O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
18.14-rasm. Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Bunday taqsimlanish MC P shartida ta`minlanadi. Firmalar ushbu shartga ko‘ra ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo‘lgancha qadar mumkin darajada maksimallashtiradilar. Ushbu shart bajarilganda nafaqat resurslarni samarali taqsimlashga erishiladi, balki maksimal ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishiladi. Raqobatlashgan bozor firmalarni minimal xarajatlarda mahsulot ishlab chiqarishga va uni ushbu xarajatlarga mos bo‘lgan narxda sotishga majbur qiladi. Muvozanat holat grafigida o‘rtacha xarajat grafigi talab chizig‘iga urinadi xolos. Agar P AC bo‘lsa, firma zarar ko‘radi va tarmoqdan ketishga majbur bo‘ladi. Agar P AC bo‘lsa, bozorda qisqa muddatli oraliqda ortiqcha foyda olish ikoniyati tug‘iladi. Lekin, bu ortiqcha foyda tarmoqqa boshqa firmalarni kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi ortiqcha foydani nolga tushiradi. Bu o‘z navbatida muvozanat holatni uzoq muddatgacha turg‘un saqlanishidan dalolat beradi. Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba`zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o‘zi bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo‘ladi. P MC AC MR=P P e P e Q 259 Bu holatni raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari bir xil bo‘ladi, degan shart bilan mos kelishini iqtisodda quyidagicha tushuntiradi: ya’ni sifatli resurs egalari o‘z resurslari uchun ko‘proq ish xaqi oladi, mukammallashgan samarali uskunalarning ijara haqi ham yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy renta - bu raqobatlashgan bozorda kerakli resurs uchun firma to‘lashi mumkin bo‘lgan narx bilan ushbu resursning minimal narxi o‘rtasidagi farq. Masalan, o‘rtacha xom ashyodan foydalanib ishlab chiqarilgan har bir mahsulot 10 so‘m keltirsin, cheklangan sifatli xom ashyodan foydalanib ushbu mahsulotni ishlab chiqarganda (xarajatlarning kamayishi va mahsulot sifatini oshishi hisobiga) har bir mahsulotdan oladigan foyda 20 so‘mni tashkil qilsin, deylik. Sifatli resursni hamma firmalar ham sotib olishga harakat qiladi. Lekin, sifatli resurs cheklangan bo‘lgani uchun hamma firmalar sotib ola olmaydi. Agar sifatli xom ashyo raqobatlashgan bozorda sotilsa, uning narxi o‘rtacha xom ashyo narxidan albatta yuqori bo‘ladi. Agar o‘rtacha xom ashyo narxi 1 P va sifatli xom ashyo narxi 2 P ( 2 P > 1 P ) bo‘lsa. Sifatli xom ashyo egasi P P P 2 1 ga teng bo‘lgan iqtisodiy renta oladi. Natijada mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘rtacha xarajati bir-biriga teng bo‘ladi. Shunday qilib, samarali resurslardan foydalanib olingan barcha foyda ushbu resurslarni sotib olishga sarflanadi. Ushbu holat raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari tenglashish tendentsiyasiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling