O„zbekiston respublikasi
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 157-b
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bertil Olin (1899– 1979)
73 ―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 157-b. 300 14.3. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi Qiyosiy ustunlik nazariyasining zamonaviy turlanishi (ko‗rinishi) shved iqtisodchilari Eli Xeksher (1879–1952) va Bertil Olin (1899– 1979) ishlab chiqqan ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi hisoblanadi. D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlarni tabiiy va geografik sharoitlar tufayli kelib chiqadigan farqlar bilan aniqlanishi nuqtayi nazaridan ko‗rib chiqqan. Bu prinsip umuman to‗g‗ri, lekin yetarli emas. Jahon bozorida faqat neft, paxta, apelsin bilan savdo qilinmaydi. Tashqi savdo ayirboshlanishida sanoat ishlab chiqarishi tovarlari va xizmatlarning hissasi tobora ortib borayapti. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda, jahon narxining shakllanishida tabiiy sharoitlardan ko‗ra boshqa omillar ko‗proq rol o‗ynaydi. Masalan, Shvetsiya tashqi bozorga murakkab sanoat mah- sulotlarini – avtomobillar va rolikli podshipniklarni, tog‗-kon uskunalari va dengizda ishlatiladigan motorlarni yetkazib berish bilan samarali savdo qiladi. Ko‗p sohalarda raqobat ustunligini qo‗lda ushlab turgan aynan shu mamlakatda tashqi savdo nazariyasining yaratilishi bejiz emas. Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli bir xil bo‗lgan, o‗zaro savdo qilayotgan mamlakatlar ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi kuchi, yer) bilan bir xil darajada ta‘minlanmaganligiga asoslanadi. Qiyosiy xarajatlar konsepsiyasiga asoslangan holda shved iqtisod- chilari Xeksher va Olin bunday xarajatlar asosida nima yotishini tushuntirib berishga harakat qildilar. Ular savdo qilayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman o‗xshash bo‗lgan sharoitda xarajatlar darajasidagi farq asosan ularning ishlab chiqarish omillari bilan ta‘minlanligiga bog‗liq, deb xulosa qiladi. Xeksher-Olin tadqiqotida tashqi savdoda xarajatlari nafaqat tabiiy sharoitlardagi farq bilan, balki savdo ishtirokchilari ta‘minlangan har xil omillar narxi bilan ham aniqlanadi. Bir xil omillar ortiqcha, boshqa bir omillar yetishmaydi. Bir turdagi omillarning narxi nisbatan yuqori, boshqa turdagi omillarning narxi nisbatan past. Omillarning narxi ularning kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda, tanqis omillar – qimmat, ortiqcha omillar - arzon. Agar mamlakatda qandaydir 301 bir omil boshqa omillarga nisbatan ortiqcha bo‗lsa, masalan, arzon ishchi kuchi ko‗p bo‗lsa, unda bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni (to‗qimachilik, kiyim-kechak va b.) ishlab chiqarishga va ularning savdosiga ixtisoslashadi. Agar mamlakatda kapital ortiqcha bo‗lsa, unda bu mamlakatga kapital sig‗imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob- uskunalar) eksport qilish foydali hisoblanadi. Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‗lgan Janubiy Koreya mehnat talab mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtomabil, kundalik turmush elektr asboblarini) eksport qiladi: xitoyga kiyim-kechak, to‗qimachilik mahsulotlarini eksport qilish qo‗l keladi. Shvetsiya po‗lati va metall mahsulotlarining raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po‗lat eritish xususiyatiga ega. Demak, Xeksher-Olinning tashqi savdo modeli asosida xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv foydalanib, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab chiqarish omillari tanqis bo‗lgan tovarlarni esa import qiladi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling