O‘zbеkiston rеspublikаsi


Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

36.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri 
Real valuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi 
vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan 
egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (19.2-rasm). Ushbu nuqtada 
xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valuta taklifi, xorijliklarning ushbu 
mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valuta talabi 
bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valuta kursi kapital bilan bo‘ladigan 
operatsiyalar bo‘yicha milliy valuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan 
talabni tenglashtiradi. 
36.2 - rasm. Real almashinuv kursidagi muvozanat 
Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy 
jamg‘armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (36.3-rasm). 
Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valuta taklifining kamayishini 
ko‘rsatadi. 
Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, 
milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o‘z navbatida
eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy 
operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo‘ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi 
investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg‘armalar hajmi o‘zgarmasa ham 
(S-I) egri chizig‘i yana chapga siljiydi. 


432 
36.3-rasm. Valuta taklifidagi o‘zgarishlarning real almashtirish kursiga 
ta’siri 
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy 
sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valuta 
kursini oshiradi va to‘lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. 
Chet 
mamlakatlardagi 
rag‘batlantiruvchi 
budjet-soliq 
siyosati 
bu 
mamlakatlardagi jamg‘armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro 
foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini 
kamaytiradi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling