O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
36.4. Xarid qobilyati pariteti 
 
Bu savolda nominal kurslarga xarid qobiliyati pariteti qanday ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini ko‘rib chiqamiz. 
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga 
asoslanadi. Ya’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom 
etmaydi Agarda, AQSh dollariga mamlakat ichida chet mamlakatlarga nisbatan 
ko‘proq mahsulot sotib olish mumkin bo‘lsa, u holda mamlakat ichkarisida sotib 
olingan mahsulotni chetga sotish orqali foyda olish mumkin. Oqibatda foyda olish 
maqsadida xorijga tovar olib chiqish ko‘payadi va baholar tenlashishiga sabab 
bo‘ladi. 
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli 
mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni 
qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ya’ni: 
 
Pd 
r = ----- 
Pt 
Bu yerda: r — xorijiy valutaning milliy valutadagi bahosi; 
Pd — ichki baholar darajasi; Pt — chet eldagi baholar darajasi. 
Valuta 
kurslarining 
oshishi 
mamlakatlar 
eksport 
imkoniyatlarini 
yomonlashtiradi. Valuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini 
ko‘paytiradi. Shu sababli valuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro 
munosabatlarda tartibga solishning muhim obyekti hisoblanadi. 
Davlat bevosita tartibga solish vositasi sifatida valuta intervensiyasi va diskont 
siyosatidan foydalanish mumkin. 
Diskont siyosatida bank hisob stavkasini oshirib yoki tushirib chet el kapitallari 
kirishi yoki chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tartibga solishning ko‘proq 
universal usuli valuta intervensiyasi hisoblanadi. Bunda Markaziy banklar taklifi 
etarli bo‘lmagan, kursi esa yuqori bo‘lgan chet el valutalarini sotadi, ularni taklif 


431 
ortiqcha va kursi past bo‘lganda sotib oladi. Bu bilan talab va taklifni tenglashtirib, 
milliy valuta kursi tebranish chegarasini cheklaydi. 
Valuta intervensiyasini qo‘llash zahira valuta fondining miqdori bilan 
cheklanadi, shu sababli valutalarni sotish, albatta, ularni sotib olish bilan almashtirib 
turilishi lozim. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling