O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

olmos paradoksi”ni ilgari surishgan. Unga ko‘ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat 
sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo‘lmagan olmos 
esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat 
va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo‘lishi kerak. Ammo 
amaliyotda buning aksini ko‘rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne’matlar narxi 
bilan naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emas. Bu savolga to‘g‘ri javob keyinchalik 
naflilikning ikki darajasi, ya’ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx 
bilan ne’matning zaxirasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangandan so‘ng topildi. Hamma 
gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo‘l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va 
taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. 
Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin (6.3-rasm). 
 
a) suv
 
 
 
 
b) olmos 
6.3-rasm. Suv va olmos paradoksi 




P
e
 
Q
e
 




P
e
 
Q
e
 


84 
 
Nе'matlarning narxi ularning tabiatdagi yoki istе'molchi ixtiyoridagi zaxirasiga 
bog‘liq. Nе'matlarning zaxirasi qancha ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha birlik ne’mat 
qimmati shuncha past bo‘ladi va ularning narxi shuncha arzon bo‘ladi. Aksincha
ularning zaxirasi qancha kam bo‘lsa, qo‘shimcha birlik ne’mat qimmati shuncha 
yuqori va narxi shuncha qimmat bo‘ladi. Demak, ne’matning narxi uning umumiy 
nafliligi bilan emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, nе'matlar
narxi ularning chеkli nafliligiga to‘g‘ri, zaxirasiga esa tеskari proporsional bo‘ladi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling