441
Talab chiziqi (demand curve) - tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar
miqdori o‘rtasida bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Transaktsion xarajatlar (transaction costs) -
bozorda tovarlarni sotishda
egalik xuquqini aniqlash va uni bеrish bilan bog‘liq xarajatlar.
To‘ldiruvchi tovarlar (complementary goods) - birgalikda, komplеktlarda
istе`mol qilinadigan tovarlar.
To‘lov funksiyasi - o‘yin natijasi bo‘lib o‘yinchining yutug‘ini yoki
yo‘qotishini bildiradi.
Umumiy mahsulot (total product, TR) ishlab chiqarish omili sarfiga tug‘ri
kеladigan mahsulot miqdori.
Umumiy muvozanatlik - barcha bozorlarning o‘zaro bir-biriga ta`siri
natijasida o‘rnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarni
muvozanat holatda
bo‘lishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik buzulsa boshqa bozorlarda ham
muvozanatlilik buziladi.
Umumiy naflik (total utility) - istе`mol qilingan nе`matlardan
olingan jami
naflik.
O‘yin - oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy sub`ektlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar (harorlar qabul qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: