O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Kapital bozori va uning asosiy ko‘rsatkichlari nimalardan iborat? 
2. Asosiy va aylanma kapital bir-biridan qanday farq qiladi? 
3. Loyiha, investitsiya va investitsiyalash jarayonlarini xaraktyerlab byering. 
4. Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada? 
5. Sof joriy qiymat qanday aniqlanadi? 
6. Bo‘lg‘usi qiymat qanday aniqlanadi? 
7. Inflatsiya darajasi investitsiyalardan olinadigan daromadga ta’sir qiladimi? 
8. Yer bozorining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
9. Yerning narxi qanday hisoblanadi? 
10. Absolyut va differensial renta qanday aniqlanadi? 
 
 
 


246 
18-bob. KORXONALAR FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 
TARTIBGA SOLISH 
 
18.1. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 
Tovarga narx bozor tomonidan o‘rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni 
ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida 
iste’molchilar tovarni sotib oladi. 
Lekin, ayrim iste’molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan 
ko‘ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham 
sotib olishi mumkin. 
Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to‘lashi mumkin 
bo‘lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi farqni bildiradi. 
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo‘lgan 
maksimal narxdan tovarni sotib olishda to‘lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga 
teng. 
Iste’molchi ortiqchaligi (qo‘shimcha naf) alohida insonning qanchalik o‘rtacha 
yaxshi yashayotganligini ko‘rsatadi. 
Iste’molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig‘i bilan bozor narxi 
chizig‘i o‘rtasida joylashgan soha (18.1-rasmda shtrixlangan soha). 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling