O‘zbеkiston rеspublikаsi
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differentsiasiyasi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differentsiasiyasi. Ushbu turdagi narx
differentsiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig‘iga ko‘ra ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo‘ladi, demak, har bir guruhning o‘z talab chizig‘i bo‘lib, bu talab chizig‘i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi. Bunga misol tariqasida samolyotga, paroxodga sotiladigan chiptalarning klasslarga bo‘linib, har xil yo‘lovchilarga turli narxlarda sotilishini, bir xil spirtli ichimliklarning ham har xil sortlari turli xil narxlarda sotilishini, muzqaymoqlar (bolalar uchun, kattalar uchun), talabalar, nafaqadagilar va nogironlar uchun qilinadigan imtiyozlarni keltirish mumkin. Iste’molchilarni kategoriyalarga bo‘lish turli xil mezonlarga asoslanadi. Bularning ichida asosiy mezon xaridorlarning daromadlaridir. Masalan, shahar transportiga sotiladigan kartochkalar narxi oddiy fuqarolar uchun bir xil, talabalar uchun narxi pastroq, o‘quvchilar uchun esa yanada pastroq. Xuddi shunday hayvonot bog‘iga kiruvchilar ham: bolalarga sotiladigan chipta narxi kattalarga sotiladigan chipta narxidan ancha past. Yoki spirtli ichimliklarni olsak, ularning etiketkalarining o‘zi xaridorlarni kategoriyaga bo‘ladi (bir xil turdagi ichimlikni har xil etiketkali shishalarga quyilishi va ularga har xil narxlarni o‘rnatilishi: "O‘zbekiston" arog‘i, "Ekstra" arog‘i, "Kristall" aroqlari). Endi biz tovarlar kategoriyasiga qarab ularga narx belgilashni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi ikkita shart bajarilishi zarurdir. Birinchi shartga ko‘ra ishlab chiqarish hajmidan qat`iy nazar, umumiy hajmdagi tovarni xaridorlar guruhlariga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik tovarni sotishdan olinadigan chekli daromad MR ning qiymati bir xil bo‘lsin. Masalan, ikki xil sortdagi mahsulotni sotish kerak bo‘lsin. Birinchi guruhga sotiladigan har bir mahsulotning chekli daromadini MR 1 va ikkinchi guruhnikini MR 2 deylik. Agar MR MR 1 2 bo‘lsa, firma birinchi sortdagi mahsulotni ishlab chiqarishni oshiradi va ikkinchi sortdagi mahsulotni kamaytiradi. Nima uchun deganda, birinchi sort mahsulotni bir birligidan tushadigan foyda ikkinchi sortdagi mahsulotnikidan katta. Bunday holda ( MR MR 1 2 bo‘lganda) firma umumiy foydani oshirish uchun birinchi sort mahsulot narxini tushirib, ikkinchi sort mahsulotnikini ko‘taradi. Chekli daromadlar bir-biriga teng bo‘lmaganda firma o‘z foydasini maksimallashtira olmaydi. Shuning uchun firma mahsulot kategoriyalariga narxlarni shunday tanlash kerakki har xil kategoriyadagi mahsulotlarni sotishdan tushadigan chekli daromadlar teng bo‘lsin. Ikkinchi shart - har bir sort bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi foydani maksimallashtiradigan hajmga teng bo‘lsin. Biz bilamizki, ishlab chiqarish hajmi foydani maksimallashtiradi, qachonki u chekli daromadni chekli xarajatga 209 tenglashtirsa. Demak, har bir sort bo‘yicha sotiladigan mahsulotning chekli daromadi uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajatga teng bo‘lsa. Ikki xil sortdagi mahsulot uchun ikkinchi shart quyidagicha yoziladi: MR MC 1 1 va MR MC 2 2 . Agar bu tenglik bajarilmasa firma o‘z foydasini maksimallashtirish uchun umumiy ishlab chiqarish hajmini ko‘taradi yoki pasaytiradi (mahsulotlar narxini oshirish yoki kamaytirish). Endi matematik jihatdan bu qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik birinchi sort mahsulot narxi Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling