O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Toshkent Davlat Transport Universiteti
Download 113.99 Kb.
|
Suhrob kurs ishi DHN
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Davlat shakllari vujudga kelishi, tushunchasi va mohiyati
O’rganishning davriy chegarasi. O’rganish uchun davriy chegara sifatida eng qadimda davlatchilik va huquq paydo bo’lgandan to hozirgacha bo’lgan davr asos qilib belgilanadi. Bu davr oralig’ida davlat shakllarining vujudga kelishi va rivojlanishi o’rganiladi.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Hozirga qadar Davlat shakllarining vujudga kelishi va uning rivojlanishi haqida ko’plab kitoblar yozilgan. Masalan yurtimizda bu borada izlanishlar olib borgan olimlarga X. T. Odilqoriyev, Sh. Saydullayev, Z. M. Islomov, N. Saburov kabilarni sanab o’tish mumkin. Chet el olimlari ham bu borada izlanishlar olib borishgan: A. Vengerov, H. Kelzen, A. V. Kshanina, L. A. Morozovalarni misol keltirsa bo’ladi. Lekin ular mavzuni yoritishda turlicha yondashganlar, shu sababli biz kurs ishida mavzuning o’rganilish darajasini ham shu mavzuga bevosita aloqador kitoblar va boshqa ilmiy ommabop maqolalardan ham izlandik. O’rganishning amaliy ahamiyati, amaliyotga tatbiqi. O’rganilgan ilmiy hulosadan o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratishda, hamda professor o’qtuvchi va talabalar uchun maxsus kurs ma’ruzalari tayyorlashda va seminarlar, konferensiya tashkil etishda foydalanish mumkin. Kurs ishining tarkibi. Kurs ishining tarkibi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I. Davlat shakllari vujudga kelishi, tushunchasi va mohiyati1.1-§Davlat shakllari tushunchasi va ularning turli nazariyalari.Davlat shakllari tushunchasi. Umuman olganda, davlat qurilishida davlat shakli katta aha-miyatga ega. Yangi davlatlar tashkil topayotganda, ayniqsa, uning shakli toʼgʼri tanlanishi, joriy etilishi muhim. Davlat shakli boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʼz ichiga oladi. Davlat boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi hisoblanadi. Boshqaruv shaklining eng qadimgi va hozirgi kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublika sanaladi. Аytaylik, monarxiya koʼproq qadimgi Sharq, shu jumladan Turon zaminida tashkil topgan davlatlar shakli edi. Monarxiyaning oʼzi ham mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya koʼrinishlariga ega. Davlatning respublika shakli esa prezidentlik, parlamentar va aralash respublika koʼrinishlarida oʼz ifodasini topadi . Аgar davlat shakli tushunchasini atroflicha tahlil etadigan boʼlsak, avvalo, shuni taʼkidlash kerakki, butun jamiyat ich-ichiga singib ketuvchi siyosiy tashkilot sifatida, hokimiyat tizimi sifatida davlat turlicha tuzilishi, yaʼni turlicha shaklga ega boʼlishi mumkin. Uni qanday qilib yaxshiroq tashkil etish, tuzish ustida odamlar davlat yuzaga kela boshlagan paytlardan buyon bosh qotirib kelishadi, desak, yanglishmagan boʼlamiz. Zero, kishilar davlatga uyushgan jamiyatda yashar ekanlar, ularning butun hayotlariyu farovon turmush tarzlari aynan shunga bogʼliq boʼladi. «Shakl buyumga hayot baxsh etadi», deyishgan edi rimlik yuristlar. Binobarin, davlat shakli tushunchasi davlatshunoslikning eng muhim mazmuniy tavsiflaridan biridir. Shuningdek, uning metodologik ahamiyati xususida ham biron-bir shubhaga oʼrin yoʼq chunki bir vaqtlar I.Kant shaklga davlatchilik materiyasini tartibga solish, sintezlash printsipi sifatida yondashganining oʼziyoq shundan dalolat beradi. Shunga qaramay (shuni alohida taʼkidlash joizki), yaqin oʼtmish ilmiy ishlanmalari va siyosiy-huquqiy amaliyoti ushbu kategoriyaga maʼlum darajada mensimay qarab kelinganidan guvohlik berib turibdi. Mustabid shoʼro tuzumi davri koʼpchilik mualliflari asarlarida davlat «mazmuni»ning ahamiyati, ayniqsa, uning «sinfiy» jihatiga urgʼu berilardi. Bunda koʼpincha mazmun hamisha shaklda qiyofaga ega boʼlishi, shakl mazmunning mavjudligi va ifodasi ekanligiga eʼtibor berilmasdi1 Tarixiy materializm vakillari tashabbusi bilan barcha yaxshi jihatlar mazmunga bogʼlanardi. Shuning uchun ham shakl hech bir ikkilanmay, rivoj topgan mazmun tomonidan «uloqtirib yubori-lardi». Vaholanki, koʼpchilik mamlakatlar tarixi milliy halokatlarga olib boruvchi shafqatsiz ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar vaqtlarida, agar jonbaxsh kuchlar qolgan boʼlsa, faqat davlat shakli, uning ichki uyushganligi vaziyatni qutqarib qolganidan guvohlik berib turibdi. Davlatdagi barcha barqaror, mustahkam jihatlar asosan uning shakliga taalluqlidir. Bunda davlatga tatbiqan «shakl» tushunchasi rang-barang koʼrinishga ega: hokimiyat vakili rasmiy kiyimidan tortib, davlatning ichki tashkil etilishi, uning tarkibigacha turlicha qiyofada namoyon boʼladi. 2 Davrimizning eng ogʼir ijtimoiy ogʼriqlaridan biri davlat-huquq nigilizmi ildizi aynan huquq sohasi shakliy jihatini mensimaslikdan kelib chiqqandi va avj olgandi. Haqiqatda esa qadimdagi bir butun ijtimoiy normalar birligidan aynan shakl huquqni ajratib chiqardi, davlatning oʼzi ham aynan shu shakl tufayli dunyoga keldi. Koʼplab yuz yilliklar davomida, antik davrdan qolgan anʼanaga koʼra, davlat-huquq fani ikki masalani diqqat-markazida tutib keldi: 1) tarix va hozir boshdan kechirilayotgan zamon davlatning qanday shakllarini biladi; 2) davlatning maʼlum shakllaridan qay biri muayyan bir xalq uchun aynan shu davr uchun koʼproq mos keladi? Qadimgi yunonlar shakl ahamiyatini bejiz taʼkidlashmagan. Jumladan, Аflotun shaklning hal qiluvchi, faol rolini taʼkidlagandi. Shakl atamasining kelib chiqishi ham davlat gʼoyasining oʼzi (forma, eydos, ideya, morfe) uning shaklidan ajralmas ekanligini koʼrsatib turibdi. Shuni qayd etish joizki, Аrastuda shakl maz¬mundan ustun turadi. «Forma dat esse» — «shakl buyumga hayot bagʼishlaydi», deb hisoblashardi rimlik yuristlar. Shubhasiz, shakl masalasi davlat uchun nafaqat nazariy, balki birinchi darajali amaliy ahamiyat ham kasb etadi.3 Davlat rahbar-ligining samaradorligi, boshqaruv taʼsirchanligi, hukumatning obroʼsi va barqarorligi, mamlakatda qonuniylik va huquq-tarti-botning ahvoli davlat hokimiyatining qanday tashkil etilishi va davlat hokimiyati qanday amalga oshirilishiga bogʼliq . Shunday qilib, davlat shakli tushunchasi davlatshunoslikning eng muhim mazmuniy tavsiflaridan biridir. XX asr huquqshunos-ligining yirik namoyondasi Ivan Ilin shu munosabat bilan quy-idagilarni taʼkidlagandi: «Bu murakkab va gʼoyat masʼuliyatli ma-salani ehtiyotkorlik, mutlaqo xolislik bilan oʼrtaga qoʼymoq lozim. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga befarq qaraydigan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalqning jonli tashkilotidir. Xalq oʼz hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkil boʼlishni uddalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy hissasini qoʼshishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli huquqiy ongi davlat shaklini roʼyobga chiqaradi, unga hayot, kuch baxsh etadi; binobarin, davlat shakli, eng avvalo, xalq huquqiy ongi darajasiga, xalq tomonidan toʼplangan tarixiy siyosiy tajribaga, uning iroda kuchi va milliy xususiyatiga bogʼliq boʼladi» .4 I.Ilinning bu fikriga qoʼshilmaslikning iloji yoʼq. Darvoqe, bu bamisoli shundayki, mabodo biron kishi oʼyin qoidalarini bilmasa, oʼyin rejasini taqdim eta olmasa va umuman, oʼynashni xohlamasa, bunday odamni shaxmat oʼynashga majbur qilish hech kimning xayoliga ham kelmasligi aniq.Yoki bir jamoada birga oʼynamagan oʼyinchilardan tuzilgan futbol komandasi oʼyinni boy berishi turgan gap. Siyosiy hayotda ham shunday: u shu yurtda yashayotgan odamlar to-monidan ularning vatanparvarlik muhabbati bilan, davlat toʼgʼrisidagi tushunchalari bilan, burchga sadoqati, tashkiliy koʼnikmalari bilan, qonunga boʼlgan hurmatlari bilan yaratiladi. Bularning hammasini insonda tarbiyalash kerak. Binobarin, davlat shakli haqida faqat xalq huquqiy ongi darajasini va olingan koʼnikmani hisobga olgan holdagina gapirish zarur. Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida «davlat shakli» kategoriyasi bilan «davlat mohiyati» kategoriyasi bevosita bogʼliqdir.5 Oldingi boʼlimlarda davlatning «mohiyati»ni ochib bergandik. Yaʼni: uning ijtimoiy vazifalari, jamiyatning davlat paydo boʼlguniga qadar boʼlgan tashkiliy tuzilishi aniqlanib, davlatning asosiy belgilari ajratib koʼrsatilgandi, ularning eng muhim taʼriflari berilgandi. Endi davlat qanday tuzilganini koʼrib chiqish mavridi keldi. Boshqacha aytganda, jamiyatning bu alohida siyosiy, tarkibiy, hududiy tashkiloti qanday shakllarda mavjud boʼladi va amal qiladi? Davlatning bunday shakli, yaʼni tuzilishini oʼrganib chiqqandan soʼnggina biz, shunday murakkab hisoblangan davlatni tushunib yetish sari bir qadam olgʼa siljidik, deya olamiz. Ye.I.Temnov haqli ravish taʼkidlaganidek, “davlat-huquq mohiyatidan kelib chiquvchi davlat shaklining (huquq shakli singari) qatʼiyligi va aniqligi eʼlon qilingan siyosiy yoʻlni amalga oshirishda subyektivizm va zoʻravonlikni jiddiy cheklashi mumkin edi”. 6 Darhaqiqat, mustabid shoʻro tuzumi davrida “Huquqshunoslik sohasida yetakchi boʻlgan umumnazariy va tarixiy fanlar juda ogʻir ahvolga tushib qolgan edi. Masalan, «Davlat va huquq nazariyasi” fanini olsak, davlat ham, huquq ham faqat sinfiy nuqtai nazardan oʻrganilib, ularning mohiyati buzib koʻrsatildi, yaʼni davlatning, huquqning jamiyatdagi asosiy vazifasi barchaga barobar xizmat qi¬lish, tenglik, tinchlik oʻrnatish emas, balki kommunistik partiyaning hukmronligini tan olish deb oʻrgatildi» .7 Shu bois mustabid shoʻro tuzumi davri mualliflari aksariyatining asarlarida, odatda, davlat “mazmuni”ning ahamiyati taʼkidlanib, uning sinfiyligiga urgʻu berilardi. Holbuki, shaklsiz mazmunning ham yashay olmasligi allaqachonlardan buyon maʼlum edi. Shunga qaramay, davlat haqidagi ijobiy gaplarning hammasi beistisno uning mazmuniga nisbatan aytilardi. Davlatshunos V.Ye.Chirkinning eʼtirofiga koʻra: “Davlatning mazmuniga ortiqcha eʼtibor berish bu taʼrifdagi asosiy jihatni – davlat shaklining sifatini soyada qoldirgan. Ustiga ustak, bunday taʼriflarda mafkuralashtirilgan mezonlar ham ustunlik qilgan”8. Shunday qilib, davlatning mazmuni bilan bogʻliq nuqtai nazarlarning asossizligini koʻrsatib va isbotlab berish uchun ushbu kategoriyani batafsil koʻrib chiqish kerak boʻladi. Gapni “davlat shakli” tushunchasiga oid turli nuqtai nazar-lar mavjudligidan boshlash oʻrinli deb oʻylaymiz. Jumladan, ayrim mualliflar uni faqat tor maʼnoda izohlaydilar. Ularning fikriga koʻra, bu – faqat boshqaruv shakli xolos. Boshqa mualliflar bu tushunchani keng maʼnoda talqin etishadi. Zotan, ular mazkur tushunchaga boshqaruv shakllari majmui bilan davlat tuzilishi shaklini kiritadilar. Biroq bu kabi nuqtai nazarlardagi farqlar shu yondashuvlar bilangina cheklanmaydi. Davlatning ichki va tashqi shakllarini farqlovchi mualliflar ham bor. Ichki shakl deganda, demokratiya, tashqi shakl deganda esa, siyosiy hokimiyatning aniq tashkiloti tushuniladi (D. A. Kerimov). Ushbu nuqtai nazar nimalarga asoslanganligini quyidagicha izohlash mumkin: modomiki, demokratiya siyosiy tartibning bir koʻrinishi ekan, uni davlatning ichki shakli sifatida tushunish zarur, boshqaruv va davlat tuzilishi shakllari majmui esa tashqi shaklni tashkil etadi.9 Ayrim davlatshunoslar davlatga harakatdagi dinamik va tash-kiliy statik tizim sifatida qarashni taklif etadilar. Shu tak-lifdan kelib chiqqan holda, ular dinamik jihatdan siyosiy tartib (davlat tartibi)ni, statik jihatdan esa boshqaruv shakli va davlat tuzilish shakllarini davlat shakli deb hisoblaydilar. Tarixchilarning shohidlik berishicha, sohibqiron bobomiz Amir Temur boʻlajak jang qanday borishi kerakligi, uning maz-mun-mohiyatini batafsil tushuntirar, shuning uchun hech qachon magʻlubiyat alamini totmagan ekan. Aniqrogʻi, Amir Temur oʻzga davlatlarni zabt etishni, asosan, tadbirlar va kengashlarga koʻra amalga oshirgan. Uning oʻzi bu haqda shunday degan edi: “Oʻzga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, gʻanim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni (koʻnglini ovlab) doʻstga aylantirish, doʻst-dushman orasida muomala, murosayu madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qoʻlladim” .10 Siyosiy hayotda ham shunday: u shu yurtda yashayotgan odamlar to-monidan ularning vatanparvarlik muhabbati bilan, davlat toʻgʻrisidagi tushunchalari bilan, burchga sadoqati, tashkiliy koʻnikmalari bilan, qonunga boʻlgan hurmatlari bilan yaratiladi. Bularning hammasini insonda tarbiyalash kerak. Binobarin, davlat shakli haqida faqat xalq huquqiy ongi darajasini va olingan koʻnikmani hisobga olgan holdagina gapirish zarur. Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida “davlat shakli” kategoriyasi bilan “davlat mohiyati” kategoriyasi bevosita bogʻliqdir. Oldingi boʻlimlarda davlatning “mohiyati”ni ochib bergandik. Yaʼni: uning ijtimoiy vazifalari, jamiyatning davlat paydo boʻlguniga qadar boʻlgan tashkiliy tuzilishi aniqlanib, davlatning asosiy belgilari ajratib koʻrsatilgandi, ularning eng muhim taʼriflari berilgandi. Endi davlat qanday tuzilganini koʻrib chiqish mavridi keldi. Boshqacha aytganda, jamiyatning bu alohida siyosiy, tarkibiy, hududiy tashkiloti qanday shakllarda mavjud boʻladi va amal qiladi? Davlatning bunday shakli, yaʼni tuzilishini oʻrganib chiqqandan soʻnggina biz, shunday murakkab hisoblangan davlatni tushunib yetish sari bir qadam olgʻa siljidik, deya olamiz.11 Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, ushbu mavzuning yaqin oʻtmishdagi nazariy va amaliy ishlanmalari mazkur kategoriya maʼlum maʼnoda munosib baholanmaganidan dalolat beradi. Biroq bu oʻrinda gap faqat munosib baholay olinmaganidagina emas, balki “davlat shakli”ni batafsil oʻrganishning ahamiyati haqida ham ketmoqda. Yuqoridagilarning hammasi huquqiy adabiyotlarda davlat shakli boʻyicha yagona tushunchaning yoʻqligidan dalolat beradi. Ayni paytda ushbu tushunchaning anʼanaviy hisoblangan taʼrifi mavjud boʻlib, uni aksariyat olimlar maʼqullashadi, biz ham uni asos qilib olishni tavsiya etamiz. Shunday qilib, davlat shakli deganda, uch tarkibiy qism (yoki jihat) – boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birgalikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladi (S. A. Komarov).12 Ushbu taʼrifga eʼtiroz bildirmagan holda, biz, eʼtiborin-gizni “siyosiy hokimiyat” hamda “siyosiy idora usuli” degan iboralarga jalb etishni istardik. Bu iboralar bizga tanish mazkur yoʻnalishda tez-tez qoʻllanadi. Fikrimizcha, bu zaruriy shart emas. Shuning uchun ham baʼzi mualliflar diqqatni chalgʻitmaslik uchun bu iboralarni shunday qoʻllashadi: siyosiy (davlat hokimiyati), davlat (siyosiy) idora usuli. Shu oʻrinda yana bir jihatni taʼkidlashni istardik. Biz yuqo-rida davlat shakli uning mazmuni bilan uzviy bogʻliqligini aytib oʻtgandik. Shu fikrni batafsilroq tushuntiramiz. Mazmun davlat hokimiyatining kimga tegishliligini, uning subyektini (egasini) aniqlash imkonini beradi, shuningdek, uni kim amalga oshiradi, degan savolga javob qaytaradi. Yuqorida zikr etilganlar asosida davlat shaklining uch jihati mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Bular: – boshqaruv shakli, yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvni tu-zish hamda tashkil etishning muayyan tartibi; – davlat tuzilishi shakli, yaʼni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning oʼzaro munosabatlari muayyan tartibi; – siyosiy (davlat) idora usuli, yaʼni siyosiy davlat (hoki-miyati)ni amalga oshirish usul va metodlaridir .13 Lekin shuni ham taʼkidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga eng umumiy yondashuv, shu tushuncha bilan ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi uchala jihatni diqqat bilan oʼrganishga, ularning oʼzaro bogʼliqligi, oʼzaro taʼsirini kuzatishga hamda nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur yuz yilliklar davomida davlatni oʼrganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib koʼrsatganligini tushunishga harakat qilish lozim. Davlat shaklini bunday tushunish dabdarustdan tarkib topma-ganligi va hozir ham unga hamma qoʼshilmasligini qayd etib oʼtish joiz deb oʼylaymiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli – boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibning dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelindi. Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qoʼshildi. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» oʼrtasiga tenglik alomatini qoʼyuvchilar ham boʼlgan. Bunga asos ham bor edi. Biroq uni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil koʼrib chiqish chogʼida yaxshiroq anglab olamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat tuzilishi (siyosiy tuzilish) hamda davlat (siyosiy) idora usuli – yaxlitligidan tashkil topadi, degan kontseptsiya keng tarqalgan. Biz yuqorida Davlat shakli tushunchasiga juda keng ta’rif berib o’tdik. Bu ma’lumotlarni tezda o’qib chiqish va xulosa chiqarish biroz qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun biz o’quvchilarga birmuncha qulaylik yaratish uchun Davlat shakli tushunchasiga qisqa ta’rif berishga qaror qildik. Davlat shakli davlatning mohiyati bilan bevosita bogʻliqdir. Chunki, davlat shakli tushunchasini oʻrganish orqali davlat hokimiyati qanday uyushtirilganligi, uning qaysi idoralar orqali amalga oshirilishi, ushbu idoralarning tashkil etilish tartibi qanday boʻlishi, ularning vakillik muddati, tuzilishi, oʻzaro munosabatlari, markaziy organlar bilan maʼmuriy-hududiy birliklardagi mahalliy davlat organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, davlat hokimiyatining amalga oshirish usullari haqida maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin. Davlat shakli - bu oʻz ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yigʻindisidir. Davlat shakli – bu uning uch tarkibiy qismi (yoki tomoni) - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti. Davlat shaklining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat: – boshqaruv shakli, yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvni tu¬zish hamda tashkil etishning muayyan tartibi; – davlat tuzilishi shakli, yaʼni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning muayyan tartibi; – siyosiy (davlat) rejim, yaʼni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir.14 Davlat shakli tushunchasini yana bir yuridik fanlar doktori, professor X. T. Odilqoriyev nuqtai nazaridan ham ko’rib chiqamiz; Davlat uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, shu davr ichida u shakllanib, rivojlanib, o‘zgarib keldi. Tabiiyki, davlat insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo‘lgan. Davlatni uning shakli nuqtayi nazaridan o‘rganish – avvalo, davlat tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari va ichki strukturasini, shuningdek davlat hokimiyatini o‘rnatish va amalga oshirishning asosiy usullarini anglashni nazarda tutadi. Aholi hayot tarzini yaxshilash maqsadida turli xil inqilobiy o‘zgarishlar, hatto fuqarolik urushlari yoki qo‘zg‘olonlar asosida davlat to‘ntarishlari o‘tkazib, o‘ziga qulay bo‘lgan davlat shaklini yaratishga intiladi. Jamiyatning rivojlanishi va aholi ongining o‘sishi natijasida davlat shakllari o‘zgarib turadi va takomillashib boradi, bu haqda tarix jonli guvohlik beradi.15 Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, jug‘rofiy, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga, siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Zero, «har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilasidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».16 Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo‘lib, uning ma’nosini anglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi. Ushbu fikrning tasdig‘i sifatida huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi: «Davlat shakli – murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo‘lgan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir». 17 Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkil etilishini uddalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy hissasini qo‘shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli huquqiy ongi davlat shaklini belgilab beradi, unga hayot, kuch baxshida etadi; binobarin, davlat shakli, eng avvalo, xalqning huquqiy ongi darajasiga, uning to‘plagan tarixiy-siyosiy tajribasiga, iroda kuchi va milliy xususiyatiga bog‘liqdir.18 «Davlat shakli» iborasini bir guruh olimlar «davlat tuzumi»ning sinonimi sifatida qo‘llaydilar va davlat shakli tushunchasiga davlat boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi guruh olimlar davlat shakliga davlat boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakli kiradi deb, unga siyosiy rejimni qo‘shmaydilar. Yana bir toifa huquqshunoslar davlat shakli – davlat hokimiyatining tuzilishi shaklidir, deydilar. Shunday qilib, davlat shakli uch tushunchani: davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejimni o‘z ichiga oladi.19 Davlat boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kim hukmron va u hokimiyatni qanday boshqaradi, degan savollarga javob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o‘zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi. Davlatlar tuzilishi shakliga ko‘ra, oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) turlarga ajratiladi. Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va vositalari toifasiga ko‘ra demokratik va avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga bo‘lgan umumiy yondashuv, ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi har uch jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur yuz yillar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish lozim Davlat shaklini bunday tushunishning shunchaki tarkib topmaganligi va ayrim olimlarning hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibdan dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingan. Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shilgan. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham, bunga asos ham bo‘lgan. Buni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida mufassal izohlab o‘tamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (ma’muriysiyosiy) tuzilishi hamda davlat 20(siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi, degan fikr keng tarqalgan. Davlat shakli davlat hokimiyatining qanday prinsiplarga asosan tashkil etilganligini va hududiy jihatdan qay tartibda tuzilganligini umumiy, yaxlit tarzda ifodalaydi. Davlat shakli davlatning asosiy organlari (parlament, hukumat, davlat boshliqlari)ning faoliyat tartibi va ular o‘rtasidagi munosabatlar prinsiplarini, davlatning tarkibiy qismlari va ularning yuridik mavqelarini, shuningdek davlat hokimiyatini amalga oshirish metodlarini hamda fuqarolar bilan munosabatlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita aloqalarini tavsiflaydi. Download 113.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling