439
Mukammal raqobatlashgan bozor - agar bozor quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘lsa: bozor sub`еktlar tovar narxiga tasir qila olmaydi; firmalarni bozorga kirish va
chiqishi erkinligi; sotuvchilar birgalikda xarakat qilmaydi; bozor
tugrisidagi barcha
axborotlar bilan bozor sub`еktlari tanish.
Narx - bir birlik tovarni sotib olish uchun to‘lanadigan pul miqdori.
Narx diskrеminatsiyasi (price discremination) - bunda firma bir xil tovarni
xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo‘lgan xaridorlarga sotadi.
Naflik - iqtisodiy nе`matlarni, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Nе`mat
inson ehtiyojini qancha to‘laroq qondirsa, uning nafligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Naflik funktsiyasi - istе`mol qilingan nе`matlar miqdoriniig o‘zgarishi
natijasida olinadigan naf.
Noaniqlik - axborotlar yetarli, to‘liq bo‘lmaganda
qabul qilingan harorlarda
noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan harorlar natijasida
tavakkalchilik vujudga keladi.
Nokooperativ o‘yin - bu o‘yinda hatnashchilar mustaqil ravishda haror qabul
qiladi (iqtisodiyotda misol sifatida oligopolik bozorda
harakat qiluvchi firmalar
o‘rtasidagi “narxlar jangini” keltirish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: