O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerga talab.
17.5-rasm. Yer taklifi Taklif chizig‘ining absolyut elastik emasligidan shu kelib chiqadiki, uning narxi (bir gektariga) qanchalik oshmasin, yer taklifi o‘zgarmaydi. Yerning real narxi S Q * Bir gektarga so’m gektar P Q, 0 240 qanday bo‘lishini aniqlash uchun unga bo‘lgan talabni tahlil qilish kyerak bo‘ladi. Taklif o‘zgarmasa, bozor narxini o‘rnatilishida talab katta rol` o‘ynaydi. Yerga talab. Yerga bo‘lgan talab ikki xil bo‘ladi: qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun bo‘lgan. Yerga talab va noqishloq xo‘jaligida foydalanish uchun bo‘lgan talab. D = D q/x +D noq/x , bu yerda D - umumiy talab; D q/x - qishloq xo‘jaligi uchun talab; D q/x - noqishloq xo‘jaligi talabi. Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (17.6-rasm). Bu yerda qishloq xo‘jaligi uchun bo‘lgan talab chizig‘i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o‘zgarmaganda foydalaniladigan yerning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o‘ynagan. 17.6-rasm. Yerga talab Noqishloq xo‘jalik sohalarining yerga bo‘lgan talab chizig‘i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu yerda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi yerlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi yerlardan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalar uchun yerga bo‘lgan talab o‘sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o‘z ichiga uy-joy qurish uchun bo‘lgan talabni, infratuzilma ob`ektlari uchun va sanoat ob`ektlari qurish uchun bo‘lgan talablarni oladi. Inflatsiya darajasi yuqori bo‘lganda ko‘pchilik ortiqcha pulini yer sotib olishga sarflaydi (yerga bo‘lgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham yer boylikni saqlash va uni ortishini ta`minlash ob`ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo‘jalik yerlarga talab yerning hosildorligiga bog‘liq bo‘lmay, ko‘proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog‘liqdir. Odatda shahar markazlaridagi yer narxi yuqori bo‘ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi. Qishloq xo‘jaligi uchun kyerak bo‘lgan yerlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, yerning joylashuviga (qishloq xo‘jalik mahsulotlari iste’molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog‘liq. P Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling