O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

36.4-rasm. Budjet - soliq 
siyosatining real almashtirish 
kurslariga ta’siri 
36.5-rasm. Importdagi o‘zgarishlarning 
eksportga ta’siri 
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo‘yish uchun taklif qilinayotgan milliy 
valuta ko‘payadi va (S-I) egri chizig‘i o‘ngga suriladi (36.4-rasm). Natijada 
muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof 
eksport ko‘payadi. 


433 
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib 
keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida 
namoyon bo‘ladi (36.5-rasm). 
Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar 
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. 
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish 
maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi 
va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valuta 
kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan 
bo‘lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import 
hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi 
(Pd)ning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valuta kursi 
(En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real 
valuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 
nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko‘tarilishiga javoban nominal 
valuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi. 
 
Qisqа хulosаlаr 
Jahon valuta tizimi - xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat 
qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar 
o‘rtasidagi valuta munosabatlarining yig‘indisidir. 
Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish 
qobilyati tushuniladi. Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha 
har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan 
valutadir. Bunga misol qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, 
Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin. 
Davlat valuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valuta bozoriga ta’sir 
qilishning rasmiy zahiralarni tartibga solish, savdo siyosati, valuta nazorati va ichki 
makroiqtisodiy tartiga solish kabi usullaridan foydalanadi. 
Valuta kursi mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida 
ifodalangan bahosidir. 
Erkin tebranuvchi valuta kursi talab va taklif asosida aniqlanadi. 
Qayd etilgan valuta kursi – xorijiy valutada ifodalangan, davlat tomonidan 
rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta bozorida talab va 
taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. 
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli 
mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni 
qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi 
Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. 
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib 
keladi. Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar 
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. 


434 
Mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida 
olib boriladigan proteksionistik u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi 
savdo miqdorini kamaytiradi. Valuta kurslarining o‘zgarishiga, shuningdek bir qator 
tashqi va ichki omillar va ular o‘rtasidagi nisbat ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling