O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Nofunksional talab iqtisodiy ne’matga xos bo‘lmagan iste’mol xususiyatlari 
ta’sirida shakllanadi. Unga ijtimoiy, spekulyativ va noratsional omillarni kiritish 
mumkin.
Ijtomoiy omillar iste’molchilarning ne’matga bo‘lgan munosabati bilan uzviy 
bog‘liqlikka ega. Ayrim iste’molchilar ko‘pchilikka taqlid qilishni yoqtiradi va ko‘pchilik 
nimani xarid qilsa, o‘shani olishni ma’qul ko‘radi. Ikkinchi turdagi iste’molchilar 
boshqalardan ajralib turishni xohlashadi va nihoyat yana bir toifasi yuqori darajadagi 
turmush farovonligi ta’sirida obru-e’tibor talab namoyishkorona iste’molni xush ko‘radi. 
Shundan kelib chiqib amerikalik iqtisodchi X. Leybenstayn ijtimoiy omillar ta’sirida 
shakllanadigan talabni uch toifaga ajratgan: 
1. Ko‘pchilikka ergashish samarasida iste’molchi atrofdagilar va modadan ortda 
qolmaslikka tirishib, ko‘pchilik nimani ma’qul ko‘rsa shuni xarid qilishga moyil bo‘ladi. 
Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog‘liq bo‘lib 
qoladi. Ko‘pchilikka ergashish samarasi deganda iste’molchining umum qabul qilingan 
normalar ta’sirida ko‘pchilik xarid qiladigan ne’matlarga talabini oshishi bilan bog‘liq 
samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig‘i yotiq bo‘ladi. 
2. Snob samarasida iste’molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi 
baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hatti-harakatiga bog‘liq, ammo bu 
teskari bog‘liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne’matni iste’mol qilishi ta’sirida 
talabda yuz beradigan teskari o‘zgarishni ifodalaydi. Ya’ni, agar atrofdagilar shu ne’matga 
talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste’moldan voz kechadi. Snob 
samarasida talab elastikligi past bo‘ladi. 
3. Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e’tibor ketidan quvib 
unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko‘zlovchi namoyishkorona iste’molni nazarda 
tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil 
topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste’molchi talabining oshishi 
bilan bog‘liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, 
agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste’mol qilish 
hajmiga bo‘g‘liq holda o‘zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki 
arzonligiga qarab o‘zgaradi.
Ne’matga xos xususiyatlardan xoli bo‘lgan nofunksional talabga yana spekulyativ 
va noratsional talablar kiradi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling