O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti shahar yo’llari va ko’chalari fakulteti
Download 105.2 Kb.
|
23.09.2021 Arxitektura(maruza) qayta topshirish
К1 = (2.2)
1,53аl formuladagi lo‘ va lch – yo‘l o‘ng va chap tomonidagi yon cheklovchilar uzunligining yig‘indisi; ho‘ i hch – yo‘lning o‘ng va chap tomonidagi barcha cheklovlarning o‘rtacha balandligi; a – yo‘l tasmasining kengligi (yon tomondagi ko‘rinish cheklovchilaridan holi); l – yo‘lning ko‘rinadigan qismida (qism chuqurligida) yo‘l sathi ustidagi yon cheklagichlarning, 450 m dan oshmasligi kerak bo‘lgan jami uzunligi. Oddiy (ko‘pincha bo‘ladigan) holatlarda ufqdagi yon cheklagichlarning balandligi nolga teng bo‘ladi. Shunday bo‘lganda h old tomondagi yon cheklagichlarning o‘rtacha balandligiga teng bo‘ladi. Harakat tezligi, diqqat qaratiladigan mintaqa va avtomobil tezligi o‘zgarishini ham hisobga olib haydovchilar ikki ko‘zli nazar bilan qaraydigan maydon o‘rganilganda yo‘l sathi kengligi o‘zgargandek bo‘lib tuyulishi aniqlandi; bu holat yo‘l tasmasi ko‘rinadigan qismining old tomondagi cheti o‘rtadan emas, yon tomondan ko‘rinishi bilan tushuntiriladi, tezlik oshgan sari esa bu holat kuchayadi. Tezligi kam va ko‘rinish yaxshiroq bo‘lgani uchun yuk avtomobillari haydovchilarida bunday ko‘payish kamroq bo‘ladi; yengil avtomobil haydovchilarida esa ko‘proq bo‘ladi. Bu holatni hisoblash uchun (2.1) va (2.2) formulalar maxrajiga tezlik soatiga 80 km/soatgacha bo‘lganda turli avtomobillarda 1,4 dan 1,8 gacha o‘zgaradigan empirik koeffitsient ko‘rsatgichi qo‘shiladi. Bu ko‘rsatgich o‘rtacha 1,6 qilib olinishi mumkin. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, amaliy maqsadda ishlatiladigan formulamiz quyidagicha bo‘ladi: h К = (2.3) 0,6а (hп + hл )(lп + lл ) К1 = (2.4) 2,4аl Yo‘l ko‘rinishi hajm ko‘rsatgichining harakat tig‘izligi kam bo‘lganda (km/soat bilan o‘lchanadigan) harakat tezligiga ta’sir qilishi quyidagi formula bilan topiladi: vлегк = 53+28,4К1 −7,7К12 (2.5) vгруз = 43+16,2К1 − 4К12 (2.6) Yo‘l loyihasi tuzilganda erkin harakat vaqtidagi ko‘rinadigan masofa haydovchining diqqati yig‘iladigan mintaqadan kam bo‘lmasligi kerak va bu masofa (metrda) optimal ko‘rish masafasini bilish uchun ishlatiladigan quyidagi formula bilan topiladi: L=1,5 + 4,3v (2.7) bu o‘rinda v – km/soatdagi harakat tezligini bildiradi. Me’moriy havza chegarasidagi zarur ko‘rinish bilan binolar, yo‘l obodonchiligi inshootlari ko‘rinadigan masofa shunday bo‘lishi kerak. Qaysidir chegaragacha butunning qismlari o‘rtasidagi shakl, rang va o‘lcham kontrastining oshib borishi kompozitsion markaz tomonga bo‘ladigan harakat faolligini oshiradi. Kontrastning haddan oshishi esa yaxlitlikni buzadi, shakl elementlarini tarqatib yuboradi. Ko‘p elementlarni bitta shaklga birlashtirish usullaridan biri ularning maromi bo‘ladi. Marom o‘zgarib borishi (dinamikasi) uchun elementlar ma’lum tartibda ketma-ket bo‘lishi kerak. Ayni damdagi tuyg‘ularimiz oldingi tuyg‘ularimiz bilan solishtirilganda maromni his qilamiz. His qilish oralig‘i vaqt yoki makon bilan ajratilishining ahamiyati bo‘lmaydi va shu sababli ham bu tushuncha yo‘l me’moriy tuzilishining asosi bo‘ladi. Maromga xos bo‘ladigan xususiyat – shakldagi o‘xshash elementlar bilan ularning oralig‘i qaytariladi. Metrik maromda esa bir xil shakllar bir xil oraliqda qaytariladi; u sodda ham murakkab ham bo‘lishi mumkin, qatordagi birlik saqlanishi uchun ba’zi xususiyatlar almashib tursa boshqalari o‘zgarmaydi. Idrokning o‘zgarmasligi yoki makondagi shakl, oraliqlarning o‘zgarmay kamayib borishi ular ma’lum marom bilan joylashganini bildiradi. Bunday vaqtda turli shakl guruhlaridan tuzilgan qatorlar sodda ham murakkab ham bo‘lishi mumkin. Harakat bilan bog‘liq ob’ekt, misol uchun, yo‘l kompozitsiyasi ishlab chiqilganda dinamik barqarorlik bo‘lishiga, asimmetriya qoidasiga ko‘ra qurilgan, yaxlit ob’ekt chegarasidagi elementlar harakati bir tomonga yo‘naladigan kompozitsiya sifatli bo‘lishiga harakat qilinadi. Yo‘lning boshdan oyog‘igacha yoki ma’lum joylaridagina me’moriy asoslangan kompozitsiyalar tuzishning bitta yo‘li – yo‘lni alohida qismlarga bo‘lish bo‘ladi. Yo‘lning me’moriy yopiq makon hosil qiladigan bunday qismlari me’moriy havza deyiladi. Yo‘lning cheklangan joyda me’moriy bezatilib kuzatuvchiga alohida ko‘rinishi bilan ta’sir qiladigan qismi ma’nosini bildiradigan me’moriy havzalar haqidagi tushuncha birinchi marta me’morlar 1960 yili N. V. Ornatskiy va A.N. Kiselyovskiylarning ishlarida yozilgan edi. Lekin bundan ancha oldin, 1938 yili Soldatov shunday yozgan edi: «Yo‘l me’moriy tuzilishida manzara uyg‘unligi bog‘liqliqligining ahamiyati katta bo‘ladi. Bir hillikka o‘xshab har xillik ham idrok o‘tkirligini pasaytiradi, charchatadi. Manzaradagi alohida ko‘rinishlarni bir butun, birbiriga muvofiq qilish uchun ham diqqat kerak. Manzaradagi ko‘rinishlarning mantiqiy bo‘lishi, bog‘liqligi yo‘ldagi ta’sirni muvofiqlashtirish vositasi bo‘ladi, ularni o‘lka, tuman haqidagi tasavvur beradigan qilib birlashtiradi». Makonni me’moriy tashkil qilish uchun muallif yana yo‘l me’morchiligi vositalari bilan dominant (ustun) bilan fonni topish kerakligini ham yozgandi. Har qanday yo‘lning mohiyati – harakat hisoblanadi, lekin yo‘ldagi harakat (vaqt va makondagi) aniq mo‘ljal tomonga bo‘ladi Vaqtda alohida bo‘ladigan yo‘l qismlari makonda bir butun idrok qilinishi uchun yo‘ldagi alohida shakllar, ularning yo‘l shu qismi (me’moriy havza) ansamblidagi o‘rni, makondagi birlik sifatida yo‘l shu qismi yo‘l yuradiganlarga uyg‘un, bir o‘lchamli, bir-biriga bog‘liq bo‘lib ko‘rinishi kerak. Download 105.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling