O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Toshkent Davlat Transport Universiteti
Download 113.99 Kb.
|
Suhrob kurs ishi DHN
XULOSABiz bu kurs ishida asosan O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilish shaklini yoritib berishga harakat qildik, va albatta bunda bir qancha adabiyotlardan foydalandik. Adabiyotlar nomini “Foydalanilgan adabiyotlar” ro’yhatidan topishingiz mumkin. Umuman olganda bu mavzu biz uchun birinchisi bo’ldi. Bundan oldin kurs ishiga qo’l urmagandik. O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilish shaklini yoritish uchun avvalambor davlat shakllari haqida umumiy va boshlang’ich tushunchaga ega bo’lish kerak. Shuning uchun avval umumiy davlat shakllari haqida ma’lumot berdik. Davlatning tuzilish shakliga dastlab davlat boshqaruv shakli kiradi va daqvlat boshqaruv shakli 2 turga bolinadi: monarxiya va respublika. Monarxiya ― davlat boshlig’i monarx, ya’ni bu tuzumda davlat boshqaruvi sulolaviy va merosiy hisoblanadi. Bunda taxt avloddan avlodga o’tadi. Monarxga davlatni boshqarishda muddat qo’yilmaydi, u taxtga o’tirgan kundan boshlab vafot etguncha yoki is’tefoga chiqib o’zidan keyingi vakilga hokimyatni topshirguncha hukmronlik qiladi. Monarxiyni o’zi ham bir necha turlarga bo’linishi mumkin, masalan: konstitutsiyaviy monarxiya, absolut monarxiya va teokratik monarxiya, dualistic monarxiya. Bu haqda ko’p gapirish mumkin ammo biz bu haqda yuqorida to’liq ma’lumot berganmiz. Respublika ― bu tuzumda davlat boshlig’i va oliy hokimyat organlari muayyan muddatga saylab qo’yiladi. Davlat boshlig’i va saylab qo’yiladigan organlar saylovchilar oldida ma’sulligi hamda ularning muayyan muddatga saylab qo’yilishi va tayinlanadi. Davlat boshlig’i qonunda belgilab qo’yilgan holatlarda yuridik jihatdan javobgar hisoblanadi. Davlat hokimyatini davlat boshlig’i nomidan emas, xalq nomidan olib boradi. Fuqarolar huquq va erkinliklarning davlat tomonidan himoya qilinadi. Respublika ham bir necha turlarga bo’linadi, masalan: sotsialistik respublika, parlamentar respublika, prezidentlik respublikasi, aralash respublika. O’zbekiston davlat boshqaruv shakliga ko’ra prezidentlik respublikasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida president davlat boshlig’I hisoblanadi. Hukumat va ijro etuvchi hokimyat boslig’I esa Bosh Vazir hisoblanadi. Bu haqda yuqorida to’liq ma’lumot berib o’tganmiz. Endi esa davlat tuzilish shaklini muhokama qilamiz. O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilish shakli haqida ma’lumot berishimiz uchun dastlab biz “ Davlat tuzilish shakli” tushunchasi nima ekanligini bilib olishimiz kerak. Davlat tuzilish shakli ― bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzulish bo’lib, markaziy va mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarini tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir. Davlat tuzilish shakliga ko’ra oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ga bo’linadi. Unitar tuzilishidagi davlat yagona bo’lib, u tarkibiy qismlari suvererenitet belgilariga ega bo’lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo’ladi. Umuman olganda unitar, federativ, konfederativ davlat tuzilishiga yuqorida to’liq ta’rif berilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilish shakliga keladigan bo’lsak bizning davlatimiz unitar respublika hisoblanadi. Bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak, qoidasiga ko’ra unitar davlat suveren bo’lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo’lishi kerak. Ammo O’zbekiston Respublikasi tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi suveren hisoblanadi. Bu Konstitutsiyamizning XVII bobi, 70-moddasida o’z ifodasini topgan: “Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi”. Bundan ko’rsak bo’ladiki davlatimiz tuzilish shakli unitar hisoblansa ham federative belgisi bor. Endi esa ohirgisi ya’ni siyosiy rejim haqida suhbatlashamiz. Dastavval siyosiy rejim o’zi nima ?, nima uchun kerak ? kabi savollarga javob berganimizdan so’ng O’ zbekiston Respublikasi siyosiy rejimi haqida fikr yuritamiz. Siyosiy rejim ― bu siyosiy hokimyatni amalga oshirishda qo’llaniladigan usul, uslub va vositalar yig’indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimyatining aholi bilan o’zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo’ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o’z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo’yicha amalda qanday rol o’ynaydi degan savollarga javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning ko’p asrlik tarixida ma’lum bo’lgan siyosiy rejimlarning bir qator turlarini ajratib ko’rsatadi. Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil ko’rinishdagi, ya’ni demokratik va nodemokratik turlarga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasi siyosiy rejimiga to’xtaladigan bo’lsak davlatimiz demokratik rejimdagi davlat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi siyosiy rejimi haqida bu yerda kam gapirdik chunki yuqorida to’liq ma’lumot berib o’tganmiz. Download 113.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling