O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.4. Raqobatlashgan bozor samaradorligi
18.12-rasm. Soliqni tarmoq ishlab chiqarish hajmiga ta`siri. Rasmdan ko‘rish mumkinki, tarmoqning umumiy taklifini 1 S dan t S S 1 2 holatga siljishi bozor narxini 1 P dan 2 P ga o‘stiradi. Narxning oshishi, firmalarni ishlab chiqarish hajmini narx o‘zgarmagandagiga nisbatan kamroq qisqartirishga undaydi. Uzoq muddatli oraliqni qaraydigan bo‘lsak, ishlab chiqarish hajmiga qo‘yilgan soliq ba`zi bir firmalarni biznesdan chiqishga majbur qiladi (18.13-rasm). 18.13-rasm. Tarmoq ishlab chiqarish hajmiga soliqning uzoq muddatli ta`siri S 2 =S 1 +t D S 1 P P 2 P 1 Q Q 2 Q 1 a) P A V C 1 +t LAC 2 LAC 1 P 2 P 1 Q Q b) P S 2 E 2 S 1 P 2 D Q 1 Q 2 E 1 P 1 Q 257 a) rasmdan ko‘rish mumkinki, soliq har bir firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatini siljishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ba`zi bir xarajatlari yuqori bo‘lgan firmalar foydasini qisqartirib nolga tenglashtiradi. Ular bu tarmoqdan chiqib boshqa, ko‘proq foyda oladigan tarmoqlarga o‘ta boshlaydi. Natijada bu bozor taklifi chizig‘ini chapga (b rasm) yuqoriga siljitadi ( 1 S dan 2 S holatga) va xarajatlr oshganinin ko‘rsatadi. Bozor narxi 1 P dan 2 P ga o‘sadi, bozor taklifi esa 1 Q dan 2 Q ga kamayadi. Soliq ta`siri tugagandan keyin, ya’ni tarmoqda yangi uzoq muddatli muvozanat (E2 nuqta) vujudga kelganda tarmoqda kamroq mahsulot ishlab chiqaruvchi kamroq firma qoladi. 18.4. Raqobatlashgan bozor samaradorligi Biz ko‘rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to‘liq yo‘qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqqanda to‘liq yo‘qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo‘qotishlarga olib kelaveradi, deb bo‘lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o‘sishga olib keladi. Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa. Bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to‘xtaymiz). Ikkinchidan “bozor qiyinchiligi” - bu yerda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin. Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo‘lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta`minlaydi. Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: P AC MC MR (18.14-rasm). 258 Ma`lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko‘rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo‘lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o‘ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o‘tadilar. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling