O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.8-rasm. Diffyerensial renta Differen- sial renta S P E* E
Diffyerensial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi
bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo‘yicha hamda joylashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo‘yicha 3 xil yer bo‘lsin, ya’ni, yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo‘lganligi uchun, ularning teng o‘lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo‘lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko‘proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog‘liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o‘rtacha yer rentasiga ko‘ra yuqori, o‘rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko‘ra ko‘p bo‘ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (17.8-rasm). 17.8-rasm. Diffyerensial renta Differen- sial renta S P E* E 1 R 1 E' 2 '' R E 2 R 2 Q Yer miqdori, ga E 3 * 1 R ' 1 D D MRP 1 1 '' 1 D D MRP 2 2 D MRP 3 3 243 Eng yaxshi yer egasi har bir gektar yerdan har oyiga diffyerensial renta 1 R ni oladi, o‘rtacha yer egasi - 1 R rentani. Yomon yerning rentasi nolga teng. Biz bu yerda yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlarning o‘lchami teng deb faraz qildik. Xuddi shunga o‘xshash diffyerensial rentalarni yerlarning joylashuviga ko‘ra ham aniqlash mumkin. Biz yuqorida yerlarni tabiiy hosildorligi bo‘yicha rentalarni ko‘rdik. Lekin, yer hosildorligini unga qo‘shimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada o‘g‘it berish, yangi agrotexnikani qo‘llash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi yerga qo‘shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) qo‘shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda yer rentasi 1 R dan * 1 R ga oshadi); b) sarflangan qo‘shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib ' 1 R ni tashkil etadi). Bordi-yu, qo‘shimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini o‘zgartirmasa, yer rentasi ham o‘zgarmaydi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling