O‘zbеkiston rеspublikаsi
5-bob. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
62 5-bob. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI 5.1. Talab va taklif elastikligi Ma’lumki tovarga bo‘lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshqa omillarga bog‘liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog‘liq. Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin biz narx o‘zgarishi ta’sirida limonga talab yoki taklifni miqdoriy jihatdan o‘zgarishini aniqlamoqchimiz. Aytaylik, limon narxi 15 %ga oshsa, unga talab qanchaga qisqaradi? Narx 20 %ga pasaysach? Yoki daromad 10 %ga oshganda talab qanchaga o‘zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Shunday qilib narx yoki daromad singari omillar o‘zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o‘rganishda elastiklik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Elastiklik - bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishi natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdoriga o‘zgarishini ko‘rsatadigan ko‘rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog‘liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga talabni necha foizga o‘zgartirishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichni to‘liqroq ko‘rib chiqamiz. Narxga bog‘liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz: , %) ( %) ( P Q E D p (1) bu yerda % Q - Q ning foiz bo‘yicha o‘zgarishi; % P - P ning foiz o‘zgarishi. Shuni ta’kidlash joizki, foiz o‘zgarishi, o‘zgaruvchining absolyut o‘zgarishi emas, balki uning oldingi darajasiga nisbatan o‘zgarishidir, ya’ni: % 100 % %; 100 % P P P Q Q Q . Demak, P Q Q P P P Q Q E p % 100 % 100 . (2) Agar talab uzluksiz funksiya sifatida, ya’ni ) (P f Q D ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, uning elastiklik koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Q P P f Q P P Q E p ) ( . 63 Narxga bog‘liq talab elastikligi manfiydir, ya’ni 0 p E . Tovar narxi oshganda unga talab kamayadi. Shuning uchun 0 P Q . (2) tenglamadan kelib chiqadiki, narxga bog‘liq talab elastikligi narxning tovar miqdoriga nisbatining Q P tovar birligi o‘zgarishining narxdagi o‘zgarishga nisbatiga P Q ko‘paytirishdan hosil bo‘ladigan miqdorga teng. Lekin, talab egri chizig‘i bo‘ylab yurganda Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling