O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Toshkent Davlat Transport Universiteti


O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud


Download 113.99 Kb.
bet5/15
Sana03.04.2023
Hajmi113.99 Kb.
#1322657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Suhrob kurs ishi DHN

O'zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:
• O'zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi bo'yicha yaxlit birlikni tashkil qiladi;
• qonunchilik tizimi butun O'zbekiston uchun taalluqli bo'lib, u O'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi asosida amal qiladi;
• sud hokimiyati va prokuratura organlari tizimi butun O'zbekiston hududida yagonadir;
• O'zbekistonda tashqi siyosatni O'zbekiston xalqining manfaatini ko'zlab va uning nomidan faqat u saylab qo'ygan Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasining Prezidenti amalga oshiradi;
• O'zbekistonda moliya, soliq, bojxona tuzilishi va Respublika Qurolli Kuchlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari markazlashtirilgan holda tashkil etilgan;
• butun O'zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan.
O'zbekistonning unitar davlat ekanligini e'tirof etish bilan birga, uning davlat tuzilishidagi federativ davlatga xos bo'lgan quyidagi ayrim xususiyatlarni ham ko'rsatib o'tish mumkin:
• O'zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi mavjud va uning suvereniteti O'zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi;
• Qoraqalpog'iston Respublikasi huquqiy tizimida Konstitutsiya va qonunlarning mavjudligi;
• O'zbekiston Respublikasi umumdavlat organlari bilan bir qatorda Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat organlarining va boshqa davlat-huquqiy institutlarining o'ziga xos va ma'lum darajada mustaqil belgilanishi: Jo'qorg'i Kenges, Vazirlar Kengashi, sud organlari va boshqalar;
• Qoraqalpog'iston Respublikasi hududi va chegarasining daxlsizligi (Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaning 3-moddasi);
• Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini o'zi mustaqil hal qiladi;67
• Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog'iston xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega;
• Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan O'zbekiston Respublikasi aloqalari o'zaro tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali tartibga solinadi;
• Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z davlat ramzlariga ega.68


Download 113.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling