O‘zbеkiston rеspublikаsi


Dispersiya - kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o‘rtacha kvadratik  chetlanishi.  Differensial renta


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Dispersiya - kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o‘rtacha kvadratik 
chetlanishi. 
Differensial renta - boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega 
bo‘lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta. 
Elastiklik (elasticity) - talab va taklifga ta`sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi 
natijasida ularni qanchaga o‘zgarishi tushuniladi (narxni, daromadi, istе`molchilar 
soni va xokazo). 
Ehtiyoj (needs) - insonni, korxonani faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo‘lgan barcha narsalar. Ehtiyoj — bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishiga undaydigan ichki kuch. 
Engel chiziqlari - iste`mol qilingan tovarlar miqdorini iste`molchi 
daromadining o‘zgarishidan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi chiziq. 
Ehtimol (probability) - ma`lum natijaga erishish imkoniyati. 
Gollandcha auksion - bu auksionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga 
qadar pasayib boradi. 
Yopiq auksion - bunda tovra uchun ausion hatnashchilari bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan holda stavkalarini qo‘yadi va tovar kim ko‘p stavka qo‘ygan bo‘lsa 
shunga beriladi. 
Yer narxi - cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar 
yig‘indisining keltirilgan (boshlang‘ich yilga) qiymati. 
Ijara haqi (to‘lovi) - yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga 
to‘lanadigan pul miqdori. 
Izokvanta - bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi omillar 
sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq. 
Izokosta - yig‘indisi bir xil yalpi xarajatga teng bo‘lgan resurslar sarflari 
kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq. 
Iqtisodiy ne`mat - ehtiyojni qondirish vositasi. 
Iqtisodiy renta - resursni sotilishi mumkin bo‘lgan narx bilan muvozanat narx 
ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resur va ishchining yuqori malakasi uchun 
to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling