O‘zbеkiston rеspublikаsi
Yh – Yp f (------------- ) -
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- - β [ u –u*] + ε
- Qisqа хulosаlаr
Yh – Yp
f (------------- ) - talab inflatsiyasi; Yp f - Fillips egri chizig‘ining og‘ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho shoki (taklif inflatsiyasi). 298 Ouken qonuniga ko‘ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o‘zgarishiga bog‘liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig‘ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin: = πkut - β [ u –u*] + ε Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyasiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog‘likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin. Qisqа хulosаlаr Inflatsiya ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini anglatadi. Inflatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri normal iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqarishida namoyon bo‘ladi. Inflatsiya darajasi baho indekslari vositasida o‘lchanadi. Kelib chiqish sabablariga kqra talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi o‘zaro farqlanadi. Inflatsiyaning bu ikki turi ko‘pincha aralash holda yuzaga keladi. Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar, aholining turli qatlamlari hamda davlat va aholi o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Ishsizlik va inflatsiya sur’atlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik Fillips egri chizig‘ida aks etadi. Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib qisqa davr uchun ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin. Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Antiinflatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -yalpi talabni tartibga solish; -yalpi taklifni tartibga solish. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, kommunal xizmatlar baholari o‘sishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish inflatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling