O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

so’m, gektar 
P, gektar 
D = D
q/х
 +D
no q/х
 
D
no q/х
 
D
q/х
 


241 
Qishloq xo‘jalik yerlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘ladigan talab 
bilan belgilanadi. Ma`lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar 
oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining 
asosiy turlariga bo‘lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o‘zgaradi. 
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning 
taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab 
bo‘lishi mumkin va aksincha, taklifning ko‘payishi (hosildor yil kelganda), oziq-
ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to‘lanadigan 
to‘lov. 
Yer rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) 
foydalanganlik uchun to‘lov. 
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko‘ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida 
ko‘rgan edik. 
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan). 
Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi: 
˗ ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi
˗ barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi; 
˗ barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 
foydalaniladi; 
˗ barcha yerlarning unumdorligi bir xil. 
Yer taklifi absolyut elastik bo‘lmagani uchun, yer taklif chizig‘i vertikal 
ko‘rinishda bo‘ladi (17.7-rasm). 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling