O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 012 yil 02 noyabr holatiga
§1. Bo’ylama profil va yo’l rejasi
Download 420 Kb.
|
TEMIR YO’LLARIDAN foydalanish
§1. Bo’ylama profil va yo’l rejasi 9. Tezyurar harakat uchun temir yo’llar uchastkalari bo’ylama profili va yo’l rejasi O’zbekiston Respublikasi xududida amal qiluvchi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak. 10. Mavjud egrilarda poezd oqimi tuzilmasiga bog’liq ravishda yo’lovchi poezdlarining eng katta harakat tezliklari quyidagilardan oshirmaslik shartidan kelib chiqib belgilanadi: so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’lovchi poezdi uchun 0,7 m/s2 va yuk poezdlari uchun 0,3 m/s2; so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning ortib borish tezligi 0,4 m/s3 dan oshirmasdan. Tuproq ko’tarmasini qaytadan qurilishsiz egrilarni joylashtirishni bajarib bo’lmaydigan qiyin sharoitlarda, "O’zbekiston temir yo’llari" DATK ruxsati bilan yo’lovchi poezdlarining so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishini 1,0 m/s2 gacha oshirishga yo’l qo’yiladi. 11. Tezyurar uchastkalar egrilarida tashqi rels hisobiy balandligi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi. Bunda qabul qilingan hisobiy balandlik 5 mm gacha yaxlitlanadi, balandlikning maksimal ko’rsatkichi esa 150 mm dan oshmasligi kerak. 12. To’g’ri uchastkali barcha aylanma egrilar, shuningdek turli radiusli tarkibiy egrilar, uzunligi harakat tezligi, egri radiusi va tashqi rels balandligiga bog’liq o’tish egrilari bilan tutashishlari kerak. 76 77. 13. Tezyurar uchastkalar asosiy yo’llari reja va profili, yo’l rejasi va profili o’zgarishiga olib keluvchi yo’l ishlari o’tkazilishi oldidan va keyin asbobiy davriy tekshirishlarga jalb qilinishlari kerak. §2. Tuproq ko’tarmasi 14. Tezyurar harakat joriy qilingunga qadar tuproq ko’tarmasining barcha nuqson va deformatsiyalari bartaraf qilinishi, zaruriy hollarda qaytadan qurilishni qo’llab uni kuchaytirish yoki tub ta'mirini amalga oshirish kerak. Barcha deformasiyaga qarshi qurilmalar shahodatlangan, ta'mirlangan, qayta tiklangan yoki loyihaga muvofiq almashtrilgan bo’lishi kerak. 15. Tezyurar harakat uchastkalarida tuproq ko’tarmasiga xizmat ko’rsatish Temir yo’llarni joriy saqlash bo’yicha yo’riqnoma, Temir yo’llar tuproq ko’tarmasini saqlash bo’yicha yo’riqnoma va O’zbekiston Respublikasi xududida amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Tezyurar uchastkalarda tuproq ko’tarmasi ko’riklari muddatlari va tartibi, temir yo’llar toifalanishiga muvofiq "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan aniq belgilangan tartibda o’rnatiladi. Foydalanish jarayonida yo’lni yo’l o’lchagich vagon bilan tekshirish jarayonida aniqlanadigan yo’llarning yo’l qo’yib bo’lmaydigan (mazkur paragraf 1-jadvalida keltirilgan ko’rsatkichlardan ortiq) o’tirishlari, otib yuborishlari, qiyaliklarning bo’rtib chiqishlari, yo’l yoqalarining cho’kishlari, tuproqda yoriqlar va poezdlar harakatiga xavf soluvchi deformatsiyaning boshqa belgilari yuzaga kelishi holatlarida, tuproq ko’tarmasi kuchaytirilishi yoki tub ta'miri va individual loyiha bo’yicha uni qaytadan qurilishi amalga oshirilishi kerak. Ushbu ishlarni amalga oshirishdan oldin poezdlar harakat tezliklari, yo’l o’lchagich vagonlari tasmalarini rasshivrovka qilish bo’yicha yo’riqnoma talablariga muvofiq chegaralinishi kerak. 1-jadval Tezlik, km/soat 141-161200 Rels eni parametrlari bo’yicha eng so’nggi ruxsat etilgan o’lchamlar, mm Torayish Kengayish Sath QiyshaCho’kishEgilish yishlar lar strelasining farqi 8 16 20 16 18 25 17. Tuproq ko’tarmasining tezyurar yo’lovchi poezdlari harakati jarayonida deformatsiyalar hosil bo’lgan barcha uchastkalari yo’l distansiyalarida ro’yxatda turishlari va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan belgilanadigan davriylik bilan distansiya xizmatchilarining doimiy nazoratida bo’lishi kerak. Tuproqning muzdan tushishi bahor vaqtida hamda muzlashi kuz vaqtida vagon-yo’l o’lchagich bilan yo’l holati kunduzgi tekshirishlarining qaytarilishlari yo’l distansiyasi boshlig’i yoki uning o’rinbosari kuzatib borishida xaftasiga bir martagacha ko’paytiriladi. Xavfli fizikaviy-geologiya jarayonlari namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan, shuningdek himoya va mustahkamlovchi inshootlari mavjud bo’lgan uchastkalarda tuproq ko’tarmasining saqlanishi va nazorati yo’l boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy yo’riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday uchastkalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan tasdiqlanadi. 77 78. 18. Tuproq ko’tarmasining ta'miri yoki kuchaytirilishini va uni qaytadan qurilishini liniyalarni tezyurar harakat joriy qilishga tayyorlashda o’tkaziladigan yo’lni tub va o’rta hajmda ta'mirlash ishlari kompleksi yoki boshqa ishlar bilan birga qo’shib amalga oshirish zarur. 19. Joriy saqlash tartibida bajariluvchi tuproq ko’tarmasining tub ta'miri va uni qaytadan qurilishi bo’yicha barcha ishlar, maydalaridan tashqari, muhandis-geologiya tadqiqotlari natijalariga asosan tuziluvchi maxsus ishlab chiqilgan loyihalar bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Liniyalarning muhandis-geologiya tadqiqotlari to’g’risidagi hisobotlarda tuproq ko’tarmasi har bir ob'ekti poezdlarning tezyurar harakatini amalga oshirishda ishonchlilik xulosasi bilan birga baholanadi. 20. Tuproq ko’tarmasini kuchaytirishda: uning ko’ndalang kesimlarini umumiy va mahalliy barqarorlik hamda ballast qatlamini yo’l yoqasi enini kamida 0,5 m qilib saqlagan holda joylashtirish bo’yicha; temir yo’ldan yuzaki va tuproq suvlarni yil bo’yi davom etadigan kafolatlangan chetlashtrishini ta'minlash bo’yicha; yilning hamma mavsumlarida asosiy maydonchaning ko’tarib turuvchi qobiliyatini kafolatlovchi himoya qatlamlarini yaratish bo’yicha; tuproq ko’tarmasi sathidan suvlarni (atmosfera yog’in-sochinidan, bahoriy qor erishidan) tezlik bilan oqib ketishiga xalaqit beruvchi to’planib qolgan cho’p-xaslarni olib tashlash bo’yicha ishlar bajarilishi kerak. 21. Tuproq ko’tarmasini tub ta'mirlashda: asosiy maydoncha deformasiyalarini, shuningdek ballast toq’oralari, lojalari, qoplari shaklidagi ballast chuqurliklarini bartaraf etish bo’yicha; yo’l yuqori tuzilishi barqarorligi va kontakt tizimi tayanchlari mustahkamliligini pasaytiruvchi cho’kishlarni bartaraf etish bo’yicha; muqaddam toshib chiqish va o’pirilishlar ro’y bergan joylarda, temir yo’l chetidagi qiyalik ko’tarmasi va o’yilgan joylarining shuningdek, muhandislik-geologiya prognozlariga ko’ra ular yuzaga kelishi mumkin bo’lgan joylarda umumiy va mahalliy barqarorlikni ta'minlash bo’yicha; tuproq ko’tarmasini fizika-geologiya jarayonlari noqulayliklari namoyon bo’lishidan, shuningdek o’pirilishlar, qoya qulashlari, qor ko’chishlari, yuvib ketishlardan himoya qilinishini ta'minlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish kerak. 22. Muhandis-geologiya tadqiqotlarida (issiqlik tizimilari, magistral quvurlari, qurilgan yoki qurilayotgan to’g’onlar, sanoat suvlari tindirgichlari, turli vazifali kotlovanlar va boshqa ob'ektlar)ning avariya holatlarida tuproq ko’tarmasi butunligiga xavf solushi mumkin bo’lgan xo’jalik va sanoat ob'ektlari hamda ularning kommunikasiyalari aniqlanishi kerak. Muhandisgeologiya tadqiqotlari to’g’risidagi xulosada bunday ob'ektlar foydalanishida buzish ta'sirlarini kuzatish, shuningdek ularda avariya holatlari yuzaga kelishida oldini olish choralari va nazorat qilish uslublari ko’rsatilishi kerak. Tuproq ko’tarmasi shikastlanishlari oqibatlari qayta tiklash ishlarida zudlik bilan bartaraf etilishi lozim. 23. Yo’l ko’ndalang profilini mavjud belgilarni pasaytirib loyihalashda yo’l o’tirishlarining yuzaga kelishi imkoniyati tekshirilishi kerak, ularni paydo bo’lish ehtimoli mavjud bo’lsa, loyihada deformasiyaga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlari nazarda tutilishi kerak. 24. Bir yoki ikkita yo’lni yangi trassaga olib o’tish bilan qayta qurilayotgan temir yo’l uchastkalarida tuproq ko’tarmasi "1520 mm enli yo’llarning tuproq ko’tarmasini loyihalash bo’yicha idoraviy texnik ko’rsatmalar" talablariga muvofiq loyihalashtiriladi. Download 420 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling