga, shuningdek, chiqish signalining taqiqlovchi ko’rsatkichida poezdning jo’natilishi uchun ruxsatnoma, etakchi lokomotiv mashinistiga shaxsan stansiya navbatchisi yoki ushbu poezd lokomotiv brigadasining biron xodimi orqali, yo’l, post, park navbatchisi, navbatchi operator, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) orqali topshiriladi. Mashinist peregonni egallashga qabul qilingan ruxsatnomaning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak. Lokomotiv mashinistlariga harakat xavfsizligini ta’minlovchi peregonni egallashga ruxsatnoma topshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktlarida belgilanadi. 252. Agar stansiyaga qabul qilinayotgan poezd tarafdagi yaqinlashish joyi uzoqqa cho’zilgan pasayish bo’lsa va qabul qilinayotgan poezd marshruti jo’natilayotgan poezd marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki qabul va jo’natish yo’llarining o’zaro joylashuvi bilan) chegaralanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida poezd jo’natish va xuddi shu yo’nalishda stansiyaga poezd qabul qilish man etiladi. 253. Stansiya navbatchisi har bir jo’natilayotgan yoki to’xtovsiz o’tib ketayotgan poezdning ahvoli, signallarining mavjudligi va to’g’ri ko’rsatishligini tekshirib kuzatadi. Stansiya navbatchisi poezdning to’liq tarkibda jo’natilishiga signalchi, strelka posti navbatchisi dokladi orqali yoki shaxsan ishonch hosil qiladi. Poezdlarni jo’natish yo’llari uzoqlashgan yoki mahalliy sharoit tufayli stansiya navbatchisi poezdni kuzata olmaydigan stansiyalarda ularni signalchilar yoki strelka posti navbatchilari kuzatishlari kerak. Stansiya navbatchilari bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda elektr izolyatsiyalangan yo’l va strelkalarga ega bo’lgan, mahalliy sharoit tufayli stansiya navbatchisi poezdlarni kuzata olmaydigan va boshqa xodimlari (signalchi, strelka posti navbatchilari) bo’lmagan stansiyalarda esa poezdlarning jo’natilishi boshqaruv moslamalarining ko’rsatgichlariga binoan nazorat qilinadi. Stansiya navbatchilari poezdlarni kuzatmasa bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni jo’natishda harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (253 band beshinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Poezdni kuzatuvchi xodim poezd yaxshi ahvolda o’tib ketganiga ishonch hosil qilishi kerak. 59 60. Poezdda harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklar aniqlanganida, shuningdek, poezd poezd signallarisiz ketayottanini payqagan poezdni kuzatuvchi xodim uni to’xtatish uchun chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 254. Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar. Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni, texnikaviy-boshqaruv aktlari, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga muvofiq ravishda poezdning to’g’ri tuzilganligi, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri va mahkam o’rnatilgani, bu yuklarning bus-butunligi to’la ta’minlangani, poezd o’rnatilgan signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak. Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi. Poezdlarni tekshirish tartibi va stansiyaning tegishli xodimlarining mas’uliyatlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 255. Poezdlar tuzish stansiyalarida har bir yuk vagonlari va yuk-yo’lovchi poezdlari uchun jo’natilish oldidan etakchi lokomotiv mashinistiga DATK tomonidan belgilangan shaklda natura varag’i va eltish hujjatlari muhrlangan holda topshiriladi. Tarkibida eltish hujjatlari bo’lmagan vagonli poezdlarni jo’natish man qilinadi. Bosh konduktori (poezd tuzuvchisi) bo’lgan poezdlarda natura varag’i va eltish hujjatlari unga topshiriladi. Bu holda bosh konduktor (poezd tuzuvchisi) natura varag’iga binoan mashinistni jo’natilayottan poezdning tarkibi bilan tanishtirib chiqishi kerak. Yo’nalish bo’ylab vagonlar ulangani yoki uzilganida poezdning natura varag’iga stansiya xodimlari tomonidan tegishli o’zgarishlar kiritilishi kerak. Barcha yo’lovchi (motorvagon poezlardan tashqari) va pochta-bagaj poezdlari uchun poezd natura varag’i yo’lovchi poezdining boshlig’i (mexanik-brigadiri) ga topshiriladi. 256. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq jo’nash yoki o’tib ketish vaqti, zarur hollarda, poezd tarkibini ifodalovchi boshqa ma’lumotlarni poezdlar harakat jurnalida belgilab qo’yishi kerak va poezd jo’natilgan qo’shni stansiya navbatchisiga va poezd dispetcheriga zudlik bilan xabar berishi kerak. Bundan tashqari, stansiya navbatchisi poezd xaqidagi zarur ma’lumotlarni avtomatik boshqaruv tizimiga uzatilishini ta’minlashi kerak. Poezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa vositalari 257. Avtomatik va yarimavtomatik yo’l blokirovkalari poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya va aloqa vositalari hisoblanadi. Bir yo’nalishdagi avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarda ikki taraflama harakatni tashkil etish poezdlarning qarama-qarshi harakatlanishi (noto’g’ri yo’l bo’ylab) lokomotiv svetofor signallari bo’yicha amalga oshiriladi. Ayrim uchastkalarda mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida avtomatik lokomotiv signalizatsiya qo’llanishi mumkin. Kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarda poezdlar harakatida aloqa vositalari sifatida elektr-jezl tizimi va telefondan foydalanishga yo’l qo’yiladi. Favqulotda holatlarda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i ko’rsatmasi bo’yicha vaqtni chegaralab poezdlarni jo’natishga yo’l qo’yiladi. Stansiyalararo peregonning har bir yo’lida bir vaqtning o’zida bitta signalizatsiya va aloqa vositasi faoliyat ko’rsatishi mumkin. Mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida, lokomotiv svetofor signallari bo’yicha harakat qilishda, elektr-jezl tizimi va telefon aloqa vositalarida poezdlar harakatini tashkil qilish tartibi, shuningdek, vaqtni chegaralab poezdlarni jo’natish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 60 61. 258. Ayrim kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarida poezdlar harakati quyidagicha amalga oshiriladi: poezd radio aloqasi orqali bevosita etakchi lokomotiv mashinistiga uzatiladigan poezd dispetcheri buyrug’i asosida; bitta jezl vositasi bilan; bitta lokomotiv vositasida. Uchastka va shahobcha yo’llarning ro’yxati va ushbu aloqa vositalari yordamida poezdlar harakatini tashkil etish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 259. Avtomatik blokirovkada: a) poezdning blok-uchastkani egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforining ruxsat beruvchi ko’rsatishi xizmat qiladi; b) mustasno sifatida uzoqqa cho’zilgan ko’tarilishlarda joylashgan o’tish svetoforlarida (kirish svetoforlaridan oldin joylashganlaridan tashqari) har bir alohida vaziyat uchun DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan shartli ruxsat signali - T harfi shaklidagi belgi aks etgan shit o’rnatish mumkin. Bu signal yuk poezdiga svetoforning qizil chirog’i yonib turganda to’xtamasdan o’tib ketishiga ruxsat bo’lib xizmat qiladi. Bunda mashinist poezdni shunday boshqarishi kerakki, qizil chirog’i yonib turgan svetoforni 20 km/soat tezlik bilan ehtiyotkorlik bilan bosib o’tishi va keyingi harakatiga to’siq uchrab qolganda zudlik bilan poezdni to’xtatishga shay bo’lishi kerak; v) poezd o’tish svetoforining qizil chirog’ida to’xtaganidan keyin, shuningdek, chirog’i o’chgan yoki noaniq bo’lsa, agarda mashinist oldindagi blok-uchastka boshqa poezd bilan egallanganini ko’rib yoki bilib tursa, blok-uchastka bo’shamaguncha harakatini davom ettirishi man qilinadi. Agarda mashinist oldindagi blok-uchastkada poezd bor-yo’qligini bilmasa, u to’xtatgandan so’ng avtotormozni qo’yib yuborishi kerak, ana shu vaqt ichida svetoforning ruxsat beruvchi chirog’i yonmasa, poezdni keyingi svetoforgacha 20 km/soat tezlik bilan alohida e’tibor bilan boshqarishi va harakatida biron-bir to’siq uchraydigan bo’lsa, poezdni zudlik bilan to’xtatishga shay bo’lib turishi kerak. Keyingi o’tish svetofori ham shu ahvolda bo’lsa, poezd harakati to’xtagandan keyin yana o’sha tartibda davom ettiriladi. Belgilangan tartibda man etuvchi ko’rsatkichli o’tish svetofori o’tib bo’lingandan so’ng lokomotiv svetoforida ruxsat ko’rsatkichi paydo bo’lsa, mashinist lokomotiv svetoforining ko’rsatkichiga amal qilib, lekin 40 km/soat tezlikdan oshmagan holda keyingi svetoforgacha borishi mumkin. Lokomotiv svetoforida ruxsat chiroqlari yonib turganida lokomotiv svetofori ko’rsatkichiga amal qilib o’tish svetoforlarining o’chgan chiroqlarida to’xtamay o’tib ketishga ruxsat etiladi. 260. Yarim avtomatik blokirovkada: poezdning peregonni egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforlarining ruxsat beruvchi ko’rsatkichlari xizmat qiladi; bir yo’lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poezd jo’natilayotgan qo’shni stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka rozilik signali olinishi kerak yoki bloktizimni tegishli harakat yo’nalishiga o’zgartirish kerak. 261. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyada: birinchi blok-uchastkani egallashga ruxsat bo’lib, chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatkichi xizmat qiladi; lokomotiv svetoforining ruxsat beruvchi ko’rsatkichi keyingi blok-uchastkani egallashga xizmat qiladi. Signalizatsiya va aloqa barcha vositalari ishining tanaffus (to’xtash) paytida poezdlar harakati bir yo’lli uchastkalarda yozma xabarnomalar orqali, ikki yo’lli uchastkalarda stansiyalar orasidagi peregonda poezdning o’tishiga ketadigan vaqt bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi. 61 62. Signalizatsiya va aloqaning barcha vositalari ishining to’xtagan paytida poezdlar harakatini tashkil qilish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. Poezdlarning harakatlanish tartibi 262. Yo’lovchi va yuk poezdlarining O’zbekiston Respublikasi temir yo’llari tizimida yo’l qo’yiladigan eng katta tezliklari yo’l tuzilishi va harakat tarkibining turiga ko’ra DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Peregonlar va stansiyalardagi poezdlar harakat tezligi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi va poezdlar harakat grafigida ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, yon yo’lga chiqishdagi harakat tezligi krestovina markasi 1/11 va undan tikroq strelka o’tkazgichlari bo’yicha 40 km/soat dan oshmasligi, yo’lovchi poezdlarining 1/9 krestovina markali strelka o’tkazgichlari bo’yicha tezligi 25 km/soat dan oshmasligi, 1/11 krestovina markali R65 turidagi relslardan o’tkazishda 50 km/soat dan oshmasligi, 1/11 krestovina markali simmetrik strelka o’tkazgichlaridan 70 km/soat dan oshmasligi, 1/18 krestovina markali o’tkazgichlar bo’yicha 80 km/soat dan oshmasligi kerak. Yo’lovchi va yuk poezdlari uchun bitta sariq (lipillamayotgan) chiroqli svetofordan o’tish tezligi 60 km/soat dan oshmasligi kerak. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkada keyingi svetofordan tormoz yo’lidan kam masofada joylashgan bitta (lipillamayotgan) sariq chiroqli svetoforni, avtoblokirovka bilan jihozlanmagan uchastkada esa asosiy signaldan to’liq xizmat tormozlashdagi tormoz yo’lidan kam bo’lgan masofada joylashgan svetoforni DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tezlikdan oshmagan holda o’tishga ruxsat beriladi. Poezdning vagonlari bilan oldinga harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi kerak; xo’jalik poezdlari uchun lokomotiv va yo’l mashinasida radio aloqa bo’lgan taqdirda yo’l mashinalari, tiklash va o’t o’chirish poezdlarining konstruksiyasiga ko’ra 40 km/soat dan oshmasligi kerak. Qor tozalovchilarning harakat tezligi ushbu mashina va poezdlarning pasport ma’lumotlariga ko’ra DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. (262 band beshinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Boshi berk stansiya yo’llariga qabul qilishda poezd harakat tezligi qabul qilish yo’li boshida 25 km/soat dan oshmasligi kerak. Motorvagon poezdning harakat tezligi yo’lning bo’sh uchastkasiga qabul qilinishda, shu yo’lning keyingi uchastkasi boshqa motorvagon poezd bilan band bo’lganida 20 km/soat dan oshmasligi kerak. Tezlikni kamaytirishni talab qiladigan joyda harakat tezligi DATK boshqaruvi raisining qaror va ogohlantirishida ko’rsatilgan tezlikka mos bo’lishi, ko’rsatmalarning yo’qligida esa 25 km/soat dan oshmasligi kerak. 263. Poezdlarning yo’nalish vaqtida lokomotiv brigadalarining alohida hushyorligini ta’minlash va ularni ishlarni amalga oshirish xaqida ogohlantirish kerak bo’lgan taqdirda poezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi. Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi: yo’l, kontakt tarmoq qurilmalari, pereezd signalizatsiyasi, sun’iy va boshqa inshootlar nosozligida, shuningdek, yo’lda to’xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab qiladigan ta’mir va qurilish ishlarida; signalizatsiya va aloqa vositalarining yangi turlarini foydalanishga topshirishda, shuningdek, yangi svetoforlarni yoqishda, eskilarini ko’chirishda va bartaraf qilishda, ularni yopiq holatga keltirib bo’lmaydigan nosozliklarda; yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida; 62 63. ortish gabaritlaridan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan poezdni jo’natishda ushbu poezdning yo’nalishi davomida tezlikni pasaytirish yoki alohida sharoitlarga rioya qilish kerak bo’lganda; ikki yo’lli peregonda qor tozalagich, ballaster, yo’l yotqizuvchi, ko’tarma kran, shag’al tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda; berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan harakat tarkibini poezdga biriktirganda; ko’rish sharoiti yomon bo’lganida olib qo’yiladigan harakat birliklari bilan ishlashda, shuningdek, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashishda; yo’lda poezdni to’xtatish yoki tezlikni pasaytirish kerak bo’lgan boshqa barcha holatlarda, shuningdek, lokomotiv brigadalarni poezd alohida sharoitda harakatlanayotgani xaqida ogohlantirish kerak bo’lganida. Poezdlarga ogohlantirishlarni topshirish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 264. Ikki yo’lli peregonlarda har bir asosiy yo’l, odatda, poezdlarning bir yo’nalishida harakatlanishiga xizmat qiladi. Uch yoki to’rt izli (yo’llarni tutashuvida) uchastkalarda poezdlar harakatini tashkil etish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 265. Poezdlar harakatini tartibga solish uchun poezd dispetcheri buyrug’i bilan poezdlarni noto’g’ri yo’ldan jo’natish qo’llanishi mumkin. Yo’lovchi poezdlarni noto’g’ri yo’ldan jo’natishga YADM ning smena bo’yicha o’rinbosari qarori bilan har biri alohida vaziyat uchun istisno tariqasida yo’l qo’yiladi. Noto’g’ri yo’ldan harakatlanishda harakat xavfsizligini ta’minlash choralari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 266. Zarur hollarda poezdlarni bir-biriga ulash qo’llanishi mumkin. Bunda bir-biriga ulangan poezdlarning har biri bosh qismida ishlab turgan lokomotivlar bilan yo’l bosadi. Poezlarning bunday harakatlanishini tashkil etish DATK ning amaldagi yo’riqnomasiga ko’ra o‘rnatiladi. 267. Poezdlarning vagonlarni oldinga qo’yib harakatlanishiga quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi: shahobcha yo’llariga borishda va orqaga qaytishda; xo’jalik, tiklash va o’t o’chirish poezdlarining harakatlanishida. Bunday poezdning bosh qismida harakat yo’nalinsh tomonga qaragan o’tish maydonchali vagon qo’yilib, uning ustida yo’lning bo’shligini nazorat qiluvchi, harakat xavfsizligiga yoki inson hayotiga xavf tug’diruvchi vaziyatda poezdni to’xtatish uchun chora ko’ruvchi xodim turishi kerak. Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining poezdlarni boshqarish tartibi 268. Mashinist quyidagilarni bajarishi shart: lokomotiv (motorvagon poezd) konstruksiyasini, xizmat ko’rsatilayotgan uchastka profilini, unda signallar, signal ko’rsatkichlari va belgilarning joylashuvini va ularning vazifasini yaxshi bilishi, poezdlar harakat jadvaliga ega bo’lishi; lokomotiv (motorvagon poezd) ni qabul qilib olayotganda uning holati, tormozlar faoliyati, radio aloqa, qum berish qurilmalariga alohida e’tibor berishi, lokomotiv texnik ahvoli jurnalidagi yozuv bo’yicha lokomotiv avtomat signalizatsiyasi va avtostopning to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilishi; yong’inga qarshi vositalar va signal vositalarining mavjudligini tekshirishi; harakat grafigiga to’la amal qilgan holda poezd harakat xavfsizligini ta’minlashi kerak. 269. Lokomotiv harakat tarkibiga ulangandan so’ng mashinist quyidagilarni bajarishi shart: 63 64. lokomotiv tarkibning birinchi vagoni bilan to’g’ri ulangani va havo rukavalarini birlashtirilgani, shuningdek, ular orasidagi chetki kranlarning ochilganiga ishonch hosil qilishi; tormoz magistralini siqilgan havo bilan to’ldirishi, bosimning pasayishi yo’riqnomadagi me’yordan oshib ketmayotganini tekshirishi va avtotormozni ishlatib ko’rishi kerak; poezdning tormozlar bilan ta’minlangani xaqidagi ma’lumotnoma olishi, unda ko’rsatilgan oxirgi vagonning nomerini natura varag’i bilan solishtirib ko’rishi, poezddagi tormoz bosish kuchi yo’riqnoma me’yorlariga mos kelishini tekshirishi; natura varag’i bo’yicha yuk va yuk-yo’lovchi poezdining tarkibi: odamlar, alohida e’tibor talab qiladigan yuklar toifasi bilan egallangan vagonlar, shuningdek, ochiq harakat tarkibi bilan tanishib chiqishi kerak. Agar lokomotiv shaxsiy chaqiriqli radiostansiya bilan jihozlangan bo’lsa, radiostansiyaning boshqaruv pultida poezdga berilgan raqamni o’rnatish kerak. Lokomotiv vagonlari elektr isitiladigan yo’lovchi poezd tarkibiga biriktirilgandan so’ng elektrmexanik yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlarni yoqishi uchun mashinist tok qabul qilgichni tushirishi kerak. Avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan jihozlangan uchastkalarda etakchi lokomotiv va motorvagon poezd mashinisti stansiyadan jo’nab ketishdan avval ushbu qurilmalarni yoqishi, radio aloqa bilan jihozlangan uchastkalarda esa radio aloqa yoqilganiga ishonch hosil qilib, yo’lovchi poezdi boshlig’i (mexanik-brigadir) bilan aloqa borligini chaqirish yo’li bilan tekshirishi kerak. 270. Poezdni boshqarishda mashinist va uning yordamchisi quyidagilarni bajarishlari kerak: yo’lning bo’shligi, signal, signal ko’rsatkichlari va belgilarni kuzatishi, ularning talabini bajarishi va svetoforlar uzatayotgan barcha signallarni, yo’l va poezddan yuborilayotgan to’xtash va tezlikni pasaytirish xaqida signallarni bir-biriga etkazishi kerak; poezdning holati va butligini, elektrlashtirilgan uchastkalarda esa kontakt tarmog’i holatini ham kuzatishi kerak; lokomotiv ishining xavfsizligi va to’xtovsizligini nazorat qiluvchi asboblar ko’rsatkichiga ahamiyat berishi; elektr energiyasi va yonilg’idan iqtisodli foydalanilganda lokomotiv quvvatini oqilona ishlatishni ta’minlashi; stansiyaga kirishda va stansiya yo’llaridan o’tishda belgilangan signallarni uzatishi, strelka ko’rsatkichlari bo’yicha marshrutning to’g’riligiga, yo’lning bo’shligiga hamda stansiya xodimlari tomonidan uzatilayotgan signallarga ahamiyat berishi, shuningdek, qo’shni yo’llardagi poezdlar harakati va manyovr ishlarga ahamiyat berib, harakat xavfsizligiga xavf tug’ilgan holatlarda to’xtash uchun choralar ko’rishi kerak. Stansiyada poezd to’xtaganidan keyin unda nosozliklar aniqlansa, mashinist bu xaqda stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheriga zudlik bilan xabar berishi kerak. Stansiyada to’xtash zarurati tug’ilsa, mashinist poezdni qabul qilish yo’lining chiqish svetoforini (chiqish svetofori yo’q joyda chegaraviy ustunchani) o’tib ketmay to’xtatishi kerak. Bunda yuk poezdining lokomotivi chiqish signali (uning yo’qligida–chegaraviy ustunchalar) oldida to’xtatilishi kerak. Mashinist poezdni chiqish signaliga etmasdan oldin to’xtatishi uchun, poezd aloqasi bo’yicha stansiya navbatchisi orqali, butun tarkib qabul qilish yo’lining foydali uzunlik chegarasida joylashganiga ishonch hosil qilishi kerak. Yo’nalish bo’ylab avtoblokirovka svetoforlarida nosozliklar, yo’l, kontakt tarmog’i, boshqa inshoot va qurilmalariga zarar etishi, qo’shni yo’llardagi poezdlarda nosozliklar aniqlanganida, mashinist bu xaqida eng yaqin stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga xabar berishi kerak. Poezd radio aloqasi mavjud bo’lganida, ushbu nosozliklar xaqida ma’lumotni mashinist radio orqali eng yaqin stansiya navbatchisiga yoki poezd dispetcheriga, kerak bo’lsa qo’shni yo’l bo’ylab harakatlanayotgan poezd mashinistiga etkazishi kerak. 271. Poezdni boshqarayotganda mashinist quyidagilarni bajarishi kerak: 64 65. tormoz qurilmalarini shay holda tutishi, yo’l davomida ularni tekshirib borishi, bosh rezervuar va magistralda bosimning DATK tomonidan belgilangan me’yordan pasayib ketishiga yo’l qo’ymasligi; tezlikni pasaytirish va boshqa doimiy signallarning man etuvchi ko’rsatkichlari tezlikni pasaytirishni talab qilsa, xizmat tormozlashini qo’llab to’xtash signalini o’tib ketmasdan poezdni to’xtatishi, tezlikni kamaytirish signalida esa, ushbu signal uchun belgilangan tezlikda o’tishi; neytral qo’ymani chegaralovchi signal belgisini 20 km/soat dan kam bo’lmagan (lokomotivining unda to’xtab qolmasligi uchun) tezlik bilan o’tishi; to’satdan to’xtash signali uzatilganda yoki to’siq paydo bo’lganda poezdni to’xtashi uchun shoshilinch ravishda tormozlash vositasini qo’llashi; kuchli tuman, jala, bo’ronlarda poezdni o’ta ehtiyotkorlik bilan boshqarishi va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun kerak paytda tezlikni pasaytirishi. 272. Yo’l davomida mashinistga quyidagilar man etiladi: ushbu Qoidalar, DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan belgilangan, shuningdek, berilgan ogohlantirishlar va signal ko’rsatkichlarida ko’rsatilgan tezlikni oshirish; lokomotiv, motorvagon harakat tarkibini boshqarishdan, unga xizmat ko’rsatishdan, yo’l holati va signallarni kuzatishdan chalg’ish; to’g’ri ishlayotgan xavfsizlik qurilmalarini o’chirish yoki ularning ishiga aralashish; lokomotivda poezd boshqaruvini ta’minlovchi tortish qurilmasining buzilishida va uni bartaraf etishning iloji bo’lmaganda peregonlarga jo’nash. 273. Poezd harakatini etakchi lokomotiv mashinisti boshqaradi. Boshqa lokomotivlar, shu jumladan suruvchi lokomotivlarning mashinistlari etakchi lokomotiv mashinistining ko’rsatma va signallariga rioya qilib ularni takrorlashlari kerak. Suruvchi lokomotivlarnnng ish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnomalarda o‘rnatiladi. 274. Lokomotivning ish kabinasida lokomotiv brigadasi tarkibiga kirmaydigan shaxslarni olib yurish taqiqlanadi, konduktorlar (tuzish brigadasi), bir vaqtning o’zida DATK tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnomasi bo’lgan soni ikkitadan oshmagan mansabdor shaxslar olib yurish bundan mustasno. Peregonda poezdning majburiy to’xgashidagi hatti-harakatlar tartibi 275. Poezdning peregonda majburiy to’xtashida mashinist quyidagilarni bajarishi kerak: shoshilinch to’xtash talab etilmasa, poezdni iloji boricha yo’lning tekis uchastkasida va maydonchada to’xtatish; poezdning avtotormozlarini va lokomotivning yordamchi tormozini ish holatiga keltirish; peregon bo’ylab harakatlanuvchi lokomotiv va motorvagon poezdlar mashinistlariga, peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilariga to’xtash xaqida radio aloqa orqali xabar berishi kerak. Stansiya navbatchilari bu xaqda poezd dispetcheriga etkazishlari kerak. Shuningdek, yo’lovchi poezdi boshlig’iga (mexanik-brigadirga) UQT-diapazonli radio aloqa orqali bildirishi kerak; agar to’xtash svetoforning man etuvchi ko’rsatkichi bilan bog’liq bo’lmasa, uning sabablarini va yo’lni davom ettirish mumkinligini aniqlash; agar poezd harakati 20 va undan ortiq daqiqa ichida amalga oshmasa va poezdni bir erda avtotormoz bilan ushlab turishga imkon bo’lmasa, lokomotiv qo’l tormozi ishga tushiriladi va tarkibda mavjud bo’lgan qo’l tormozlarini (yo’lovchi vagon kuzatuvchilari, konduktorlar, xo’jalik poezdida ish rahbari tomonidan) ishga tushirish uchun signal beriladi. Bunday xodimlar mavjud bo’lmagan poezdlarda mashinist yordamchisi lokomotivda bor bo’lgan tormoz boshmoqlarini g’ildiraklar ostiga qo’yib chiqishi, ularning etishmovchiligida esa, DATK boshqaruvi raisi belgilagan tartibda vagonlarning qo’l tormozlarini ishga tushirishi; 65 66. poezd radio aloqasi orqali stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga to’xtash sabablari va harakatga to’sqinlik qiluvchi vaziyatni bartaraf qilish choralari xaqida qo’shimcha ma’lumot berish. Poezd radio aloqasi nosozligida xabarni telefon aloqasi bor eng yaqin punktdan (mashinist yordamchisi, konduktor, yo’lovchi vagon kuzatuvchisi, xo’jalik poezdida ish boshqaruvchi tomonidan) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga etkazish; poezdga xizmat ko’rsatuvchi barcha xodimlar bilan birgalikda harakatga to’sqinlik qiluvchi vaziyatni bartaraf etish uchun choralar ko’rish, kerak paytda poezd va qo’shni yo’lni to’sib qo’yishni ta’minlash. 276. Peregonda to’xtagan poezdni to’sib qo’yish quyidagicha bajariladi: yo’lovchi poezdini - tiklash va o’t o’chirish poezdi, shuningdek, yordamchi lokomotiv talab qilinganda, zudlik bilan, chaqiriqdan so’ng; agar poezd barcha signalizatsiya va aloqa vositalarining tanaffus paytida jo’natilgan bo’lsa - darhol poezd to’xtaganidan keyin. Har bir holda ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonning qo’shni yo’llari poezdlar harakati uchun to’sqinlik qiluvchi joy, birinchi navbatda poezd kutilayotgan tarafdan zudlik bilan to’silishi kerak. To’sib qo’yish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signalizatsiya bo’yicha yo’riqnoma tomonidan, xodimlarning hatti harakat tartiblari - poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 277. Avtoblokirovkali uchastkalarda yo’lovchi poezdning peregonda to’xtab qolganida oxirgi vagon kuzatuvchisi poezd siganallarining yaxshi ko’rinayotganini tekshirishi, peregonni sinchkovlik bilan kuzatishi va ketidan poezd kelayotganida, uni to’xtatish choralarini ko’rishi kerak. 278. Agar poezd yuqorilikka ko’tarilishda to’xtab qolgan bo’lsa va oxirida suruvchi lokomotivi bo’lmasa, mashinist, kerak bo’lsa, poezdni o’sha peregonning engilroq profiliga tisarib qo’yishi mumkin. Bu holda tisarilayotgan poezdning oldida lokomotiv brigada xodimi, bosh konduktor yoki xo’jalik poezdida ishlar rahbari bo’lishi kerak. Tisarilayotgan poezdning tezligi 5 km/soat dan oshmasligi kerak. Quyidagi hollarda tisarishga ruxsat berilmaydi: yo’lovchi poezdlarni; avtoblokirovka yoki avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan uskunalangan peregonlarda; signallarni ko’rish qiyin bo’lgan tuman, bo’ron yoki boshqa noqulay sharoitlarda; agarda to’xtab qolgan poezd barcha aloqa va signalizatsiya vositalarining tanaffus paytida jo’natilgan bo’lsa. Yuqorilikka ko’tarilishda to’xtab qolgan poezdning og’irligi shu yuqorilikning joydan qo’zg’alish me’yorlaridan oshsa va uni tisarishga ruxsat etilmasa, mashinist darhol yordamchi lokomotiv talab qilishi kerak. Bunday joylar ro’yxati va og’irlik me’yorlari DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi. 279. Poezdning peregondan orqaga, jo’natish stansiyasiga qaytishi, faqat shu stansiya navbatchisining farmoyishi bilan poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 280. Agarda poezd to’xtab qolganidan so’ng mustaqil harakatlana olmasa, poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibda peregondan yordamchi lokomotiv bilan chiqariladi. Ushbu Yo’riqnomada lokomotiv brigadalarning poezd uzilib ketishidagi harakat tartiblari ham o‘rnatiladi. Avtoblokirovka va poezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda peregonda to’xtab qolgan poezdga yordam berish uchun ketidan kelayotgan yuk poezdining lokomotivi ishlatilishi mumkin, kamdan-kam hollarda me’yordagi og’irligi va uzunlikdagi ketidan kelayotgan poezd yordamida surishga ruxsat beriladi. 66 67. Peregonda motorvagon poezdning majburiy to’xtashida va uning keyingi mustaqil harakatlana olmasligida unga ketidan kelayotgan motorvagon poezdni ulash va ikkilangan tarkibda stansiyaga chiqarishga ruxsat etiladi. 281. Agar tiklash, o’t o’chirish poezdi yoki yordamchi lokomotiv talab qilingan bo’lsa, to’xtab qolgan poezd talab qilingan yordam kelmaguncha yoki harakat uchun tegishli ruxsat berilmaguncha harakatini davom ettirishi mumkin emas. Tiklash va yong’inga qarshi kurash poezdlarni yoki yordamchi lokomotivlarni talab qilish, belgilash va harakat qilish tartibi, shuningdek, peregonlarda ikkita motorvagon poezdlarni ulash va ularning keyingi harakatlanish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. Olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarning harakati 282. Olib qo’yladigan qo’zg’aluvchan birliklarning harakati, ularga peregonni egallash xuquqini beruvchi poezd hujjatlarini topshirmasdan amalga oshiriladi. Er osti yo’llari yoki katta ko’priklar, shuningdek, reja va profilning qiyin sharoitlari bo’lgan peregonlarda olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarning harakat tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Olib qo’yiladigan birliklarning harakati grafik bo’yicha harakatlanayotgan poezdlarning xarakatini buzmasligi kerak. Barcha olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklar elektr izolyatsiyali o’qlarga ega bo’lishi kerak. Olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarining harakatlanish tartibi O’zbekiston Respublikasi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 67 68. 5-BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARIDA QO’LLANILGAN ATAMALAR Avtomatik lokomotiv signalizatsiya. Poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetofori signallarini avtomatik tarzda uzatuvchi, lokomotiv mashinisti kabinasida joylashtirilgan signal asboblari va yo’l jihozlari. (5-bo’lim birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Blok-uchastka (блок-участок). Avtoblokirovka yoki signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llanadigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyada o’tish svetoforlari (blok-uchastka chegaralari) yoki o’tish svetofori (blok-uchastka chegarasi) va stansiya bilan chegaralangan stansiyalararo peregonning bir qismi. Yon yo’l (боковой путь). Harakat tarkibi bu yo’ldan harakatlanayotganida o’tkazuvchi strelka bo’yicha chetga chiqadi. Poezdni alohida hushyorlik bilan boshqarish (ведение поезда с особой бдительностью). Lokomotiv brigadasining poezd harakatlanish sharoitlariga doimiy, yuqori darajada e’tiborli bo’lishi. Yuk vagonlari (вагоны грузовые). Yuklar tashishga mo’ljallangan vagonlar. Ularga yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, sisternalar, yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan vagonlar: bunker turidagi vagonlar, termoslar, refrijerator vagonlar (avtonom refrijerator vagonlarni ham hisobga olib), xopperlar (don tashigichlar, sement tashgichlar, mineral tashgichlar), transporterlar, konteyner tashigichlar, shuningdek, yuk vagoni turidagi maxsus vagonlar kiradi. (5-bo’lim beshinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Yo’lovchi vagonlari (вагоны пассажирские). Yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan vagonlar. Ularga shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik (xizmat vagonlari, klublar, sanitar, sinov, o’lchov, laboratoriyalar va boshqa yo’lovchi turidagi maxsus) vagonlar kiradi. Havo oralig’i (izolyatsiyalangan tutashish) (воздушный промежуток (изолирующее сопряжение)). Kontakt tarmog’i qo’shni uchastkalarining elektr izolyatsiyasi (tok bo’linma) bilan tutashishi. Izolyatsiyalovchi tutashish shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibi pantografi undan o’tayotganda, tutashuvchi uchastkalar elektrli ulanadi. Yordamchi post (вспомогательный пост). Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan va faqat shahobcha yo’lining birikish punktiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan peregondagi post. Yo’lovchi poezdlarining yuqori tezlikdagi harakati. Yo’lovchi poezdlarining 201-250 km|soat tezlik intervallaridagi harakati. (5-bo’lim to’qqizinchi xatboshi bilan "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Yuk ortish gabariti (габарит погрузки). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, unda to’g’ri gorizontal yo’lga qo’yilgan ochiq temir yo’l harakat tarkibida o’rnatilgan yuk (mahkamlanishi va o’ralishi hisobga olinganda) temir yo’l harakat tarkibi va yo’lning boy’lama o’qlari bir vertikal tekislikda bir-biriga to’g’ri kelganida chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak. (5-bo’lim o’ninchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi). Temir yo’l harakat tarkibining gabariti (габарит подвижного состава). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, unda to’g’ri gorizontal yo’lga izlar enining eng noqulay holatlarida va yonlama og’ishlar va dinamik tebranishlar mavjud bo’lmaganda qo’yilgan yukli hamda bo’sh, yangi va maksimal me’yoriy yemirilishlarga ega temir yo’l harakat tarkibi chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak. 68 69. (5-bo’lim o’n birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari (габарит приближения строений). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, uning ichiga inshoot va qurilmalarning biror qismi kirmasligi kerak. Temir yo’l harakat tarkibi bilan bevosita aloqada bo’lishi uchun mo’ljallangan qurilmalargina (ish holatidagi vagon sekinlatkichlari, mahkamlagichlari bilan kontakt simlari, suv olishda kolonkaning buriladigan qismi) bundan mustasnodir. (5-bo’lim o’n ikkinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Asosiy yo’llar (главные пути). Peregonlar va stansiyalarning yo’llari bo’lib, yondosh peregonlarning bevosita davomi hisoblanadi va odatda, strelka o’tkazgichlarda chetga burilmaydi. Temir yo’l stansiya navbatchisi (дежурный по железнодорожной станции). Stansiya boshlig’ining almashib turadigan yordamchisi bo’lib, stansiyaning asosiy va qabul qilishjo’natish yo’llarida (manyovr dispetcheri yo’q yo’llarda qolgan yo’llar bo’yicha ham) harakat tarkibining harakatlanishi, poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish bo’yicha yakka o’zi buyruq beradi. (5-bo’lim o’n to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi). Yuk poezdining indeksi (индекс грузового поезда). 10 raqamdan iborat, barcha yuk poezdlariga tuzilish stansiyalarida beriladi. Birinchi to’rt raqam poezd tuzilish stansiyasining yagona tarmoq razmetkasi (ESR), keyingi ikki raqam - ushbu stansiyada tuzilgan tarkibning tartib raqami, oxirgi to’rt raqam - poezdning etib borish stansiyasining yagona tarmoq razmetkasini bildiradi. Poezdlarning jadal harakati (интенсивное движение поездов). Yo’lovchi va yuk poezdlarining grafik bo’yicha bir kecha-kunduzda ikki yo’lli uchastkalarda 50 juftdan ortiq va bir yo’lli uchastkalarda 24 juftdan ko’p harakatlanish miqdori (jami). Kontakt tarmoq (контактная сеть). Elektr energiyasini kuch qo’shimcha stansiyasidan elektr bilan harakatlanadigan tarkibning pantografiga uzatishni ta’minlovchi simlar, tuzilmalar, jihozlar majmui. Lokomotivlar (локомотивы). Elektrovozlar, teplovozlar, gazturbovozlar, parovozlar tegishli bo’lgan temir yo’l harakat tarkibi birliklari. (5-bo’lim o’n sakkizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Lokomotiv brigadasi (локомотивная бригада). Lokomotivlar, shuningdek, motorvagon poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun tayinlanadigan xodimlar. Kam ishlaydigan uchastkalar (малодеятельные участки). Yo’lovchi va yuk poezdlari grafik bo’yicha (jami) bir kecha-kunduzda ko’pi bilan 8 juft miqdorda o’tadigan uchastkalar. Manyovr tarkibi (маневровый состав). Manyovrlarni amalga oshiruvchi lokomotiv bilan o’zaro ulashtirilgan vagonlar guruhi. Bir vagon bilan ulashtirilgan lokomotiv ham manyovr tarkibi sifatida qaraladi. (5-bo’lim yigirma birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi). Postlararo peregon (межпостовой перегон). Yo’l postlari yoki yo’l posti va stansiya bilan chegaralangan peregon. Stansiyalararo peregon (межстанционный перегон). Stansiyalar, raz’ezdlar va o’zib o’tish punktlari bilan chegaralangan masofa. Motorvagonli harakat tarkibi (моторвагонный подвижной состав). Seksiyalarga birlashtirilgan motorli va matorsiz vagonlar bo’lib, ulardan yo’lovchilar va bagaj tashishga mo’ljallangan motorvagonli yo’lovchi poezdlar (elektr poezdlar, dizel-poezdlar, dizel-elektr poezdlar va avtomotrisalar (relsli avtobuslar)) tuziladi. 69 70. (5-bo’lim yigirma to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Neytral qo’yma (нейтральная вставка). Ikki havo oralig’idagi (tutashmalarni izolyatsiyalovchi) kontakt osma uchastkasi bo’lib, unda normal holatda kuchlanish bo’lmaydi. Neytral qo’yma shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibining pantograflari undan o’tayotganda tutashuvchi uchastkalarning elektr izolyatsiyasi ta’minlanadi. (5-bo’lim yigirma beshinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldiirildi). O’zib o’tish punkti (обгонный пункт). Yo’l rivojlanishiga ega, poezdlarning o’zib o’tishini va zarur holatda poezdni bir asosiy yo’ldan ikkinchi yo’lga olishni ta’minlaydigan ikki yo’lli uchastkalardagi bo’luvchi punkt. (5-bo’lim yigirma oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). «Okno» (окно). Ta’mirlash, qurilish ishlarni olib borish uchun peregon bo’yicha, peregonning yoki stansiyaning alohida yo’llarida poezdlar harakati to’xtatiladigan vaqt oralig’i. Poezdlarning o’ta jadal harakati (особо интенсивное движение поездов). Grafik bo’yicha yo’lovchi va yuk poezdlarining harakatlari (jami) miqdori bo’lib, ikki yo’lli uchastkalarda bir kecha-kunduzda 100 juftdan va bir yo’lli uchastkalarda 48 juftdan ortiqroq miqdorga to’g’ri keladi. Alohida yo’l belgilari (особые путевые знаки). Temir yo’l uchun ajratilgan joy chegaralari, strelka raqami ko’rsatkichi, yo’lovchi binosining o’qi belgisi, tarmoq yo’l binolaridagi belgilar, aylana egrilarining boshi va oxiri reperlari, shuningdek, o’tish egrilarining boshi, o’rtasi va oxiri reperlari, tuproq ko’tarmaning ko’rinmaydigan qurilmalari, suvning eng yuqori gorizonti va to’lqinning maksimal balandligi. Muhofaza strelkasi (охранная стрелка). Poezdlarni qabul qilish yoki jo’natish marshrutini tayyorlashda, harakat tarkibining tayyorlangan marshrutga chiqish ehtimolining oldini olish vaziyatiga o’rnatiladigan strelka. Yo’lovchilarga mo’ljallangan to’xtash punkti (пассажирский остановочный пункт). Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan peregondagi yo’lovchilarni tushirish va chiqarishga mo’ljallangan punkt (bo’luvchi punkt hisoblanmaydi). Peregon (перегон). Temir yo’l infratuzilmasining qo’shni stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari yoki yo’l postlari bilan chegaralangan qismi. (5-bo’lim o’ttiz ikkinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Temir yo’l pereezdi (железнодорожный переезд). Temir yo’llarning avtomobil hamda tramvay yo’llari bilan bir sathda kesishib o’ttan joyi. (5-bo’lim o’ttiz uchinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Temir yo’l harakat tarkibi (железнодорожный подвижной состав). Lokomotivlar, yuk vagonlari, yo’lovchi vagonlar, motorvagon harakat tarkibi va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi. (5-bo’lim o’ttiz to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Suruvchi lokomotiv (подталкивающий локомотив). Ayrim peregonlarda yoki peregonning bir qismida etakchi lokomotivga yordam berish uchun belgilanadigan lokomotiv (poezd oxirida). Shahobcha temir yo’li (железнодорожный подъездной путь). Alohida korxonalar, tashkilotlar va muayyan yuk jo’natuvchi va yuk qabul qiluvchilarga xizmat qilish uchun mo’ljallangan, umumiy temir yo’llar tizimiga uzluksiz temir izlar bilan ulangan, temir yo’lga yoki tashkilotga tegishli temir yo’l. (5-bo’lim o’ttiz oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 70 71. Poezd (поезд). Vagonlarning belgilangan signallarga ega bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotiv yoki motorli vagonlar bilan ulanib tuzilgan tarkibi. Peregonga jo’natiladigan vagonsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ham poezd deb qaraladi. (5-bo’lim o’ttiz ettinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Yuk-yo’lovchi poezdi (поезд грузо-пассажирский). Poezd kam yuradigan uchastkalarda yuk va yo’lovchilarni tashish uchun yuk va yo’lovchi vagonlardan tuziladi. Uzun tarkibli yuk poezdi (поезд грузовой длинносоставный). Bunday poezdning uzunligi (shartli vagonlar hisobida) shu poezd o’tadigan uchastkada harakat grafigiga ko’ra belgilangan eng katta me’yordan ham ortib ketadi. Og’irligi oshirilgan yuk poezdi (поезд грузовой повышенного веса). Og’irligi 6 ming tonnadan ortiq, tarkibning boshida, boshida va oxirida, boshida va oxiridan uchdan bir qismida bir yoki bir nechta ishlab turgan lokomotivli yuk poezdi. (5-bo’lim qirqinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Uzunligi oshirilgan yuk poezdi (поезд грузовой повышенной длины). Uzunligi 350 o’q va undan ortiq bo’lgan yuk poezdi. Birlashtirilgan yuk poezdi (поезд грузовой соединенный). O’zaro tirkalgan bir yoki bir necha yuk poezdlaridan tuzilgan bo’lib, har qaysi poezd boshida ishlab turgan lokomotivlari bo’ladi. Og’ir yukli yuk poezdi (поезд грузовой тяжеловесный). 100 tonna va undan ortiq og’irlikka mo’ljallangan tegishli rusumdagi lokomotivlar uchun og’irligi shu poezd o’tadigan uchaskalardagi harakat grafigida ko’rsatilgan og’irlikdan ortib ketadigan poezd. Odam tashish poezdi (поезд людской). Yuk poezdi bo’lib, unda odamlar band qilgan o’nta va undan ortiq vagonlari bo’ladi. Yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский). Yo’lovchilar, bagaj va pochta tashish uchun mo’ljallangan, yo’lovchi vagonlardan tuziladi. Yo’lovchi poezdlari qatnaydigan yo’li bo’yicha uzoqqa qatnaydigan (700 km va undan ortiq), mahalliy (700 km gacha) va shahar atrofiga qatnaydigan (200 km gacha) poezdlarga bo’linadi. (5-bo’lim qirq birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Uzun tarkibli yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский длинносоставный). Uzunligi ayni poezdni turish sxemasida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan yo’lovchi poezdi. Uzunligi oshirilgan yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский повышенной длины). Tarkibida 20 dan ortiq vagonli yo’lovchi poezdi. Birlashgan yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский соединенный). Ikkita yo’lovchi poezdidan tuzilgan, o’zaro tirkalgan, ikkala poezd boshida ishlab turgan lokomotgivlari bo’lgan poezd. Pochta-bagaj poezdi (поезд почтово-багажный). Pochta, bagaj va yuk bagajni tashish uchun mo’ljallangan yo’lovchi va yuk vagonlari, shuningdek, yo’lovchilarni tashiydigan alohida yo’lovchi vagonlardan tuziladi. (5-bo’lim qirq to’qqizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Poezd signallari (поездные сигналы). Poezdlar, lokomotivlar va boshqa harakatlanadigan birliklarni belgilashda qo’llanadi. Muhofaza berk yo’li (предохранительный тупик). Harakat tarkibining poezdlarning yurish marshrutiga chiqib ketishining oldini oladigan bepk yo’l. Yo’l belgisi (путевой знак). Temir yo’llarning profili va uzunligini bildiruvchi doimiy ko’rsatkich. (5-bo’lim ellik ikkiinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). 71 72. Yo’l posti (путевой пост). Temir yo’l infratuzilma uchastkasidagi yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan bo’luvchi punkt (yarim avtomatik blokirovkalashdagi blokpost, ikki yo’lli qo’ymali bir yo’lli peregondagi yondosh post, temir yo’l uzeli yaqinidagi post va h.k.) (5-bo’limellik uchinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Maxsus yo’llar (пути специального назначения). Peregon va stansiyalardagi muhofazalash va ushlab qolish berk yo’llari va shahobcha temir yo’llar. (5-bo’lim ellik to’rtinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Bo’luvchi punkt (раздельный пункт). Temir yo’l infratuzilma uchastkasini peregon va blok-uchastkalarga bo’luvchi punkt. (5-bo’lim ellik beshinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Raz’ezdlar (разъезды). Bir yo’lli uchastkalardagi bo’luvchi punkt, poezdlarning kesishuvi va o’zib o’tishi uchun mo’ljallangan yo’l rivojlanishiga ega. (5-bo’lim ellik oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Refrijeratorli poezd (рефрижераторный поезд). Refrijeratorli vagonlardan tuzilgan poezd. Manyovrlar rahbari (руководитель маневров). Manyovrlarda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning harakatlariga bevosita rahbarlik qiluvchi xodim, manyovrni o’tkazayotgan lokomotiv, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinisti, uning ko’rsatmasi bo’lmasa, lokomotiv, maxsus o’zi yurar harakat tarkibini harakatga keltira olmaydi. (5-bo’lim ellik sakkizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Ishlar rahbari (руководитель работ). Mas’uliyatli shaxs, unga temir yo’llarda, inshoot va qurilmalarda ishlarga rahbarlik qilish topshirilgan bo’ladi. Signal (signal). Shartli ko’rinadigan yoki ovozli belgi bo’lib, uning yordamida ma’lum buyruq beriladi yoki axborot yetkaziladi. (5-bo’lim oltmishinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Signal belgisi (сигнальный знак). Shartli ko’rinadigan belgi bo’lib, uning yordamida xodimlarning ma’lum toifasiga buyruq beriladi. Signal belgilariga chegara ustunchalari, stansiya chegarasini ko’rsatuvchi belgi, hushtak chalinishi, tok uzilishi yoki ulanishini ko’rsatuvchi belgilar va b. kiradi. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakati. Yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161200 km|soat tezlik intervallaridagi harakati. (5-bo’lim oltmish ikkinchi xatboshi bilan "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Maxsus harakat tarkibi (специальный подвижной состав). Temir yo’lda yuradigan olib qo’yilmaydigan harakatchan birliklar. (5-bo’lim oltmish uchinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Uzoqqa cho’zilgan pasayish (спуск затяжной). Tiklik va masofaning quyidagi qiymatlariga mos keladigan pasayish: Tiklik Masofa 0,008 dan 0,010 gacha 8 km va ko’p 0,010 dan 0,014 gacha 6 km va ko’p 0,014 dan 0,017 gacha 5 km va ko’p 0,017 dan 0,020 gacha 4 km va ko’p 0,020 dan va undan tikroq 2 km va ko’p 72 73. Yo’naltiruvchi pasayish (спуск руководящий). Tikligi bo’yicha eng tik pasayish bo’lib (egrilarining qarshiligini hisobga olganda), uzunligi kamida tormoz yo’liga teng bo’ladi. Stansiya (станция). Yo’llari poezdlarni qabul qilish, jo’natish, kesishtirish va o’zib o’tish operasiyalarini, yuklarni, bagaj va yuk bagajni qabul qilib olish, berish hamda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish operasiyalarini bajaradigan darajada rivojlantirilgan, yo’l qurilmalari rivojlantirilgan sharoitda esa - poezdni tarqatish va tuzish bo’yicha manyovr ishlarini hamda poezdlar bilan texnikaviy operasiyalarni amalga oshirish imkonoyatini beruvchi bo’luvchi punktdir. (5-bo’lim oltmish oltinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Izoh. Qoidalar matnida yo’l rivojlanishiga ega bo’lgan yoki navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatadigan (stansiya, raz’ezd, o’zib o’tish punkti, yo’l posti) bo’luvchi punktlar xaqida gapirilganda “Stansiya” yoki "Stansiya navbatchisi" kabi umumiy atamalar qo’llanilgan. Qaysi bo’luvchi punkt xaqida gap ketayotganini aniq ko’rsatish kerak bo’lgan vaziyatlar bundan mustasno. Stansiya markazlashtirish posti (станционный пост централизации). Stansiyadagi post bo’lib, unda markazlashtirilgan strelka va signallar guruhini boshqarish to’plangan. Stansiya yo’llari (станционные пути). Stansiya chegaralarida joylashgan va o’z tarkibiga quyidagi yo’llarni olgan temir yo’llar: asosiy yo’llar, qabul qilish-jo’natish yo’llari, saralash, yuk ortish, tushirish, tortish yo’llari, depo (lokomotiv va vagon xo’jaligi) yo’llari, birlashtirish yo’llari (alohida parklarni birlashtiruvchi, konteyner punktlariga, yoqilg’i omborlariga, bazalariga, saralash platformalariga, tozalash punktlariga, yuvish punktlariga olib boruvchi, vagonlarni dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi), harakatdagi tarkibni ta’mirlovchi va boshqa operatsiyalarni bajaruvchi), tepacha yo’llari, to’xtab turish yo’llari. (5-bo’lim oltmish to’qqizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi). Strelka (стрелка). Strelka o’tkazgichning bir qismi bo’lib, ramali relslar, ostryaklar va o’tkazish mexanizmidan iborat, qo’zg’aluvchan o’zakli krestovina mavjud bo’lganida strelka tushunchasiga krestovina ham kiradi. Markazlashtirilmagan strelka (стрелка нецентрализованная). Ostryaklari o’tkazish mexanizmlari yordamida, bevosita strelka yonida o’tkaziladigan strelka. Markazlashtirilgan strelka (стрелка централизованная). Ostryaklari (qo’zg’aluvchan o’zakli krestovina bo’lganida o’zak ham) bitta markaziy punktdan turib boshqariladigan maxsus qurilma yordamida o’tkaziladigan strelka. Strelkali o’tkazgich (стрелочный перевод). Harakat tarkibini bir yo’ldan ikkinchi yo’lga o’tkazuvchi qurilma. Strelka o’tkazgichlar strelka, krestovina va ular orasidagi birlashtiruvchi yo’llardan iborat bo’ladi. Krestovinalarning o’zaklari qo’g’zaluvchan va qo’zg’almas bo’lishi mymkin. Strelkali post (стрелочный пост). Markazlashtirilmagan boshqarishdagi bitta yoki bir nechta strelkali o’tkazgichlar bo’lib, ularga strelkali postning bitta navbatchisi xizmat ko’rsatadi. Strelka rayoni (стрелочный район). Qo’shni strelkali postlar guruhidan iborat bo’lib, strelka postining bitta katta navbatchisi nazoratida turadi. Yo’ldan olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklar (съемные подвижные единицы). Olib qo’yiladigan drezinalar, elektrlashtirilgan uchastkalardagi ta’mirlash minoralari, yo’l vagonchalari, yo’l o’lchagichlar, defektoskop va boshqa aravachalar hamda qo’zg’aluvchan birliklar bo’lib, ular xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan qo’lda olib qo’yilishi mumkin. Xizmat tormozlash (торможение служебное). Oldindan belgilangan joyda poezdni to’xtatish yoki tezlikni kamaytirish uchun har xil kattalikdagi bosqichlar bilan tormozlash. Shoshilinch tormozlash (торможение экстренное). Poezdni zudlik bilan to’xtatish talab etiladigan hollarda qo’llaniladigan tormozlash, bunga magistralni shoshilinch ravishda razryadlash yo’li bilan erishiladi, bunda eng katta tormozlash kuchiga erishiladi. 73 74. Tormozlash yo’li (тормозной путь). Mashinist kranini yoki shoshilinch tormozlash kranini tormozlash vaziyatiga o’tkazgan paytdan poezd to’la to’xtagunga qadar bosib o’tgan masofa. Tormozlash yo’llari tormozlash turiga ko’ra (xizmat, to’la xizmat va shoshilinch tormozlash) ajratiladi. Qiyalik (уклон). Temir yo’l bo’ylama profilining elementi bo’lib, gorizontal chiziqqa nisbatan qiyaligi bo’ladi. Pastki nuqtadan yuqori nuqtagacha qarab harakatlanayotgan poezd uchun qiyalik ko’tarilish deb, yuqori nuqtadan pastki nuqtaga qarab harakatlanayotgan poezd uchun pasayish deb yuritiladi. Tutib qoluvchi berk yo’l (улавливающий тупик). Uzoqqa cho’ziladigan qiya yo’l bilan tushishda boshqaruvni yo’qotgan poezd yoki poezdning bir qismini to’xtatib qolish uchun mo’ljallangan berk yo’l. Temir yo’l liniyasining uchastkasi. Temir yo’l liniyasi bo’lagi bo’lib, uning yo’llari bo’ylab temir yo’l harakat tarkibining belgilangan vazifalariga muvofiq harakatlanishi to’liq ta’minlanadi. Temir yo’l infratuzilmasi. Temir yo’l texnologik qurilmalari, inshootlari va jihozlari majmuasi bo’lid, u orqali poezdlarning bir manzil punktidan boshqasigacha harakatini, temir yo’l harakat tarkibini tuzish, tarqatish, aylanishi, texnik xizmat ko’rsatishilishi bo’yicha operatsiyalarni o’z ichiga olib to’liq ta’minlaydi. O’zi yurar maxsus temir yo’l harakat tarkibi. Ishlarni amalga oshirishga zarur bo’lgan materiallarni yoki tashkilot xodimlarini ish joyiga tashish uchun mo’ljallangan motovoz, drezina, maxsus avtomotrisalar, transport rejimidagi tortish uzatmali avtonom dvigateliga ega temir yo’lqurilish mashinalari. (5-bo’lim sakson ikkinchi-sakson to’rtinchi xatboshilar bilan “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). 74 75. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalariga 1-ilova Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq va 200 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalariga Qo’shimchalar I bob. Umumiy holatlar 1. O’zbekiston Respublikasi TFQ ga mazkur Qo’shimchalarning (keyinchalik - TFQ ga Qo’shimchalar) me'yor va talablari yuk, yo’lovchi va 141-160 va 161-200 km/soat tezlik intervallari bilan qatnovchi tezyurar yo’lovchi poezdlarining birgalikdagi harakatlari mobaynida, "O’zbekiston temir yo’llari" DATK temir yo’llaridagi yo’l, elektr ta'minoti, SSB hamda aloqa inshoot va qurilmalariga, boshqa inshoot va qurilmalarga, harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va foydalanishda qo’llaniladi. 2. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar quyidagilarga muvofiq ishlab chiqilgan: O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ) ; O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma (SBY) ; O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma (PXY) ; normativ aktlar va boshqa normativ-texnik hujjatlarning mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda keltirilgan yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-200 km/soat tezlik intervallarida yuk poezdlari bilan birgalikdagi harakatini amalga oshirish bilan bog’liq me'yor va talablar qismida. 3. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan tezyurar temir yo’l uchastkalarida inshoot, qurilma va harakat tarkibi uchun qo’shimcha talablarni belgilaydi. 4. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakatini joriy qilishdan oldin yo’l, harakat tarkibi, elektr ta'minoti, SSB va aloqa qurilmalari, boshqa inshoot va qurilmalar, yo’lovchi poezdlarining eng katta belgilangan tezliklari bilan qatnashini ta'minlovchi holatga keltirilishi lozim. 5. Yo’lovchi poezdlarining tezyurar harakati, yo’l yuqori tuzilmasi rekonstruksiya qilinishini, foydalanish sharoitlari o’zgarganda temir yo’l hamda avtomatlashtirish va telemexanika infratuzilmasi kuchaytirilishini, ularning ishonchliligini oshirishni hamda muhim foydalanish va texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar yaxshilanishini ko’zda tutuvchi temir yo’l infratuzilmasi kompleks rekonstruksiyasini talab etadi. 6. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar talablari tezyurar poezdlar qatnovi amalga oshiriladigan temir yo’l uchastkalari va tezyurar yo’lovchi harakat tarkibiga xizmat ko’rsatish va foydalanishiga dahldor "O’zbekiston temir yo’llari" DATK barcha tegishli bo’linmalari va xodimlari tomonidan bajarilishga majburiydir. Ko’rsatib o’tilgan xodimlar mazkur TFQ ga Qo’shimchalar bilimlari bo’yicha o’qitilishlari va tekshirilishlari lozim. Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 27.08.2001 yil 20-15-205/11-son xati); Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 09.11.2001 yil 20-15-273/20-son xati); Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 13.11.2001 yil 20-15-279/20-son xati); 75 76. 7. Xodimlarning (poezd brigadalari, vagon-restoranlari va dizel-elektrostansiyalar xodimlaridan tashqari) mazkur TFQ ga Qo’shimchalar talablarini bilishlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir lavozim (kasb) uchun bilimlarni tekshirish tartibi va talab etiladigan bilimlar hajmi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar bilimlarining sinovlari quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: mazkur TFQ ga Qo’shimchalarni joriy qilishda; xodimni tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnovi uchastkasiga o’tkazishda; tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnovi uchastkalarida qurilma, inshoot, harakat tarkibiga xizmat ko’rsatish va foydalanish hamda harakatni tashkil qilish bilan bog’liq lavozimlarga tayinlanishda, bir vaqtning o’zida TFQ, boshsa normativ aktlar va lavozim yo’riqnomalarni bilish sinovlarini o’tkazish bilan; davriy, bir vaqtning o’zida O’R TFQ, boshqa normativ aktlari va lavozim yo’riqnomalarni bilish sinovlarini o’tkazish bilan. II bob. Asosiy terminlar 8. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalarda qo’llanilgan asosiy terminlar quyidagi ma'nolarni anglatadi: "yo’lovchi poezdlari tezyurar harakati" – yo’lovchi poezdlarini 141-160 va 161-200 km/soat tezlik intervallari bilan harakatlanishi; "tezyurar yo’lovchi poezdi" – yo’lovchi poezdlari tezyurar harakatiga mos keluvchi tezliklar bilan qatnovchi yo’lovchi poezdi; "tezyurar liniya" - tezyurar poezdlar haraktlanuvchi temir yo’l liniyasi; "temir yo’llarning tezyurar qatnov uchastkasi" – yo’lovchi poezdlarining 141-160 va 161-200 km/soat tezligi belgilangan temir yo’l uchastkasi; "poezdlarning birgalikdagi harakati" - temir yo’lning bir uchastkasida yuk va yo’lovchi poezdlarining harakati. III bob. Temir yo’l, elektr ta'minoti, SSB va aloqa inshootlari va qurilmalari Download 420 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling