O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Toshkent Davlat Transport Universiteti


Davlat shakllarining rivojlanishi va o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 113.99 Kb.
bet3/15
Sana03.04.2023
Hajmi113.99 Kb.
#1322657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Suhrob kurs ishi DHN

1.2 Davlat shakllarining rivojlanishi va o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar.


Davlat shakllarining rivojlanishi va oʻzgarishiga quyidagi omillar taʼsir etadi:
ijtimoiy-iqtisodiy, maʼrifiy-madaniy muhit;
– tarixiy, milliy va diniy anʼanalar, urf-odatlar;
– tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar;
– siyosiy kuchlarning oʻzaro nisbati;
– jamiyatni gʻoyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi. 21



II. Davlat boshqaruv shakli turlari.

2.1. Davlat boshqaruv shaklining turlari, tuzilishi va muhim elementlari.


Boshqaruv shakli kategoriyasi oliy organlar qanday tashkil topishini, ularning vazifalari nimadan iborat ekanligini, qanday asoslarda o'zaro ta'sir etishini ko'rsatib beradi. Boshqaruv shakli, shuningdek, davlat hokimiyatini shakllantirishda aholining qatnashishi yoki qatnashmasligini, ya'ni ular demokratik yo'l bilan yoxud nodemokratik yo'l bilan tashkil topganini bildiradi.
Avval-boshdanoq davlatni nazariy jihatdan idrok etishda boshqaruv shakli alohida o'rin tutishini ta'kidlashni istardik. Qonuniyat shuni taqozo etadi. Davlatga uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishini aynan shu shakl belgilab beradi. Bu masala insoniyatni juda qadim zamonlardan to'lqinlantirib keladi. Arastuning o'zi, undan keyin Aflotun ham qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarishning xilma-xil shakllarini o'rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday boshqarishi, ya'ni boshqaruv shakli mezoni bo'yicha davlatlar tasnifini ishlab chiqishga urinishgandi.22
To'la asos bilan aytish mumkinki, ko'p asrlar davomida nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur namoyondalari ko'plab, ba'zan bir-biriga sira o'xshamaydigan davlatlarni zo'r berib o'rganishni davom ettirib keldilar. Ular o'z izlanishlarida davlat shakllaridagi eng muhim jihatni ajratib olib, ularni tasvirlab berish, tahlil etish, baholash va iloji bo'lganda bu shakllarni rivojlantirish istiqbollarini oldindan aytib berishga urinardilar. Avgustin, Forobiy, Gobbs, Monteske, Lokk, Russo, Radishchev va boshqalarning asarlarida davlat shakllari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va tizimlash, ularning vujudga kelish va rivojlanishining tub ildizlariga yetib borishga harakat qilingandi.23
Aynan shuning uchun ham, agar Arastu va Aflotun davrlarida nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur boshqaruvning u yoki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga urinib, asosan, boshqaruv xilma-xil shakllarini tasvirlash yo'lidan borgan bo'lsa, XX asrda siyosiy-huquqiy tafakkur mirksistik nazariya doirasida boshqaruv shaklini (formasiyadan kelib chiqqan holda) davlat turi bilan, jamiyatning sinfiy tarkibi, iqtisodiy bazisi kabilar bilan bog'lab tushuntirishga intildi. Boshqaruv shaklini (biz yuqorida aytib o'tgan davlat shakli uch qismidan birini) aniqlashda marksistik nazariya davlat hokimiyati u yoki bu tuzilishini tavsiflovchi ijtimoiy-sinfiy belgisini asosiy belgi sifatida ajratib ko'rsatardi. U boshqaruv shaklini mazkur davlatning ijtimoiy-sinfiy mohiyatining, siyosiy mazmunining, sinfiy kuchlar amaldagi nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta'riflardi. Bu shaklga ko'ra respublika sinfiy kuchlarning bir xil nisbatida paydo bo'lsa, monarxiya boshqa nisbatida vujudga keladi

Albatta, jamiyatning sinfiy tuzilishi, sinfiy manfaatlarning to'qnashuvi, sinfiy kuchlar nisbatini hech kim inkor etmaydi, ular hayotda mavjud bo'lib, davlat tuzilishiga, eng avvalo, hokimiyat tizimi qanday shakllarda tashkil topgani va amal qilishiga, davlatni kim boshqarishiga ta'sir etadi. Biroq, ayni paytda, davlat sinfiy belgisi ahamiyatini bo'rttirib yuborishning ham hojati yo'q. Biz yuqorida bunday yondashuv metodologik jihatdan noto'g'ri bo'lib, aksariyat hollarda ko'pgina masalalarni tushuntirib berishda qiyinchiliklar tug'dirishini misollar bilan izohlab o'tgan edik. Yana bir bor shu masalaga to'xtalamiz.


Bunday yondashuvda boshqa bir qancha omillar: tarixiy an'analar, milliy ruhiyat, diniy ong, madaniy muhit, jamiyatni o'ta g'oyaviylashtirish, siyosiylashtirish darajasi, ekologiya va boshqa ko'plab omillar masalani o'rganish doirasidan tashqarida qolib ketadi.24
Hozirgi vaqtda fanimiz, shu jumladan davlat va huquq nazariyasi jamiyat rivojining marksistik ta'limoti umumiy inqirozi bilan bog'liq metodologik inqirozdan asta-sekin xalos bo'lib bormoqda. Bu — davlat tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida boshqaruv shaklini yanada chuqurroq va asosliroq tushunish, ushbu shakllarning chuqur o'ylangan tasnifini taqdim etish, ular rivojining real istiqbollarini oldindan aytish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta'rifini taklif etamiz:
Boshqaruv shakli – aniq bir davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta'rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo'lsak, u quyidagicha ma'no kasb etadi: boshqaruv shakli oliy hokimiyatni, boz ustiga, uning oliy va markaziy organlarini, tarkibini, vakolatini, shu organlarni tashkil etish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasini, bu organlar vakolati muddatlarini nazarda tutadi.25
Boshqaruvning qadim-qadimdan insoniyatga ma'lum bo'lgan shakllari monarxiya va respublikadir. Shu munosabat bilan Arastu o'z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga bo'lganligini eslash o'rinlidir.
Qadimgi yunon faylasufining shu qadar uzoqni ko'ra bilish qobiliyatiga tan berish kerak! Zero, hozirgacha boshqaruv shakli oliy hokimiyat bir kishi tomonidan amalga oshirilishi (monarxiya) yoki u saylab qo'yiladigan vakolatli kollegial organ (respublika)ga taalluqliligiga qarab bo'linadi.
Monarxiya» («monos» – bir, «arxe» – hokimiyat) atamasi yunoncha so'z bo'lib, «yakkahokimlik», «yagona hukmdor» ma'nolarini bildiradi.
Monarxiya boshqaruv shakli sifatida o'zining aniq yuridik belgilariga ega. Monarx davlatning jonli timsoli bo'lib, tashqi va ichki siyosat bobida davlat boshlig'i sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida, fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Monarxlar — Fransiya qirollaridan biri: «Davlat — mening o'zimman», deb bejiz aytmagan. Biroq bu aksariyat hollarda masalaning faqat yuridik tomonini anglatar, amaldagi ahvolni ifodalay olmasdi.
Monarx tanho hukmdorlik qilardi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o'zi hal etarkan, degan ma'noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko'psonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishardi. Ayni paytda, eng muhim, asosiy davlat ishlari bo'yicha monarxning o'zi hukm chiqarishiga to'g'ri kelardi. U butun hokimiyatning to'la sohibidir. Monarx hokimiyati oliy hokimiyat bo'lib, mustaqildir. U – davlatdagi oliy hokimiyatdir.26
Odatda, monarxning hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinib, din og'ushida hisoblanar edi.
Albatta, shularning barchasiga qaramay, monarxning xalqaro, siyosiy va milliy kuchlar ta'sirini his etmasligi mumkin emas. Lekin ba'zan monarx hukmi tasodifiy, subyektiv omillarga bog'liq bo'lib qoladigan hollar ham uchraydi (buni ham tushunsa bo'ladi – axir monarx ham odam, insonlarga xos xususiyatlarning hammasi unga ham begona emas).
Monarxiya hokimiyati voirslik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo'lib o'tadi. Hokimiyatning bir shaxsdan ikkinchisiga o'tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo'lmaydi. Monarx muddatsiz va umrbod hokimiyat egasidir. Lekin bundan monarxni faqat tabiiy o'limgina hokimiyatidan ajratar ekan-da, deb xulosa chiqarish xato bo'lardi. Monarxlar ag'darib tashlangani, o'ldirilgani, boshqa kishilar bilan almashtirilganiga tarixda misollar ko'p.
Monarx mas'uliyatdan xoli kishi hisoblanadi, ya'ni u o'z boshqaruvi natijalari uchun aniq yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Darvoqe, tarixda xalq monarxni javobgarlikka tortgan holatlar haqida ko'pdan-ko'p misollar mavjud (jumladan, inqiloblarni eslaylik).
Monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri Yangi davr arafasiga to'g'ri kelib, bu vaqtda uning boshqaruvning respublika shaklidan farqlari ko'zga tashlana boshlagandi, mutlaq (cheklanmagan) va cheklangan monarxiya ko'rinishlari o'rtasidagi farqlar aniq bilinib qolayotgandi. SHuning uchun ham keyinchalik nazariyada cheklanmagan, yoki mutlaq monarxiyalar (mutlaqlashgan va ularga yondosh monarxiyalar) bilan cheklangan (konstitusiyaviy) monarxiyalar farqlanadigan bo'lgan.27
Mutlaq monarxiya shaklidagi boshqaruvning asosiy belgisi – monarxning to'la hokimiyatini cheklaydigan biron-bir davlat organining yo'qligidir. Monarxiyaning yuridik xususiyatlariga quyidagilar nihoyatda xos:
-Hokimiyatdan muddatsiz, ya'ni umrbod foydalanish
-Taxtni meros sifatida yoki qarindoshlik huquqi bo'yicha egallash;
-Tashqi aloqalarda kafolat (mandat) asosida emas, o'z shaxsiy huquqi bo'yicha vakillikni amalga oshirish;
-Davlat boshlig'i javobgarligining yo'qligi (faqat xudo oldida mas'ullik)dir.28
Bunday sharoitlarda (zarurat yo'qligi tufayli) tabaqaviy, vakillik muassasalari yo'qolib ketadi yoki to'la tanazzulga yuz tutadi, xalqning siyosiy va ijtimoiy huquqsizligi odatiy holga aylanadi.
Cheklanmagan (mutlaq) monarxiyada monarx davlatning yakka-yu yagona oliy organi hisoblanadi.
Mutlaq monarxiya uchun hokimiyat bo'linishi prinsipi butunlay yot narsa. Shuning uchun ham butun oliy davlat hokimiyati vakolatlarini o'z qo'liga oladi. U yakka-yu yagona yoki oliy qonun chiqaruvchi – faqat uning irodasi bilangina normativ hukm-farmonlar qonun kuchiga ega bo'lishi mumkin. SHunday qilib, u qonun chiqaruvchi vazifasini ham bajaradi (monarx irodasi – huquq manbai, qonun; davlatpanoh esa – o'z ishlari haqida dunyoda hech kimga javob bermasligi kerak bo'lgan tanho hokimlik qiluvchi monarx), ijro etuvchi hokimiyat organlariga rahbarlik ham qiladi, odil sudlov ishini nazorat ham etadi. Mutlaq monarxiya feodal tarqoqlikka uzil-kesil barham berilganidan keyin markaziy davlatning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan feodal davlat rivojining so'nggi bosqichi uchun xarakterlidir. Hozirgi vaqtda O'rta Sharqning ba'zi monarxiyalari (Saudiya Arabistoni, Ummon Sultonligi, Baxrayn, Qatar va boshqalar) mutlaq monarxiyaga mansubdir.29
Shu bilan birga, cheklanmagan (mutlaq) monarxiyani boshqaruv shakli sifatida istibdod – davlatga zid kuch ishlatuvchi hokimiyatdan ajrata bilish kerak. Cheklanmagan monarxiyada tanho hukmdor cheklanmagan tarzda va qandaydir boshqa davlat organlaridan mustaqil ravishda davlat hokimiyati vakolatlaridan foydalanadi. Masalan, bu yerda parlament faqat monarx irodasi bilangina chaqirilishi mumkin, parlament qarorlari esa monarxning roziligisiz biron-bir kuchga ega bo'lmaydi. Biroq bunday monarx amalga oshirayotgan davlat hokimiyati cheklanmagan hokimiyat bo'la olmaydi.
Cheklanmagan monarxiyada davlat hokimiyati eng kam darajada bo'lsa-da, har qalay, jamiyat bir qismi, erkinligi, masalan, oliy tabaqalar imtiyozlari bilan cheklangan bo'ladi. SHu jihatdan olib qaraganda: «Qirol hokimiyati lozim darajada cheklab qo'yilsa, boshqaruvning monarxiya shakli ham to'liq konstitusiyaviy bo'lishi mumkin» – degan nuqtai nazarga qo'shilmaslikning iloji yo'q.
Cheklangan monarxiya turli tarixiy davrda turli ko'rinishga ega bo'lgan. Qizig'i shundaki, Arastu ruhiy asoslardan kelib chiqib, monarxiyalarni «to'g'ri» boshqaruv shakliga ega bo'lgan monarxiya va mabodo monarx barchaning manfaatlari o'rniga o'zining g'arazli, shaxsiy manfaatlarini ko'zlab, boshqarishda zulmni qo'llaydigan bo'lsa — «noto'g'ri» (zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni alohida ajratib ko'rsatgandi. Hozirgi zamon olimlari yuridik asoslarnigina hisobga olishadi. Ularga ko'ra, cheklangan monarxiya (feodalizm davrida) tabaqaviy-vakillik hamda konstitusiyaviy monarxiyaga bo'linadi. Konstitusiyaviy monarxiya o'z navbatida dualistik va (kapitalizm davrida) parlament ko'rinishlariga ega.
Konstitusiyaviy monarxiya burjuaziya jamiyatining shakllanish davrida paydo bo'lgan. U shunday boshqaruv shaklidan iboratki, bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan cheklangan bo'ladi. Bu esa parlament tasdiqlaydigan konstitusiyada mustahkamlanadi. Uni o'zgartirishga monarxning haqi yo'q. SHu asosda dualistik hokimiyat ikki taraflama xususiyatga ega bo'lishini tushunib olishimiz mumkin (mazkur so'zning tarjimasi ham shundan guvohlik berib turibdi).
Amaldagi mavjud va yuridik hokimiyat monarx shakllantiradigan hukumat bilan qonunchilik organi sifatida maydonga chiquvchi parlament o'rtasida bo'linadi. Mamlakatni boshqarish monarx ixtiyorida bo'lib, vazirlar unga hisob berib turadilar. Hukumat parlamentning partiyaviy tarkibiga bog'lanmagan holda shakllantiriladi. Boshqaruv dualizmi (ikki taraflamaliligi) shundan iboratki, masalan, monarx feodallar manfaatlarini, parlament esa burjuaziya va boshqa tabaqalar manfaatlarini ifodalaydi. Dualistik monarxiya (masalan, XIX-XX asrlardagi Shimoliy Germaniya ittifoqi, Germaniya imperiyasi, Avstro-Vengriya) da qonun chiqaruvchilik hokimiyatini xalq tomonidan saylanadigan parlament amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyatni esa monarx oldida mas'ul bo'lgan hukumat bajaradi. Bu yerda monarx hokimiyati parlamentning davlat byudjetini qabul qilish imtiyozi bilan jiddiy ravishda cheklangan deyish mumkin. Lekin hukumat bilan parlament o'rtasida mojaro kelib chiqqan kezlarda monarx o'zi shakllantiradigan hukumat tomonida bo'ladi. Jumladan, janjalli vaziyatlarda u o'ziga yoqmagan parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Hukumat esa to yangi parlament saylanguncha amalda qonunchilik ishlarini bajaradi. Monarxning parlamentni tarqatib yuborish huquqi cheklanmaydi.30
Bunday boshqaruvga Prussiya, Italiya, Ruminiya (o'tmishdagi) davlatlari misol bo'la oladi. Hozirgi vaqtda boshqaruvning bu shakli o'z umrini yashab bo'lgan.
Parlamentli monarxiya – boshqa masala. Parlamentli monarxiya mamlakatlari (hozirgi Angliya, Belgiya, Norvegiya, SHvesiya) da qirol shohlik vazifasini o'tasa-da, mamlakatni to'la ma'noda boshqarolmaydi. Hukumat parlament tomonidan saylovlarda ko'p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib shakllantiriladi. Eng ko'p deputatlik mandatlariga ega bo'lgan partiya rahbari hukumat boshlig'i bo'ladi. Qonun hujjatlari parlament tomonidan qabul qilinib, rasman monarx imzolaydi. SHunday qilib, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud sohalarida monarx hokimiyati ramziy ma'noga ega. Lekin yuqorida zikr etilganlardan monarx faqat sof ramziy shaxsga aylanib qoladi, degan ma'no kelib chiqmaydi. Bu mustabid sho'ro tuzumi davriga oid xatodir, u paytda monarxiya umri tugab bo'lgan bir narsa sifatida ro'yxatdan chiqarib yuborilgandi. Agar shunday bo'lsa, yuz ming yillab yashab kelgan boshqaruvning bu shakli hozirgacha ba'zilarning e'tiborini tortib kelayotganini qanday izohlash mumkin?

Chunonchi, 1975 yili Ispaniya xalqi plebessit (referendum)da monarxiyani qaror toptirishga ovoz berdi. SSSR barham topishi bilan ko'pchilik respublikalar (jumladan, Rossiya bilan Ukraina) da monarxiyaning qayta tiklanishi ehtimoli haqida gaplar bo'ldi. Albatta, buni izohlashning qiyin joyi yo'q. Mashaqqatli damlarda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda hukm surayotgan beqarorlik sharoitlarida aksariyat odamlar hokimiyat tepasiga monarxning — «millat otasi»ning, «millatlar yakdilligi ram-zi»ning kelishiga umid bog'lay boshlaydilar. Biroq bunda faylasuf I.A. Ilinning haqqoniy ta'kidlashiga ko'ra, monarxiya diniy ildizlarga asoslangan boshqaruvning «jonli» shakli hisoblanadi, shuning uchun ham maxsus ijtimoiy-ruhiy muhitni taqozo etadi. Uni dekret bilan joriy etish, yana ham muhimrog'i, tasodifiy bir shaxsni monarx deb e'lon qilish mumkin emas.31


Shunday qilib, monarxiya ming yillar davomida boshqaruvning hukmron shakli sifatida amal qilib keldi. O'ziga xos shakllarda u bugunda ham dunyoning uchdan bir qism mamlakatlarida (masalan, Buyuk Britaniya, Shvesiya, Daniya, Ispaniyada) saqlanib kelmoqda.


Respublika (lotincha Respublika – jamoa ishi) – davlat hokimiyati aholi muayyan muddatga saylab qo'yadigan organlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv shaklidir. Respublika ham monarxiya singari muayyan tarixiy xususiyatga ega. Boshqaruvning respublika shakli bir qancha turlari mavjudligi tarixdan ma'lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq namoyon bo'la boshlagan edi.
Demokratik respublika Afina davlatida (miloddan avvalgi V-IV asrlar) mavjud bo'lgandi. Buni jamiyatning ijtimoiy tarkibi, quldorlikning shu yerga xos xususiyati, ya'ni ozod afinaliklarni qulga aylantirishning istisno etilganligi, quldor jamoalar bo'lganligi, davlat boshqaruvining samarali tizimi mavjudligi bilan izohlash mumkin edi.
Sparta (miloddan avvalgi V-IV asrlar) va Rim davlati (miloddan avvalgi V-II asrlar) aristokratik respublikalar hisoblanadi. Davlat sifatida u ko'proq aholining aristokratik qismi manfaatlarini ifodalardi.
Kapitalizm davri parlamentar respublika (parlament respublikasi) hamda prezidentlik respublikalarini vujudga keltirdi.
Parlamentar respublikalarning boshqa boshqaruv shakllaridan farq qiluvchi xususiyati hokimiyat pog'onalarida kelishmovchiliklarning bo'lmasligidadir. Zero, ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i (bosh vazir) va uning mahkamasi parlament, to'g'rirog'i, parlament a'zolarining ko'pchiligi tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Hukumat qonun chiqaruvchilarning ko'pchiligi qo'llab-quvvatlab turgan muddatlardagina o'z vazifalarini bajara oladi. Bunday ko'pchilikdan mahrum bo'lganda esa mazkur hukumat iste'foga chiqishga majbur bo'ladi. Odatda, parlament respublikalarida prezident katta rol o'ynamaydi: ijro etuvchi hokimiyat go'yo qonun chiqaruvchi hokimiyatning davomi sifatida ish olib borishi tufayli hokimiyat tarmoqlari o'rtasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan ixtiloflarning oldi olinadi.
Biroq parlament respublikasi ham kamchiliklardan xoli emas. Partiya tizimining o'ta mayda bo'laklarga bo'linib ketganligi shunday kamchiliklardan biridir. Mazkur holat parlament koalisiyalarining ham maydalashuviga, bu esa o'z navbatida hukumatning beqarorligiga olib keladi. Muayyan sharoitlarda, hatto, ozchilikni tashkil etuvchi ekstremistik partiyalar ham parlament ko'pchiligi koalisiyasining bir qismi bo'lib qolishi mumkin. Bu esa mamlakatga hokimiyatning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi tarmoqlari o'rtasidagi ziddiyatlardan kam bo'lmagan jiddiy salbiy oqibatlarni keltirishi mumkin.32

Parlament mamlakatlarida hokimiyat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlarining bo'linishi fonida hokimiyat tarmoqlarining faqat institusional bo'linishini ko'rish mumkin: qonun chiqaruvchi institut – parlament mavjud hamda ijro etuvchi hokimiyati – hukumat bor. Lekin bu yerda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlariga funksional hamda maxsus bo'linishini ko'rmaymiz. O'zingiz o'ylab ko'ring, Bosh vazir ham, odatdagidek, hukumatning boshqa barcha a'zolari ham bir vaqtning o'zida parlament quyi palatasi deputatlari hisoblanishadi. «Prezident esa amalda unda ancha kamtarin o'rinni egallaydi. U yoki parlament, yoki saylovchilar yig'ilishi, yoki bevosita xalq tomonidan saylanishi mumkin. Uning siyosiy obro'si saylovlarning xarakteriga bog'liq bo'lmaydi va parlament monarxiyalaridagi davlat boshliqlarining funksiyalaridan kam farq qilgan holda, odatda, vakillik funksiyalari bilan cheklanadi».33


Shuning uchun ham parlament saylovlarida aslida bo'lajak hukumatga ham ovoz beriladi. Qonun chiqaruvchi va hukumat siyosatini bu yerda parlament saylovlarida g'olib chiqqan partiya, to'g'rirog'i — parlamentning quyi palatasini nazorat qiluvchi va hukumatni shakllantiruvchi partiya elitasi belgilaydi. Siyosiy partiyalarning shu darajadagi muhim roli parlamentar mamlakatlarni «partiyalar davlati» sifatida tavsiflash imkonini beradi. 34
Shuning uchun ham parlamentar respublikada shu parlament oddiy ko'pchiligi kuchi bilan mustabid tuzumni yaratish ehtimoli istisno etilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv parlament shaklining samaradorligi va barqarorligi parlamentdagi o'rinlar uchun kurash olib boruvchi siyosiy partiyalar tabiatiga bevosita bog'liqdir. Prezidentlik respublika boshqaruv shakli sifatida, birinchi navbatda, saylab qo'yilgan davlat boshlig'i bir vaqtning o'zida hukumat rahbari ham bo'lishi bilan farq qiladi. Prezidentning o'zi parlament roziligi bilan shu hukumatni tuzadi va zarurat tug'ilgada uni tarqatib yuborish huquqiga ega bo'ladi. Butun xalq tomonidan saylangan prezident umummilliy manfaatlar ifodachisi, millat ramzi bo'lishi (har qalay shunday bo'lishi kerak ham) boshqaruv prezidentlik shaklining ijobiy tomonidir. Mazkur shakl butun vakolatni bir shaxsga beradi va u favqulodda holatlarda mas'uliyat va rahbarlikni o'z qo'liga oladi. Boshqaruvning prezidentlik shakli, odatda, parlament shakliga nisbatan yuqoriroq darajadagi siyosiy barqarorlikni ta'minlaydi. Zero, hukumat (prezident) konstitusiyada belgilab qo'yilgan qat'iy muddatga saylanadi. Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. Boshqaruvning parlament shaklidan farqli o'laroq, u hokimiyatning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi tarmoqlari o'rtasidagi ziddiyat va mojarolarni, shuningdek, konstitusiyaviy inqiroz ehtimolini istisno etmaydi35. Bunday vaziyat, chunonchi, prezident bilan parlament ko'pchiligi boshqa-boshqa partiyalar, siyosiy oqimlarga mansub bo'lgan vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin. Shuni ham ta'kidlash kerakki, prezidentlik instituti vakolatlari deyarli barcha davlatlarda bir xil bo'lsa-da, ularni amalga oshirishda katta farqlar mavjud. Prezidentlarning quyidagi vakolatlari mavjud: mamlakat ichki va tashqi siyosatida davlatni namoyish etish bo'yicha vakolatlari; prezidentlik institutining qonunchilik tashabbusi bo'yicha vakolatlari; hukumatga nisbatan vakolatlari; davlat organlarini shakllantirish va kadrlar siyosati bo'yicha vakolatlari; huquqiy hujjatlar, normativ aktlar yaratish bo'yicha vakolatlari; favqulodda vaziyatlar bo'yicha vakolatlari; harbiy siyosat sohasidagi vakolatlari; shaxsning huquqiy maqomini aniqlash sohasidagi vakolatlari; xalqaro munosabatlar bo'yicha vakolatlari. Bundan tashqari, prezidentlik institutiga nisbatan konstitusiyalarda vakolatlar bilan birga, ma'lum bir javobgarlik va taqiqlar ham mavjud: boshqa lavozimlarni egallashning man etilishi; boshqa faoliyat bilan shug'ullanmaslik; badiiy, ilmiy, adabiy faoliyat uchun qalam haqi olmaslik; ayrim mamlakatlarda prezident mamlakat hududidan faqat parlament ruxsati bilan chiqishi mumkinligi; konstitusiya va qonunlarni bila turib buzish, og'ir jinoyatlarni sodir etish, korrupsiya, davlatga xiyonat qilish kabi xatti-harakatlarga javobgarlik shular jumlasidandir.36

Shunday qilib, boshqaruvning parlament va prezidentlik shakllaridan birini tanlash yagona, ammo beqaror rahbariyat (parlament boshqaruvi) bilan barqaror, lekin ikki hokimiyat o'rtasidagi ixtiloflarni istisno etmaydigan rahbariyatdan birini tanlash degan ma'noni anglatadi.


Aslida, «Prezidentni saylashning eng maqbul uslubining o'zi bormikan?» Ularning har biri o'zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Shu munosabat bilan prezidentlik saylovlarining ahamiyati ortib boradi. To'g'ridan-to'g'ri saylovlar eng sodda va demokratik saylovlardir. Bundan tashqari, prezidentlik hokimiyati qonunchilik hokimiyatiga nihoyatda qaram bo'lib qolishi ham mumkin (masalan, favqulodda holat sharoitlarida prezidentni ikkinchi muddatga qayta saylash tartibini olib ko'ring).
Shuni alohida qayd etib o'tish kerakki, davlat boshqaruv tizimi qotib qolgan emas, balki tarixiy taraqqiyot jarayonida muqarrar ravishda o'zgarib, yangilanib turadi. Ayni paytda dunyodagi davlatlar boshqaruv shakllari ko'p ming yillik tarixga ega bo'lib, jamiyat taraqqiyoti asosida takomillashib, mazmun jihatidan mukammallashib borgan. Buni O'zbekiston davlat boshqaruvi misolida ko'rish mumkin. Konstitusiyamizga muvofiq O'zbekiston Respublikasida davlat hokimyatini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri – xalq xokimiyatchiligidir. Respublikada xalq davlat xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidirr. Xalq davlatni boshqaruvni bevosita yoki saylab qo'yilgan o'z vakillari orqali amalga oshiradi.
Shu o'rinda istiqlol bois O'zbekiston davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllantirila boshlanganligini alohida e'tirof etish lozim. «Prezidentlik boshqaruv usuli – shu tizimning o'zagidir».37
Darhaqiqat, jahon tarixiy tajribasi prezidentlik respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul, xalq manfaatlari – ehtiyojlariga javob beradigan qulay shakllaridan biri ekanligini ko'rsatib turibdi.
O'zbekistonda joriy etilgan davlat boshqaruvining prezidentlik shaklining mazmun-mohiyati, asosiy prinsiplari, o'ziga xos xususiyatlari, Prezidentning huquqiy maqomi, vakolatlari mamlakatimiz konstitusiyasida, 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonunda bayon etilgan.
Aralash respublikalar (Fransiyada beshinchi respublika, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropaning totalitar tuzumidan keyingi ko'pchilik mamlakatlari) o'zida prezidentlik va parlamentar respublikalar institutlarini mujassam etadi. Ijro etuvchi hokimiyat vakolatlariga ega bo'lgan va xalq tomonidan saylanadigan prezident instituti prezidentlik-respublika boshqaruv shaklidan o'zlashtiriladi. Parlamentar respublika shaklidan esa bosh vazir yetakchilik qiladigan hukumatning parlament oldidagi mas'ulligi olinadi. Ijro etuvchi hokimiyatning bunday tizimi bisefal («ikki boshli») hokimiyat deb ataladi. Mabodo, prezident va parlament ko'pchiligi bir partiyaga (koalisiyaga) mansub bo'lishsa, u holda prezidentning o'zi hukumatni shakllantiradi va amalda uning boshlig'i bo'lib qoladi. Agar ular turli partiyalarga mansub bo'lsalar, u holda prezident parlament ko'pchiligi boshlig'ini bosh vazir etib tayinlashga majbur bo'ladi. Bunda prezident va hukumatning birga yashashi, ya'ni hamxonaligi deb ataladigan vaziyat yuzaga keladi. Bunday vaziyatda u siyosiy jihatdan nisbatan zaif bo'ladi, lekin, shunga qaramay, hukumat prezident fikri bilan hisoblashishga majburdir.38
Chunonchi, Fransiyada prezident «hamxonalik» vaziyatida ham mustaqil vakolatlarini saqlab qolgan muhim siyosiy arbob bo'lib qolaveradi. U oliy bosh qo'mondon hisoblanadi, referendum o'tkazish haqida qarorlar qabul qiladi, eng muhimi — qonunchilik predmeti bo'la olmaydigan masalalar yuzasidan tartibga soluvchi hujjatlarni e'lon qiladi. Darvoqe, bu hujjatlar bosh vazir tomonidan, zaruriy hollarda esa — mas'ul vazirlar tomonidan nazorat qilinadi. Natijada bu hujjatlar, prezident fikrini hisobga olgan holda, hukumat e'lon qilgan hujjat bo'lib chiqadi. Lekin, nima bo'lganda ham, «hamxonalik» vaziyatida prezident va hukumat bir-birlarining manfaatlari bilan hisoblashishga majbur bo'ladilar.39
Agar aralash respublikada prezident va parlament bir-biriga nisbatan muxolifatda bo'lmasa, «partiya» hokimiyati tarkib topib, unda bosh rolni prezident o'ynaydi. Mabodo, ular bir-biriga muxoliflik qilsa, unda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlarga bo'linishining o'ziga xos ko'rinishi yuzaga keladi. Bunda ijro etuvchi hokimiyatni prezident va parlament oldida mas'ul bo'lgan hukumat amalga oshiradi, lekin, ayni paytda, u prezident fikrini hisobga olishga majbur. Hokimiyat bo'linishining bu turida hukumat boshqaruvning parlamentar respublika shakli amal qiladigan mamlakatlarga nisbatan parlamentga kamroq tobe bo'ladi.

Totalitar (sosialistik) respublika boshqaruv usuli boshqarishning maxsus shakli bo'lib, u bir qator mamlakatlarda totalitar inqiloblar – to'ntarishlar natijasida vujudga kelgan. Marksizm nazariyotchilari fikriga ko'ra, u ishchilar sinfi boshchiligida to'la-to'kis xalq hokimiyatini ta'minlaydigan chinakam demokratik respublika bo'lishi kerak edi. Boshqaruvning mazkur totalitar shaklining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:


- hokimiyat oliy va mahalliy organlarining demokratik markazlashuv (syentralizm) tamoyillari asosida yagona vakillik tizimiga qo'shilib ketishi;
- davlat hokimiyati asosini tashkil etuvchi vakillik organlarining yetakchi mavqei;
- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'naviy jarayonlariga yagona rahbarlikni amalga oshirish. Bu moddiy va ma'naviy boyliklarni taqsimlash ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish imkonini beradi;
- ishchilar sinfi va uning partiyasining ijtimoiy hayotdagi va davlat hayotidagi rahbarlik roli;
- hokimiyatning tarmoqlarga bo'linish zaruratini inkor etish.
Odatda, boshqaruv totalitar respublika shaklining uch ko'rinishi: Parij kommunasi, sho'ro respublikasi va xalq-demokratik respublikasi (xalq respublikasi) qayd etiladi. Ular asosida esa proletariat – yo'qsillar sinfi diktaturasi prinsipi yotadi.40
Yana bir jihatga e'tiboringizni jalb etishni istardik: har qanday boshqaruv shaklini birdek baholash mumkin emas. Albatta, respublikalar, umuman olganda, monarxiyaga qaraganda boshqaruvning ilg'or shaklidir. Ayni paytda shunday vaziyatlar ham vujudga kelishi mumkinki, unda monarxiya u yoki bu jamiyatni barqarorlashtirishi mumkin bo'ladi. O'z navbatida, boshqaruvning respublika shakli monarxiya sulolalarini o'rnatishga debocha bo'lishi ham mumkin. CHunonchi, respublika shaklidagi davlatlarda totalitar tuzum sharoitlarida boshqaruvning monarxiya shakli belgilari namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, davlat boshlig'i (Indoneziyada Sukarno, YUgoslaviyada I. B. Tito)ning almashmay qolishi hollarini eslang. Bu ham yetmaganday, Markaziy Afrika Respublikasining bir umrlik prezidenti Bokassa imperator ham bo'lib olgandi va hokazo.


Download 113.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling