O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga


Download 420 Kb.
bet9/10
Sana26.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1126236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish


§1. Lokomotivlar
85. Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish uchun tegishli konstruksiyaviy
tezlikka ega maxsus ajratilgan lokomotivlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan
tartibda tayinlanadi.
86. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlariga xizmat ko’rsatishga lokomotiv
brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan intensiv texnologiyalar bilan ishlash
bo’yicha o’rnatilgan tartibda kasbga oid tanlash va tibbiy tekshirishdan o’tgan birinchi klass
malakali mashinistlar va lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist
yordamchilaridan tayinlanadi.
Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish brigadalari tarkibidagi o’zgarishlarga,
istisno tariqasida, faqat depo boshlig’i shaxsan ruxsatiga ko’ra yo’l qo’yilishi mumkin.
87. Tezyurar harakat tortish harakat tarkibining yo’l bosish me'yori, uning rejaviy ta'mir
turlari, ularning davriyligi, ta'mir texnologik jarayonlari va texnik holatiga talablar "O’zbekiston
temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
88. Asosiy depoda, aylanish punktlarida, lokomotiv brigadalarining almashinish
punktlarida lokomotivni qabul qilish-topshirishda, shuningdek harakat yo’nalishidagi
to’xtashlarda lokomotiv brigadasi: g’ildirak juftlarining, buksa va reduktor podshipniklarning
(qizishi bo’yicha), tortish dvigatellari va reduktorlari osmalarining, tortish uzatmasi,
gidroamortizatorlar detallarining, ALS g’altaklarining, tormoz richag uzatmasi va ressor
osmasining mahkamlanish detallarining holatiga asosiy e'tibor qaratishi shart.
89. Mavjud va qayta ishlab chiqilayotgan tok qabul qilgichlarning parametrlarini ularning
pasport ma'lumotlariga muvofiqligini tekshirish depoda va texnik xizmat ko’rsatish punktlarida
amalga oshiriladi.
Tok qabul qilgichlarning ko’riklari lokomotiv depo va elektr ta'minoti distansiyasining
maxsus ajratilgan xodimlari tomonidan, 161-200 km/soat tezlikni amalga oshiradigan elektr
harakat tarkibi uchun esa har bir reys oldidan aerodinamika stabillashtirish qurilmalari (ekranlar)
va avtomat tarzda tartibga solinuvchi tok qabul qilgichlarda muhofaza metall o’zakchalarining
mavjudligini lokomotiv depo va elektr ta'minoti xodimlari tomonidan komissiyaviy tekshirib
amalga oshiriladi.
§2. Vagonlar
90. Tezyurar yo’lovchi poezdlarining tarkiblari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq yaxlit metall yo’lovchi vagonlaridan tuziladi.
85

86.
91. 141-200 km/soat tezlik harakatlari uchun, Vagon g’ildirak juftlarini ko’rigi, tekshirib
chiqilishi va tuzilishi bo’yicha yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK
tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondiruvchi g’ildirak juftlaridan foydalanish kerak.
92. 141-200 km/soat tezliklar uchun tormoz jihozlari Hamdo’stlik davlatlariqatnashchilari, Latviya, Litva, Estoniya temir yo’llari harakat tarkibining tormozlardan
foydalanish bo’yicha qoidalar talablariga va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan
belgilangan qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
93. 141-200 km/soat tezliklar uchun harakat tarkibining avtoulash qurilmasi Hamdo’stlik
davlatlari-qatnashchilari, Latviya, Litva, Estoniya temir yo’llari harakat tarkibining avtoulash
qurilmasi ta'miri va xizmat ko’rsatilishi bo’yicha Yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir
yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondirishi kerak.
94. Tebranishlarning gidravlik so’ndirgichlari 90 mm porshen yurishi bilan
konstruksiyaviy ikki tomonlama ta'sirli bo’lishi kerak.
Tebranishlarni pasaytirish koeffisienti O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti
xavfsizligi me'yorlarini qondiruvchi boshqa gidro so’ndirgichlarni qo’llashga yo’l qo’yiladi.
95. Vagonlarning deraza oynalari konstruktorlik hujjatlari talablariga va belgilangan
talablarga muvofiq bo’lishi kerak; oyna qalinligi - kamida 5+0,5 mm.
96. Ventilyatsiya tizimi tomonidan beriluvchi havoning tozalanishi inersiyaviy o’z-o’zini
tozalash filtrlarini (birinchi bosqich) va seriyali ishlab chiqariluvchi oddiy vagonlarda
qo’llaniluvchi moyli kontakt filtrlarini qo’llab (ikkinchi bosqich) ikki bosqichli bo’lishi kerak.
Bunda moyli filtrlarni regenaratsiya qilish (tiklash) oyiga bir marta amalga oshirilishi kerak.
Agar o’z-o’zini tozalash inersiyaviy filtrlari o’rnatilmagan holat bo’lsa, moyli filtrlar
regenaratsiyasini har bir reysdan keyin amalga oshirish talab etiladi.
97. Sovuq havo, qor va chang esib kirishini bartaraf etish uchun yo’lovchi salonlar va
tezyurar yo’lovchi poezdlari vagonlarining tamburlari germetikligini oshirishni ta'minlash kerak.
98. Tezyurar poezd tarkiblariga texnik xizmat ko’rsatish tartibi va rejaviy ta'mir
turlarining texnologik jarayoni, ularning davriyligi, tezyurar harakatning harakat tarkibi alohida
uzellari va detallariga talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
99. Vagonlarning tormoz jihozlari texnik xizmati Vagonlarning tormoz jihozlarini
ta'mirlash bo’yicha yo’riqnoma, Hamdo’stlik davlatlari-qatnashchilari temir yo’llari harakat
tarkibining tormozlardan foydalanish bo’yicha qoidalar talablariga va quyidagi qo’shimcha
talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak:
tuzish va aylanish punktlarida elektr pnevmatik tormozni sinab ko’rishda uni
tormozlangan vaziyatda to’sish holatida 5 daqiqa mobaynida tekshirish;
diskli tormozlarning texnik xizmati va ta'mirini ishlab chiqaruvchi zavod texnik
hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
kolodkali tormozlarga xizmat ko’rsatish va ta'mirlashda faqat issiq o’tkazuvchi
materialdan ishlangan kompozision kolodkalarni qo’llashga ruxsat etiladi;
kolodkalarni qo’yish va almashtirishda tormoz boshmoqlari va fiksatorlari holatiga
alohida e'tibor qaratish. Tormoz richagli uzatmaning sharnirli birikmalari belgilangan markadagi
o’q moyi bilan moylanadi;
141-160 km/soat harakat tezliklari uchun kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M
tipidagi aravachali vagonlarning depo va tub ta'mirlarida vagon aravachalari richag uzatmasining
valik va vtulkalarini yangilariga, ularning holatidan qat'i nazar, yalpisiga almashtirishni amalga
oshirish;
141-160 km/soat harakat tezliklari uchun kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M
tipidagi aravachalardagi yo’lovchi vagonlarining tormoz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatishda,
foydalanishda, ta'mirlashda va sinashda stend magistral rezervuari va vagon magistralida
zaryadlash bosimi ko’rsatkichi 0,55 - 0,56 MPa (5,5-5,6 kgf/sm2) bo’lishi kerak, to’liq xizmat
tormozlanishida tormoz silindridagi bosim ko’rsatkichi 0,44-0,46 MPa (4,4 - 4,6 kgf/sm2)ni
tashkil qilishi mumkin;
86

87.
tuzish va aylanish punktlarida, shuningdek depo va tub ta'mirlarda kolodka tormozli
KVZ-SNII va KVZ-SNII-M tipidagi aravachalardagi vagonlarning tormoz silindrlaridan
shtokning chiqishini to’liq xizmat tormozlanishida tormoz richag uzatmasining avtoregulyatori
qobig’iga uzatma tirgagini zichlab o’rnatib, 130-140 mm ko’rsatkichda rostlash.
Qish davrida tormoz richag uzatmasi harakatchan birikmalarining muz bilan qoplanishida
va kolodkalarda muzning mavjudligida poezdning jo’nashiga yo’l qo’yilmaydi.
160-200 km/soat tezlik bilan tezyurar harakat uchun yo’lovchi vagonlarining tormoz
jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish, foydalanish, ta'mirlash va sinashiga talablar ishlab
chiqaruvchi zavodning normativ-texnik hujjatlari bilan belgilanadi.
100. Tezyurar poezdlardagi vagonlarga xizmat ko’rsatish tegishli malaka va kamida ikki
yil ish stajiga (poezd boshlig’i - kamida uch yil) va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK
tomonidan o’rnatilgan tartibda imtihon topshirib, tezyurar poezdlar vagonlariga xizmat
ko’rsatish xuquqini beruvchi tegishli guvohnomaga ega xodimlardan tashkil topgan poezd
brigadasi, vagon-restoranlar va vagon-dizel-elektrstansiyasi brigadalari tomonidan amalga
oshiriladi.
101. SKNB ishga tushishida yoki harakat xavfsizligiga xavf soluvchi vagonning boshqa
nosozligi aniqlanganda, poezd brigadasi yoki vagon-restoran, vagon-dizel-elektrstansiyasi
brigadasi xodimi zudlik bilan shaxsan yoki poezd ichki telefon aloqasi orqali bu xaqida poezd
boshlig’i va lokomotiv mashinistiga, poezdni zudlik bilan to’xtatish kerakligi to’g’risida xabar
berishi kerak. Agar bunday xabarni lokomotiv mashinistiga yetkazish imkoniyati mavjud
bo’lmasa (poezd ichki telefon aloqasi yoki radio aloqa nosoz), ko’rsatib o’tilgan xodimlar
tomonidan poezd stop-kran bilan to’xtatilishi mumkin.
Tezyurar yo’lovchi poezdlarining vagonlari lokomotiv mashinistini bog’laydigan poezd
ichki radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak.
102. Yong’in ro’y berishi holatida poezd zudlik bilan to’xtatiladi va "O’zbekiston temir
yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda yong’inni o’chirish choralari ko’riladi.
103. Mazkur paragrafda ko’rsatib o’tilgan talablar barcha yangi yo’lovchi vagonlarni
qurishda va rejaviy ta'mir turlarini amalga oshirishda bajarilishi kerak.
104. Tezyurar yo’lovchi poezdlari (161-200 km/soat) uchun yo’lovchi vagonlarning
texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash tizimi, ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlariga
muvofiqlashtirilishi kerak.
Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling