O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Muqobil xarajatlar
Vino Mato Angliya 1/2 metr mato 2 litr vino Portugaliya 1/8 metr mato 8 litr vino Biz 14.2. jadvalning ma‘lumotlaridan foydalanib ikki mamlakatdagi mazkur ikki tovarning muqobil xarajatlarini hisoblab beruvchi 14.3. jadvalni tuzamiz. Rikardoning to‗la ish bilan bandlik farazini hisobga olgan holda, agar xohlagan tovarni ko‗p ishlab chiqaradigan bo‗lsak, uning qiymati yo‗qotilgan mahsulotning qiymati bilan o‗lchanadi, bunda mehnat resurslari shartnoma tuzib ishlab chiqarishni kengaytirishgacha bo‗lgan davrda mazkur mahsulotlar hajmini qisqartirish kerak bo‗ladi. Bizning ikki tovarga asoslangan oddiy modelimiz iqtisodiyotdagi boshqa tovar nuqtayi nazaridan muqobil xarajatlarni hisoblashga imkon beradi. Angliyada matoning muqobil xarajatlari (2 litr vino) Portugaliyadagi matoning muqobil xarajatlaridan (8 litr vino) kamdir va Portugaliyadagi vinoning muqobil xarajatlari (1/8 metr mato) Angliyadagi vinoning muqobil xarajatlaridan (1/2 metr mato) kam hisoblanadi. Shunday qilib, Angliya mato ishlab chiqarib va Portugaliyada ishlab chiqarilgan vino bilan savdo qilsa, jahon mahsulotining hajmi ko‗payadi va ikkala mamlakat ham bundan samara oladi. Muqobil xarajatlardagi farqlarning savdo uchun naqadar muhimligini namoyish etish uchun oldingi misollar ma‘lumotlarini 14.4. jadvaldagi ma‘lumotlariga o‗zgartiramiz. Angliyada endi vino va mato ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik mavjud, lekin unda ikki holatda ham 296 qiyosiy ustunlik mavjud emas. Har bir mamlakatda muqobil xarajatlar bir xil – bir metr matoning muqobil xarajatlari 2 litr vinonikiga teng va vinoning muqobil xarajatlari 1/2 metr matonikiga teng. Boshqacha qilib ayganda, har bir mamlakatda mazkur ikki tovarning nisbiy narxlari bir xil – 2 litr vino 1 metr matoga teng (mato narxini vinoning narxiga bo‗lamiz, 2 chiqadi). Qachonki, muqobil xarajatlar bir xil bo‗lsa, hech bir mamlakatda qiyosiy ustunlik bo‗lmaydi va savdo hech bir mamlakat uchun ham samarali bo‗lmaydi. Rikardo mamlakatlar o‗rtasida muqobil xarajatlar farqlanganida savdo samarali bo‗lishini asoslab berdi, lekin u muammoning boshqa jihatini ko‗rib chiqmadi. Vino va matoga qanday xalqaro narxlar o‗rnatiladi hamda savdodan olingan foyda mamlakatlar o‗rtasida qanday taqsimlanadi? Rikardo foydalangan misolida xalqaro savdoda mato va vinoning ayirboshlash narxi har bir mamlakat uchun qulay bo‗lgan o‗rtacha narxlar nuqtasida hisoblanadi, deb faraz qilgan: shunday qilib savdodan kelgan foyda bu ikki mamlakat o‗rtasida bir tekisda taqsimlanadi. Torrens ham bu muammoni xuddi shunday ko‗rib chiqdi, lekin J.Mill mazkur muammoni to‗g‗ri hal qildi, u savdoning shartlari yoki xalqaro narxlar savdo qiluvchi mamlakatlardagi ushbu tovarlarga bo‗lgan talab hajmiga bog‗liq bo‗ladi, degan xulosaga keldi. Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasida nafaqat nazariy g‗oyalar, balki bundan kelib chiquvchi muhim siyosiy iqtisodiy oqibatlar ham atroflicha o‗rganilgan. Agar biz ikki mamlakatning tovar ishlab chiqarishining sodda modelini ko‗plab tovar ishlab chiqarish modeliga almashtirsak, qiyosiy ustunlik nazariyasi bo‗yicha muqobil xarajatlarda mamlakatlar o‗rtasida tafovut paydo bo‗ladi hamda ushbu mamlakatlar xalqaro savdosida ijobiy foydaga erishadi. Hukumatning xalqaro savdoga aralashishiga qarshi bo‗lgan klassik qarash avvalambor Smit tomonidan oldinga surilgan bo‗lsa, keyin bu qarashni Rikardo yetarli darajagacha kengaytirdi. Chet mamlakatlarga tovarlar chiqishiga to‗sqinlik qiluvchi Angliya qonunlarining o‗rnatilishi, don savdosi bo‗yicha chiqarilgan qonunlar asosida daromadlarning kapital egalaridan yer egalariga qayta taqsimlanishi nafaqat Angliyadagi iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining pasayishiga, balki 297 hamma mamlakatlardagi o‗rtacha statistik yashovchi insonlarning ham farovonligining pasayishiga olib keldi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi tomonidan oldinga surilgan farazga ko‗ra tariflarning og‗irligi xorijiy subyektlar zimmasiga tushadi, degan xato fikr keng tarqalgan edi. 14.4. jadval Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling