O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga


§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar


Download 420 Kb.
bet8/10
Sana26.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1126236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish


§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar
xavfsizligini ta'minlash tartibi
79. Peregon va stansiyalarda poezdlar harakati uchun to’siq joylarni va ishlar amalga
oshirish joylarini to’sish, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarda signallashtirish bo’yicha
yo’riqnoma, Yo’l ishlarini amalga oshirishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha
yo’riqnoma va Kontakt tizimida ishlarni olib qo’yiladigan izolyatsiyalovchi minoralardan turib
amalga oshirganda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha yo’riqnomalar bilan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yo’lovchi poezdlarining 161-200 km/soat tezlik
bilan harakatlanish uchastkalarida A va B masofalar quyidagiga teng qilib olinadi:
0,006 dan kam rahbariy pasayishlar mavjud peregonlarda mos ravishda, 1600 va 1800 m;
0,006 va undan tikroq, biroq 0,010 dan oshmagan rahbariy pasayishlar mavjud
peregonlarda mos ravishda, 1700 va 1900 m.
Agar tezyurar poezd o’tishiga 1 soatdan kam vaqt qolgan bo’lsa, to’xtash yoki tezlikni
pasaytirish signallari bilan to’silishi talab etiladigan rejaviy ishlarni boshlash taqiqlanadi.
80. Yo’l, inshootlar va qurilmalardagi barcha ishlar, shu jumladan ularning ko’rik va
tekshirishlari ham, tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin to’xtalishi kerak.
Yo’l, inshootlar va qurilmalar poezd xavfsiz o’tishini ta'minlovchi holatga keltirilishi, materiallar
va asboblar yo’ldan olib qo’yilishi va tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa
oldin barcha ishlovchilar chekka relsdan kamida 5 m masofaga uzoqlashishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi kutilayotgan yo’lga qo’shni yo’ldagi ishlar to’xtalishi
va ishlovchilar ushbu poezd o’tishidan 10 daqiqa oldin mazkur yo’l chetiga o’tib turishlari kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tib ketmaguncha ushbu yo’llarda ishlarni qayta boshlash
taqiqlanadi.
81. Katta yo’l ustalari, yo’l ustalari, yo’l brigadirlari, SSB va aloqa qurilmalariga xizmat
ko’rsatuvchi rayon kontakt tizimi elektrmexanik va elektrmontyorlari va boshqa xodimlarning
yonida tezyurar poezd harakatlanishi jadvalidan ko’chirma bo’lishi kerak.
Ishlarni boshlashdan oldin ishlar rahbarlari tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi vaqtini
stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheridan aniqlashtirib olishlari kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdlari kech qolishlarining har bir holati xaqida poezd dispetcheri,
kesishmalar bo’yicha navbatchilarni ogohlantiruvchi barcha stansiya navbatchilarini xabardor
qilishi kerak.
82. O’z lavozim vazifalariga ko’ra yo’l va qurilmalarda ishlarni boshqarishi, shuningdek
ularni ko’rigini amalga oshirishi mumkin bo’lgan barcha xodimlar yonida radiostansiya bo’lishi
va stansiya bo’yicha navbatchilar, lokomotiv mashinistlari bilan radio aloqadan foydalanishi,
shuningdek peregon aloqasi telefonlari kalitlariga va ushbu aloqadan foydalanish uchun telefon
trubkalariga ega bo’lishi kerak.
84

85.
Yo’l va kontakt tizim xodimlarida mavjud bo’lgan telefonlarning texnik tekshirish va
tamg’alashlari signallashtirishtirish va aloqa distansiyalari xodimlari tomonidan har oyda amalga
oshiriladi.
Barcha signalchilar ham radiostansiyalarga ega bo’lishi kerak.
83. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnash uchastkalarida ishchi poezdlarga xizmat
ko’rsatuvchi va ochiq harakat tarkibida joylashgan odamlarning xavfsizligini ta'minlash uchun
ishlar rahbari peregon bo’yicha harakatlanganda yoki ishlarni bajarishda qo’shni yo’ldan
tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin ishlarni tugatishi, ishchi poezdini to’xtatishi
shart va 20 daqiqa oldin barcha xodimlar, yo’l mashinalari mexaniklaridan tashqari, yo’ldan va
ochiq harakat tarkibidan xavfsiz masofaga chetga chiqishlari kerak.
84. Yo’l mashinalari mexaniklari tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin
ishlarni tugatishi va mashina ishchi organlarini qo’shni yo’l tomondan gabarit holatga keltirishi,
boshqaruv kabinalarida qolib, ushbu poezd xavfsiz o’tishi choralarini ko’rishi lozim.
IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun
harakat tarkibi
Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling