99
oshmasdan oldin xarid qilolmagan apelsin va olma majmualarini
endi sotib olishi
mumkin bo‘ladi.
7.3-rasm . “Narx-iste’mol”(a) va talab chizig‘i (b)
Iste’molchi endi bir birlik qo‘shimcha olma olish uchun,
oldingidan kamroq
miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 2000 so‘m va bitta
olma narxi 1000 so‘m bo‘lsa, bitta apelsinga yarimta olma to‘g‘ri keladi, bitta olma
narxi 500 so‘mga tushsa, qo‘shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz
kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma’lum miqdordagi
olmani apelsin bilan
almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (apelsin va olmaning
optimal miqdori)
E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo‘lgan
befarqlik egri
chiziqlarida joylashgan
E
1
,
E
2
va
E
3
nuqtalarga o‘tadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri
chiziqlari bilan byudjet
chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq “
Narx-iste’mol”
chizig‘i bo‘ladi (a rasmdagi
V chizig‘i). “Narx-iste’mol” chizig‘iga ko‘ra
talab
chizig‘ini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata bo‘yicha narx (
P), absissa
o‘qi bo‘yicha
X ne’mat miqdori belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: