O„zbekiston respublikasi


Rikardo, Smit va savdo asoslari


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Rikardo, Smit va savdo asoslari 
 
Biz qiyosiy ustunlik nazariyasi ichki yoki xalqaro savdoning 
rivojlanishida va bozor iqtisodiyotining taraqqiy etishiga kuchli turtki 
bo‗lganligini, bunday tashkiliy tarkib ostida kishilar o‗zlarining shaxsiy 
manfaatlarini ko‗zlab ixtiyoriy, o‗zaro manfaatli ayirboshlashda 
qatnashishlarini va bu butun jamiyatga naf keltirishini ko‗rdik. Boshqa 
tomondan qiyosiy ustunlik nazariyasining vujudga kelishi iqtisodiyot 
nazariyasining rivojlanishiga va shuningdek, bizning iqtisodiyotni 
tushunishimizga ko‗proq to‗siq bo‗ldi. Chunki Rikardoning qiyosiy 
ustunlik nazariyasi kishilarning va mamlakatlarning nisbiy unumdorligi 
aniq va o‗zgarmaydi, degan taxminga asoslanadi. Iqtisodchilar bunday 
belgilangan ma‘lumotlarni ―tashqi‖, ―ekzogen‖ deb atashadi va bu bilan 
ularning qiymati aniq model tarkibidan tashqarida ekanligini 
ko‗rsatishadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi savdodan olish mumkin 
bo‗lgan afzalliklarni ko‗rsatadi. 
Biz Adam Smitning ochiq va erkin savdoning foydaliligi 
to‗g‗risidagi tasdiqlarini tadqiq qilganimizda uning mutlaq ustunlik 
nazariyasi asosida vaqt o‗tishi bilan mehnat taqsimoti unumdorlikning 
oshishiga olib keladi, degan g‗oyasini topdik, bunda statik (o‗zgarmas) 
emas, balki dinamik (o‗zgaruvchan) ssenariy yotibdi. Smitning 
tushunchalarini qo‗llaydigan bo‗lsak, ya‘ni ixtisoslashuv va mehnat 
taqsimoti yuqori unumdorlikka olib keladi, bugun ikki mamlakat qiyosiy 
ustunlikni ko‗rsatmayapti, lekin ishlab chiqarishning aniq jarayonlariga 
ixtisoslashuv orqali ma‘lum vaqtdan keyin qiyosiy ustunlikni 


299 
rivojlantirishlari mumkin. Masalan, Angliyada ham, Portugaliyada ham 
qiyosiy ustunlik yo‗q, ya‘ni savdo uchun hech qanday asos mavjud 
emas. Agar Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlasa va 
bundan ko‗payadigan foydani yig‗sa, bu holda uning o‗rtacha xarajatlari 
ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan kamayadi va Portugaliyaning 
muqobil xarajatlari Angliyanikidan farq qila boshlaydi, shunday qilib 
savdo uchun asos vujudga keladi. 
Angliyada 1800-yillarda rivojlangan, savdo ekzogen o‗zgaruvchi 
bilan aniqlanadi, deb taxmin qilgan qiyosiy ustunlik nazariyasi Adam 
Smitning qimmatli tadqiqotini oxirigacha ishlanmay qolishiga olib keldi. 
Faqat XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodchilar savdo nazariyalarini 
ishlab chiqa boshladilar, bunda o‗sib boruvchi daromadlilikning 
endogen aniqlovchilari paydo bo‗la boshladi.
Smit va Rikardoning savdo asoslarini tushunishlaridagi tafovutlar 
ularning uslubiy yondashuvidagi farqlar bilan izohlanadi. Kirish qismida 
biz pozitiv, normativ iqtisodiy nazariya va iqtisodiyot san‘ati o‗rtasidagi 
farqlarni ko‗rsatib bergan edik. 4-bobda Adam Smit iborali, so‗z orqali 
tahlilning ustasi ekanligi va shu asosda u iqtisodiy siyosat bo‗yicha 
takliflarni ishlab chiqqani ta‘kidlab o‗tilgan. Rikardo esa Smitga 
qaraganda abstrakt uslubiyoti bilan iqtisodiyot nazariyasi san‘atini juda 
yaxshi egallagan. Rikardo Britaniya qishloq xo‗jaligini himoya 
qilayotgan iqtisodiy siyosatning oqibatlaridan xavotirda edi. Qiymatning 
mehnat nazariyasidan va boshqa ahamiyatli qarashlaridan foydalanib, u 
Britaniya qishloq xo‗jaligini himoya qiluvchi don to‗g‗risidagi qonunlar 
foydaning kamayishiga, kapital jamg‗arilish va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 
pasayishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. 
Rikardoning fikri bo‗yicha, erkin savdoning o‗zi 
yaxshi siyosat. Uning qiyosiy ustunlik modeli 
abstrakt edi va matn bilan to‗liq asoslanmagan 
edi. U model bo‗yicha erkin ixtiyoriy ayirbosh-
lashlar davlatning iqtisodiy hissasini kengaytiradi, 
deb xulosaga kelish mumkin. Smit va Rikardo 
keltirgan misollardan ko‗rinib turganidek iqti-
sodiy siyosat san‘ati turli uslubiy ko‗nikmaga ega 
bo‗lgan iqtisodchilar tomonidan o‗zlashtirilishi 
mumkin
73


Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling