O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Toshkent Davlat Transport Universiteti
Download 113.99 Kb.
|
Suhrob kurs ishi DHN
Takliflar1-taklif. O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv shaklini parlamentar respublika shaklini tatbiq etish. Boisi shundaki O’zbekiston Respublikasida hamda fuqarolar hayotida hukumat rolini oshirish, Senat ( yuqori palata ) va Qonunchilik palatasi ( quyi palata ) ni fuqarolarga ta’sirini o’stirish, Senator va deputatlarni xalq bilan yanada yaqinlashtirishdir. Yana bir jihati shundaki hukumat parlament oldida hisobdor bo’ladi va hukumat boshlig’i. Parlamentar respublikada saylovda g’olib chiqqan partiya yo’lboshchisi Bosh vazir bo’ladi va amaldagi davlat rahbariga aylanadi. Bu tizim bitta partiyani uzoq muddat hokimyat tepasida turib qolmasligi uchun yaxshi chora, qolaversa parlamentda partiyalar va hukumat boshliqlarining tez-tez alamshib turishi bitta partiya va bitta shaxsning uzoq muddat davomida hokimyatda turib qolmasligini ta’minlaydi. O’z navbatida bu tez-tez almashinish omili turli hil partiyalar boshqaruvi davrida davlatni har tomonlama rivojlanishiga hissa qo’shadi. Chunki sog’lom raqobat bor joyda albatta rivojlanish bo’ladi. Shunga qo’shimcha qilmoqchimanki president saylovida ayrim partiyalar kollabaratsiya qilishi kerak va birgalashib nomzod ko’rsatishi kerak. Bunda vazifalari o’xshash partiyalar aksincha o’xshash bo’lmagan partiyalarni umumlashtirish, masalan: O’zbekiston Adolat sotsial partiyasi va O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi birgalashib fraksiya hosil qiladi. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi va O’zbekiston xalq demokratik partiyasi birgalashib fraksiya hosil qiladi. Ekologik partiya esa o’z o’rnida qolgan holda fraksiya hosil qilib nomzod ko’rsatadi. 2-taklif. Yuqoridagi taklifga mos ravishda biz yana bir versiyani ko’rib chiqdik. Bu aralash ( prezidentlik-parlamentar ) respublikasi boshqaruv shaklidir. Bu tizim bir vaqtning o’zida “ kuchli parlament ” va “ kuchli prezident ” mavjudligi bilan boshqalaridan farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o’rtasidagi muvozanatning mavjudligida namoyon bo’ladi. Prezient umumxalq ovoz berish yo’li bilan saylanadi. U keng vakolatlarga ega bo’lsa-da, lekin hukumat boshlig’i bo’lmaydi. Prezidentlik lavozimi bilan bir qatorda, keng vakolatlarga ega bo’lgan Bosh vazir mansabi nazarda tutiladi. Hukumatni tuzishda prezident ham, parlament ham faol ishtirok etadi. Hukumat ham parlament oldida ( ishonchsizlik votumi ), ham prezident oldida ma’suldir. Aralash respublika shakliga hozir Fransiya, Finlyandiya va Armaniston davlatlaridagi mavjud boshqaruv shaklini misol sifatida ko’rsatish mumkin. Download 113.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling