O„zbekiston respublikasi
partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2 – kitobi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2 – kitobi: Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi, deb nomlanib 1628 – yilda 81 tayyor bo‗lgan, bu kitob uning vafotidan so‗ng o‗g‗li tomonidan 1664 – yili chop etilgan. T.Man o‗z kitobida Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini ta‘kidlagan. U qimmatbaho metallar aksiyasiga ega davlat boyligini o‗z nazariyasiga ko‗ra rad etdi. Uning fikricha, hukumat muqobil balans, arzon xomashyo import qilishni rag‗batlantirish, ishlab chiqarilgan tovarlar importini nazorat qilishga erishish uchun davlat xorijiy savdoni boshqarishi lozim edi. 1755-yilda T.Manning mashhur kitobi so‗ngi bor nashr etildi. U barcha xalqaro savdoning maqbul balansiga erishish mumkinligiga e‘tibor qaratgan, Hindistonga keladigan qimmatbaho metallar eksportidan Angliya katta daromad olishi va savdoni kengaytirgan holda barcha xalqaro savdo balansiga ham ta‘sirini aytib o‗tadi. Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik Jon Lo (1671–1729-y.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog‗oz pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi. U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo‗lsada, faqat ikkita asar yozgan. Birinchisi ―Pul va savdo‖ 1705- yilda chop etilgan, ―Regentstvo davri moliya tarixi‖ nomli ikkinchi kitobi uning o‗limidan sal oldin yozib tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. J.Loning asosiy iqtisodiy g‗oyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin: 1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, banknotalarni chiqarish yo‗li bilan mamlakatda pulning mo‗l-ko‗lligini ta‘minlashga harakat qildi; 2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo‗lishini, hukumat tomonidan iqtisodiy siyosat olib borilishi va uning yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi; 3) tovarlar bahosining ozgina oshishi tovarlar taklifining ancha ko‗payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi; 4) davlat qo‗shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi muomaladagi pul miqdorini ko‗paytirish yo‗li bilan ishlab chiqarish miqdoriga ancha katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligi to‗g‗risida gapirib o‗tdi; 5) aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo‗li bilan kapital markazlashuvi va birlashuvi g‗oyasiga ta‘sir ko‗rsatdi. Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm konsepsiyasi eng avvalo, proteksionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling