O’zbekistоn respublikаsi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

Farg‘ona guruhi. U bir necha dialektlarni o‘z ichiga oladi: 
Namangan dialekti. Bu dialektga Namangan shahar shevasi va 
shahar tipidagi Namangan atrofidagi shevalar (masalan, Uychi va 
boshqalar) taalluqlidir (Namangan atrofidagi qipchoq shevalari, tabiiyki, 
bu dialektga kirmaydi). 
Mazkur dialektga oid shevalar uyg‘ur tiliga maksimal darajada 
yaqinligi bilan xarakterlanadi. 
Andijon-Shahrixon dialekti. Bu dialektga Andijon shahar shevasi, 
Shahrixon shevasi va Andijon viloyatidagi boshqa bir qator shevalar
kiradi. 
O‘sh-O‘zgan dialekti. Bunga O‘sh, O‘zgan, Jalolobod va shu 
tipdagi boshqa shevalar taalluqli bo‘lib, ular uchun janubiy qirg‘iz 
shevalari bilan bo‘lgan metisatsiya xarakterlidir. 
Marg‘ilon-Qo‘qon dialekti. Bu dialektga Marg‘ilon, Farg‘ona, 
Vodil, Qo‘qon va boshqa shu tipdagi shevalar kiradi. 
Toshkent guruhi. 
Toshkent dialekti. Bunga Toshkent shahar shevasi, Toshkent 
viloyatidagi qipchoq shevalaridan boshqa shahar tipidagi shevalar, 
masalan, Piskent, Parkent, Qoraxitoy va boshqalar taalluqlidir. 
Jizzax dialekti.Bunga Jizzax, Xos(Xovos) Qashqadaryodagi Po‘loti, 
Mo‘loti, Boyterak shevalari kiritilgan. 
Qarshi guruhi. 
Qarshi dialekti. Bu dialektga Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ 
va (qipchoq shevalaridan tashqari) Qashqadaryodagi shu tipdagi 
shevalar kiradi. 
Samarqand-Buxoro dialekti. Bunga Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, 
Farg‘ona vodiysidagi Chust, Qashqadaryodagi Koson va shu tipdagi 
boshqa shevalar kiradi (o‘g‘uz va qipchoq lahjasiga taalluqli shevalar bu 
dialektga kirmaydi).  


98 
Shimoliy o‘zbek guruhi. 
Iqon-Qorabuloq dialekti. Bunga Iqon, Qorabuloq, Mankent, 
Qoramurt va boshqa ba’zi shevalar taalluqli bo‘lib, ular o‘zining tarkib 
topish jarayonida avvalo o‘g‘uz, keyinchalik esa qipchoq tili elementlari 
bilan aralashgan. 
Turkiston-Chimkent dialekti. Bu dialektga Turkiston Chimkent
Sayram va shu tipdagi boshqa shevalar kiradi. Mazkur dialekt o‘g‘uz tili 
elementlarining kam bo‘lishi, biroq Janubiy Qozog‘iston shevalari bilan 
metisatsiyaga kirganligi sababli qipchoq tili elementlarining ko‘proq 
bo‘lishiga qarab Iqon-Qorabuloq dialektidan farq qiladi (13-rasm).
13-rasm 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling