O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqa xulosalar Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to‘lashi mumkin bo‘lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo‘lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to‘lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi. Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo‘lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Davlatning bozor narxiga ta`sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko‘tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo‘yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo‘lishi mumkin. Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo‘lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni 260 optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Davlatning iqtisodiy siyosati deganda nimani tushunasiz? 2. Davlatning iqtisodiy siyosatini baholashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan qanday foydalanish mumkin? 3. Ishlab chiqarish hajmini cheklash qanday oqibatlarga olib keladi? 4. Ishlab chiqarishga soliqni uzoq va qisqa muddatli ta`sirini izohlab bering. 5. Bozor qaysi holatda samarali faoliyat ko‘rsatadi? 6. Ishlab chiqarishni kvotalash tovar narxiga qanday ta`sir ko‘rsatadi? 7. Barqaror narxlarni ta`minlashda davlatning roli. 8. Talab chizig‘i elastikligining jamiyat yo‘qotishiga ta`siri. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling