222
16.12-rasm. Monopsonist mehnat bozori
Demak, monopsonist ishchilar sonini
e
L
dan
C
L
qisqartirib,
ish haqini
e
W
dan
N
W
ga qisqartirishga erishadi. Shunday qilib, monopsonist bir vaqtning o‘zida ham
ishchilar
sonini qisqartirib, ham ish haqini pasaytirib, o‘z
foydasini
N
MCNW
to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan miqdorda oshiradi.
16.4. Minimal ish haqi
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o‘rnatiladi. Ko‘p
hollarda
minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o‘rnatiladi.
Bunday holda umumiy o‘rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash
soni qisqaradi. Minimal ish haqini o‘rnatilishini va uni oshirilishini kasaba
uyushmalari ham ko‘pincha talab qilib chiqadilar.
Minimal ish haqi ko‘proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim
mavjud bo‘ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman,
minimal
ish haqining ortishi, ish bilan band bo‘lgan aholining yuqoriroq daromad
olishini ta`minlaydi.
Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to‘lashning barcha
stavkalari qaytadan ko‘rib chiqiladi va oshiriladi (16.13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: