O„zbekiston respublikasi
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o„ziga xosligi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
4.2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o„ziga xosligi Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo‗ldi va XVI asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma‘muriy yo‗l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko‗p bo‗lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli, deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo‗lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq, deb hisobladilar: 13 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 62-b. 76 – eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‗rnatishni; – tovarlar importini har tomonlama cheklashni; – mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikni. Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko‗proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug‗ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo‗lgan qarashini o‗zgartirishga majbur etdi. Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi (uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‗batlantirilishi sababli mamlakatlar o‗rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‗rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko‗proq pul mablag‗larini jamg‗arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo‗lishi). Eksport va import o‗rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o‗sishidir. Demak, real boylik bu– «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. Merkantilistlar fikriga ko‗ra savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag‗batlantirib, importni tariflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‗batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim. Xorijdan manufaktura tovarlarining keltirilishi arzon xomashyolar importini, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan. Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‗rtasidagi nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‗pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste‘mol yoki ishlab chiqarishda 77 emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida, deb fikr yuritishgan. Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarilishi savdo balansini o‗rnatadi, degan fikrni o‗rtaga tashlaydi. Ularning qarashlariga ko‗ra mamlakatlar bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan bog‗liq – ilk Merkantilistlar yombilar eksporti qat‘iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o‗rinli bo‗lishi mumkin, degan farazni taklif etishgan. Shulardan kelib chiqqan holda keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: – tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‗li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish; – mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); – qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko‗paytirish. Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan, deb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‗tishga sabab bo‗lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg‗arish funksiyasini asosiy deb bilgan bo‗lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar uning muomala funksiyasini asosiy, deb hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko‗ra pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog‗liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‗g‗ri mutanosiblikda bo‗ladi. Ular pul taklifining ko‗payishi unga bo‗lgan talabni oshirgach, savdoni rag‗batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar. Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa, Ispaniyaga yangi Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatiga e‘tibor qaratgan. Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‗rni haqida tahliliy g‗oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy 78 bosqichi o‗rtasidagi aloqa 1569-yilda fransuz olimi Jiyn Bodin tomonidan taqdim etilgan. U 16-asr davomida G‗arbiy Yevropada narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‗lgan kumush va oltin miqdorining o‗sishi, deb hisoblangan. 1660-1776-yillar davomida bozor iqtisodi boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‗paydi. Merkantilistlar g‗oyalari- ning (markaziy) asosiy xususiyati real omillardan ko‗ra pulga oid omillar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekanini ta‘kidlashdi. Ularning ta‘kidlashlaricha, mablag‗ adekvatligi tashqi va ichki savdoning o‗sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‗zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlarni boshqaradi. Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‗rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga ko‗ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‗sish sur‘ati real faktorlar: mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan chambarchas bog‗liq. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling